Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning “Oʻzbek tiliga davlat
tili maqomi berilganining oʻttiz yilligiga bagʻishlangan tantanali marosimdagi nutqi”// 2019- yil,
21- oktyabr// http: //uza.uz/oz/politics
2. https://kun.uz/news/2019/08/27/bunday-ona-tili-talimi-oʻzimizni-aldashdan-boshqa-
narsa-emas-tilshunos-olim-bilan-suhbat
409
3. Агаджанян
С.А. Вербальная коммуникация «врач – пациент» в
функционально-стилистическом аспектк (на материале английского языка) //
дисс…канд… наук. – Москва // 2018. – 177 с.;
4. Omonturdiyev А. Professional nutq evfemikasi. – Toshkent: Fan, 2006. – 232 b.
5. Ernazarov T. Shifokor deontologiyasi va tibbiy axloq.// – Toshkent: Fan // 2005. –
118
6. Hojiev А. Tilshunoslik terminlarining izohli lugʻati. – Toshkent: OʻzME, 2002. 164
b
Xalq maqollari mualliflik variantlarining badiiy nutqdagi oʻrni
The meaning of the author's discrepancy (variation) of folk proverbs in artistic speech
Turdaliyeva Dilfuza Soloxidinovna
*
*
Annotation.
This article comprehensively examines the meaning of the author's
discrepancy (variation) of folk proverbs in artistic speech. Along with this, with the help of
examples, the solution of the peculiar aesthetic tasks of folk proverbs in the artistic speech of
writers and poets is revealed.
Key words:
proverbs, sayings, artistic speech, artificial language, national color, artistic
and aesthetic task, intertextual.
Xalq maqollari yozuvchi va shoir nutqida oʻziga xos vazifa bajaradi, badiiy asarning
estetik qimmatini oshiradi, yozuvchiga fikrini yorqin ifodalashga yordam beradi, kitobxonga
yozuvchi maqsadini aniqroq tushunish imkonini yaratadi. Y.Jigarina maqolning badiiy-estetik
vazifasini “… masal yoki boshqa axloqiy-tarbiyaviy bir hikoyaning qisqartirilgan mazmuni”
sifatida baholaydi. Maqolga adabiy nuqtayi nazardan qiziqish, asar badiiyligini oshirish va badiiy
til ravonligini ta'minlash uchun undan foydalanish hamma davrlarda soʻz san’atkorlarining
diqqat markazida boʻlgan.
N.Mahmudov til bajaradigan vazifalar haqida shunday yozadi: “Til fikrni ifodalash,
dunyoni bilish, bilim-tajribalarni toʻplash, saqlash va keyingi avlodlarga yetkazish, milliy-ruhiy
munosabatlarni aks ettirish, goʻzallik kategoriyalarini voqelantirish kabi bir qancha vazifalarni
bajaradi. Tilni faqat kishilar oʻrtasidagi aloqa vositasi sifatida talqin etish insonning tabiiy tilini,
bu benihoya murakkab va muhtasham hodisani, eng kami joʻnlashtirishdan, aniq bir milliy
qiyofa yoki milliy-ruhiy zamindan mosuvo boʻlgan sun’iy tilga (masalan, esperanto kabi)
tenglashtirishdan, yoʻl harakatini tartibga solish maqsadida yaratilgan shartli “til”ga
baravarlashtirishdan boshqa narsa emas... Holbuki, odamlar til vositasida tuygʻu va
kechinmalari, quvonch va qaygʻulari, hayrat va hayronliklari, qalbdagi huzurlari kabi xilma-xil
sezgilarini ham ifodalaydilarki, bu hamisha ham sof kommunikativ maqsadlarni koʻzda
tutmaydi... Estetik vazifa tilning asosiy kommunikativ vazifasini qulaylashtiradi, uning
imkoniyatlarni boyitadi. Til va nutq ayni shu estetik vazifasi bilan ifodalilik hamda ta'sir
quvvatini namoyon etadi”. I.V.Arnold muayyan matnda aynan yoki qisman oʻzgartirilib, qayta
ishlanib kiritilgan boshqa matnlar yoki ularning qismlarining mavjudligini “intertekstuallik” deb
nomlaydi. M.Yoʻldoshev: “Muayyan badiiy matn tarkibida oʻzga matnlarga daxldor unsurlarning
mavjudligi shu matnning intertekstualligidir... Har qanday badiiy matn intertekstual boʻlishi shart
emas, bu yozuvchining badiiy maqsadi, uslubi bilan bogʻliq holda yuzaga keladi. Boshqacha
qilib aytganda, badiiy matnga olib kiriladigan har qanday boshqa matn yoki uning unsuri asosiy
matn mazmuni va lisoniy qurilishi bilan uygʻunlashib, yozuvchining estetik niyati roʻyobi uchun
xizmat qiladi”, - deb ta’kidlaydi.
*
*
Filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), Farg‘ona politexnika instituti, turdaliyevadilfuza79@com
410
Ana shu estetik vazifa hamda ta’sir quvvatini quyida badiiy asarlardan olingan parchalar
misolida koʻramiz. Togʻay Murodning “Ot kishnagan oqshom” qissasidagi mazkur parchadagi
maqolning yozuvchi maqsadini ifodalash imkoniyatini kuzataylik.
Onamiz norozi boʻldi. Beti burishib-burishib ogʻrindi. Labini burib mingʻilladi:
- Otimnimam… otdan mashina yaxshi… - dedi.
- Mashina nimam?
Do'stlaringiz bilan baham: |