Tili va adabiyoti universiteti



Download 6,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet213/464
Sana05.06.2022
Hajmi6,85 Mb.
#639528
1   ...   209   210   211   212   213   214   215   216   ...   464
Bog'liq
ANJUMANMATERIALLARI.19.11.2020

 
 
nomli
 
asarida batafsil 
yoritilgan[
Gumboldt
, 1984 : 80].
Olimning turli tillar oʻz mohiyatlari, bilish va sezishga ta’sir koʻrsatishlari boʻyicha turli
dunyoqarashni tashkil etishi hamda til xususiyatlarining millat mohiyatiga ta’sir koʻrsatishi 
haqidagi fikrlari keng tarqala boshladi. Olimning ta’limotida quyidagi gʻoyalar oʻz ifodasini 
topdi:
1) moddiy va ma’naviy madaniyat tilda mujassamlashadi;
2) har qanday madaniyat milliydir, uning milliy xarakteri tilda dunyoni oʻziga xos koʻrish 
vositasi bilan ifodalanadi; tilga har bir xalq uchun oʻziga xos boʻlgan ichki shakl xosdir;
3) tilning ichki shakli – “xalq ruhi” va uning madaniyatining ifodasi;
4) til inson va uning oʻrab olgan dunyo orasidagi halqa hisoblanadi.
Gumboldt gʻoyalari X1X-XX asrlarda 
neogumboldtianlik
(tilshunoslikda Gumboldt 
bilan bogʻliq yangi davr) doirasida rivojlantirildi. Xususan, X1X asrda Rossiyada A.A.Potebnya 
uning “tilni faoliyat sifatida”gi gʻoyasini rivojlantirdi[Potebnya, 1922 : 19- 20].
Tilshunoslarning hech biri “til va madaniyat” masalalari bilan amerikalik mashhur 
tilshunos va madaniyatshunos E.Sepirchalik (1884-1939) koʻp va samarali shugʻullanmagan, 
deyish mumkin. E.Sepirning “Tilshunoslik va madaniyatshunoslik boʻyicha tanlangan 
asarlari”da “til va madaniyat” masalalariga doir qator savollar quyidagicha yoritilgan[Sepir, 
1993]. 
Madaniyat nima?
E.Sepirning fikricha, madaniyat – turmush tarzimizni tavsiflovchi, 
ijtimoiy meros qilib olingan amaliy malakalar va gʻoyalar majmui[Sepir, 1993 : 29]. E.Sepirning 


252 
boshqa bir talqiniga koʻra, madaniyat – jamiyat tomonidan amalga oshiriladigan qadriyatlarning 
tanlab olinishi. Madaniyat xatti-harakatlar bilan qiyoslanadi.
Madaniyat tushunchasini ta’riflash hozirgi gumanitar fanlarning eng murakkab 
masalalaridan biri. Mazkur tushunchani sharhlashga qaratilgan turli konseptual yondashuvlar 
mavjud.
Tavsifiy yondashuvga koʻra,
madaniyat insoniyat jamiyati tomonidan moddiy va 
ma’naviy madaniyat doirasida yaratilgan – tasavvurlar, bilimlar, urf-odatlar, e’tiqod, badiiy 
adabiyot asarlari, me’morchilik obidalari rassomchilik san’ati, ilmiy kashfiyotlar va 
boshqalarning yigʻindisidir.
Sotsiologik yondashuvga koʻra,
madaniyat — «insoniyat munosabatlaridagi va xulqidagi, 
xayollaridagi va hissiyotlaridagi turgʻun, meros qilib olinadigan ustivor, eng muhim 
yoʻnalishlarning umumiy tizimi». Madaniyatli insoniyat jamoasining ijtimoiy hayotini 
ta’minlovchi gʻoyalar, ideallar, tamoyillar, ijtimoiy institutlar majmuasi boʻlib, ijtimoiy hayotni 
tashkil etish omili sifatida maydonga chiqadi.
Psixologik yondashuvga koʻra,
madaniyat — jamiyatni oʻz-oʻzini anglash va oʻz-oʻzini 
bilish usuli. Ushbu yondashuv madaniyatning inson xulqi psixologiyasi bilan aloqasini koʻrsatadi 
va madaniyatni inson ruhiyatining ijtimoiy shartlangan xususiyatlari in’ikosi deb qabul qiladi. 
Faoliyatga 
bogʻliq 
yondashuv 
 
madaniyatni insonning dunyodagi hayotini 
yengillashtiruvchi adaptiv mexanizm, nobiologik usul bilan ishlab chiqilgan (genetik asosga ega 
boʻlmagan) inson faoliyatini yetkazuvchi usuli . 
Aksiologik 
(qad.yun.-. 
ax1a—
«qimmat, qadriyat») 
yondashuvga koʻra,
madaniyat – 
individning jamiyatdagi xulqini, oʻzini tutishini boshqaradigan, oʻziga, boshqa odamlarga va 
tabiatga boʻlgan munosabatini shartlaydigan ma’naviy va moddiy qadriyatlar, fikrlar 
yigʻindisidir.. 
Ramziy yondashuv 
madaniyatni ramzlar majmuasi sifatida - ijtimoiy-madaniy 
mazmunning moddiy tashuvchilari sifatida koʻradi. Madaniyat insonlarning ongi va xulqini, 
ularni oʻrab turgan muhiyatga moslashishini belgilab beradigan asosiy fikrlar va gʻoyalarni ifoda 
etuvchi ma’lum bir ramzlar tizimini ishlab chiqadi.
Madaniyat komponentlari — geografik joylashuvi, tarixdagi vaqti, jamiyatning ijtimoiy 
tuzilmasi qanday boʻlishidan qat'iy nazar barcha madaniyatlarga oid boʻlgan madaniyatning
tarkibiy unsurlari. Bilim, qadriyat, me'yorlar, urf-odat, marosim, an'analar, rasm-rusumlar 
madaniyatlar komponentlar sirasiga kiradi.
Bilim – tasavvurlar, tushunchalar, hukmlar va nazariyalar shaklida madaniyatda qayd 
etilgan, bilish jarayonining ijtimoiy-tarixiy amaliyotida sinalgan natijalari. 
Me'yorlar – insonlar xulqini, ijtimoiy hayotni ma'lum bir madaniyat qadriyatlariga 
mutanosib ravishda tartibga soladigan hamda jamiyatning birligini, jamiyat faoliyatining 
barqarorligini ta'minlaydigan oʻzini tutish qoidalari, ishonchlari va me'yorlari. Me'yorlar — 
insonlar ongi va xulqini ijtimoiy-madaniy jihatdan tartibga solish mexanizmi. Huquqiy qonunlar, 
axloq, etiket, estetika va hokazolarda oʻz ifodasini topadi.
Rasm-rusum – madaniy gʻoyalar, tasavvurlar, me'yorlar, qadriyatlarni mujassam etgan,
ramziy stereotiplar koʻrinishida boʻlgan, jamoada ma'lum bir hissiyotlarni uygʻotadigan 
jamoaviy harakatlarning yigʻindisi. 
Urf-odat – ma'lum bir jamoada yoki ijtimoiy guruhda ishlab chiqilgan, oʻtmishdan qabul 
qilib olingan, bu jamoaning a'zolari uchun odatiy hisoblangan, insolarning faoliyati va oʻzaro 
munosabatini ijtimoiy-madaniy jihatdan tartibga solish shakli 
Marosim – ijtimoiy madaniy jihatdan ma'qullangan, ma'lum bir tartibga boʻysundirilgan, 
ramziy ma'noga ega xulq shakli boʻib, doimiy ravishda bajariladigan harakatlar hamda ularning 
oʻrnatilgan tartibi majmuasi. 
An’analar – uzoq muddat mobaynida ma'lum bir jamiyatda saqlanadigan, avloddan 
avlodga berib boriladigan ijtimoiy-madaniy meros unsurlari. 


253 
Qadriyatlar – jamiyatning katta qismi tomonidan “toʻgʻri”, “foydali”, “maqbul” deb qabul 
qilingan umumiy tasavvurlar. Qadriyatlar jamiyatga va insonga yaxshi va yomonni, haqiqat va 
yolgʻonni, goʻzallik va xunuklikni, adolatli va adolatsiz, mumkin boʻlgan va ta'qiqlangan 
narsalarni ajratishga yordam beradi. Qadriyatlar quyidagi guruhlarga tasniflanadi: vital 
qadriyatlar (hayot, sogʻliq, xavfsizlik, farovonlik, boylik, iste'mol va h. ); ijtimoiy qadriyatlar 
(mavqe, mehnatsevarlik, mehnat, oila, sabr, mehnat, kasb, ijtimoiy tenghuquqlik, shaxsiy 
mustaqillik va b.); siyosiy qadriyatlar (tanlov erkinligi, huquqiylik, tartib, konstitutsiya, fuqorolik 
huquqlari, tinchlik va b.); axloqiy qadriyatlar (sevgi, mehr, sadoqat, hurmat, yaxshilik, rahm-
shafqat va b.); estetik qadriyatlar (goʻzallik, uygʻunlik va b.); diniy qadriyatlar (tangri, ishonch, 
Alloq, fikh va b.). 
Har bir madaniyat oʻziga xos dunyoqarash va dunyoni qabul qilish tizimiga ega. Ular 
insonlar amaliy faoliyatining jarayonida ajdodlardan meros qolgan an'analar va oʻz shaxsiy 
tajribasi asosida shakllanadi. Ishlab chiqarish, ijtimoiy munosabatlar rivojining ma'lum bir 
bosqichiga, insonning tabiiy muhiyadan ajralishiga mos keladigan dunyoni his qilish shakllari 
mavjud boʻlib, ular dunyoning modelida oʻz ifodasini topadi.
Dunyoning madaniy model' (lotincha — «oʻlchov», «namuna»)— dunyoni tasavvur 
qilish va dunyoni his qilishning aniq tarixiy tizimi boʻlib, dunyoni rasional-tushunchaviy va 
hissiy-obrazli qabul qilish hamda anglash usullari majmuini qamrab oladi. 
Dunyoning madaniy modeli – dunyoning yaxlit obrazi boʻlib, ijtimoiy jamoaning 
birlamchi dunyoqarashlariga asoslangan yoʻl-yoʻriqlari (mifologik, diniy, falsafiy, badiiy va 
boshqalar) doirasida shakllanadi. Bu model insonlar amaliy faoliyati jarayonida ajdodlardan 
meros qolgan an'analar va oʻz shaxsiy tajribasi asosida shakllanadi. Ishlab chiqarish, ijtimoiy 
munosabatlar rivojining ma'lum bir bosqichiga, insonning tabiiy muhitdan “ajralishi”ga 
mutanosib boʻlgan, dunyoni his qilish shakllari mavjud boʻlib, ular dunyoning mutanosib 
keluvchi modelida oʻz ifodasini topadi. 
Madaniyat – inson mavjudligi usuli, uning ijodi mahsuli va zaruriy yashash joyi. 
Madaniyat turli xil vazifalarni bajaruvchi koʻp qirrali tizimdir. Quyida madaniyatning 

Download 6,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   209   210   211   212   213   214   215   216   ...   464




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish