berib borishimiz samarali usul. Beradigan savol va topshiriqlarimizni “O‘zbek tilining
imlo qoidalari”dagi kitobdan har bir mavzuga moslab tuzib chiqsak, imlo
savodxonligimizni oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Masalan, atoqli otlar
mavzusini boshlashdan oldin o‘quvchilarga quyidagi savol bilan murojaat qilamiz:
“O‘zbek tilining imlo lug‘ati” [2; 21-23-b.]da “Bosh harflar imlosi”si uchun
alohida qonun-qoidalar kiritilgan bo‘lib, unga ko‘ra quyidagi holatlarda bosh
asarlariga, sanoat va oziq-ovqat mahsulotlariga, transport vositalari, sport
760
Bu va boshqa holatlarda biz so‘zlarni bosh harf bilan boshlaymiz. Bu holat faqat
yozma nutqimiz uchun xos bo‘lib, yozma nutqimizda qo‘llaniladigan barcha
yo‘nalishlarda ahamiyatlidir.
Kishilar o‘rtasida yo‘l qo‘yiladigan xatolarning ko‘pchiligi ham aynan imlo
xatolar bilan bog‘liq. Masalan, biz kuzatuvimiz davomida maktab yoshidagi
bolalarning ona tili, adabiyot, tarix, geografiya kabi fan daftarlarining muqovasini
tekshirib chiqdik. Ularning ko‘pchiligida bosh harflar imlosi bilan bog‘liq xatolar
kuzatildi. O‘quvchilar, eng avvalo, daftar muqovasida yozilishi kerak bo‘lgan
ma’lumotni yozishda xatoga yo‘l qo‘yishadi. Ya’ni, fan, fakultet nomini kichik harf
bilan yozish hollari ko‘p uchraydi. Shuningdek, 5-6 sinflar orasida o, u, s, z, o‘
harflarini qo‘llash bilan bog‘liq xatolik ham kuzatiladi. Ular bu harflarni yozuvda katta
va kichik ko‘rinishlarini so‘z o‘rtasida (ko‘pincha ikkinchi harf bo‘lib kelganda) bir xil
usulda qo‘llab yozganlar: “Doston” so‘zini “DOston”, “Zumrad” so‘zini “ZUmrad”. Bu
holat to‘g‘ridan to‘g‘ri husnixat bilan bog‘liq hodisa bo‘lib, uni vaqtida to‘g‘irlamasak,
bosh harfalar imlosi bilan bog‘liq xatolarni yuzaga kelishiga sabab bo‘ladi.
Bundan tashqari, nazorat diktantlari, insho, bayon yozganlarida ham bosh
harflar imlosiga doir kamchiliklarga guvoh bo‘lamiz. Bunday kamchiliklarni bartaraf
etish uchun o‘quvchilar bilan bosh harfalar imlosiga doir topshiriqlarni boshqa
mavzular doirasida integratsiya orqali bog‘lab, ishlab chiqishimiz kerak, degan
xulosaga keldik. Chunki aynan bosh harflar imlosiga doir mavzu akademik letsiy
darsligida va 6-sinf darsligining atoqli otlar mavzusida qisman berilgan.
Shu jarayonlarni inobatga olib, o‘quvchilarga har bir bo‘lim yakunida
bo‘ladigan mustahkamlash darslari va nazorat darslarida quyidagi topshiriqni
qo‘llashlarini tavsiya etaman:
Bu jarayon ikki bosqichdan iborat bo‘lib, audiomatn orqali ikkita topshiriq
uzviylikni uzmagan holda ketma-ketlikda olinadi. O‘quvchiga audiomatn qo‘lyozmasi
har bir topshiriq oldidan tarqatma shaklda beriladi
Do'stlaringiz bilan baham: