Til tarixi ma’ruza matni


ABULG`OZI BAHODIRXON ASARLARINING TIL VA USLUBI



Download 1,03 Mb.
Pdf ko'rish
bet50/72
Sana08.08.2021
Hajmi1,03 Mb.
#141569
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   72
Bog'liq
til tarixi

ABULG`OZI BAHODIRXON ASARLARINING TIL VA USLUBI 
XVII-XIX  asrlarda  yaratilgan  asarlarda  ikki  xil  tendentsiya  mavjud  edi. 
Birinchi tendentsiya shundan iboratki, unda Alisher Navoiy ijodiga ergashish tufayli 
badiiy  asarlarda  ko`tarinki  uslub  saqlangan  edi.  To`g`ri,  bunday  uslubda  og`zaki 
nutq  yoki  jonli  so`zlashuv  tili  elementlari  ham  keng  qo`llangan.  Ikkinchi 
tendentsiyada  esa  tarixiy,  ta`limiy  asarlar  tilida  dialektlarning  adabiy  tilga  bo`lgan 
ta`siri yanada kuchaygan. SHu jihatdan Abulg`ozi Bahodirxonning «SHajarai turk» 
va «SHajarai tarokima» asarlarining tili xarakterlidir. 
«SHajarai  tarokima»  asari  turkman  xalqi  tarixiga  bag`ishlangan.  Unda 
afsonalar ham ko`p o`rinni egallagan. 


 
108 
   «SHajarai turk» asarida yoritilgan ma`lumot uchta tematikaga bo`linadi: 
 1. Diniy xarakterdagi Odam ato haqidagi afsonalar. 
 2. O`g`uz-turkmanlarning O`g`uz haqidagi ma`lumotlari. 
                 3. Real asosga ega bo`lgan, lekin afsonaviy tarzda etib kelgan voqealar. 
Abulg`ozi  Baxodirxon  asarlari  tilida  adabiy  tilning  soddalashtirilgani 
ko`rinadi.  Buning  o`ziga  yarasha  sababi  bor.  Tarix  asarlarini  yozgan,  ayniqsa, 
hukmdor  oiladan  chikqan,  mualliflar  feodalizmni  mangu  tuzum  deb,  xalqli 
hukmdorlarga  itoat  ettirish  uchun  asarni  xalq  tushunadigan  tilda  yozishga  harakat 
qilar edilar. SHuning uchun ham Abulg`ozi o`zining tarix asarlari boshqa tarixlardan 
farqli  ekanini  ta`kidlab,  quyidagilarni  yozadi:  «Barcha  bilingki,  bizdin  burun  turkiy 
tarix  aytqanlar  arabiy  lug`atlarni  qoshib  tururlar  va  turkiyni  ham  saj`  qilib  tururlar. 
Uzlarining hunarlari va ustazlarini xalqqa ma`lum qilmaq uchun. Biz munlarning hech 
kaysisini  qilmaduq,  aning  uchunkim,  bu  kitobni  o`qug`uchi  va  tinglag`uchi,  albatta, 
turk  bolg`usi  turur:  bas,  turklarga  turkona  aytmak  kerak,  to  ularning  barchasi  fahm 
qilg`aylar».  «SHajarai  tarokima»dan  olingan  bu  fikrni  «SHajarai  turk»  dan  olingan 
quyidagi  parcha  yana  ham  oydinlashtiradi:  «Hamma  ulug`lar,  ham  oddiy  kishilar 
tushunsun  teb,  men  bu  tarixni  turkiy  tili  bila  aytdim.  Turkiyni  ham  andoq 
aytubmenkim, besh yashar o`g`lon ham tushunur. Tushunush oson bo`lsun teb, men 
chig`atoy turkisindin, forsicha va arabchadin bir dona ham so`z qo`shmadim «. 
Haqiqatan  ham,  Abulg`ozi  asarlarining  tilini  kuzatar  ekanmiz,  unda 
san`atkorlarcha badiiy qayta ishlangan xalq so`zlashuv tilining namunasini ko`ramiz. 
Asarda  arabcha  so`zlarga  nisbatan  turkiy  so`zlar  ko`p  o`rinni  egallagan.  Unda 
ulkәn, bitmәk,  ulus,  yalavach (payg`ambar),  tilmәch,  ushaq (mayda)  charlamaq,  
kөrklүk,  kent, boluk (bo`lim) kabi turkiy so`zlar qo`llangan. 
Asarlar fonetikasida quyidagilar ko`zga tashlanadi: 
So`z boshidagi d -t ga o`tadi: degәn-tegәn, deb-teb, dedik-teduk. 
Ba`zi o`rinlarda so`z boshida y-j ga o`tadi : yov-jav, yo`l-jo`l 
(Xorazmda jamlovchi o`g`uz shevalari mavjud bo`lganligi). 


 
109 
-q,  -k  undoshi  bilan  tugagan  2  bo`g`inli  so`zlarga  egalik  affiksi 
qo`shilganda g ulardagi tovushi g ga o`tmaydi: 
Ayaqi agrib yatur. eshiki yapiq. 
Asarlar  morfologiyasida esa tubandagi xususiyatlar ko`zga tashlanadi:  -chi 
so`z yasovchiga nisbatan -ji varianti ko`p qo`llangan: elchi, tevaji. 
Sonning  tartib  son  turi  -  lanchi  affiksi  bilan  hosil  qilingan:  beshlәnchi, 
etilәnchi, tuquzlanchi. 
Kelishik formalarining barchasi qo`llanishda bo`lgan. 
Xarakterli  xususiyat  shundaki,  tushum  kelishigining  -n/in//in  affiksi  bilan 
hosil  qilingan  formasi  ham  qayd  qilinadi:  kochlarin  (xotinlarini)  va  kelinlәrin 
chaqirib.., Ma`lumki, bunday qo`llanish asosan poeziya janriga xosdir. 
III shaxs kishilik olmosh an, ular  alar tarzida qo`llangan. 
Buyruq-istak maylining 1 shaxs ko`pligi -aliң//ali 
Affiksi  bilan  hosil  qilingan.  emdi  shah;  Malikni  aytaling.  Uurtni  buzali 
tesalar. 
SHunday  qilib,  Abulg`ozi  asarlarida  adabiy  til  so`zlashuv  tilini 
yaqinlashtirishga  harakat  qildi  va  uning  asari  adabiy  tilda  xalq  tili  elementlarining 
mustahkamlanishi uchun munosib hissa bo`lib qo`shildi. 

Download 1,03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   72




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish