47
1.
Маҳмудов Н. Семантико-синтакическая асимметрия в
простом предложении
узбекского языка. Автореф. дисс... д-ра. филол. наук. – Т., 1984.
2.
Gʻulomov A., Asqarova M. Hozirgi oʻzbek adabiy tili (Sintaksis). – T.,1965.
3.
Oʻzbek tili grammatikasi. I jild. – T., 1975.
4.
Кононов А.Н. О природе тюркской агглютинации // Вопросы языкознания. – М.,
1976. – № 4.
5.
Abdurahmonov Gʻ., Shukurov Sh. Oʻzbek tilining tarixiy grammatikasi. – T., 1973.
6.
Navoiy A. Asarlar. Muhokamatul-lugʻatayn. 14-tom. – T., 1967.
7.
Щербак А.М. Грамматика староузбекского языка. – М. –Л., 1963.
8.
Сравнителъно-историческая грамматика тюркских языков. Морфология. –
М.,1988.
9.
Yoʻldoshev I., Sharipova Oʻ. Tilshunoslik asoslari, – T., 2007.
10.
Sodiqov A., Abduazizov A., Irisqulov M. Tilshunoslikka kirish, – T., 1981.
11.
Hojiev A. Lingvistik terminlarning izohli lugʻati. – T., 1985.
12.
Tojiev Y. Oʻzbek tili morfemikasi. – T., 1992.
Semantik tipologiya interdissiplinar fan sifatida
Semantic typology as an interdisciplinary science
Kosheva Dilrabo Xudoyorovna
*
Annotation.
The following article deals with the concept of semantic typology. The
essence of the term and its main focus as well as research principles are explained treating
semantic typology as an interdisciplinary science. In the article, one can also find some
plausible explanation of the connection between semantic typology and other branches of
linguistics.
Key words:
semantic typology, sociolinguistics, psycholinguistics, lexical polysemy,
semantic frame, sign, semantic loan, colexification.
Semantik tipologiya turli tillar borliqni konseptlarga ajratishidagi tafovutlarni oʻrganadi.
Boshqacha qilib aytganda, bu lingvistikaning tillararo ma’no tushunchasini
tipologik nuqtayi
nazardan tadqiq etuvchi sohasi hisoblanadi. Tillararo ma’no tushunchasini tadqiq etish til,
madaniyat va idrokning oʻzaro bir-biriga ta’sirini oʻrganish demak. Shundan uning lingvistika
bilan
antropologiya, psixologiya kabi boshqa fan sohalari oʻrtasidagi interdistsiplinar tabiati
yuzaga chiqadi. Uning, ayniqsa, kognitiv tilshunoslik bilan hamohangligi yaqqol namoyon
boʻladi. Lingvistik semantika bilan kognitiv tilshunoslikning oʻzaro bir-birini toʻldirishi
amerikalik tilshunos olimlar L. Talmi va R. Langakera (Lenekera)
asarlarida mufassal asoslab
berilgan.
Semantik tipologik tadqiqotlar jahon tilshunoslik jamiyatida soʻnggi yillarda tez-tez
koʻzga tashlanib qoldi. Ba’zi izlanishlar semantik tipologiya tushunchasining umumiy
muhokamasiga bagʻishlangan boʻlsa (Bach
and Chao, 2009; Evans, 2011), boshqalari alohida
soʻzlar tomonidan ifodalanadigan semantik kategoriyalar va ularning tillararo qiyosiy tadqiq
etilishini yoritib beradi (Boas, 1911; Sapir, 1929; Whorf, 1956;
Witkowski and Brown, 1978;
Wierzbicka, 1992; Koch, 2001; Brown, 2001; Boster, 2005; Koptjevskaja-Tamm et al., 2007;
Malt and Majid, 2013; Majid, 2015).
Oʻtgan yillar silsilasida soʻz mazmun planida turli domenlarda, jumladan, qon-
qardoshchilik (Murdock, 1949; Nerlove and Romney, 1967), ranglar (Berlin and Kay, 1969; Kay
*
O‘qituvchi, Navoiy davlat pedagogika instituti. e-mail
Do'stlaringiz bilan baham: