331
boʻlmaydi. Til egasi oʻziga tanish boʻlgan harakat-holatni koʻchma ma’noda qoʻllashi natijasida
yangi farzemalarni hosil qilib boraveradi. Masalan, shevada faol qoʻllanadigan
niqtab turmoq,
durtib turmoq, qistab turmoq
iboralari
biror harakatni bajarishga undash, majburlash
ma’nosini anglatadi.
Niqtab turmoq
iborasi tarkibidagi
niqtamoq
soʻzi
choʻp orqali eshakni
harakatga keltirish
semalarini anglatadi. Bilamizki, qishloqlarda ogʻir yuk eshak yoki
eshakaravalar yordamida tashiladi. Bu jarayonda ogʻir yukni koʻtarishni
xohlamagan yoki
oʻjarligi tutgan jonivorni xalachoʻp yordamida harakatlanishga majbur qilishgan. Keyinchalik
ushbu holat koʻchma ma’noda qoʻllanishi natijasida frazema shakllangan. Ushbu frazema
oʻzidan bilib ish qilmaydigan, birovlarning undashi, buyrugʻi bilan harakat qiladigan insonlarga
nisbatan qoʻllanadi, holat fe’llarini anglatadi. Masalan,
Man niqtab tursam, bachalarim
oʻqimoqchi, boʻmasa oʻqish xayolining chekkasiga ham kemiydi.
Durtib turmoq
iborasi ham shu ibora bilan sinonim boʻlib,
turtmoq
fe’lining fonetik
oʻzgarishga uchrashi natijasida hosil boʻlmoqda. Frazemada harakat fe’li holat ma’nosini
ifodalamoqda.
Boshi shishdi
[Rahmatullayev, 1992:53.]iborasi shevalarda
kallasi shishdi, kallasiga lux
tiqilganday boʻldi
kabi variatlarda qoʻllanadi va ushbu iboralar nutqiy vaziyatga qarab turli
ma’noda qoʻllanadi. Masalan:
Biror muammo haqida koʻp fikrlab, yechimini izlab, topa olmagan holatda
oʻylayverib
gangib qolmoq
semalarini anglatadi:
Kun boʻyi shuni oʻylab kallama lux tiqilganday boʻldi.
Atrofda boʻlgan toʻpolon, shovqin natijasida gangib qolishni anglatadi:
Eee, qizim
oʻ:yinga bora qol , bachalaringing shoʻyqinidan kallama lux tiqilganday boʻldi-ku.
Kallasiga lux tiqilganday boʻldi
frazemasi tarkibida qoʻllangan
lux z
axkash va zovurlarda
oʻsadigan oʻsimlik turi boʻlib, qadimda hunarmandlar undan boʻyralar toʻqishgan, hozirda qishki
qovunlarni osib saqlashda ishlatiladi. Luxning urugʻ qiladigan tepa qismi, ya’ni toʻzgʻogʻi
hajman katta boʻlsa-da, vazni yengil boʻladi. Agar uni toʻzitsa, toʻzgʻogʻi atrofga tarqab hamma
joyda betartib uchib yurishi mumkin. Iborada biror bir holat natijasida insonda boʻladigan ruhiy
holatni real tasvirlash, tinglovchiga aniq va obrazli yetkazish maqsadida ushbu ibora qoʻllanadi.
Maslahati mahsiga qamamoq
(bir qarorga kelmoq),
supra qoqdi
(oxirgi farzand),
mehnati rayhon
(mehnat qilib qadr topmaslik),
dasmol qoziqqa ilinmoq
(ovqatlanib boʻlmoq)
kabi koʻplab frazemalarda ham shu xalqning lingvokulturolog madaniyati, hayot tarzi yotadi.
Iboralarni tahlil qilish jarayonida iboralar oʻrtasidagi graduonimiya holatiga ham duch
kelindi. Bunda til egasi tinglovchiga oʻz holatini aniqroq tasvirlashni maqsad qilgan boʻladi,
albatta. Masalan, “suvsiz qolmoq” tushunchasini ifodalash uchun shevada
ogʻzi qurimoq,
choʻllab ketmoq, tomogʻi qaqrab ketmoq
frazemalari qoʻllanadi. Ushbu iboralar ma’no nozikligi
bilan suvsizlik holatini darajalab beradi. Masalan,
ogʻzi qurimoq
iborasi suv ichish xohishining
mavjudligini anglatadi va oldida turgan suvni ichishga xohishi bor vaziyatda qoʻllanadi:
Ogʻzim
qurida, bir piyala choy ber.
Choʻllab turmoq, choʻllab ketmoq
iborasi esa suv ichishga xohishi boʻlgani, ammo oʻzida
suv boʻlmagan holatlarda suv soʻrash uchun ishlatiladi, bu oʻrinda tashnalik holati avvalgi
holatga nisbatan kuchliroq boʻladi. Masalan:
Choʻllab ketdim, muzday suv olib chiq , jiyan.
Tomogʻi qaqrab ketmoq
iborasi uzoq vaqt suvsiz qolib qiynalgan kishi holatini ifodalash
uchun qoʻllanadi. Aslida
qaqramoq
fe’li suvsizlikdan yorilgan yerga nisbatan qoʻllanadi. Uzoq
vaqt sugʻorilmagan yer oʻz namligini yoʻqotadi va yuqori quyoh harorati
sababli yoz oylarida
quruqshab yoriladi. Bu holatni dehqonlar “
suvsizlikdan yer qaqragan”
deydi. Ayni shu holatning
shaxsga nisbatan qoʻllanishi suvsiz qolgan kishi holatini tinglovchiga real yetkazib berish
vazifasini bajarmoqda. Uzoq vaqt suvsiz qolgan kishi tomoq’ida yutunish holati yoʻqoladi,
namlik kamayishi natijasida tomoq quriydi, ayni holat
tomogʻi qaqrab ketmoq
iborasi bilan
beriladi. Masalan:
Yoʻl juda uzoq, havo rasa issiq, kun oʻldiraman deydiyee, kelancha tomogʻim
qaqrab oʻldim.
332
Oʻrni bilan bu ibora spirtli ichimlik ichadigan kishilarga nisbatan ham qoʻllanadi:
Ha,
joʻra,rosa choʻllab turgan ekansiz-da, suvday shimirasiz.
Shevalarda ishlatiladigan ayrim frazemalar muayyan voqea-hodisa natijasida insonda yuz
beradigan ruhiy holatni ifodalashi mumkin va bu kabi frazemalar adabiy tilda uchramaydi.
Masalan
qarogʻi qotgan
iborasi kutilmaganda ruhiy zarba olgan insonning holatini tasvirlash
uchun qoʻllanadi. Bunday vaqtda ruhiy zarba natijasida inson kuchli ruhiy zoʻriqishni boshidan
oʻtkazadi,
ruhan qiynaladi, azoblanadi, ammo koʻziga yosh kelmaydi, ya’ni yigʻlashni xohlasa
ham, yigʻlay olmaydi. Masalan:
Avariya tufayli otasidan ajragan Abdurahmonning qarogʻi
qotdimi ,janozada bir tomchi ham koʻz yosh toʻka olmadi. Ayrim kimsalar uni bemehr farzand
deb malomat qildi.
Ayni holat kuchli gʻazab, nafrat natijasida ham yuz berishi mumkin. Yozuvchi Oybek
ikkinchi jahon urushini tasvirlash va “Quyosh qoraymas” romaniga manba yigʻish maqsadida
Oʻzbekiston delegatsiyasi tarkibida dushmandan ozod qilingan frontorti shahar va qishloqlarni
koʻzdan kechirganda
u yerdagi vahshiylikni, buzilgan qishloqlar, oʻldirilgan insonlarni koʻrib
qattiq gʻazabga keladi. Keyinchalik “Yigʻi kelmaydi...” she’rida oʻzining ruhiy holatini shunday
tasvirlaydi:
Yigʻi kelmaydi sira,
Gʻazabdan qaqragan koʻz.
Xuddi shu ruhiy holat xalq tilida
qarogʻi qotgan
iborasi bilan ifodalanadi.
Soʻzlovchi frazemalarni nutqiy vaziyatga qarab, oʻz maqsadiga moslab qoʻllayveradi,
natijada iboralarda ma’no kengayishi yuz beradi. Masalan,
Do'stlaringiz bilan baham: