272
5.
Авакова Р.Ә. Фразеологиялық семантика. - Алматы: Қазақ университеті,
2002.
6.
Уызбаева Б.К.. Қазақ тіліндегі соматикалық етістік фразеологизмдердің
этнолингвистикалық сипаты: дис. ... канд. Филол. ғыл- ң - Алматы, 1994.
7.
Өтебаева Ш., Садыбекова Б.А. Қазақ жəне ағылшын тілдеріндегі
соматикалық фразеологизмдер//Білім. - №6(54) 2010.
Oʻzbek tilida oila konseptining ifodalanishi
Expression of the concept of family in uzbek language
Ahmedova Nargiza Shiхnazarovna
Annotation
.
In the Uzbek language, the concept of family stands out by its national-
cultural character, actively usage and being expressed through lexical, paremiological, syntactic
units. The concept of family is the basis of all the religious, enlightening, spiritual, socio-
political notions.
Key words
:
anthropocentric linguistics, cognitive linguistics, concept, association, lexical
units.
Bilim olish va saqlash, uni amalda qoʻllash hamda uzatish manbayi va nihoyat uni
shakllantiruvchi vosita boʻlgan til tizimi – kognitiv tahlil obyekti hisoblanadi. Shunga koʻra,
bilim va bilishning tabiati hamda mohiyati bu fan asosini tashkil etsa, oʻrganish predmeti sifatida
esa tilning bilim hosil qilish, undan foydalanish, saqlash, uzatish
va uni qayta ishlashning
umumiy mexanizmi tarzidagi xossalarini koʻrsatish mumkin. Barcha yoʻnalishdagi lingvistik
tadqiqotlarni oʻrganish obyekti til tizimi, ya’ni lisoniy faoliyat va uning mahsuli.
Dunyoni koʻrishni olam haqidagi bilimga ega boʻlish deb ham qarash mumkin. Uning
asosida bilish jarayonidagi individuallik va ijtimoiylik yotadi. Til tizimi bilish jarayoni
talablarini bajaradi. Dunyoning konseptual manzaralari
turli ijtimoiy guruhlar, turli yoshdagi
guruhlarda turlicha kechishi kuzatiladi. Bundan tashqari, kishilar har xil tillarda
soʻzlashishlariga qaramasdan, dunyoni koʻrishning bir-biriga yaqin konseptlariga ega boʻlishlari
ham mumkin. Ikkinchi tomondan, bir tilda soʻzlashuvchi odamlarda
ham konseptlar turli
darajalarda boʻlishi mumkin. Xullas, dunyoni koʻrishning konsepti umuminsoniy, milliy va
individual xususiyatlarning aloqadorligida namoyon boʻladi.
Konsept inson ongida yashaydi va ehtimollar doirasidagi tushunchalarga ishora beribgina
qolmasdan insoniyatning tarixiy, ijtimoiy, ilmiy tajribasini namoyon etadi. Konseptlarni
aniqlashda ma’lum bir madaniyatga mansub boʻlgan tayanch soʻzlar inobatga olinadi. Biz ushbu
maqolada
oila konsepti, uni ifodalovchi birliklar, bu birliklarning milliy-mental xususiyatlariga
toʻxtalamiz.
Oila oʻzbek xalqi turmush tarzining ajralmas boʻlagi hisoblanadi. Har bir oʻzbek farzandi
oila muqaddas ekanligi, uni ulugʻlash zarurligi, unda umuminsoniy
va milliy qadriyatlar
shakllantirilishi kabilarni his qilgan holda shakllanadi. Bu qarashlar oʻz-oʻzidan tilda aksini
topadi va bu tushunchalar lisoniy ifodaga ega boʻladi. Oʻzbek tilida oila konseptiga ishora
qiluvchi birliklar talaygina boʻlib, bular oʻzbek millati kundalik hayotida muhim oʻrin egallaydi.
“Oʻzbek tilining izohli lugʻati”da oila leksemasiga quyidagicha izoh beriladi: Oila
[arabcha – bola-chaqa, xonadon; urugʻ, avlod] 1 Er-xotin, ularning bola-chaqalari va eng yaqin
tugʻishganlaridan iborat birga yashovchi kishilar majmui; xonadon. Ahil oila. Oila boshligʻi. 2
Dotsent, filologiya fanlari nomzodi, Alsher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti,
ahmedova.nargiza@navoiy-uni.uz
273
koʻchma Bir maqsad, maslak bilan birlashgan koʻp kishilar, xalqlar, mamlakatlar. Oʻzbekistonda
turli millat vakillari bir oila boʻlib yashamoqdalar. 3 Oʻsimliklar va
hayvonlar sistematikasida
tuzilish jihatidan bir-biriga oʻxshash, kelib chiqish jihatidan ham oʻzaro yaqin bir necha urugʻni
oʻz ichiga olgan guruh. Dukkaklilar oilasi. 4 Qardosh tillar guruhi. Oltoy tillar oilasi. 5 Rafiqa,
xotin. Oilam maktabda oʻqituvchi[7, 387].
Oʻzbek tilida oila konseptiga ishora qiluvchi leksik, paremiologik, sintaktik vasitalar
mavjud boʻlib, ular oʻzbek muloqot jarayonida faol qoʻllanadi. Oila muqaddasligi,
ota-onaga,
aka-ukaga hurmat, oilaparvarlik kabi holatlar oʻzbek millati uchun oʻlmas qadriyatlar sanaladi.
Til egalari xotirasida bevosita oila konseptiga ishora qiluvchi leksik birliklarni
quyidagicha guruhlash mumkin:
1) maʼnodoshlik asosidagi soʻzlar:
Do'stlaringiz bilan baham: