Ilhom bilan yozilgan asar
Dilmurod Quronov
Yozuvchi Y.Shamsharov Abdulla Qahhor haqidagi xotiralarida poezddagi hamrohining �Dahshat� hikoyasi to�g�risidagi quyidagi fikrlarini keltiradi: �O�tmishda ayol zoti boshidagi hamma xo�rlik, musibat go�yo shu kichik hikoyaga joylab qo�yilgan. O�qiysizu agar ko�nglingizdagi g�azab, nafrat hissi zarraday bo�lsa, to�p o�qiday gumburlab otiladi: o�sha Olimbek dodhoga, barcha dodhoyu boy, mullalarga qarshi, ularni tug�ib voyaga yetkazgan eski tuzumga qarshi o�q otiladi� . Bu � maktabda o�ttiz besh yil adabiyotdan saboq bergan kishining gapi. Boshqa bir kitobxon, �siyosiy yetuk�ligini namoyish etib bo�lsa kerak, yozuvchiga �... o�tmishda shundoq bo�lsa, ehtimol, bo�lgandir, lekin o�zbek xotin-qizlari tarixining shunday malomatli sahifalarini hozir, bugungi kunda tiriltirish shartmidi? Siz o�tmishni qalamga olganingizda, ba�zan uydirmachilikka berilib ketasiz...� deya e�tiroz bildiradi. Ushbu misollar sho�ro davrida �Dahshat� hikoyasini kitobxon ommaning aksariyati qanday tushunganini yorqin namoyish etadi. Albatta, hikoyaning bu yo�sin tushunilishi ko�plab omillarga, jumladan, maktabda adabiyot o�qitishning maqsadi bilan ham bog�liq edi. Masalan, 70-yillarda chop qilingan adabiyot o�qituvchilari uchun qo�llanmada �O�g�ri� misolida adibning o�tmish mavzusidagi hikoyalarini o�qitishdan ko�zlangan maqsad quyidagicha ifodalangan: �Yozuvchining �O�g�ri� hikoyasi o�tmishdagi kambag�al dehqon Qobil bobo kabi kishilarning ezilganligi, talanganligi, xo�rlanganligini bilishga yordam beradi, o�quvchida ekspluatatsiyaga asoslangan tuzumga g�azab-nafrat, o�shanday dahshatlardan abadiy ozod qilgan Kommunistik partiya va Sovet hukumatiga cheksiz muhabbat uyg�otadi. Hikoyaning ahamiyati ham mana shunda� . Aytish kerak, o�qituvchilarga berilayotgan tavsiyalar havodan olingan emas, ular adabiyotshunoslik ilmiga tayangan holda ishlab chiqilgan, ya�ni, adabiyotshunoslikda ham hikoya shu ruhda tushunilgan. Misol uchun qahhorshunos M.Sultonovaning 60-yillarning o�rtalarida bildirgan fikrini keltiramiz: �Yozuvchi �Dahshat�da o�tmish temasini ishlar ekan, asosan bir maqsadni � o�tmishda insonning ezilishi, insonlik huquqlarining poymol etilishini ko�rsatishni; ezuvchi sinflarga nisbatan cheksiz nafrat va shu bilan erkin zamonamizni yanada qadrlash hissini uyg�otishni kuzatadi� .
Albatta, bu o�rinda na kitobxon va na muallim, na metodist va na adabiyotshunos aybli emas, zero, badiiy asar konkret davrning ma�naviy-ruhiy, ijtimoiy-siyosiy ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda va shularga muvofiq idrok etiladi. Ya�ni, chinakam badiiy asarning mazmuni serqatlam, konkret bir davrning ma�naviy-ruhiy, ijtimoiy-siyosiy ehtiyojlariga bog�liq holda o�sha qatlamlardan biri aktuallashaveradi. Shuning uchun ham chinakam badiiy asar davr chegaralarini tan olmaydi, mangulikka daxldorlik da�vosida qolaveradi. Zero, agar o�tmishda yaratilgan asar kitobxonning bugungi kundagi ehtiyojlariga javob bermasa, u mutlaqo iste�moldan chiqishi, bamisoli gazeta xabaridek unutilishi kerak bo�lur edi. Bundan kelib chiqadiki, badiiy asarning talqinlari shu ehtiyojlarga mos ravishda o�zgarib, yangilanib turishi tabiiy va ayni shu narsa uning umrzoqligini ta�minlovchi asosiy omildir. Afsuski, har jabhada bo�lganidek, adabiyotshunoslikda ham �inertsiya kuchi�ning ta�siri amal qiladi: eskicha talqinlar ta�siridan qutulish ancha qiyin kechadi. Professor H.Karimovning 1998 (!) yilda bildirgan quyidagi fikri buning yorqin dalilidir: �sobiq sho�rolar davrida yozilgan talay asarlarda davlat siyosati ilgari surgan g�oyani, ya�ni o�tmishni qoralash vositasida sotsialistik jamiyat elga erk va baxt beruvchi tuzum ekanligini tasdiqlash oqibatida milliy sharoit bilan hisoblashmaslik, hayot haqiqati hamda mantiqiga bepisand qarash hollari ro�y berdi. Ayniqsa, bu borada Abdulla Qahhorning o�tmish haqidagi ayrim hikoyalari yetakchilik qiladi. Bunga birgina �Dahshat� hikoyasi misol bo�la oladi� . Olimning fikricha, hikoya yozilgan �yillarda ko�p narsa oydinlasha boshlaganiga qaramay, yozuvchi o�zining o�tmishni qoralash printsipiga sodiq qolgan�. Qarashlarining asosida shu fikr yotgani uchun ham H.Karimov hikoyada o�tmish qanday tasvirlanganiga urg�u beradi, asarda �yakka davlat siyosati ta�sirida o�tmishni qoralash borasida ... hayot haqiqati va tarixga, milliy urf-odat hamda qadriyatlarga zid yo�l tutilgan�ini asoslashga intilib, �Dahshat� endilikda �mahorat maktabi bo�lolmaydi� degan xulosaga keladi. Avvalo, o�z vaqtida hurmatli domlamiz S.Sodiq maqola muallifining mazkur fikrlarini asosli inkor qilgani , ikkinchidan, bizni boshqa masala qiziqtirgani uchun bunga to�xtalib o�tirmaymiz.
�Dahshat� haqidagi yuqorida keltirilgan fikrlarni umumlashtiruvchi jihat shuki, ularning bari hikoya o�tmish haqida yozilgan degan asosga tayanadi. Darhaqiqat, hikoyaga o�tmishdan material olingan, uning mazmun qatlamlaridan birini o�tmish tashkil qilishi ham shubhasiz. Boz ustiga, adibning o�zi �1960 yilda o�zbek ayolining o�tmishiga oid �Dahshat� degan bir hikoya yozgan edim� deya e�tirof etganki, hech bir ikkilanishga, o�zgacha talqinlarga o�rin qolmaydigandek. Biroq, yaxshi ma�lumki, ijodkor qaysi davrga murojaat qilmasin, uni yozishga undagan narsa o�z zamoni, o�z zamonida yetilgan dard bo�lib qolaveradi. Zero, badiiy obrazning materiali voqelik va ijodkor shaxsi ekan, bundan boshqacha bo�lishi mumkin ham emas. Ya�ni, Abdulla Qahhor �o�tmishda insonning ezilishi, insonlik huquqlarining poymol etilishini ko�rsatishni� maqsad qilibgina hikoyani yozishga kirishgan emas. Modomiki, mazkur da�vomiz adibning e�tirofiga-da zid kelayotgan ekan, asoslashning yagona yo�li uning o�ziga murojaat qilish bo�ladi.
�Yoshlar seminarida so�zlagan nutq�ida o�zining ijodiy tajribasi bilan o�rtoqlasharkan, Abdulla Qahhor: �Men shu kungacha bitta-ikkita durust narsa yozgan bo�lsam birontasining ham g�oyasini oldin belgilab olganim yo�q� ,- deb aytadi. Abdulla Qahhorga ko�ra, �yozuvchi hech vaqt �Nima to�g�rida yozsam ekan?� deb o�ylab, keyin birdaniga biron to�g�rida yozishni ixtiyor qilmaydi. Aksincha, hodisaga ma�lum munosabati, qanoatidan kelib chiqqan rozilik yoki norozilik uni yozishga majbur qiladi, uni o�z ixtiyoriga qo�ymaydi�. Adibning uqdirishicha, �yozishga majbur qiladi�gan holat ijtimoiy hodisalarni tahlil qilish asosida yuzaga keladi, �ijtimoiy hodisalarni tahlil qilish, uning yaxshi yomon ekanini bilish uchun yozuvchining saviyasi juda-juda baland bo�lishi kerak� .
Albatta, hozirda Abdulla Qahhorning o�zi qo�yayotgan talabga to�la javob berishi, ijtimoiy hodisalar mohiyatini teran anglay olish darajasidagi saviyaga ega san�atkor bo�lgani ko�pchilikda shubha uyg�otmasa kerak. Ayni choqda, o�tgan asrning 80-yillari adog�idan 90-yillar o�rtalarigacha ko�pchiligimizda bunga shubha uyg�ongani ham sir emas. Jumladan, professor H.Karimovning �bu yillarda (ya�ni, �Dahshat� yozilgan 60-yillarda � D.Q.) ko�p narsa oydinlasha boshlaganiga qaramay, yozuvchi o�zining o�tmishni qoralash printsipiga sodiq qolgan� deb yozishi shundan dalolatdir. Ha, H.Karimov bir jihatdan haq: 60-yillarga kelib Stalin istibdodi davriga oid ko�p sirlar oshkor bo�lgan, ilg�or fikrli kishilar ongida jamiyatning yaqin o�tmishi haqida to�g�ri tasavvur shakllanishi uchun yetarli imkon tug�ilgan edi. Agarki H.Karimov yozuvchi shunday sharoitda ham eski printsiplariga sodiq qolgan deb bilar ekan, bundan yozuvchining �ijtimoiy hodisalarni tahlil qilish, uning yaxshi yomon ekanini� idrok qila olishiga, umumiy saviyasiga shubha bilan qaragani ayon bo�ladi. Albatta, bu o�rinda H.Karimovnigina ayblash insofdan bo�lmas edi. Zero, 80-yillar oxiri � 90-yillarda Abdulla Qahhor va u mansub avlod haqida muayyan stereotip shakllangan, ularda sho�ro siyosatining maddohlari, o�z vazifasini adabiyot vositasida sho�ro siyosatini xalqqa singdirish deb bilgan ijodkorlarni ko�rishga moyillik kuchaygan edi. To�g�ri, ularning ijodida, hayotida shunday o�ylashga asos beruvchi jihatlar yo�q emas. Biroq, nazarimda, stereotipni mutlaq haqiqat deb bilganimiz ularni bir inson, Abdulla Qahhor aytmoqchi, �hodisa va voqealarning mag�zi�ni chaqish, ularga �mehr yoki g�azab� bilan munosabatda bo�lib muayyan qanoat (buni kontseptsiya ma�nosida tushunish mumkin ko�rinadi � D.Q.) hosil qilish imkonini bergan ichki erkinlikka ega bo�lgan, jillaqursa, ijodning ilohiy onlarida shu imkonga erisholgan san�atkor sifatida ko�rishimizga halal berayotir. Fikrimizcha, ayni shu hol ularning asarlarini yangicha tushunish, yangicha talqin qilish yo�lidagi harakatlarni qabul qilolmaslik, ularni g�ayriilmiy hodisa, �zamonaga moslashga urinish� deb tushunilishiga sabab bo�lmoqda. Birovga malol kelmasa deb qo�rqaman, lekin bu nav munosabatda, nazarimda, yangi avlodning biroz kibrga berilgani, Abdulla Qahhor mansub avlodning saviyasini o�zinikidan pastroq deb hisoblashga moyilligi bo�y berib turgandek tuyuladi. Nahotki, yaqin o�tmishimizda yuz bergan ijtimoiy hodisalarning biz hujjatlarga tayanib yoki eshitib bilganlarimiz asosida anglagan �mag�zi�-mohiyatini o�sha davrda yashagan, o�sha davrni qalbida yashab o�tgan talantli insonlar anglamagan bo�lsa?! Bunga ishonish, bu fikrni qabul qilish qiyin...
Ustoz O.Sharafiddinov guvohlik berishicha, �Dahshat� hikoyasini �yozish niyati adib yuragiga 50-yillarning boshida tushgan edi. Deyarli o�n yil mobaynida u hikoyani o�yladi, pishitdi, xayolida obdon ishladi� . Bizningcha, adib ijodda amal qilgan printsiplardan kelib chiqilsa, uning ayni yetuklik pallasida �Dahshat�dek kichkina bir hikoya ustida nega o�n yillab ishlaganini anglash mumkindek ko�rinadi.
O.Sharafiddinov �Dahshat�ning yozilishiga xalq o�rtasida ancha keng tarqalgan bir rivoyat turtki bo�lgan�ini aytadi. Rivoyatda kelishicha, bir yigit �o�zining dovyurakligini isbot qilish uchun kechasi go�ristonga borib, tobutga pichoq sanchib kelmoqchi bo�ladi. Biroq u o�rnidan turib qaytayotganda arvoh uning etagidan tortqilab, ketishiga yo�l qo�ymaydi. Yigit qo�rqib ketib, jon taslim qiladi� . Bunday qaraganda, hikoyaning sxemasi tayyor: detallashtirib, muayyan hayotiy holatlar, dialoglar yaratilsa, sxemaga jon berilsa bas, durustgina hikoya bo�ladi. Biroq, negadir, A.Qahhor rivoyatni hikoyaga aylantirishga shoshilmaydi, yozib qo�ya qolmaydi. Nega? Chunki xali bu rivoyat adib uchun badiiy-estetik qimmat, ijtimoiy ahamiyatli mazmun kasb etmagan, ya�ni, uning vositasida o�quvchisiga aytmoqchi bo�lgan, aytmasa bo�lmaydigan gapi yo�q, boshqacha aytsak, hali ilhom kelmagan edi. A.Qahhorga ko�ra, �yaxshi asar, o�quvchini maftun etadigan asar faqat ilhom bilan yozilgan asar�dir. Ilhom kelishi uchun esa �yozuvchining his qilishi shart�: �His, ichki dard kishining qalbini toshirib yuboradi. Bunday vaqtda kishi o�zini qaerga qo�yishini bilmaydi. O�zining dardiga boshqalarni sherik qilish, yuragini bo�shatish, kishiga azob berish darajasiga yetadi. Shu vaqtda qo�l qalamga boradi. Kishining ko�ziga hech narsa ko�rinmaydi. Yozish uchun hech narsa halal bermaydi. Fikr to�kila boradi. Yozib ulgurib bo�lmaydi.
Kishidagi mana shunday holatni odatda ilhom deyishadi� . O�z navbatida, kishining qalbini toshirib yuboradigan his, ichki dardning yuzaga kelishi uchun �ijtimoiy hodisalarni tahlil qilish, uning yaxshi yomon ekanini bilish� talab qilinadi: �Yozuvchi turmush hodisasini tahlil qilganidan so�ng unga ma�lum bir munosabatda bo�ladi. Bu munosabati uning qanoati bo�ladi. Uning biron hodisani his qilishi mana shu qanoati asosida bo�ladi� . Xo�sh, qaysi ijtimoiy hodisalar tahlili asosida paydo bo�lgan qanoat Abdulla Qahhorning qalbini toshirib, �Dahshat�ni yozishga undadi?
Asos uchun hikoyani yozish niyati 50-yillarning boshlarida tug�ilgan degan ma�lumotni olarkanmiz, avvalo, o�sha davrni va undagi adibni tasavvur qilib olishimiz lozim. Bu davrning xususiyatlari esa, ma�lumki, Stalin vafoti va undan keyin shaxsga sig�inish oqibatlarining qoralanishi bilan bog�liq holda xarakterlanadi. Abdulla Qahhorning 1953 yildan keyin yozilgan publitsistik asarlariga e�tibor berilsa, ularda ertangi kunga ishonch, ko�tarinki ruh barq urib turganini ko�rish mumkin. Biroq 60-yillardan boshlab undagi bu ishonch ancha susaygani, aksincha, tanqidiy munosabat mutanosib ravishda kuchaya borgani ko�riladi. Mazkur holning sababini adibning yon daftaridagi quyidagi qayddan sezib olish qiyin emas: �Mamlakatimizda Stalindan so�ng uzundan-uzun momaqaldiroq bo�ldiyu o�tdi. Bu momaqaldiroqning birinchi sadosi xalqlar ko�nglida juda katta orzu-umidlar uyg�otdi, xalqlar buning ketidan keladigan obirahmatni kutdi, biroq momaqaldiroq shamol, to�polon qildi-yu, obirahmatdan bir tomchi ham tommadi� .
Ha, Abdulla Qahhor ham ko�p qatori obirahmatni kutgan, endi jamiyat to�g�ri asoslarga quriladi deb ishongan, shu bois maqolalarida ishonch, umidvorlik barq urgan. Adib partiyaning �keyingi uchta s�ezdi, partiya markazqo�mining talay tadbirlari hayotimizning havosini tozartir�di deb biladi, endi partiya siyosati to�g�ri o�zanga tushdi, bas, kommunistik jamiyat tantanasi muqarrar deya ishonadi. Uning qator maqolalari shu ishonch ruhi bilan yo�g�rilgan: adib kishilar turmushining yaxshilanib borayotganidan quvonadi, buyuk maqsad yo�lida halal berayotgan holatlarni tanqid qiladi. Biroq vaqt o�tgani sari g�oya bilan hayot, maqsad bilan amal, so�z bilan ish orasidagi ziddiyat ko�zga aniq tashlanib, jamiyat hayoti mohiyatan o�zgarishsiz qolayotgani ravshanlashadiki, bu hol adibning ishonchi, umidlariga rahna solmasligi mumkin emas edi. Xususan va birinchi galda, uni kishilar ruhiyati o�zgarishsiz qolayotgani tashvishga soladi. Zero, gumanist san�atkor sifatida Abdulla Qahhor insonni o�zgartirmasdan turib jamiyatni o�zgartirib bo�lmaydi deb biladi: uning o�sha yillari qabul qilingan �kommunizm quruvchisining axloq kodeksini� chin yurakdan ma�qullagani, �kult oqibatlarini odamlarning dilidan, aqlidan quvib chiqarish� adabiyotning kun tartibidagi asosiy vazifasi deb hisoblagani ham shundan. Albatta, A.Qahhor qo�yilgan vazifaning nechog�li og�irligini juda yaxshi tasavvur qiladi, chunki u �ilon chaqqan kishi ola arqondan qo�rqadi� deganday, o�sha zamonda aziyat tortgan yoki aziyat tortganlarni ko�rgan ko�p odamlar hanuz o�ziga kelolmayotgani�ga shohid edi. Adib 200 yil temir qoziqqa zanjirband etilgan filning zanjir chirib ado bo�lgach ham yana yuz yil qozig�i atrofida aylangani haqidagi rivoyatni eslatib, �Fil jonivor, aql idroki yo�q, biz nega kult davri qoqib ketgan qoziq atrofidan yiroq ketolmaymiz?�- deya murojaat qiladi. Yozuvchi qatag�on davrining kishilar diliga solgan dahshati hamon ketmagani, uning ketishi oson kechmasligini chuqur his qiladi. Boz ustiga, �tuxumdan tuk qidiradigan shubha bandalari�ning ilgarigidek faoliyatda ekani �jamiyatning butkul tozara olishi� borasidagi ishonchini yo�qqa chiqaradi. Xuddi shu narsa, ijtimoiy hayotdagi shu holat adib uchun his etilgan shaxsiy dardga aylanadi, �dardiga boshqalarni sherik qilish, yuragini bo�shatish� ehtiyojini tug�dirib, yozishga majbur qiladi. Hayotining ayni shu pallasida adib qachonlardir eshitgan rivoyat uning uchun badiiy-estetik qimmat, ijtimoiy ahamiyatli mazmun kasb etadi. Zero, adib uning �mag�zi�da o�zini o�rtagan dard bilan o�xshashlikni, shaklida o�sha dardni ifodalashga imkon beruvchi eng maqbul shaklni ko�rdi, ko�ra oldi.
Shu o�rinda �qachonlardir� deganimizga ham izoh berib o�tish kerak ko�rinadiki, bunga ham adibning o�zidan javob topamiz. A.Qahhor yoshlar seminarida so�zlagan nutqida yozuvchi uchun hayotda ko�rganlari, eshitganlari juda muhim ekanligini aytib, bularni yon daftarga qayd etib borishni maslahat beradi. Unga ko�ra, �yozuvchining xotira daftari � mushohadalar xazinasi�. Adib aytadiki: �Bundan olti yil burun daftarga shuni yozib qo�ygan ekanman: �Ajoyib it, o�g�ri kirganda olqishlasang, yotib dumini yalaydi�. Bu narsa olti yildan beri kerak bo�lgani yo�q, ehtimol hech qachon kerak bo�lmas� . Shunga o�xshash, yuqoridagi rivoyat kundaliklarda qayd etilmagan bo�lsa-da, adib xotirasida mavjud bo�lgan. Agar biz yuqorida tavsif etgan sharoit yuzaga kelmaganida, ehtimol, bu rivoyat ham adibga hech qachon kerak bo�lmas, hikoyaga aylanmas edi. Shu ma�noda, �Dahshat� o�tmish haqidagi, aniqrog�i, o�tmish haqidagigina hikoya emas .
�Dahshat�dagi Olimxon dodhoh xonadoni � dahshat saltanati, Stalin davridagi jamiyatning jajji maketi. Eng qizig�i, bu saltanatni dahshat vositasida boshqarayotgan dodxohning o�zi ham dahshat hissidan forig� emas, u ham qo�rquvda yashaydi (Stalin hayoti ham shunday emasmi?!). Ayni paytda, uning uchun dahshatni saqlab qolish, uni quvvatlantirib turish muhim, busiz saltanat zavol topadi (Stalin siyosati ham mohiyatan shunday emasmidi?!). Unsinning isyoni dahshatga emas, dodhohning o�ziga qaratildi: sho�rlik o�z vujudidagi qo�rquvni yenga olmadi, shu qo�rquv tufayli nobud bo�ldi. Ya�ni, Stalindan so�ng �obirahmat� yog�maganining sababini adib kishilar vujudida dahshat yashab qolaverganida ko�rdi va buni badiiy obrazlarda muhrladi. Albatta, Unsinning isyoni bejiz ketmadi, yo�q, u Nodirmohbegim ruhiyatida, taqdirida keskin o�zgarish yasadi: ayol �yana kaltaklanishdan hayiqmay� jon berayotgan Unsinga parvona bo�ldi, ruxsat so�rab o�tirmay �Ganjiravonga bir xizmatkorini yubordi�. Shu jihatdan qaralsa, hikoyaning finali juda xarakterli: �Shamol hamon guvillar, yaydoq daraxtlarning shohida chiyillar, g�uvillar edi.
Darvozadan boshida paranji va qo�lida oq tuguncha Nodirmohbegim chiqdi. U darvozaga yuzini o�girib, cho�nqaydi, ikki qo�lini fotihaga ochib, bir nimalar dedi. Dodhoning o�zi bilan birga bu dargohni yerning qa�riga yuborganday ikkala mushtini uch marta yerga qadadi, keyin �bu dargohni endi yelkamning chuquri ko�rsin� deganday bir harakat bilan keskin burilib aravaga chiqdi, marhumaning bosh tomoniga o�tirdi�. Nodirmohbegim endi tamom boshqa odam, vujudidagi qo�rquvni yenga olgan, �dodhoning o�zi bilan birga bu dargohni yerning qa�riga yubora� olgan odam. Shu ma�noda, hikoyaning qahramoni ikkita: adabiy-estetik nuqtai nazardan hikoya qahramoni Unsin bo�lsa, ijtimoiy-ma�naviy nuqtai nazardan, shubhasiz, qahramon Nodirmohbegimdir. Eng muhimi, har ikki qahramon ham adibga yot emas, har ikkisiga ham uning shaxsiy hayoti proektsiyalangan. Ya�ni, �Dahshat� yozilguniga qadar Abdulla Qahhor Unsin hayotini yashab o�tgan bo�lsa, �Dahshat�dan so�ng Nodirmohbegim yo�lini tutdiki, shu tufayligina u 60-yillar o�zbek ziyolilarining �vijdoni�ga aylana oldi. Demak, �Dahshat� adib hayotidagi burilish pallasini, uning shu davrdagi ruhiyatini o�zida aks ettirgan asardir. Shu ma�noda, �Dahshat� tom ma�nodagi ijod mahsuli � muallifning ma�naviy-ruhiy izlanishlari natijasi sifatida, rostmana shaxsiylangan ijtimoiy dard �yozishga majbur qilgan�, yozmasa bo�lmaydigan holatga keltirganda dunyoga kelgan, chinakam ilhom bilan yozilgan asardir. So�z XX asr o�zbek adabiyoti haqida boradimi, milliy nasrimiz taraqqiyoti haqidami, hikoya janri yo mahorat masalalari haqidami, qat�iy nazar, �Dashhat�ning albatta tilga olinishi, uning turfa talqinlarga dosh va imkon berib kelayotganining siri ham shunda � ilhom bilan yozilganidadir.
2007
Do'stlaringiz bilan baham: |