Tili va adabiyoti universiteti



Download 6,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet217/464
Sana05.06.2022
Hajmi6,85 Mb.
#639528
1   ...   213   214   215   216   217   218   219   220   ...   464
Bog'liq
ANJUMANMATERIALLARI.19.11.2020

Alifbo muammosi.
Tilimizdagi asosiy kamchilik uning yozuvida ekanligi, arablar 
ham bu yozuvni boshqa millatdan (finikiylardan) oʻzlashtirib, oʻz tiliga moslagani, biz esa 
ulardan hech oʻzgarishsiz, toʻgʻridan-toʻgʻri oʻzlashtirganimiz oqibatida oʻqish, oʻqitish ishlarida 
qiyinchiliklarga duch kelinayotgani aytiladi. 
2.
Unlilar miqdori masalasi.
Tilimizda qoʻllanilayotgan unlilar miqdori yetarli 
emasligi, bir harfning ham unli, ham undoshni ifodalashi ilmiy jihatdan toʻgʻri emasligi, unlilar 
miqdorini oʻzbek tilining ichki tabiatini hisobga olgan holda belgilash taklifini bildiradi. 
3.
Tildagi qalinlik, ingichkalik, ya’ni singarmonizm masalasi.
Soʻzning oʻzagiga 
qoʻshimcha qoʻshilganda, turli shaklda, masalan, 
“ga”, “gʻa”, “moq”, “mak”
tarzida boʻlishi, 
boshqa turkiy tillardagi kabi oʻzbek tilida ham singarmonizm qonuniyati mavjudligini
ma’qullaydi. Mana shu qonuniyat asosida soʻzlarni ba’zi belgilari va aytilishiga qarab qalin
ingichka shakllarga ajratish kerakligini aytadi
4.
Alifbodagi harflarning shakliy miqdori masalasi.
Ma’lumki, arab yozuvida 
ba’zi harflar 4 xil (soʻz boshi, soʻz oʻrtasi, soʻz oxiri va yolgʻiz shakli), ba’zi harflar 2 xil shaklga 
ega. Shokirjon Rahimiy savod oʻrgatish, telegraf, matbaa ishlarida qulaylikni ta’minlash 
maqsadida harflar shaklini bittaga keltirishni tavsiya qiladi. 
“Qizil Oʻzbekiston” gazetasining 1929-yil 12-may sonida e’lon qilingan “Imlo 
masalasida bir-ikki soʻz” maqolasida tilimizdagi singarmonizm qonuniyati, unlilar masalasi, lab 
ohangi va bosh harflar masalasiga xususida soʻz yuritadi. 
Singarmonizm masalasiga toʻxtalar ekan, bu qonuniyat oʻzbek tilida boshqa turkiy 
tillardagiga nisbatan erkinroq ekani, koʻp holatlarda unga amal qilnmasligini, koʻp soʻzlarni bu 
qoidaga kiritib boʻlmasligini aytadi, lekin ayrim tilshunoslarning bu boradagi harakatlarini tanqid 
qiladi: “Buning uchun ba’zi oʻrtoqlar kabi hamma soʻzlarning boshini yorib, koʻzini chiqarib, 
singarmoʻniyaga qaratish yoki singarmoʻniyaga qaramaydurgʻon soʻzlarga chek qoʻyib, ayrim 
bir roʻyxat tuzish hech bir mantiqiy boʻla olmaydi. Biz singarmoʻniya uchun shunday bir yoʻl 


258 
tutaylikkim, bizning imlomizni oʻqugʻan va oʻrgangan kishilar qiynalmasinlar ham tuzgan 
qoidamiz toʻkis boʻlsin” 
[
Jamolxonov, Umarov, 2017:397
]
.
Unlilardagi qalin-ingichkalik oʻzbek tilida bir xil mavjud emasligi, ba’zi shevalarda faqat 

a”
unlisi qalinlik-ingichkalik jihatdan farqlanishini aytib, unlilar miqdori boʻyicha bir qarorga 
kelish lozimligini aytadi. Unlilar miqdori haqida fikr bildirar ekan, imlochilar orasida 14, hatto 
22 unli tarafdorlari borligini tanqid qilib, bu masala imlo masalasidan chiqib, ilmiy 
transkripsiyaga tegishli ekanligi, ular soʻzlar orasida boʻlgan urgʻuni payqamasdan uni ham 
tovush deb anglaganidan kelib chiqqan holat deydi: “Imlochilar orasida 14 yoki 22 unli harf 
tarafdori boʻlgʻon kishilar bor. Shu masala imlo ramkasidan chiqib, ilmiy transkripsiyaga 
tegishlik narsalar yoki bir qism imlochilarimizning quloqlar soʻzlar orasida boʻlgʻon urgʻu 
(udorina)larni payqamasdan, uni ham ayrim bir choʻzgʻi deb onglagʻonliklaridan kelgan bir 
narsa” 
[
Jamolxonov, Umarov, 2017:398
]
.
Bosh harflar masalasida gapirib, uni qabul qilinishiga 
qarshi chiqadi, lekin kelajakda qabul qilinishi mumkinligini aytadi: “Biz lotin asosida bosh 
harfni qabul qilishimiz erta. Biroq hozirgʻi kichik harflarning oʻzinigina jumla boshida yoki 
otogʻliq ismlarda katta yozilishigʻa qarshi boʻlmaslik kerak. Hozir boʻlmasa, biroq kelgusida 
bosh harf olinadurgʻon narsa boʻlgʻonidan, hozirdan boshlab uning yoʻlini qattiq toʻsib qoʻyish 
kelishmagan bir ish” 
[
Jamolxonov, Umarov, 2017:399
]
.
“Qizil Oʻzbekiston” gazetasining 1929-yil 17-may sonida e’lon qilingan “Oʻzbek adabiy 
tili” maqolasida oʻzbek adabiy tili qonun-qoidalarini yaratishdagi muammolar, adabiy tilga asos 
boʻladigan tayanch shevalar haqida oʻz fikrlarini bayon qiladi. Adabiy til masalasida 
“singarmoniyali tillar”, “singarmoniyasiz tillar” degan ikki xil oqim borligini, ulardagi barcha 
uchun tushunarli boʻlgan jihatlarini olshi zarurligi, adabiy til barcha uchun birdek tushunarli 
boʻlishi lozim, degan fikrlarni oʻrtaga tashlaydi: “Adabiy til asosiy loʻbchilik omma(ga) 
tushunarlik, sodda boʻlishi bilan birga boy boʻlsin, soddalik lugʻatda va nahvda boʻlsada, boyliq 
sarfiy shakllarning koʻpligidadir” 
[
Jamolxonov, Umarov, 2017:406
]

Hozirgi oʻzbek tilida faol qoʻllannilayotgan “(a)jak” kelasi zamon qoʻshimchasini adabiy 
tilga kiritishni taklif qiladi: “Bu kungi adabiy tilimizning nuqsonlari koʻb. Koʻb ishlashni talab 
qiladi. Masalan, kelar zamonni qat’iy ifoda etgʻuchi sigʻamiz yoʻq. Holbuki, adabiy tilimizning 
bir rukni boʻlgʻon xorazm tilida “joq-jak” qoʻshimchalari borki, buni olshi bilan bu kamchilikni 
yoʻqotish mumkin” 
[
Jamolxonov, Umarov, 2017:406
]

Shokirjon Rahimiyning yuqoridagi uchta maqolasidan uning oʻzbek tili grammatikasini 
chuqur bilgan, oʻzbek shevalari boʻyicha ilmiy kuzatishlar olib borgan, tilimiz imlo qoidalarini 
shakllanishida jonbozlik koʻrsatgan millatparvar olim ekanligini koʻrish mumkin. 
Tariximizning noma’lum sahifalarini oʻrganish, olimning adabiy merosini toʻliq tadqiq 
qilish, yaratgan barcha asarlarini omma hukmiga havola qilish, uning ona tilimiz rivojiga 
qoʻshgan xizmatlarini e’tirof etish, ona yurt ravnaqi yoʻlida jonini tikkan millat fidoiylari 
faoliyatini oʻsib kelayotgan yosh avlodga ibrat qilib koʻrsatish oldimizda turgan mashaqqatli, shu 
bilan birga, sharafli vazifalardan hisoblanadi. 

Download 6,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   213   214   215   216   217   218   219   220   ...   464




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish