Tili va adabiyoti universiteti


Foydalanilgan adabiyotlar



Download 6,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet221/464
Sana05.06.2022
Hajmi6,85 Mb.
#639528
1   ...   217   218   219   220   221   222   223   224   ...   464
Bog'liq
ANJUMANMATERIALLARI.19.11.2020

Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Demircan Ö. Türkiye Türkçesinde Kök ve Ek Bileşmeleri. – Ankara: Türk Dil 
Kurumu Yayınları, 1977. –S.126.
2.
Veysel K. Söz-Eylem Kuramı Açısından Türkçe’de ‘Sen-Siz’ Söylemi Üzerine 
Bir Alan Çalışması. Doktora Tezi. – İstanbul, 1993. –S.230. 
3.
Ўзбек тилининг изоҳли луғати. – Тошкент: Ўзбекистон Миллий 
энциклопедияси, 2006. III т. – Б.688. 
4.
Ожегов С.И. Словарь русского языка. – М.: Русский язык, 1983. – С. 68.,78; 
Словарь сочетаемости слов русского языка. Под ред. Денисова П.Н., Морковкина В.В. – 
М.: Русский язык, 1983. 
5. Қосимов А. М. Дипломатия асослари. – Т.: Тошкент давлат шарқшунослик 
институти, 1996. –Б. 144. 
6. Türkçe Sözlük 2, K-Z. – Ankara, Türk Tarih Kurumu Basım Evi, 1988. –S. 1084. 
 
Tojikistonda oʻzbek tilshunosligi 
Uzbek linguistics in Tajikistan 
 
Ermatov Ixtiyor Rizakulovich

 

Katta o`qituvchi, Guliston davlat universiteti, 
ixtiyor_ermatov@mail.ru
 


264 
Annotation.
The factors that led to the formation, development and growth of Uzbek 
linguistics in Tajikistan, as well as the linguists who contributed to the development of Uzbek 
linguistics are discussed. The article focuses on the first study of Uzbek linguistics outside the 
Republic of Uzbekistan and in neighboring republics. 
Key words:
suppletivism, turkology, classics, hyponym, equonym, pronominalization, 
school of linguistics. 
Oʻzbek tilshunosligi turkiy tilshunoslikning nazariy jihatdan atroflicha mukammal rivoj 
topgan tarmoqlaridan biridir. Oʻzbek tilshunosligi tilning jahon tilshunosligi soʻnggi yillarda 
qoʻlga kiritgan yutuqlarini oʻrganib, uni tilning barcha sath hodisalariga tatbiq etayotir. Bu 
xususiyatni oʻzbek tilshunosligining fonetika va fonologiya, soʻz yasalishi va morfemika, 
leksikologiya va frazeologiya, morfologiya va sintaksis sohalarida koʻrish mumkin.
“Bugungi kunda xalqaro maydonda obroʻ-e’tibori tobora yuksalib borayotgan 
Oʻzbekistonimizni dunyoga tarannum etishda ona tilimiz ham katta hissa qoʻshmoqda. Oʻzbek 
tili Amerika Qoʻshma Shtatlari, Buyuk Britaniya, Germaniya, Frantsiya, Shvetsiya, Rossiya, 
Ukraina, Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya, Hindiston, Turkiya, Afgʻoniston, Ozarbayjon, 
Tojikiston, Qozogʻiston, Turkmaniston, Qirgʻiziston kabi davlatlarning 60 ga yaqin 
universitetlari va 100 dan ziyod maktablarida oʻrganilmoqda. Oʻzbek tili va adabiyoti boʻyicha 
ilmiy izlanishlar olib borayotgan chet ellik olim va tadqiqotchilar soni yil sayin koʻpaymoqda” 
[Mirziyoyev, 2019: 218]. Bugun oʻzbek tili dunyoning koʻplab mamlakatlarida oʻrganilmoqda. 
Shu bilan birga tadqiq ham etilmoqda. 
Biz fikr yuritmoqchi boʻlgan “Tojikistonda oʻzbek tilshunosligi” mavzusi umumiy 
tilshunoslik mundarijasiga aloqador muammolar sirasiga kirib, mavzu zamonaviy dolzarb 
xarakter kasb etadi. Uning zamonaviy va dolzarbligi shundaki, oʻzbek tilshunosligi Oʻzbekiston 
Respublikasidan tashqarida, unga qoʻshni Respublikalarda ilk bor oʻrganilayotir. Bunga 
yetarlicha asos ham bor, albatta.
Tojikiston Respublikasi oliy oʻquv yurtlarida yigirmadan ortiq mutaxassislar oʻzbek 
tilining fonetik-fonologik, morfem va soʻz yasalishi, morfologik va sintaktik qurilishi boʻyicha 
ilmiy-tadqiqot ishlari bilan tinimsiz shugʻullanib keladi. Shuningdek, bu mamlakatda oʻzbek 
tilining lugʻaviy qurilishi, til birliklarining mazmuniy plani (semantikasi), badiiy asar tilini 
sinxron va diaxron rejalarda oʻrganish masalalari ham tadqiqotchilar e’tibori markazida boʻlib 
kelgan. Tojikiston oʻzbeklari shevalarini oʻrganish ham tojikistonlik tilshunoslar e’tiboridan 
chetda qolmagan. Bunday murakkab va rang-barang mavzular boʻyicha tadqiqotlar 
Oʻzbekistonning Tojikistondan boshqa qoʻshni mamlakatlarida amalga oshirilmagan.
Tojikistonda oʻzbek tilshunosligining dastlabki kurtaklari Leninobod shahrida, ya’ni 
hozirgi Xo‘jandda shakllangan. 1932-yili 26 nafar talaba bilan ta’sis etilgan Leninobod davlat 
pedagogika instituti oʻz faoliyatini boshlagan. Institut 1946-yildan boshlab oʻzbek tili va 
adabiyoti ixtisosligi boʻyicha ham talabalar qabul qila boshlagan. 1952-yildan oʻzbek tili va 
adabiyoti alohida kafedra sifatida shakllanib, unda filologiya fanlari nomzodi Obidjon Orifov 
(Orifiy), Abduqodir Alimuhamedov va institutni shu yili bitirib, ishda qoldirilgan Oxunjon 
Abdunazarov, Abdullajon Shodiyevlar faoliyati boshlangan.
1957-yildan Toshkent davlat universitetining (u vaqtda Oʻrta Osiyo davlat universiteti 
deb yuritilgan hozirda Oʻzbekiston Milliy universiteti) filologiya fakultetini tugatgan 
H.Mamadov, soʻngra Samarqand davlat universitetini bitirgan Lolaxon Abdullaeva hamda 
Oʻzbekiston FA Til va adabiyot instituti aspiranturasini bitirgan Ozodgul Gʻafforova, Nizomiy 
nomidagi Toshkent davlat pedagogika institutini bitirgan P.Hamdamov singari kadrlar hisobiga 
kafedraning tilshunos oʻqituvchilar safi kengayib borgan. Ular oʻzbek tilshunosligining turli 
sohalari boʻyicha dars bera boshlaganlar.
Oʻtgan asrning 60-yillaridan boshlab kafedrada ilmiy-tadqiqot ishlariga ham e’tibor 
qaratila boshlagan. Kafedraning H.Mamadov, O.Abdunazarov, P.Hamdamov singari katta 


265 
oʻqituvchilari Toshkent shahriga borib, nomzodlik dissertatsiyalari boʻyicha mavzu va ilmiy 
rahbar olib, ilmiy-tadqiqot ishlari bilan shugʻullana boshlagalar. Shu institutni 1961 yili oʻzbek 
tili va adabiyoti ixtisosligi boʻyicha bitirgan A.Karimov Oʻzbekiston FA Til va adabiyot 
institutining kunduzgi boʻlimida tahsil olib, kafedrada yana faoliyatini davom ettirgan. 
Keyinchalik (1964-1965 yillardan) kafedra E.Sheraliev, A.Berdialiyev; 70-yillardan keyin esa 
T.Mirzaqulov singari yoshlar hisobiga yana kengaygan.
1977 yildan oʻzbek tili mustaqil kafedra maqomida ish boshlagan. 80-yillar va undan 
keyin 
Sh.Mirzaqulov, 
B.Eshonqulov, 
T.Turdiboyev, 
B.Sheronov, 
D.Berdialiyeva, 
S.Turdiboyeva, M.Mirzaahmedov, Oʻ.Xidirova, V.Qodirova, E.Eshmurodov, B.Jabborov singari 
yoshlar hisobiga kengayib borgan. Ular aspirantura va tadqiqotchilik yoʻllari bilan nomzodlik 
ilmiy ishi bilan shugʻullanganlar. 
B.Sheronov, 
T.Turdiboyev, 
M.Mirzaahmedov, 
A.Rahmonqulov, 
B.Eshonqulov, 
E.Eshmurodov, B.Jabborovlar mavzulari oʻzbek tilshunosligining dolzarb muammolariga 
bagʻishlangan boʻlib, nomzodlik dissertatsiyalarini muvaffaqiyatli himoya qilganlar.
Oʻzbek tilshunosligi bilan shugʻullanuvchi mutaxassislar Q.Joʻrayev nomidagi Dushanbe 
(hozir S.Ayniy nomidagi Tojikiston Milliy pedagogika instituti) va N.Xisrav nomidagi 
Qoʻrgʻontepa pedagogika institutlarida ham mavjud. S.Ayniy nomidagi Tojikiston Milliy 
pedagogika institutida filologiya fanlari nomzodi, dotsent R.Xidirov oʻzbek va tojik qiyosiy 
leksikologiyasi boʻyicha yirik rejada ilmiy-tadqiqot ishi bilan shugʻullanadi. Shu mavzuga 
bagʻishlangan 50 dan ortiq maqola, 1 monografiya va bir oʻquv qoʻllanmasini (A.Berdialiyev 
bilan hamkorlikda) nashr ettirgan [Berdialiyev, 2013: 208]. 
N.Xisrav nomidagi Qoʻrgʻontepa davlat pedagogika instituti oʻqituvchisi Shoira Rasulova 
prof. A.Berdialiyev rahbarligida “Oʻzbek tilida ayollar jinsiga oid kasb nomlari” mavzusida katta 
rejada ilmiy-tadqiqot ishi olib bormoqda.
Tojikistonlik oʻzbek tilshunoslari tomonidan shu davrga qadar 50 dan ortiq ilmiy 
maqolalar majmuasi, monografiya, darslik, oʻquv qoʻllanmasi xarakteridagi 100 dan ortiq 
kitoblar nashr etilgan. Ularda oʻzbek tilshunosligining dolzarb muammolariga bagʻishlangan 
dolzarb mavzular qamrab olingan.
Xujand davlat universitetining oʻzbek tilshunosligi mutaxassislari qoʻshni mamlakatlar 
uchun ham ilmiy darajali mutaxassislar tayyorlashda ibratli tajribaga ega. Masalan, qoʻshni 
Qirgʻiziston Respublikasi Batken davlat universitetining A.Mashrabov, R.Abdullayev, 
G.Musirmonova, B.Nishonov, S.Abdullayeva; Oʻsh davlat universitetining D.Saidrahimova, 
N.Turganboyev; Oʻzbekiston Respublikasi Muqimiy nomidagi Qoʻqon davlat pedagogika 
institutining D.Hasanova singari mutaxassislari prof. A.Berdialiyev rahbarligida nomzodlik 
dissertatsiyalarini yoqlagan. Qoʻshni Afgʻoniston davlatidan M.Qodiriy esa “Afgʻoniston 
oʻzbeklari tilida arab-fors lugʻaviy oʻzlashmalari” mavzusida yakun topgan nomzodlik 
dissertatsiyasini himoya qilish arafasida turibdi.
Tojikistonda oʻzbek tilshunosligi rivoji va taraqqiyoti bevosita prof. A.Berdialiyevning 
ilmiy faoliyati bilan bogʻliq. A.Berdialiyev Tojikiston Oʻzbek tilshunosligi maktabiga asos soldi. 
30 dan ortiq nomzodlik va doktorlik dissertatsiyalariga rahbarlik qildi. Oliy oʻquv yurtlari 
talabalari va umumiy oʻrta ta'lim maktablarining oʻquvchilari uchun darsliklar yozdi va chop 
ettirdi.
Tojikistonda oʻzbek tilshunosligi maktabining asoschisi prof. A.Berdialiyevning ayrim 
ilmiy maqolalari haqida fikr yuritamiz. Masalan, prof. A.Berdialiyevning “Suppletivizm va unga 
daxldor ba’zi tushunchalar haqida”
[3, 1996: 3-14] maqolasida, rus tilshunosligida maxsus 
ishlanmagan, turkologiyada esa, til ilmi mutaxassislariga noma’lum boʻlgan lugʻaviy sathning 
dolzarb bir muammosi haqida fikr yuritiladi. E’tirof etilishicha, bir umumiy klassemaga ega 
boʻlgan har xil lugʻaviy-grammatik kategoriyaga mansub ikki leksema munosabatida suppletiv 
munosabat vujudga kelib, shu munosabatni tashkil qilgan soʻzlar lugʻaviy suppletivizmga 
mansub boʻlarkan. Ana shu umumiy klassema asosida ikki lugaviy birlik – lugʻaviy suppletiv 


266 
sintagmatik munosabatga kirishib, sintagma (birikma) hosil qilar ekan. Olim 

Download 6,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   217   218   219   220   221   222   223   224   ...   464




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish