Key words
: language, common to all human values, nation, status, law, independence,
development, international.
Har bir xalqning oʻzligini namoyon etuvchi milliy va umuminsoniy qadriyatlari boʻladi.
Tiriklik uchun toza havo bilan quyosh nuri, nonu suv qanchalik hayotiy zarurat boʻlsa, millatning
yashashi va ravnaq topishini ham ona tilisiz tasavvur etib boʻlmaydi.
Til shaxs va jamiyat salohiyati hamda madaniyati saviyasining oʻziga xos belgisidir.
Bundan 31 yil muqaddam oʻzbek tiliga davlat tili maqomining berilishi chindan ham ulugʻ va
tarixiy voqea boʻlgan edi. Ma’rifatparvar adib Abdulla Avloniyning
“Har bir millatning
dunyoda borligʻini koʻrsatadurgan oyinai hayoti til va adabiyotidur. Milliy tilni yoʻqotmak –
millatning ruhini yoʻqotmakdur”
degan hikmatli soʻzlari yurtning istiqboli tilda ekanligini
chiroyli isbotlaydi. Darhaqiqat, tilidan ayrilgan xalqning ma’naviy Vatani boʻlmasligi muqarrar.
Millatning yuzi, yurtning istiqboli tilda, unga boʻlgan hurmatda oʻz aksini topadi.
Bugungi kunda yer yuzida besh mingga yaqin til mavjud boʻlib, huquqiy maqomi, tutgan
oʻrni, qoʻllanish doirasiga koʻra uch turga boʻlinadi. Bular: 6 ta xalqaro til (ingliz, fransuz, ispan,
rus, arab, xitoy tillari), 200 ga yaqin davlat tili (oʻzbek, qozoq, nemis va boshqa tillar), qolgan
4800ga yaqin tillar-mahalliy tillar (na xalqaro, na davlat tili maqomiga ega boʻlgan tillar) 1989
yilning 21 oktabrida oʻzbek tiliga Davlat tili maqomi berilishi tom ma’nodagi jasorat va istiqlol
sari qoʻyilgan ilk qadam sifatida ulkan ahamiyatga ega.
Oʻzbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti Islom Abdugʻaniyevich Karimovning
say’-harakati bilan oʻzbek tiliga davlat tili maqomi berilganiga ham 31 yil boʻldi. Istiqlol
yillarida ona tilimizning nufuzini yanada oshirish, ommaviy muomalada adabiy til me’yor va
qoidalari buzilishining oldini olish borasida amalga oshirilgan aniq maqsadli ishlar oʻz
samarasini berdi.
“Davlat tili haqida”
gi qonunga asosan ish yuritish, ta’lim-tarbiya, ommaviy
axborot vositalari, noshirchilik sohalarida oʻzbek tili faol qoʻllanilmoqda, oʻzaro muloqot
vositasi sifatida mavqei tobora oshmoqda.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyev oʻzbek tiliga
davlat tili maqomi berilganining 30 yilligiga bagʻishlangan tantanali marosimdagi nutqida
“Globallashuv sharoitida milliy tilimizning sofligini saqlash, uning lugʻat boyligini oshirish,
turli sohalarda zamonaviy atamalarning oʻzbekcha muqobilini yaratish, ularning bir xil
qoʻllanishini ta’minlash dolzarb vazifa boʻlib turibdi. Yana bir muhim vazifa fundamental
tadqiqotlar, sanoat, bank-moliya tizimi, yurisprudensiya, diplomatiya, tibbiyot va boshqa
tarmoqlarda davlat tilini toʻlaqonli qoʻllash bilan bogʻliq”
deb ta’kidlab oʻtgan edi. [Miziyoyev,
2019]
Shunday muhim va xayrli ishlarga qoʻl urilayotgan bir paytda ona tilimiz kamoliga gʻov
boʻlayotgan, uning fayzli va musaffo muhitini buzishga qaratilgan illatlarning mavjudligi kishini
xavotirga soladi. 2020-yil aprel oyida Adliya vazirligi tomonidan davlat tilida ish yuritishni toʻla
ta’minlash maqsadida mansabdor shaxslarga javobgarlik belgilashni nazarda tutuvchi qonun
loyihasi ishlab chiqilganligidan barcha xabardor. Oʻzbekiston Respublikasining Ma’muriy
javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 42-moddasi
“Davlat organlari va tashkilotlarida ish
yuritishda davlat tili haqidagi qonun talablariga rioya etmaslik, mansabdor shaxslarga bazaviy
maosh miqdorining ikki baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab
276
boʻladi”
jumlasi bilan toʻldirildi. Mazkur loyiha oʻzbek tili taqdiriga befarq boʻlmagan ziyolilar
va jamoatchilik tomonidan yakdillik bilan qarshi olindi. Shuningdek, ijtimoiy tarmoqlarda
Do'stlaringiz bilan baham: |