Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Маҳмуд Кошғарий. Девону луғотит турк. Уч томлик. II том. –Т.: ЎзФА, 1960. –
Б. 389.
2.
Шипова Е.Н. Словарь тюркизмов в русском языке. Алма-Ата, Наука, 1976. –
Б.323.
3.
Маҳмуд ибн Ҳусайн Кошғарий. Туркий сўзлар девони (Девону луғоти-т-турк). 1-
жилд, Т.: Мумтоз сўз, 2013. – Б.212.
4.
Навоий асарлари луғати. –Т.: Ғ.Ғулом, 1972.– Б. 652.
5.
Алишер Навоий. Мукаммал асарлар тўплами. 20 жилдли. 4-жилд. -Т.: Фан,
1989.– Б. 22.
6.
Дадабоев. Ҳ. “Девону луғатит турк”нинг тил хусусиятлари. –Т.: ТДШИ, 2017, –
Б.79.
Ikki tillilik va Navoiyning boshqa tillarga munosabati
Bilingualism and navoi’s attitude to other languages
Yusufov Berdak
Annotation
: In this article, Navoi's approach to other languages, more precisely Persian
and Arabic were analyzed. The reason for the frequent use of Arabic and Persian words, the
problems of bilingualism at that time and its impact on the Uzbek language are also discussed.
Key words
: history of language, turkology, Navoi language, bilingualism, arabic
Oʻtmishda turkiy tillar, jumladan, oʻzbek tili boshqa til oilasiga kiruvchi tillar bilan yaqin
aloqada boʻlgan. Ayniqsa, fors va arab tillari tilimiz tarixida sezilarli iz qoldirgan. Arab va fors
tillarining oʻzbek tiliga ta’sirini oʻrganish dolzarb masalalardan biridir. Bu haqda akademik
N.Karimov shunday yozadi: “Oʻzbek tilining hanuzgacha oʻrganilmay kelinayotgan
masalalaridan biri, bir tomondan, arab va fors tillarining, ikkinchi tomondan lahja va
shevalarning oʻzbek adabiy tilining shakllanishidagi roli va oʻrni boʻlsa, ikkinchisi oʻzbek
(turkiy) tilining rus va boshqa tillarga koʻrsatgan ta’siri masalasidir”. [ Karimov, 2019].
Turkiy va fors tillarining oʻzaro munosabatlari uzoq tarixga borib taqaladi. Yirik
turkolog K.M.Musayev bu haqda shunday yozadi: “Turk va fors-tojiklarning til munosabatlari
bundan bir necha ming yilliklar oldin boshlangan”.[ Musaev, 1989: 26].
Qadimda Oʻrta Osiyoda yashagan soʻgʻdlar, saklar, massagetlar tillari eroniy tillar
guruhiga kirgan. Baqtriyaliklar, parfiyanlar, parikaniylar, xorazmiylar kabi xalqlarning, turkiy va
forsiy xalqlarning bir mintaqada, bir hududda yashaganliklari ular tillarining bir-biriga ta’sir
qilishlariga sabab boʻlgan.
VIII asrda Oʻrta Osiyo arablar tomonidan bosib olingan. Ana oʻshandan to IX asrgacha,
ya’ni somoniylar davrigacha arab tili hukmron til, davlat tili edi. Davlat ishlari shu tilda olib
borilgan. Somoniylar davrida arab tilini tojik tili sekin-asta siqib chiqara boshlaydi. Arab tili
uzoq asrlar davomida din tili, fan tili sifatida saqlanib qoladi.
O‘zR FA O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti katta ilmiy xodimi; berdakyusuf@bk.ru
152
Qoraxoniylar, saljuqiylar va gʻaznaviylar davrida Oʻrta Osiyoda turkiy xalqlar soni
boshqa xalqlarga nisbatan koʻpchilikni tashkil etadi, shuning natijasida bu hududda til vaziyati
ham turkiylar foydasiga hal boʻladi.
Begona tillardan soʻz olishda ham ogʻzaki nutq, ham yozma nutq muhim rol oʻynagan.
Masalan, tojik tilidan soʻz oʻzlashtirishda ogʻzaki nutq koʻproq rol oʻynagan, chunki oʻzbek va
tojiklar oʻtmishda bir-biri bilan bir shahar yo qishloqda, umuman yaqin hududlarda yashashgan.
M.Koshgʻariy bu haqda shunday yozadi: “Balasogʻunliklar soʻgʻdcha va turkcha soʻzlaydilar,
Tiraz va Madinatulbayzo shaharlarining xalqlari soʻgʻdcha, ham turkcha soʻzlaydilar”, -deydi. [
Qoshgʻariy, 1960: 66].
Tilimizga fors tilidan ham ogʻzaki, ham yozma nutq orqali soʻz oʻzlashgan.
Movarounnahr va Xurosonda oʻzbek(turk) va fors-tojik xalqlarining birga va bir-biriga
yaqin yashashlari natijasida zullisonaynlik, ya’ni ikki tillilik yuzaga keladi.
Movarounnahr va Xurosonda oʻzbek va tojik xalqlarining bir-biri bilan bordi-keldisi,
oʻzaro aloqalari, qoʻshnichilik munosabatlari yaxshi boʻlgan. Bu haqda A.Navoiy shunday
yozadi: “Bu ikki toifaning yigiti va qarisi, balki uluqdan kichik borisi orasida ixtilot
alassaviyadur.Har miqdorki, bu birining ul biri bila omizish va guftuguzori bor, ul birning ham
bu bir bila takallumi guftori bor”,-deydi.[ Navoiy, 2000: 11-12].
Turklar (oʻzbeklar)ning hammasi fors tilini bilishi, hatto u tilda she’rlar yoza olishini
shunday ifodalaydi: “Ammo turkning ulugʻdan kichigiga deguncha va navkardin begiga
degincha sort tilidan bahramanddurlar, andogʻkim oʻz xurd ahvoligʻa koʻra ayta olurlar, balki
ba’zi fasohat va balogʻat bila ham takallum qilurlar. Hatto turk shuarosikim forsiy til bila rangin
ash’or va shirin guftor zohir qilurlar”. [ Navoiy, 2000:12].
Lekin bu ikki tillilik sharoitida har ikki xalq vakillari bir-birining tillarini baravar
bilmasliklarini, sortlar(forslar) oʻzbek tilida soʻzlasha olmasliklarini shunday qayd etadi: “Ammo
sort ulusining arzolidin ashrofigʻacha va omiysidin donishmandigʻacha hech qaysi turk tili bila
takallum qila olmaslar va takalum qilgʻonning ma’nisin ham bilmaslar”,-deydi. [ Navoiy, 2000:
12].
Demak, oʻzbeklar ikki tilli, forslar ikki tilli emas. Navoiy oʻzining “ Majolisun-nafois”
asarida 459 ta (bu asarning turkcha nashrida 461 ta) shoir haqida ma’lumot beradi va ulardan
faqat oʻn oltitasi oʻzbek tilida yozishini qayd etadi. Qolganlarining hammasi fors tilida ijod
qilishini yozadi.
Navoiy oʻzinig “Muhokamatul-lugʻatayn” asarida arab, fors, hind va turkiy tillarga oʻz
munosabatini bildiradi. Masalan, u arab tili haqida shunday yozadi: “Barchasidin arab tili fasohat
oyini bila mumtoz va balogʻattazyini bila moʻ‘jizatirozdurkim, hech takallum ahlining munda
da’vosi yoʻqtur va soʻzi sidq va ishi taslim-oʻqdurkim, malikun allomun jalla va aloning kalomi
moʻ‘jiznizomi ul til bila nozil va Rasul alayhis-salavotu vasallamning ahodisi saodat anjomi ul
lafz bila vorid boʻlubdur” .[ Navoiy, 2000: 9]. Navoiy bu erda Qur’on arab tilida nozil
boʻlganligi va paygʻambar alayhissalomning hadislari ham u til bilan aytilganligini yozmoqda.
Arab tili barcha tillardan mumtoz ekanligi, bunda hech kimning da’vosi yoʻqligini
ta’kidlamoqda.
Navoiy “Muhokamatul-lugʻatayn”da turkiy tilning fors tilidan koʻp jihatdan ustunligini
isbotlagandan soʻng shunday yozadi: “Bu soʻzlardin xatm mundoq bilmasun va muddaiy bu
nav’ gumon qilmasunki, mening ta’bim turk alfozigʻa muloyim tushgan uchun, ta’rifida
mubolagʻa izhor qilurmen va forsiy iboratqa munosabatim ozroq uchun inkor va naf’yigʻa isror
koʻrguzurmenkim, forsiy alfoz istifosin va ul iborat istiqsosin kishi mendin koʻprak qilmaydur
erkin va saloh va fasodin mendin yaxshirok bilmaydur erkinkim...”.[Navoiy, 2000: 24].
XV asrda Oʻrta Osiyodagi ikki tillilik haqidagi E.N.Najipning fikri haqiqatga unchalik
toʻgʻri kelmasligini aytish joiz. U yozadi: “Ikki tillilik turkiylar orasida ham va tojiklar orasida
ham, ma’lumotsiz va ma’lumotli kishilar orasida ham oddiy bir hol boʻlib qoladi. Masalan, turk
tilli XV asr shoirlari Lutfiy va Navoiy ikki tilli edi, ular fors tili va turkiy tilda ijod qilganlar”.
153
Ikki tillilik turkiylar va forslar orasida birday oddiy bir holga aylanib qolmagan. XV asrda fors-
tojik shoirlaridan hech kim oʻzbek (turkiy) tilida Navoiy va Lutfiy forscha yozganday yozmagan.
Shuningdek, Sh.Shoabdurahmonovning ”Ikkala tilning bir-biriga ta’siri masalasida hal qiluvchi
omil ularning asrlar davomidagi madaniy aloqalar munosabatidagi oʻzaro zarurat sanaladi”, deb
yozishi unchalik toʻgʻri emas. [Shoabdurahmonov, 1962: 222]. Agar oʻzaro ta’sir, deganda ikki
tilning bir-biriga teng, bir xil ta’siri, deb tushuniladigan boʻlsa, u holda yuqorida aytilganidek,
tarixda bunday boʻlmagani, bir tilning ikkinchi tilga koʻp, kuchli ta’sir qilganini koʻrish mumkin.
Demak, zarurat har ikki tomonda boʻlmagan, faqat bir tomonda, ya’ni turkiylarda boʻlgan.
Forscha-turkiycha ikki tillilik ancha oldin boshlangan. Navoiy davrida u rivojlangan. Bu
jarayon to XX asr boshlarigacha davom etgan. Bunga misol sifatida har ikki tilda ijod etgan
S.Ayniy va A.Fitrat kabi adiblarni koʻrsatish mumkin.
Arab va fors tillarining ta’siri, ulardan soʻz oʻzlashtirish miqyosi hamma davrda bir xil
boʻlmagan. Masalan, turkiy xalqlarning mushtarak obidasi “Oʻrxun-Enasoy” yodgorliklarida
arabcha soʻzlar uchramaydi. [Abdurahmonov Gʻ., Rustamov A, 1981: 80]
Ikki tillilik sharoitida esa, ayniqsa, XV-XVI asrlarda mumtoz adiblarimiz asarlarida
arabcha va forscha unsurlar koʻpaygandan koʻpaygan. Bunga misol sifatida Navoiy asarlaridan
dalillar keltiramiz.
Navoiy asarlarida shunday jumlalar borki,ularda faqat Fe’llargina oʻzbekcha, xolos.
Masalan, “Jahon mazra’ida jamiyat donalarin ekti, chun salim gavhari koni maoniy erdi va
mustaqim zehni mavridi fayzi subhoniy, kalom ahligʻa tarfiya va ibtihojlar va kalom xayligʻa
ravnaq va rivojlar dast berdi”. [Muhakamat Al-Lughatain, 1966: 35]. Quyidagi baytdagi bitta
soʻz oʻzbekcha, qolganlari forscha, ikkinchi baytda esa bitta soʻz oʻzbekcha, qolganlari arabcha.
Osuda charandavu paranda,
Uyquda gazandavu daranda. (“Layli va Majnun” IX-247)
“Muhokamat ul-lugʻatayn”dan olingan quyidagi yigirma toʻrtta soʻzdan iborat uzun
jumla faqat arabcha va forscha unsurlardan iborat: “Va sulton us-salotinki, mazhari lutfi ilohiy
va mazhari anvori haqoyiqi nomutanohiydur va farxunda zamiri ulum gavharining daryosi va
xujasta xotiri xoksor bandalar zotining kimiyosidur.”Muhokamatul-lugʻatayn”, XVI-34).
Navoiyda birinchi misrasi arabcha boʻlgan baytlar ham uchrab turadi:
Ashraqat min aksi shamsil ka’si anvorul-hudo,
Yor aksin mayda koʻr, deb jomdin chiqti sado.
(“Badoyi’ ul-bidoya”,I-29)
Bihamdik fathi abvobil-maoniy,
Nasib et koʻngluma fath oʻlmaq ani.
(Alı-şır Nevauı. FerhadU Şırın,Ankara,1994,s.77.)
Navoiyning she’riy asarlarida butun bir bayt toʻliq forscha yoki arabchadir:
Diloromu Diloroyu Diloso,
Gulandomu Sumanboʻyu Sumanso. (“Farhod va Shirin”,VIII-272)
Bosirau somiau lomisa,
Zoyiqau shomma bila xomisa. (“Hayrat ul-abror, VII-94)
Arabcha, forscha soʻzlar XI asr yodgorligi boʻlgan “Qutadgʻu bilig”da qoʻllana
boshlagan. Bu davrda turkiy tilga arab va fors tillarining ta’siri ham kuchli emas edi.
M.Koshgʻariy oʻsha davrdagi turkiy tilga arab tili bilan bellasha oladigan til sifatida qaraydi. Bu
haqda u shunday yozadi: “Bu tartib arab tili bilan ikki uloqchi ot singari teng poyga qilib oʻzib
borayotgan turk tilini toʻliqroq yoritish jihatidan ham yaxshi edi”. [Koshgʻariy, 1960: 46].
XIII asrdan boshlab turkiy tillarda arabcha-forscha soʻzlar asta-sekinlik bilan koʻpaya
borgan. Masalan, arabcha, forscha soʻzlar “Qutadgʻu bilig”da nisbatan taxminan XII asrda
154
yaratilgan “Hibatul-haqoyiq”da koʻproq qoʻllangan. Shu tariqa yozma yodgorliklarimizda asta-
sekinlik bilan arabcha, forscha leksik birliklar koʻpaygandan koʻpayib borgan.
Temuriylar davrida eski oʻzbek tilidagi adabiyot rivojlandi.XV-XVI asrlarda, ayniqsa,
Navoiy asarlarida bu jarayon oʻzining kulminatsion nuqtasiga etgan. Bu davrni, aniqrogʻi XV
asrning ikkinchi yarmini V.V.Bartold “turk she’riyatining gullagan davri” deydi. [Bartold, 1963:
162]. Xuddi mana shu davrda Alisher Navoiy yashab ijod etdi. SHoir tilini tadqiq etgan olimlar
uning asarlarida arabcha va forscha soʻzlar koʻp qoʻllanganligini qayd etishgan. G.Blagova: “Bu
davr chigʻatoy tili uchun arabizmlarning yuqori darajada koʻp ekanligi xosdir(ayniqsa Navoiyda,
u arab grammatik elementlarini ham keng qoʻllagan)”. [Blagova, 1997: 149-150]. Ushbu olima
boshqa bir asarida shunday yozadi: “Navoiy leksikonining uchdan ikki qismidan koʻprogʻi
arabcha va forscha oʻzlashmalardan iborat”. [Blagova, 1986: 50].
F.Abdullayev esa Navoiyda arabcha va forscha soʻzlarning aniq miqdorini keltiradi:
“Alisher Navoiy asarlari tilida ma’lum tarixiy sabablar natijasida arab va fors-tojik tillaridan
olingan soʻz va iboralar har qachongidan ham koʻp edi. Ayniqsa, shoirning poetik va ilmiy
asarlari tilidagi soʻz boyligining taxminan 30-33 protsentini arab tilidan kirgan soʻzlar tashkil
qiladi, fors-tojik leksik elementlari ham 18-20 protsentgacha boradi”. [Abdullaev, 1968: 254].
B.Bafoevning yozishicha, Navoiyda “qaydlangan soʻzlarning 35,7 protsentini umumturkiy,
64,59 protsentini oʻzlashtirilgan soʻzlar tashkil etadi”. Oʻzlashtirilgan soʻzlarning 30,62 foizi
arabcha, 21,08 foizi forscha ekanligini ta’kidlaydi.
Shuni alohida ta’kidlash lozimki, yuqorida keltirilgan Navoiy asarlari tilida arab va fors-
tojik tillaridan olingan soʻzlarning soni taxminiydir, chunki bu ma’lumotlar Alisher Navoiyning
oʻn besh jildli asarlari asosidadir. Ma’lumki, shoirning oʻn besh jildli asarlari toʻliq emas.
Navoiyning yigirma jildli toʻliq asarlari 1987-2003 yillarda nashr etilgan. Qolaversa, koʻpchilik
tadqiqotchilar boshqalar bergan ma’lumotlarga tayanib, oldingi eski taxminiy ma’lumotlarni
e’lon qilishgan. Ba’zi olimlar “Navoiy asarlari leksikasida arabcha va forscha-tojikcha soʻzlar
koʻpchilikni tashkil qiladi,” qabilida noaniq gaplar bilan cheklanilgan. [Bafoev, 1981:
120].Bundan tashqari, Navoiy asarlari tilidagi arabcha, forscha-tojikcha soʻzlarni qaysi prinsip
asosida sanashgani noma’lum, Masalan, arabcha, fors-tojikcha soʻzlarga oʻzbekcha soʻz
yasovchi qoʻshimchalar qoʻshib soʻz yasalgan
Do'stlaringiz bilan baham: |