Tili va adabiyoti universiteti



Download 6,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet30/464
Sana03.03.2022
Hajmi6,85 Mb.
#481675
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   464
Bog'liq
Merobdan-caenda-kullanilgan-frazeologik-birliklar-va-ularning-uslubij-hususiatlari

gudek, -guday
(arziguday baho, maqtaguday koʻrk, oʻlguday dangasa, eb 
qoʻygudek tikilmok, borguday boʻlmoq) qoʻshimchasi sifat, ravish, ravishdoshga xos belgilarga 
ega boʻlib, tadqiqotchilar uni ravish yasovchi (A.M.Borovkov, Z.M.Ma’rufov) deb baholaydilar. 
A.Hojiyevning koʻrsatishicha, 
-gudek
shaklida ravishdoshlarga xos belgi kuchliroq boʻlsa ham, 
uni “umuman belgi bildirishga xoslangan” shakl deyish mumkin[Oʻzbek tili grammatikasi, 1975: 
524]. 
-gudek/-guday
shakllari kelasi-zamon sifatdosh shakli 
-gu
hamda oʻxshatish-qiyoslash 
ma’nosini bildiruvchi -
tek//-dek, -day
shakllarining yaxlitlanishidan hosil boʻlgan; -gu shakli faol 
qoʻllangan davrda bu shakllarning birikuvi nisbatan erkin boʻlib, 
-dek, -day
qoʻshimchalari 
predikativ pozitsiyada kelasi zamon sifatdoshi ma’nosidagi taxmin-oʻxshatish, chamalash-
qiyoslash jilolarini kuchaytiruvchi fakultativ birlik vazifasini bajargan; 
-gu
qoʻshimchasi ma’no-
vazifasidagi cheklanganlik XV asrdayoq sezilarli tus oladi. Shuning uchun ham 
-gudek
birikmasi 
yaxlit bir butunlikka aylanib, eski oʻzbek tilining muntazam shakllari qatoridan oʻrin oladi. Bu 
shaklning xususiyatlariga Alisher Navoiy ham maxsus e’tibor berib, shunday yozadi: “Yana bir 
nav’ iborat va adolari borkim, birovdin bir ishni gumon eltmak bila ul ishni ul kishiga nisbatguna 
berurlar, yoʻqqi tahqiq yuzidin, balki mazanna va gumon haysiyatidin, ammo munda diqqat 
koʻpdur. Andoqki, borgudek va yorgʻudek va kelgudek va bilgudek va aytkudek va qaytgudek va 
urgudek va bu forsiyda boʻlmas”[A.Navoiy, 1967: 117]. 
Mirza Mehdixon 
-gudek
shaklli yasalmalar 
salurdek, qoʻzgʻalurdek
kabi qurilmalarga 
ma’nodosh ekanligini qayd etadi. Lekin -
ur
qoʻshimchasining keyingi davrlarda ham faol 
qoʻllanilganligi 
-ur+dek
birikmasining yaxlit qoʻshimchaga aylanishiga imkon bermagan 
boʻlishi mumkin.


44 
Bizningcha
, -gudek/-guday
shakllari koʻp ma’noli affiks hisoblanib, -gu shaklining -dek/-
day sifat yasovchi shakli bilan birikib ketgan. Bugungi kunda 
-gudek/-guday 
affiksi koʻproq 
hollarda sifatdosh boʻlib keladi va shu bilan bir qatorda koʻp ma’noliligini ham saqlab qolgan.
Turkiy tillarda, shuningdek, oʻzbek tilida analitik shakllar qadimdan keng tarqalgan 
hodisa boʻlgan. B.A.Serebrennikov, I.Z.Gadjievaning qayd etishicha, tarz, tus nomi bilan ham 
yuritiluvchi koʻmakchi fe’llarning hosil boʻlishi turkiy bobo tilning alohida tillarga boʻlinishi 
(farqlanishi) davriga toʻgʻri keladi [Morfologiya, 1988: 444]. Bu holat esa ayni shakllarning 
turkiy bobo til davridayoq mavjud boʻlganligidan guvohlik beradi. Demak, analitik shakllar 
tarixan mavjud boʻlib, bugungi kun nuqtayi nazardan ham amalda qoʻllanmoqda. 
Fe’l analitik shakllari turkiy tillarda qadimdan keng tarqalganligini hisobga olib, 
O.Byotlingkdan boshlab bu xil shakllarga fe’lning perifrastik shakllari termini qoʻllangan boʻlsa, 
1965-yili A.A.Yuldashevning “Аналитические форма глагола” nomli kitobi nashr etilgach, 
ikkinchi termin (analitik shakl) ham keng qoʻllana boshladi. Analitik shakl hosil qiluvchi fe’llar 
turkiy tillarda miqdor jihatidan turlichadir. D.M.Nasilov maxsus tadqiqotlar tahlili, lugʻat va 
grammatikalar asosida qadimgi turkiy til yodgorliklarida yigirmata, oʻzbek va qoraqalpoq 
tillarida yigirma ettita, tatar tilida yigirma toʻqqizta, tuva va yoqut tillarida yigirmaga yaqin, turk 
tilida oʻn beshtacha koʻmakchi fe’llarni qayd etgan.
1963-yili Sankt-Peterburg (Leningrad) shahrida ikki yirik konferensiya oʻtkazildi. Bu 
konferensiya soʻz va uning tuzilishi, soʻzning grammatik shakllari va ularning oʻzaro nisbatiga 
bagʻishlangan edi. Birinchi yigʻin “Turli tipdagi tillarda analitik konstruksiyalar”, ikkinchisi esa 
“Turli tipdagi tillarda soʻzning morfologik strukturasi” deb nomlangan. Ana shu 
konferensiyalardan soʻng umumiy tilshunoslik yoʻnalishida analiz, analitizm, sintez va sintetizm, 
analitik va sintetik shakl terminlari va tushunchalari turli tillarning materiallariga tatbiq etildi. 
Jumladan oʻzbek tilida ham bu borada anchagina ishlar qilindi. 
Oʻzbek tilshunosligida A.P. Hojiyevning “Oʻzbek tilida koʻmakchi fe’llar” (1966), 
“Oʻzbek tilida toʻliqsiz fe’l” (1970), “Fe’l” (1973) kitoblarining nashr etilishi muhim hodisa 
boʻldi. Bu asarlarda fe’l soʻz turkumi doirasidagi koʻmakchi fe’llar va 
edi
toʻliqsiz fe’lining 
ma’nolari, vazifalari sinxron jihatdan atroflicha yoritildi. Olim oʻzbek tilida oʻttizdan ortiq 
koʻmakchi fe’llar borligini qayd etdi.
N.A.Baskakov analitik va sintetik grammatik shakllarni soʻzning morfologik 
taraqqiyotidagi bosqichlar sifatida tavsif etadi: “Turkiy tillarda soʻzning morfologik taraqqiyoti 
jarayonlari erkin soʻz birikmalarining uzluksiz grammatikalizatsiyasi bilan bogʻliq tendensiyani 
aks ettiradi: mustaqil soʻzlar birikuvidagi ikkinchi (postpozitsion) komponent ma’nosi 
mavhumlashadi; soʻng mustaqil soʻzning boshqa oʻrinda mustaqil ma’nosini saqlovchi 
yordamchi soʻz bilan birikuvi yuzaga keladi; navbatdagi bosqichda ikkinchi komponent mustaqil 
ma’nosini yoʻqotib, analitik grammatik shaklga, va nihoyat, postpozitsion komponent 
morfemaga – muayyan grammatik ma’no ifodalovchi affiksga aylanadi”. Murakkab shakllarning 
vujudga kelishi morfologik taraqqiyot jarayoni bilan bogʻliq. Birinchi qism ma’nosining 
sustlashuvi natijasida ikkinchi qismga ehtiyoj ortadi. Keyinchalik har ikki qism bir ma’noni 
ifodalash uchun murakkablashadi. 
Shunday qilib, turkiy tillarda grammatik ma’nolar uch asosiy usul bilan ifodalanadi: a) 
mustaqil soʻzlarning yordamchi soʻzlar bilan birikuvi orqali; b) analitik shakllar bilan; v) sintetik 
shakllar orqali. Har uchala usul aniq mezonlar vositasida aniqlanadi va oʻzaro qat’iy farqli 
belgilarga ega. 
A.A.Yuldashev analitik shakllarga bagʻishlangan maxsus ishida turkiy tillarning fe’l 
tizimida oʻttiz, ayrim tillarda qirq va hatto, ellikka yaqin fe’l shakllari oʻz mustaqil ma’nosidan 
uzoqlashib asosiy fe’l bilan birikuvda muntazam modellar hosil qilib, grammatik birlikka 
aylanishini koʻrsatadi. Uning ta’kidlashicha, grammatik shakllarning tiklanishi va taraqqiyoti, 
umuman olganda, alohida soʻz taraqqiyoti bilan oʻxshash: grammatik shakllar ham til tizimida 
qat’iylashgan va muntazamlikka ega boʻlgan vositalar orqali paydo boʻladi. Shakllar tizimida 


45 
qoʻshma-ikkilamchi shakllar (masalan, maqsad ma’nosini ifodalovchi 

Download 6,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   464




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish