gʻarbiy turkiy tillar
:
bulgʻor,
oʻgʻuz, qipchoq, quman, saljuqiy, usmonli turk, turkman, chuvash, gagauz, ozarbayjon,
qaraim, qumiq
tillari;
sharqiy turkiy tillar:
oʻrxun-enasoy, qadimgi uygʻur, uygʻur, qarluq,
tatar, boshqird, qozoq, noʻgʻay, qoraqalpoq, oʻzbek, qirgʻiz, oltoy, tuva, xakas, shor, yoqut
tillari [2]. Har bir guruh oʻz ichida yana kichik guruhlarga ajratilgan.
V.V Radlov, F.Korsh, I.Bensig, K.Menges, V.A.Bogoroditskiy, G.Ramstedtlar ham
turkiy tillarni geografik joylashish oʻrniga koʻra tasniflagan. A.Samoylovich turkiy tillarni
fonetik xususiyatlariga koʻra tasnif qilgan. A.Samoylovich tasnifida turkiy tillarning fonetik
jihatdan oʻzaro farqlanishi ham koʻzga tashlanadi [6,184].
Tabbert-Stralenbergni Paltava guberniyasi va Sibirda yashagan turkiy qabilalar tilidagi
yaqinlik qiziqtirgan boʻlsa, 1733-1743-yillarda tarixchi va etnograf olim G.F.Myuller Sibirda
yashaydigan elatlarning til xususiyatlari haqida boy material toʻpladi, “Tatar tili va boshqa Sibir
dialektal soʻzlari toʻplami” nomli lugʻatini tuzdi. Mazkur lugʻatdan boshqird, chulim tatarlari,
teleut, shor tillari, Abakandagi xakas, Sibirdagi buxoroliklar va yoqut tiliga mansub soʻzlar oʻrin
olgan. Lugʻatda yuzdan ortiq turkiy soʻzlarning qiyosiy jadvali berilgan. Masalan,
qor
soʻzining
12 turkiy tildagi varianti keltirilgan: qangli.
buran
, boshq.
kar
, tuv.
kar
, tobol.
kar,
chat.
kar,
tomck.
kar
, teleut.
kar
, kuznetsk.
kar
, xakas.
xar
, buxor.
qar,
yoq.
čarr.
Turkiy tillarning nisbatan mukammal qiyosiy grammatikasi, asosan, XIX asrning ikkinchi
yarmida Rossiya fanlar akademiyasi hamda Sankt-Peterburg tilshunoslik instituti olimlari
324
tomonidan yaratildi. Mahmud Koshgʻariy, N.A. Baskakov, B.A. Serebrennikov, N.Z. Gadjiyeva,
A.M. Sherbak, E.R. Tenishev, L.S.Levitskaya, L.A.Pokrovskaya kabi olimlarning izlanishlari
natijasida turkiy tillarning mukammal qiyosiy-tarixiy grammatikasi shakllandi.
Turkiy tillar grammatikasi, xususan, sintaktik tizimi ham eng qadimgi oltoy bobo til
xususiyatlarini namoyon qiladi. Buni oʻzbek va koreys tili gap qurilishidagi boʻlaklarning oʻrni
va munosabatini qiyoslash asosida ham kuzatish mumkin.
Koreys tili ham oltoy tillari oilasiga mansub boʻlib, oʻzbek va koreys tili grammatikasidagi
oʻxshashliklar turkiy tillar va koreys tili oʻrtasidagi eng qadimgi yaqinlik ildizlarini koʻrsatib
turadi. Chunki koreys tili va turkiy tillarda asosiy xabar kesimda mujassamlangan boʻladi.
Gapdagi boshqa barcha boʻlak olib tashlansa ham, mazkur xabar saqlanadi. Gap boʻlagi uning
kesimini aniqlashdan boshlanadi. Gap boʻlagining turi, odatda, bir-biriga nisbatan olinadi: hol va
ega kesimga nisbatan, aniqlovchi aniqlanmishga nisbatan, toʻldiruvchi toʻldirilmishga nisbatan.
Umuman, qolgan barcha boʻlaklar kesimga bevosita yoki bilvosita bogʻlanadi. Shuning uchun
kesim gapning grammatik markazi, deyiladi. Koreys tilida ham kesim gap boʻlaklarini
belgilaydigan qism boʻlgani uchun gap markazi hisoblanadi. Gap boʻlagini ajratishda asosiy
belgi – ular orasidagi sintaktik aloqa. Oʻzbek tilida gap boʻlaklari beshta: ega, kesim,
toʻldiruvchi, aniqlovchi, hol. Koreys tilida gap boʻlaklari soni yettita: [
juo], [sosulo],
[moʻkjogo], [boʻo], [kuanhyungo], [ busao], [donglibo]-
[5,17]. Beshta gap boʻlagidan
tashqari kiritmalar va undalmalar ham hisobga olinadi. Koʻrinib turibdiki, har ikki tilning gap
boʻlaklari ma’lum jihatdan bir-biriga oʻxshash. Bu oʻxshashlik mazkur tillarning uzoq oʻtmishda
bir bobo til – asos til negizida shakllanganidan dalolat beradi. Har ikki tilning gap boʻlaklari
oʻrtasidagi farqli jihatlar bu tillarning davrlar mobaynidagi mustaqil taraqqiyoti natijasidir.
XIX asr oxiri – XX asr boshlarida turkiy tillarni qiyosiy oʻrganish sohasida bir qator
izlanishlar yuzaga keldi. Rossiya Fanlar akademiyasining Tilshunoslik instituti turkiy tillar
boʻlimi, uning Sankt-Peterburg va Sibir tarmoqlari tilshunoslari tomonidan turkiy tillar
fonetikasi, leksikasi, grammatik qurilishini oʻrganish yuzasidan ilmiy tadqiqotlar yaratildi.
Turkiy tillar tarixini oʻrganishda ikki yoʻnalish – tarixiy grammatika va adabiy tillar
tarixini yaratish yuzasidan izlanishlar olib borildi. 60-70- yillarda turkiy tillar tarixi boʻyicha bir
qancha monografiyalar, darsliklar, qoʻllanmalar yaratildi. Turkologiya tarixida sinxronik va
diaxronik aspektdagi tadqiqotlar yuzaga keldi. Turkiy tillar tasnifi, turkiy tillar fonetikasi,
leksikologiyasi, semasiologiyasi, terminologiyasi, leksikografiyasi, grammatikasiga doir
izlanishlar olib borildi, monografiyalar, qoʻllanmalar yaratildi, ilmiy maqolalar e’lon qilindi.
Turkiy tillarda yaratilgan yozma yodgorliklar oʻrganildi, nashr etildi.
Turkiy tillar fonetikasi sohasida jiddiy yutuqlarga erishildi. Eksperimental-fonetik
tekshirishlar asosida turkiy tillarning fonematik sistemasi (unli va undosh tovushlar tizimi),
aksentuatsiyasi, gap intonatsiyasi yoritildi. Turkiy tillar leksikologiyasi, leksikografiyasi
boʻyicha olib borilgan ishlar turkiy tillar leksikasini ham sinxron, ham diaxron aspektda
tekshirishga qaratilgan tadqiqotlar uchun zamin yaratdi. Turkiy tillarga oid ikki tilli lugʻatlarda
turkiy boʻlmagan til (masalan, rus tili)ning leksik-grammatik xususiyatlarini turkiy til vositasi
orqali aks ettirish, koʻchma ma’nodagi soʻz va iboralarni tarjima qilish, old qoʻshimcha
(prefiks)li soʻzlarning turkiy tillardagi muqobilini topish, ularning semantik xususiyatlarini har
jihatdan yoritish masalalariga e’tibor qaratildi.
Turkiy tillar morfologiyasi, xususan, soʻz turkumlarining leksik-semantik, morfologik va
sintaktik xususiyatlari ilmiy asosda tadqiq qilindi. Ot, sifat, ravish va fe’l turkumiga xos
kategoriyalar oʻrganildi. Turkiy tillar sintaksisi boʻyicha ham bir qator ishlar amalga oshirildi.
Soʻz birikmalari, sodda va qoʻshma gap sintaksisiga oid fundamental tadqiqotlar yaratildi.
Turkiy tillar dialektologiyasi turkologiyaning asosiy yoʻnalishlaridan biri hisoblanadi.
Turkiy tillar dialektologiyasi masalalariga bagʻishlangan ilmiy konferensiyalarning muntazam
ravishda oʻtkazilishi, “Turkiy tillar dialektologiyasi masalalari” toʻplamining nashr etilishi
325
dialektologiyaning turkiy tillar fonetik, leksik, grammatik sohalariga doir masalalarni hal
qilishdagi ahamiyatini yoritishga xizmat qiladi.
Turkiy tillarning sheva va lahjalari monografik tarzda oʻrganilganligi sababli turkiy
tillarning qiyosiy-tarixiy grammatikasi uchun muhim qiymatga ega boʻlgan fonetik, grammatik
va leksik xususiyatlar aniqlandi. Turkiy tilli respublikalarning dialektologlari tomonidan
dialektologik atlaslarning tuzilishi soha taraqqiyotidagi muhim qadamlardan hisoblanadi. Turkiy
tillarning sheva va lahjalari boʻyicha toʻplangan faktik materiallar asosida bir qator lugʻatlar
ham tuzilgan.
Qayd etilgan tadqiqotlar, amalga oshirilgan ishlar turkiy tillarning qiyosiy-tarixiy
grammatikasi masalalariga doir manbalar sifatida ahamiyatlidir.
Keying yillarda turkologiya sohasida bir qator yangi tadqiqotlar yuzaga keldi. Eng
qadimgi sugʻd, koʻk turk (oʻrxun-enasoy, turkiy run), eski uygʻur (turk) yozuvlaridagi
yodgorliklarga oid izlanishlar olib borilmoqda. Koʻk turk xoqonligi davrida yaratilgan Bugʻut
mangutoshi, uning tiklanish tarixi, yodgorlikda saqlanib qolgan sugʻdcha bitik talqini, sugʻd
tilidagi arablar istilosi bilan bogʻliq nazariy qarashlar, koʻk turk bitiklari, koʻk turk yozuvining
oʻziga xos jihatlari, imlo xususiyatlari, koʻk turk xatida bizgacha yetib kelgan Toʻnyuquq,
Oʻngin, Kul tegin, Bilga xoqon, Suji bitiklarining matni talqini, turkiy yozma yodgorliklar
asosida rasmiy uslubning yuzaga kelishi, taraqqiyot bosqichlari, hujjat turlari haqida muhim
ma’lumotlar qayd etilgan [5,116].
Hozirgi kunda turkiy tillarning qadimgi davrini oʻrganishga doir tadqiqotlar ham amalga
oshirilmoqda. Shunga qaramay, turkiy tillar tarixida aniq yechimini topmagan, hozirgacha hal
qilinmagan murakkab va dolzarb masalalar koʻp. Turkiy adabiy tillar tarixini davrlashtirish,
oʻzaro qiyoslash, umumturkiy taraqqiyot bosqichidan keyingi rivojlanish jarayoni, turkiy tillar
dialektlari oʻrtasidagi munosabat, oʻxshash va farqli jihatlarni tahlil qilish masalalari muhim
ahamiyat kasb etadi. Bu muammolarni turkiy adabiy tillar grammatikasini qiyoslash, umumxalq
turkiy soʻzlashuv tili hamda adabiy kitobiy tilning turli tarixiy davrlardagi uslubi, ichki –
intralingvistik omillarning oʻrni, tashqi – ekstralingvistik omillar ta’siri, yozuvning ahamiyati va
xalqning madaniy taraqqiyot saviyasini nazarda tutgan holda hal qilish maqsadga muvofiq.
Qadimgi turkiy qabilalardan boʻlgan xunlar, xazarlar, bulgʻorlar tili hamda chuvash,
yoqut tillari aloqadorligi masalalari ham oʻz yechimini kutmoqda. Bu masalalarni ijobiy hal
qilishda oʻrxun-enasoy yozuvidagi bitiktoshlardan oldingi davr manbalaridagi faktik
materiallarga ham murojaat etish zarur boʻladi.
Turkiy tillarning qiyosiy-tarixiy grammatikasi bu tillarning boshqa tillar bilan
aloqadorligini oʻrganish muammosini hal etishda ham ahamiyatlidir. Zotan, turkiy xalqlar qadim
zamonlardan beri hind-yevropa, fin-ugor, semmit, moʻgʻul va boshqa xalqlar bilan yondosh
holda yashagan va oʻzaro munosabatda boʻlgan. Xalqlar oʻrtasidagi ijtimoiy-siyosiy aloqalar
tilda oʻz ifodasini topadi. Tadqiqotlar jarayonida boshqa tillarning turkiy tillarga ta’sirini
oʻrganish bilan bir qatorda, turkiy tillarning german, roman, slavyan, moʻgʻul, fors-tojik kabi
qardosh boʻlmagan tillarga ta’sirini tekshirish, tadqiq qilish, substrat holatlarni aniqlash ham
muhimdir.
Turkiy tillarning morfologik xususiyatlari tarixiy taraqqiyot jarayonini ifoda etadi.
Fonemalar singari morfologik birliklar ham sodda va murakkab birliklarga boʻlinadi.
Morfemalar sodda morfologik birliklardir. Murakkab morfologik birliklarni analitik soʻz
shakllari tashkil etadi. Turkiy tillarda grammatik ma’no quyidagi usullar orqali ifodalanadi.
1. Elementar morfologik birliklar. Elementar morfologik birliklar boshqa tillardagi shu
shakllardan farq qiladi. Ularning oʻziga xosligi agglyutinatsiya bilan bogʻliq. Agglyutinativ
tillardagi affikslarda mustaqil soʻzlarning izlari koʻrinadi, ya’ni koʻpgina affikslar mustaqil
soʻzlardan yuzaga kelgan. Bunday soʻz shakllarining prototiplari soʻz birikmasi (sintaktik
birikmalar) boʻlgan. Natijada hokim soʻz oʻzak morfemaga, tobe soʻz affiksal morfemaga
aylangan.
326
2. Agglyutinativ usulda grammatik ma’no ifodalash bilan birga, fleksiya asosidagi
shakllar ham voqelanadi (ichki fleksiya). Masalan:
Do'stlaringiz bilan baham: |