327
5.Is’hoqov M., Sodiqov Q., Omonov Q. (2009). Mangu bitiglar.-Tошкент.- B.116.
6.Li Ci Ren. (2011). Oʻzbek va koreys tillaridagi sifatning intensiv formasi.-Magistrlik
dissertasiyasi.-Tошкент,2011
7.Samoylovich A. (2007). Türk dillerinin siniflandirilmasina dair bazi eklemeler
(А.Самойловичнинг 1922 йилда Петроградда нашр этилган «Некоторые дополнения к
классификации тюркских языков» номли мақоласини проф. др. Меҳман Муса ўғли
таржима қилган) // Dil araştirmalari. Uluslararasi hakemli dergi.-Ankara. 2007.-S.184.
Some comments on the case category in turkish languages
Abdurahmonova Muqaddas
*
Alovuddinova Nodira
Annotation:
This article discusses the categories of conjunctions, grammatical meanings
and grammatical forms in Turkic languages. Conjunctive forms in Uzbek and Turkish languages
are compared, semantic features of consonant forms are described.
Key words:
social factor, geographical factor, grammatical category, morphological
category, agreement category, ownership category, synharmonism.
Turkiy xalqlarning oʻzaro munosabati jarayonida yuzaga kelgan yangicha ijtimoiy va
geografik omillar asosida turkiy tillarning har birida oʻziga xos yangicha xususiyatlar paydo
boʻldi. Bunday oʻzgarishlarning sabablarini bir necha turkiy til misolida, leksik-morfologik
sathlar, kategorial belgilar, paradigmatik va sintagmatik aloqa vositalarini qiyoslash asosida
tahlil etish turkologiyaning munozarali masalalarini amaliy hal etish imkonini beradi. Xususan,
kategorial belgilarining oʻzgaruvchanligiga koʻra turkiy tillardagi ot soʻz turkumi oʻziga xos
murakkablikka ega.
Ta’kidlash lozimki, oʻzbek tilidagiga nisbatan turk tilida oʻrin-payt kelishigining son
turkumidagi soʻz bilan ishlatilishi juda keng qoʻllanadi. Ayniqsa, oʻrin-payt kelishigining yillar
sanogʻi bilan qoʻllanishi e'tiborli holdir. Oʻzbek adabiy tilida kelishik qoʻshimchasi sanani
ifodalovchi tartib sonlarga toʻgʻridan-toʻgʻri qoʻshilmaydi. U koʻpincha «yil» soʻzi yoki oy
nomlarini bildiruvchi soʻzlar bilan birga keladi. Bunday birikmalarda «yil» soʻzining ishtirok
etmasligi gap mazmunini oʻzgartirishi mumkin. Turk tilida esa oʻrin-payt kelishigi qoʻshimchasi
toʻgʻridan toʻgʻri yil sanogʻiga qoʻshila oladi. Turk tilida kasr sonlar, foiz koʻrsatkichlari ham
oʻrin-payt kelishigini oladi. Bu holat oʻzbek tilida chiqish kelishigiga mos keladi: Dörtte üç (3/4)
– toʻrtdan uch, yüzde beş 5/100 – (5%) – besh foiz. Oʻzbek tilida ham, turk tilida ham oʻrin-payt
kelishigi gapda bir xil morfologik-sintaktik xususiyat kasb etadi. Oʻrin-payt kelishigidagi ot ish-
harakatning bajarilish oʻrni, vaqti, sharoiti, holati, sababi, maqsadini ifodalaydi. Oʻrin-payt
kelishigining oʻzbek tilida harakatning bajarilishida vosita boʻladigan predmetni ifodalovchi
ma'nosi turk tilida yordamchi soʻz bilan ham amalga oshiriladi. Sh.Rahmatullaev:
«-
Do'stlaringiz bilan baham: