Til – O‘zlikning bosh belgisi



Download 20,53 Kb.
bet1/2
Sana18.02.2022
Hajmi20,53 Kb.
#455255
  1   2
Bog'liq
4.TIL – O‘ZLIKNING BOSH BELGISI


TIL – O‘ZLIKNING BOSH BELGISI
Reja:
1. Til – o‘zlikning bosh belgisi
2. Til millatning bosh belgisi
3. Til har bir millatning koʻzgusi
2019-yil 21-oktabrda “O‘zbek tilining dаvlаt tili sifаtidаgi nufuzi vа mаvqeini tubdаn оshirish chоrа-tаdbirlаri to‘g‘risidа”gi O‘zbekistоn Respublikаsi Prezidentining PF-5850-sоnli Fаrmоni e’lоn qilingаch, fаrmоndа belgilаngаn vаzifаlаrning sаmаrаli ijrоsini tа’minlаsh mаqsаdidа Vаzirlаr Mаhkаmаsidа Dаvlаt tilini rivоjlаntirish depаrtаmenti tаshkil etildi.
Oʻzbek tili yer yuzidagi eng boy va qadimiy yozma anʼanalariga ega tillardan biridir. Uning ildizlari tarixning ming yilliklari qaʼriga borib taqaladi, ana shunday chuqur manbalardan quvvat va qudrat oladi. Bu til bugunni moziy bilan, ajdodlarimizning benazir tafakkuri va taxayyuli mahsuli boʻlmish aqliy va badiiy inkishoflari bilan muntazam bogʻlab turuvchi qoʻporilmas koʻprikdir. Bu til oʻzbekning hech narsa bilan qiyoslab boʻlmaydigan bebaho boyligi, oʻzligining oʻzagi, “men”ligining magʻzi maqomidagi muhtasham mulkidir. Yaqin oʻtmishimizdagi istibdod davrida oʻzbek tilining yagona vatani boʻlmish Oʻzbekistonda bu tilning haq-huquqlari benihoya bepisandlik bilan poymol qilindi, uning qoʻllanishi “qizil quyushqon”ga solindi, u rasmiy muloqot maydoniga yoʻlatilmadi. Albatta, bunday munosabat xalqning, millatning hamiyatiga qilingan tajovuz edi va bu xalq qalbidagi adoqsiz ogʻriq edi.
Islom Karimovning taʼbiri bilan aytganda, “oʻzbek tili mustaqil davlatimizning bayrogʻi, gerbi, madhiyasi, Konstitutsiyasi qatorida turadigan, qonun yoʻli bilan himoya qilinadigan muqaddas timsollaridan biriga aylandi”.
– Tilni millatdan, millatni tildan ajratib boʻlmaydi. Shuning uchun xalqimizda “Til – millat koʻzgusi”, “Til – millatning ruhi” tarzidagi hikmatnamo gaplar bor. 
Til millatning bosh belgisi, asos unsuri ekanligi haqidagi gap faqat shaklga daxldor emas, til millatning magʻzi va mohiyatiga daxldor tushunchadir. Til ilmida oʻziga xos oʻchmas iz qoldirgan, dunyo tilshunosligini yangi oʻzanlarga burib yuborishga zamin hozirlagan olmon allomasi Vilgelm fon Gumboldtning: “Mening millatim tilining doiralari mening dunyoqarashimning doiralarini bildiradi”, degan gaplari bugun jahon tilshunosligida shakllanib ulgurgan “lisoniy madaniyatshunoslik” yoʻnalishining asosini tashkil etmoqda.
Zotan, “milliy ong”, “milliy dunyoqarash”, “milliy tafakkur”, “milliy ruh”, “milliy mentalitet” kabi zalvorli tushunchalarni tilsiz, tildan tashqarida tasavvur etib boʻlmaydi. Bu tushunchalarsiz esa millat degan birlikning tasavvuri imkonsizdir. Til va tafakkur bir-biri bilan shunchalik bogʻliqki, ularning birisiz ikkinchisi mavjud boʻlolmaydi. Oʻsha V. Gumboldtdan boshlangan va bugun aksariyat tilshunoslar tomonidan eʼtirof etilgan qarashlarga koʻra til tafakkurning qanday boʻlishini tayin etadi, aytish mumkinki, inson dunyoni oʻz tili mantigʻidan kelib chiqib, yaʼni tili bilan idrok etadi, eshitadi va koʻradi. Har bir xalqning, millatning oʻziga xos, tiliga uygʻun milliy tafakkur tarzi mavjud. Til va millat, demakki, xalqning dialektik birligi juda ham yaxlitdir. Til, ayniqsa, ona tili taʼlimida bu birlikning muntazam idroki tarbiyasining zaruriyatini tushuntirish quyoshning borliqdagi ahamiyati haqida gapirishday ortiqcha bir ishdir. Ona tili taʼlimida buni oʻqituvchi biror on unutmasligi shart.
Bugun ona tili taʼlimi boʻladimi, xorijiy tillarni oʻrganish boʻladimi, oʻquvchilarning lisoniy kompetentligini oʻstirish oʻqituvchi oldidagi ustuvor vazifa sifatida baholanmoqda. Bu borada maxsus oʻquv dasturi ham sinovdan oʻtkazilmoqda.
– Har qanday til taʼlimining, ayniqsa, ona tili taʼlimining pirovard maqsadi oʻquvchini tilday sinoatli olamga olib kirish, bu olamni uning oʻziniki qildirish va unda hech bir mushkulotsiz, nafaqat mushkulotsiz, balki huzur va hayrat bilan erkin harakat qilmoq layoqatini tarkib toptirishdan, ana shunday malaka sohibini tarbiyalashdan iborat. Tabiiyki, oʻquvchining lisoniy layoqatlilik darajasini shakllantirish va oʻstirish birdan boʻladigan ish emas, bunga oʻquvchi ham, oʻqituvchi ham jiddiy harakat qilmogʻi, astoydil kirishmogʻi lozim. Buning uchun oʻqituvchi muntazam va tadrijiy tarzda ish olib bormogʻi maqsadga muvofiq. Mazkur muammoning maqbul yechimlarini topish bilan mashgʻul boʻlgan nazariyotchi va amaliyotchi mutaxassislarning bu boradagi maxsus taklif va tavsiyalari mavjud, bu taklif va tavsiyalar asosida taʼlim tizimida aniq ishlar olib borilmoqda.

Download 20,53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish