: “zargar, “rangda”, “payvandlovchi”,
“ketmon”,“igna”,“kulol”,“traktorchi”
va b.
Lekin kasb-hunar leksikasi ichida tor maʼnodagi soha soʻzlari ham boʻlishi mumkin,
masalan:
“irrigatsiya”,“melioratsiya”,“kultivatsiya”
.
Demak, kasb-hunar leksikasi ichida ilmiylik xususiyatiga ega boʻlgan tor maʼnoli soʻzlar
terminlar hisoblanadi. Shu bois, kasb-hunarga oid soʻzlarni butkul terminologiya bilan
aralashtirish toʻgʻri emas.
Xuddi shunday, jargon va argo soʻzlari ham termin hisoblanmaydi. Bunday soʻzlar
asosan soʻzlashuv va badiiy nutqqa xosdir. Ularda ilmiylik xususiyati boʻlmaydi. Masalan,
soʻzlashuv nutqida mavjud
“ment”, “xit”
(militsioner),
“xitlanmoq”
(oshkor boʻlmoq),
“koʻk”
(dollar),
“qopqoq qilmoq”
(qoyil qilmoq),
“yopishtirmoq”
(magʻlubiyatga uchratmoq) kabi soʻz
va birikmalar terminologiya qoidasiga muvofiq kelmaydi.
81
Tilning mahalliy koʻrinishi hisoblangan sheva soʻzlari ham maxsus leksika hisoblanadi.
Ular ham terminlardan farq qilib, adabiy tilga xos boʻlmaydi, balki muayyan bir sheva vakillari
nutqida qoʻllaniladi. Sheva soʻzlari adabiy til soʻzlaridan grammatik, lugʻaviy, fonetik tomondan
farq qiladi:
pashsha
- chivin,
aka
- oka,
-da
–
-
ga).
Terminning semantik aloqadorligi nominativ qism (oʻzak) tarkibida ham seziladi:
agressiya ,mafiya, terror
.
Demak, semantika doirasidagi termin bilan notermin oʻrtasidagi chegara koʻpincha
soʻzning maʼnosi ichida boʻladi:
garov
– garov oʻynab yutqazmoq (umumisteʼmoldagi soʻz);
garov
– shartnoma yoki qonun asosida amalda yuzaga keladi (OʻzR FK 264-modda).
Koʻrinib turibdiki, termin oddiy muomaladagi soʻz kabi leksik ahamiyatgagina ega boʻla
olmaydi, lekin terminning meʼyoriy belgilaridan biri uning ekspressiv-stilistik boʻyoqlaridan xoli
ekanligidir. Shu bilan birgalikda, koʻpgina yuridik terminlarda tuygʻuga yoʻgʻrilgan
komponentlar uchraydiki, ular salbiy ohang kasb etadi. Masalan:
qotil, jinoyatchi, qalloblik,
firibgarlik, terror, oʻgʻri
va b. Mazkur soʻzlar boshqa soʻzlarga aloqasi boʻlmagan holatlarda,
yaʼni kontekstsiz salbiy maʼno ifodalaydi.
Lekin baʼzi terminlashgan yuridik soʻzlar borki, ular shu sohada oʻzining neytrallik
xususiyatini yoʻqotadi. Masalan, sherik va ishtirokchi soʻzlari huquqda ijobiydan koʻra salbiy
maʼnoda tushuniladi. “Ikki yoki undan ortiq shaxsning jinoyat sodir etishda birgalashib
qatnashishi ishtirokchilik deb topiladi” (JK. 27-modda), “Jinoyat ishtirokchilarining turlari” (JK.
28-modda), “Ishtirokchilikning shakllari” (JK.29-modda).
Binobarin, tildagi termin, soʻz va atama tushunchalari oʻzaro bogʻliq boʻlib, ularni bir-
biridan ajratib olish muhim ilmiy ahamiyat kasb etadi. Xususan, soʻz tilning kichik semantik
birliklaridan biri boʻlib, u terminni ham, atamani ham, boshqa birliklarni ham oʻz ichiga oladi,
yaʼni soʻz ham, termin ham, atama ham aslida soʻzdir. Shu sababli ularni oʻzaro almashtirib
qoʻllash yuz beradi. Ammo, yuqorida taʼkidlanganidek, termin, soʻz va atama tushunchalarining
har biri oʻziga xos xususiyatga ega.
Quyida ana shunday oʻzaro farqlovchi xususiyatlarni sanab oʻtamiz:
Soʻz, atama
– keng
va umumiy;
termin
– tor va xususiy;
soʻz, atama
– nisbatan mavhum va abstrakt;
termin
– aniq
va konkret;
soʻz, atama
– ilmiylik tushunchasi (semasi)ga ega emas;
termin
– ilmiylik
tushunchasi (semasi)ga ega;
atama
– faol emas;
termin
– faol va harakatchan;
soʻz
–
emotsionallik va ekspressivlikka ega;
termin
– emotsionallik va ekspressivlikka ega emas;
soʻz
–
jamiyatga, turli soha vakillariga xos;
termin
– fanga va fan vakillariga xos;
soʻz
– oʻzaro aloqa
quroli;
termin
– fan quroli;
soʻz
– kelib chiqishiga koʻra birlamchi;
termin
– kelib chiqishiga
koʻra ikkilamchi. U jamiyat taraqqiyotining muayyan davrida muayyan fan taraqqiyoti bilan
yuzaga keladi.
Soʻz
– leksikada oʻrganiladi va leksikologiyaning tekshirish obyekti hisoblanadi.
Termin
– terminologik leksikaga oid soʻz sifatida terminologiyada oʻrganiladi va
boshqalar.
Soʻz
– koʻchma maʼnoda ishlatiladi;
termin va
atama
– koʻchma maʼnoda
ishlatilmaydi. Ularning oʻziga xos xususiyati shuki, qoʻllanilish doirasi chegaralangan va aniq bir
maʼnoni anglatadi. Baʼzan
boʻri, tulki quyon
kabi yovvoyi hayvonlarning nomlari ham soʻz, ham
atama boʻlgani holda, ularning koʻchma maʼnoda kelishi atama hisoblanmaydi [Rajabov, 1999:
41]. Demak, har qanday atama soʻz, lekin har qanday soʻz atama emas. Masalan,
atama – termin
– istiloh
soʻzlaridan birgina atama soʻzi atama hisoblanadi. Shuningdek,
talaba – student – tolib
soʻzlaridan faqatgina talaba soʻzi atamadir. Xuddi shunday
shalkdosh soʻzlar
– omonimlar,
maʼnodosh soʻzlar
– sinonimlar,
zid maʼnoli soʻzlar
– antonimlar soʻzlarining birinchilari
atamalar hisoblanadi. Ikkinchilari tildagi terminlardir.
Tilimizda atamalarning qoʻshma va birikmali turlari ham bor. Masalan,
ish yuritish,
gultojixoʻroz, oliy taʼlim, maishiy xizmat, yetakchi mutaxassis, qalam haqi
singari. Shuningdek,
tilda lahjalar va shevalardan soʻzlar olish yoʻli bilan, yaʼni tilning ichki imkoniyatlari asosida
ham atamalar yuzaga keladi:
boʻla, umoch, urt, qoʻqim, yelvizak, quyqa, nuri, oʻngir
kabi.
82
Xulosa oʻrnida aytish lozimki,
Do'stlaringiz bilan baham: |