Tili va adabiyoti universiteti



Download 6,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet33/464
Sana03.03.2022
Hajmi6,85 Mb.
#481675
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   464
Bog'liq
Merobdan-caenda-kullanilgan-frazeologik-birliklar-va-ularning-uslubij-hususiatlari


kosheva.88@inbox.ru
 


48 
and McDaniel, 1978), urugʻ biologiyasi (Brown, 1984; Berlin, 1992), raqamlar tizimi 
(Greenberg, 1978; Comrie, 2013), va makon-joy (Talmy, 2000; Levinson and Meira, 2003; 
Majid et al., 2004) domenlarida katta qiziqish bilan tipologik aspektda oʻrganildi.
Oʻlkamiz tilshunosligida esa, aynan fe’llar tipologiyasi nuqtayi nazaridan qaraydigan 
boʻlsak, oʻzbek olimlari J.B.Boʻronov, Oʻ.Q.Yusupov, A.S.Sodiqov, M.T.Irisqulov,
R.Z.Muryasov, S.A.Hamzayev, Gʻ.K.Mirsanov, T.Ergashev, N.R.Karimova, A.Q.Poʻlatovlar 
tomonidan ingliz va oʻzbek tillaridagi fe’l va uning turlari chogʻishtirma tahlil asosida 
oʻrganilgan.
Tilshunoslikning jamiki jabhalari ichidan aynan semantikada tildagi madaniy rivojlanish 
tufayli boʻladigan oʻzgarishlar eng yaqqol koʻrinadi. Spitzerning ta’rifi bilan aytadigan boʻlsak, 
“mazmun madaniy iqlimning eng yaxshi barometridir” [Spitzer, 1947]. Ammo tilning ifoda 
planidagi birliklari (morfema, soʻz va gap) qanchalik koʻp tadqiq etilgan hamda aniq qoliplarga 
tushadigan, tizimlashgan, qonuniyatlarga boʻysunadigan boʻlsa, uning mazmun planidagi 
birliklari (sememalar) hali toʻliq va mufassal oʻrganilmagan hamda tizimlashganlikdan koʻra 
kontekstuallik xususiyatiga ega. “Tilda mavjud cheksiz tushuncha va kategoriyalar ichidan 
koʻpchiligi xilma-xil, mavhum va aniq sarhadlarga ega emasligi bilan ajralib turadi. Juda kam 
qismigina nisbatan yaqinroq chegaralarga ega boʻlib, xolisona oʻxshashlik va farqlar asosida 
tadqiq qilinsa boʻladi”, - deydi Devid Lyuis (1984 : 227). Shunga koʻra tillararo mazmunni 
chogʻishtirishning oʻziga xos qiyinchiliklari koʻzlangan maqsadga erishishda toʻsqinlik qilishi 
mumkin.
Semantik tipologiya mohiyatini toʻliq tushunish uchun uning eng kichik birligi toʻgʻrisida 
fikr yuritishimizga zarurat paydo boʻladi. Evansning fikricha, lingvistikaning mazmun sharhi 
bilan qiziqadigan ushbu sohasi fundamental birlik sifatida oʻziga 
belgi
(the sign) birligini 
tanlaydi [Evans, 2010].
Belgi tushunchasining oʻzi zamirida birdan ortiq ma’nolarga ega boʻlib, 
birgina lingvistikaning turli sohalari nuqtayi nazaridan turlicha talqin qilinadi. Kompyuter 
lingvistikasida belgi — bu ixtiyoriy punktuatsiya, raqam yoki harf va hattoki, tasvir boʻlsa, 
psixolingvistikada tovushlar ham inson ongida ma’lum ma’no assotsiatsiyalariga ega 
boʻlganidan eng kichik tadqiqot obyekti sifatida qaralishi mumkin. Semantikada esa mazmun 
ifodasi jihatidan morfema ham fundamental birlik vazifasini bajara oladi. Ammo tadqiqotimiz 
maqsadida semantik tipologiyaning vositachi birligi sifatida leksemaga e`tiborimizni qaratamiz. 
Shu yerdan semantik tipologiyaning leksik tipologiya bilan aloqadorligi ham yuzaga chiqadi. 
Zero, leksik tizimlar tipologiyasidagi quyidagi ahamiyatli vazifalarga semantik tipologiya ham 
befarq emas 
[
https://studopedia.su/20_24648_leksicheskaya-tipologiya.html]: 
o
Soʻz jamgʻarmasining hajmi 
o
Leksikaning semantik-tematik tuzilmasi 
o
Lugʻat tarkibining stilistik xilma-xilligi va koʻlamdorligi 
o
Yangi ifoda manbalari va lugʻat boyitish vositalarining nisbiy samaradorligi 
(morfologik soʻz yasalishi, 
semantik soʻz yasalishi
, turgʻun birikmalarning hosil qilinishi va 
boshqa tillardan soʻz oʻzlashtirish) 
Binobarin, biror til leksikasining semantik-tematik tuzilishi borasida soʻz ketganda, 
quyidagi hayratlanarli misollarni havola etish mumkin: 
-
Eskimoslar tilida “qor”ni ifodalovchi soʻzlar sonining nisbatan juda yuqoriligi, 
-
Afrika xalqlari tillariga oʻnlab turli daraxtlar va, ayniqsa, banan navlarini ifodalovchi soʻzlarning 
koʻpligi,
-
Dengiz boʻyida istiqomat qiluvchi xalqlar tili va shevalarida “shamol” nomlarining koʻpligi,
-
Tibet tabobatidagi tarjima qilinmaydigan terminologiyaning tarmoqlanganligi, 
-
Buddizm 
diniy-falsafiy 
terminologiyasining 
yuqori 
iboraviyligi 
kabilar 
[https://studopedia.su/20_24648_leksicheskaya-tipologiya.html
].
Yuqoridagilar semantik xaritalar tuzishda juda ahamiyatli shartlardan sanaladi. Aynan 
ular orqali turli millatlar atrofidagi olamni semantik kategoriyalarga ajratishidagi oʻxshashlik va 


49 
farqlar namoyon boʻladi. Zero, aynan madaniyat faktori va tarixiy-geografik shartlar borliqni 
konseptlarga ajratishda hal qiluvchi kuch sifatida maydonga chiqadi.
Koʻrinib turibdiki, tilning lugʻat koʻlami va mazmun planini shu zabonda soʻzlashuvchi 
xalq istiqomat qiladigan ijtimoiy-geografik sharoit, u yerda mavjud mashgʻulot va kasblar 
jihatidan faraz qilib sharhlash asosli boʻladi. Ammo shu oʻrinda keltirib oʻtish kerakki, sinxronik 
nuqtayi nazardan oʻzbek tili ma’lum joʻgʻrofiy hudud bilan chegaralangani holda, tilning soʻz 
jamgʻarmasiga diaxronik nazar til rivojlanishining tarixiga, ya’ni toʻgʻri ma’noda kengroq 
hududlar, koʻp sonli xalqlar, tushunchalar, mashgʻulotlar va terminologiyaga murojaat etishni 
taqozo qiladi. Bu esa mavjud leksikon mazmun yukini yanada boyitib, kutilmagan semantik 
holatlarni yuzaga keltirishi mumkin. Ingliz tili haqida gap ketganda esa umumiy xulosalarga 
kelishning deyarli ilojisi yoʻq. Zero, bu til ostida dunyoning juda koʻp etnik, tarixiy-madaniy, 
ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan xilma-xil madaniyatlari va xalqlari birlashgan. Bundan tashqari 
shiddat bilan rivojlanib borayotgan evolyutsiyamiz jarayonida yuzaga kelayotgan kashfiyotlar 
hamda innovatsiyalar bilan aloqador yangi konseptlarning paydo boʻlishi ham aynan shu til bilan 
chambarchas bogʻliq. 
Globallashuv jarayoni tufayli betoʻxtov xarakter kasb etgan muqarrar ijtimoiy-madaniy 
aloqalar, axborot almashinuvi tillarda vujudga kelayotgan semantik soʻz yasalishi holatlarini 
yanada jadallashtiradi. Aslida, semantik soʻz yasalishi azaldan universal lingvistik hodisa boʻlib, 
u mavjud soʻzlarning yangi semalar bilan boyishini nazarda tutadi. Masalan, fransuz tili oʻzbek 
tilidagi (shuningdek, rus va ingliz tillarida ham shu qatorda) 

Download 6,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   464




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish