295
2006. 4. Russian-Uzbek dictionary. Tashkent, 1972.
4. A Dictionary of Law. Sixth edition. Edited by Elizabeth A. Martin, Jonathan Law.
Oxford University Press, 5. Handbook of Legal Terms. Michigan Judicial Institute. Lansing, MI
48913
Choʻlpon asarlarida intertekstuallik
Intertextuality in Chulpon's work
Axmedova Aziza Rustamovna
Annotation:
In this article we will talk about the term intertextuality and the methods of
its formation.
Key words:
literary text, intertextuality, lingvopoetics, intertext, transformation, epigraph
Badiiy matn badiiy
asar mazmunini ifodalagan, funksional jihatdan tugallangan, tilning
tasvir imkoniyatlari asosida shakllangan, oʻzida turli uslub koʻrinishlarini muallifning badiiy
niyatiga koʻra erkin jamlay oladigan, tinglovchi yoki oʻquvchiga estetik zavq berish, ta’sir etish
xususiyatiga ega boʻlgan gʻoyat murakkab butunlik hisoblanadi [Yoʻldoshev, 2019: 83].
Badiiy matn tarkibiga olib kirilgan oʻzga matn intertekstullikni yuzaga keltiradi.
"Intertekstuallik" atamasi (inglizcha “intertextuality”, fransuzcha “intertextualité”) 1967-yilda
poststrukturalizm nazariyotchisi Yuliya Kristeva tomonidan kiritilgan [7]. Ammo ushbu
tushunchaning paydo boʻlishiga rus olimi M.Baxtin sababchi boʻlgan. Uning fikricha har qanday
matn boshqa bir matndan transformasiya qilingan va oʻzlashgan iqtiboslar mozaikasi singari
tuzilgan. [Kristeva, 2000: 429] Intertekstuallikning
bunday talqini, tabiiyki, har qanday badiiy
matnning yangiligini, umuman, badiiy matn yaratish imkoniyatini, badiiy matnga mualliflik
maqomini inkor etadi, ya'ni hech
bir badiiy matn yangi emas, badiiy matn yaratilmaydi, balki
tuziladi, badiiy matnning egasi muallif emas, balki oddiy tuzuvchidir qabilidagi haqiqatdan yiroq
xulosalarga olib kelishi mumkin. [Yoʻldoshev, 2019: 108]
M.Baxtinning intertekstuallik toʻgʻrisidagi qarashlariga keyinchalik A.Gorshkov qarshi
chiqadi va uning notoʻgʻri ekanligini asoslaydi. Uning fikricha intertekstuallik va
«
межтекстовые свеязи
» “matnlararo aloqalar” (oʻzb) aynan bir narsa: lotinchada inter soʻzi
между
tushunchasini ifodalaydi, shuning uchun intertekstuallik oʻrniga «
межтекстовые
свеязи
» atamasini qoʻllash toʻgʻri boʻladi, deb ta'kidlaydi. [Gorshkov, 2006: 72]
M.Yoʻldoshev Gorshkovning fikrlariga qoʻshilmaydi va “matnlararo aloqalar” atamasi
hodisa mohiyatini toʻliq ochib bermaydi deb ta'kidlaydi. “Baribir “intertekstuallik”
termini
hodisa mohiyatini, ya'ni matn ichidagi boshqa matn yoki matn unsurlari tushunchasini aniqroq va
toʻliqroq aks ettiradi. “Matnlararo aloqalar” termini esa, avvalo, bir matn ichidagi matnlar
aloqasiga emas, balki alohida-alohida matnlar oʻrtasidagi aloqaga ishora qiladi, qolaversa, termin
tarkibidagi aloqa soʻzi ham butunlik sifatidagi matn hodisasi mohiyatini xiralashtiradi. ...
Umuman aytish mumkinki, muayyan badiiy matn tarkibida oʻzga matnlarga daxldor
unsurlarning mavjudligi shu matnning intertekstualligidir”. [Yoʻldoshev, 2019: 108]
D.Xudoyberganova intertekstuallikka quyidagicha ta'rif beradi: Intertekstuallik (
lot
. inter
– oraliq +
lot.
textus – mato; toʻqish; aloqa, uygʻunlik) biror matn tarkibida boshqa matn yoki
uning unsurlarining ochiq yoki yashirin tarzda mavjud boʻlishi. Lingvokulturologiyada
intertekstuallikka ikki madaniy-semiotik maydonning “dialogi” sifatida yondashiladi.
[Xudoyberganova, 2015: 24]
Tayanch doktorant, O‘zR FA O‘zbek tili, adabiyoti
va folklori instituti, axm.aziza@mail.ru
296
Bizning nazarimizda ham, intertekstuallik atamasini qoʻllash maqsadga muvofiq. Badiiy
asarning ta'sirchanligini, estetik qimmatini oshirish maqsadida olib kirilgan matn asosiy matn
bilan mazmuni va lisoniy qurilishi bilan singishib ketishi kerak. Bu esa yozuvchidan katta
mahorat talab qiladi.
N.Mahmudov ilmiy matnga olib kirilgan matnga badiiy maqsad yuklatilmasligini
ta'kidlaydi va olib kirilayotgan matnlarni struktural turlarga boʻlib tahlil qiladi. “...ilmiy matnda
kiritmalar lingvopoetik yoki badiiy maqsadga emas (aslida, ilmiy matnda bunday maqsadlar
qoʻyilmaydi ham!), balki mazmun ifodasining aniqligi va toʻliqligi, matnning mazmuniy
hajmdorligi, turli qoʻshimcha ma'lumotlarni ta’kidlash, muayyan munosabatni yoʻl-yoʻlakay
qayd etish, shu tariqa matndagi ifoda yakrangligidan qutulish, ilmiy matn idrokini qulaylashtirish
kabi bir qancha maqsadlarga xizmat qiladi. ...Ilmiy matnlardagi
kiritmalarning struktural
turlarini quyidagicha belgilash maqbul: 1. Soʻz-kiritmalar. 2. Birikma-kiritmalar. 3. Gap-
kiritmalar. 4. Mikromatn-kiritmalar”. [Mahmudov, 2018:102-103]
Badiiy matnning intertekstualligi xilma-xil shakllarda namoyon boʻladi. Asosiy matnga
olib kiriladigan oʻzga matn yozuvchi niyatiga koʻra asosiy matnning turli qismlaridan joy olishi
mumkin. Badiiy asarga intermatn sarlavha yoki epigraf tarzida kiritilishi, shuningdek, asar
oʻrtasida yoki oxirida kelishi ham mumkin. Kiritilayotgan oʻzga matn mikromatn: maqol,
mashhur adiblarning gaplaridan (aforizm), she’rlaridan parcha yoki faqatgina bir misrasi,
ashulalar, yor-yor-u allalar, makromatn: hikoya, rivoyat, afsona, hadislar ham boʻlishi mumkin.
Adib asarida har bir soʻzga, har bir detalga alohida e'tibor qaratadi. Bilamizki, asarga
sarlavha qoʻyish ijodkordan katta mahorat talab qiladi. Sarlavha badiiy asarning gʻoyaviy
mazmuni, badiiy estetik qimmatini oʻzida jam qiladi va uning muhim tarkibiy qismi sanaladi.
Ba'zan sarlavha qoʻyishda ham intertekstuallik hodisasi yuz beradi.
Choʻlpon bir hikoyasini “Kleopatra” deb nomlaydi.
Kleopatra nafaqat tarixiy, balki
folklor va adabiy qahramondir. Hammaga ma'lumki, Kleopatra (mil. av. 69 — Iskandariya —
mil. av. 30) — Misrning ptolemeylar sulolasidan boʻlgan soʻnggi podshohi, Ptolemey XIning
qizi. Kleopatra bilimdonligi, aql zakovati hamda betimsol goʻzalligi bilan taxtga erishgan
vafosiz, sadoqatsiz, muhabbatsiz ayol timsolida tarixda qolgan.
Kleopatra mifopoetonimi
intertekstullikni hosil qilgan va hikoyaning ta'sirchanligini oshirgan.
Badiiy matnda intertekstuallikni yuzaga keltiradigan usullardan yana biri epigrafdir.
Epigraflar badiiy matnda ham ilmiy va publisistik matnlardan ham qoʻllanilishi mumkin. Bu
muallifning ixtiyoridan kelib chiqgan holda ishlatiladi. Badiiy matnda epigrafga yozuvchining
gʻoyasini, asarning asosiy mazmuni yoritib berish vazifasi yuklatiladi. Choʻlpon ham oʻz
asarlarida epigraflarning turli koʻrinishlaridan foydalanadi:
1)
Yozuvchi “Kecha va kunduz” romanida
Do'stlaringiz bilan baham: