“Кафтан”
– “qop toʻn”dan kelib chiqqan. Keng-moʻl toʻn ma’nosida. Vamberi, Korsh,
Dmitrev singari olimlar bu soʻzning turkiychadan oʻzlashganini yoqlaydilar. Rus lugʻatshunosi
Dal “movutdan tikiladigan uzun etakli erkaklar ustki kiyimi” deb izohlagan. “Devonu lugʻatit
turk”da bu soʻz qayd etilgan:
qaftan – toʻn, ustki kiyim
[Маҳмуд Кошғарий, 1960: 408]. Navoiy
asarlari uchun tuzilgan lugʻatlarda xafton (qapton) –
ustdan kiyiladigan hashamli toʻn; sovut
ostidan kiyiladigan toʻn
[Навоий асарлари луғати, 1972: 652]deb koʻrsatilganki, bu ham
fikrimizni dalillaydi.
Rus yerlarida yuzlab yillar davom etgan moʻgʻullar hukmronligi, Oltin Oʻrda
davlatchiligi, Amir Temur saltanatining moʻgʻul xonliklari hududlariga koʻchishi boʻlgʻusi Rus
davlatining iqtisodiy tuzumiga jiddiy ta'sir koʻrsatdi. Bu tilda ham oʻz aksini topdi.
“Шашлык”
– Markaziy Osiyo xalqlarining, avvalo, koʻchmanchi aholining bu taomi shu
nom bilan ruschaga oʻzlashgan. Odatda u qoʻy goʻshtidan metall yoki yogʻoch shish – sixda
pishirilgan. “Шашлык” kabob pishirishda ishlatiladigan temir ma’nosidagi
shish
soʻzidan kelib
chiqqan. “Devonu lugʻatit turk”da
sish
shaklida qayd etilgan. Bu soʻz Lutfiyda
shish
, Navoiyda
esa hozirgi kundagidek
six
shakllarida qoʻllangan:
Andoq soʻrung begimki, ne shish kuysa, ne kabob,
Ul gʻamzaning soʻziyu, koʻngul sharhi holini.
(Lutfiy)
Bazmning asbobini qilgʻil nasaq,
Hozir etub sixu, kabobu tabaq.
(Navoiy)
Navoiy asarlari tilida “shish” soʻzidan “shishlamoq” Fe’li yasalganini koʻrishimiz
mumkin:
Garchi ishq oʻtida koʻnglumni oʻqunggʻa shishlading,
Garm boʻlmakim, hanuz ne six kuymish, ne kabob.
(Navoiy)
Turk qardoshlarimizning mana bu maqoli yuqorida alloma shoirlarimiz mahorati bilan
she'riy shaklga kirgan oʻzimizning oʻzbekona “Six ham kuymasin, kabob ham” maqoliga gʻoyat
uygʻun boʻlishi bilan ushbu xalq donishmandligi namunasining ham,
shish
soʻzining ham turkiy
xalqlar uchun qadimiy va xosligini koʻrsatadi: “Hem shish yagʻlanmali, hem kebap pishmeli”.
Bugungi kunda tilimizda faol boʻlgan “suzma”, “qaymoq”, “qatiq”, “qimiz”, “qurut”,
“qazi”, “yogurt” kabi soʻzlar “Devonu lugʻatit turk”da, tilimizning keyingi bosqichi boʻlgan eski
oʻzbek tilida, ayniqsa, Alisher Navoiy asarlarida deyarli oʻzgarmasdan uchraydi. Bular
allaqachon rus tili lugʻat tarkibini boyitgan. Faqat
yogurt
rus tilida fonetik ta'sirga koʻproq
uchragan
.
Do'stlaringiz bilan baham: |