254
6.
Kommunikativ vazifa.
Madaniyat insoniyat muloqot uchun shart-sharoitlarni va
vositalarni shakllantiradi, tabiiy va sun’iy tillar yordamida subyektlar oʻrtasidagi belgili-
informasion oʻzaro ta’sirini ta’minlab beradi. M. Jardianning yozishicha, «kommunikatsiya va
madaniyat bir-biriga chambarchas bogʻlangan. Madaniyat – tarixiy jihatdan yetkazib beriladigan
qadriyatlar, ma’nolar va me’yorlar tizimi. Ramzlar va ma’nolar muyayan bir shaklda, qandaytir
bir tartibda belgilanadi, insonlar u haqda gapiradi, oʻylaydi, his etadi, kommunikatsiya esa
insonlarni oʻzaro birlashtiradi.
7.
Ijtimoiy integratsiya va birdamlik vazifasi.
Madaniyat jamoa manfaatlari va
ehtiyojlarini hamkorlikda qondirish, guruh birdamligi va oʻzaro tushunish, oʻzaro ta’sir
koʻrsatish darajasini koʻtarish, barqaror jamoatchilik munosabatlarini oʻrnatish va jamoaning
jamoaviy ijtimoiy faoliyati uchun zamin hozirlaydi.
Har bir ijtimoiy jamoada oʻz madaniyati
shakllanadi, mazkur madaniyat uchun xos boʻlgan, bu jamoaning vakillari ongi hamda xulqini
belgilab beradigan qarashlar, qadriyatlar, yuksak gʻoyalarning yagona tizimi bilan
mustahkamlanadi.
8.
Gumanitar yoki inson yaratuvchilik vazifasi.
Madaniyat insonning jismoniy-ma’naviy
moyilliklari va qobiliyatlarini, uning birlamchi tabiatini mukammallashtirish, kamolga
yetkazishni maqsad qiladi. «Kultura» soʻzi lotinchadan olingan boʻlib “erga ishlov berish va
yerga qarash” degan ma’noni bildiradi va lotincha
«patira» —
«birlamchi materiya», «stixiya,
unsur» (ya’ni, oʻzgartirish, madaniylashtirish kerak boʻlgan) ma’nosini anglatuvchi tushunchaga
qarama-qarshi qoʻyiladi. Qadimgi Rim madaniyatida «kultura» atamasi keyinchalik keng
ma’noda – “tarbiya”, “ta’lim”, “hayot tarzi”, “taraqqiyot” shaklida sharhlana boshalndi.
Til oldin paydo boʻlganmi yoki madaniyat?
E.Sepir til madaniyatdan oldin paydo
boʻlgan, chunki til madaniyatga nisbatan ma’no ifodalovchi vosita sanaladi, deb hisoblagan. Til
milliy madaniyat mavjudligi va uning ifodalanishining asosiy shakli sifatida namoyon boʻladi.
Biroq E.Sepirga koʻra, til ijtimoiy va madaniy rivojlanish mahsulidir. Til madaniyatning
ijtimoiylashgan qismidir[Sepir, 1993 : 23].
Til va madaniyatning mushtarakligi nimada?
Birinchidan, nutq ham madaniyat ham
konseptual tanlab olishni talab qiladi. Ikkinchidan, tillar ham, madaniyatlar ham kamdan kam
holatlarda oʻz-oʻzicha yetarli boʻladi. Bu ikki hodisaning farqini E.Sepir shunday izohlagan:
Jamiyatni
Do'stlaringiz bilan baham: