Oti borning – qanoti bor
, - dedim.
Muallif qahramon nutqida keltirgan maqol qahramon fikrini ifodalashga xizmat qiladi. Ot
yigitning qanoti ekanligini, qahramon uchun mashinadan koʻra afzal va foydalanish uchun
qulayroq ekanligini atigi bitta jumla – maqol bilan beradi. Bu usul T.Murodning jumlalarni
qisqa-qisqa tuzish uslubini shakllantirishga xizmat qiladi.
… El ogʻzini ushlab kuldi, piq-piq kuldi, qoʻli bilan koʻrsatib kuldi, pana-panalarda kuldi.
Bilmadim, el, Ziyodulla kal,
otangni koʻrdim – Ahmadi forigʻ, onangni koʻrdim – tovoni yoriq,
koʻrpangga qarab oyoq uzat,
dedi. Oʻzing bir sagʻir boʻlsang, senga kim qoʻyibdi otni, dedi.
Kalga eshak ham boʻladi, dedi. Birodarlar, el shunday!
El ogʻziga elak tutib boʻlmaydi!
Odamzot shunday!
Bor boʻlsa, koʻrolmaydi, yoʻq boʻlsa, berolmaydi!
Yuqoridagi parchada bitta abzasda, bir umumiy fikrni ifodalashda bir nechta maqol
yonma-yon keltirilganligini koʻramiz. Buning ustiga hamma maqollar bir mavzuda emas.
Otangni koʻrdim – ahmadi forigʻ, onangni koʻrdim – tovoni yoriq
va
koʻrpangga qarab oyoq
uzat
maqollarini bogʻlovchisiz qoʻshma gap shaklida shunday yonma-yon keltiradiki, hech bir
izohsiz ikkita fikrni aytadi-qoʻyadi.
El ogʻziga elak tutib boʻlmaydi
va
bor boʻlsa, koʻrolmaydi,
yoʻq boʻlsa, berolmaydi
kabi mazmunan sinonim boʻlmagan maqollarni bir umumiy fikr atrofiga
birlashtiradi. Birinchi maqolni iqtisodiy holati haminqadar boʻlgan oila holatini ifodalash uchun,
ikkinchi maqolni kishi vaziyatga, iqtisodiy-sotsial ahvoliga qarab yoʻl tutishi lozimligini bildirish
uchun qoʻllaydi; mazmunan yaqin boʻlmagan maqollarni mantiqan bogʻlaydi, bogʻlovchisiz
qoʻshma gap shaklida qoʻllaydi. Koʻrinyaptiki, muallif maqollarni asar matniga hech qanday
oʻzgarishsiz olib kiradi. Ikkinchi va uchinchi maqollarni ishlatishda ham shu yoʻldan boradi. Bu
parchada muallif maqolni qahramon nutqiga oʻzgarishsiz, transformatsiyasiz olib kirganligini;
mazmunan bir-birga yaqin boʻlmagan bir necha maqollarni bir umumiy fikrni ifodalashda tayyor
til birligidan gap − nutqiy birlik koʻrinishida foydalanganini koʻramiz.
Maqol, aforizm, masal, rivoyat, turli hayotiy voqyealar asosidagi didaktik hikoyalarni
didaktik matn deb qarash mumkin. Zotan, ulardagi mazmunning mohiyatida tarbiya, pand-
nasihat, didaktika yotadi. Shuning uchun ham ularni didaktemalar tarzida umumlashtirish
mumkin. Badiiy matnda muayyan maqsad bilan qoʻllangan didaktemalarning matn ichiga
singdirilishi tarzi ham turlicha boʻladi. Muallif bunday didaktemalarni matnga toʻgʻridan-toʻgʻri
olib kiradi va uning qaysi janrga taalluqli ekanligini aytib oʻtadi. Didaktemalar matn tashqarisida
avvaldan tayyor holda mavjud boʻladi. Muallif yoki qahramon nutqida quyidagi ifoda shakllari
ishlatiladi:
shunday maqol bor, mashoyixlar demishlarki, ulugʻ(eski)larda shunday gap bor,
derlarkim, shunday rivoyat (oʻgit, voqea, masal) eshitganman
va hokazo. Masalan,
Xalqda
Do'stlaringiz bilan baham: |