15.5. Mamlakat to’lov balansi
Mamlakatning ma’lum vaqtdagi barcha xalqaro iqtisodiy faoliyati, shu jumladan tashqi savdo, kapital va ishchi kuchi migratsiyasi ham to’lov balansida o’z aksini topadi.
Tashqi iqtisodiy bitim valyuta ayirboshlash yoki valyuta operatsiyalari orqali amalga oshiriladigan oldi-sotdi bitami hisoblanar ekan, unday holda, mamlakatning jahon bozoridagi faoliyati natijalari pirovardida xorijiy valyuta tushumlari va harajatlarida ifodalanadi. SHuning uchun ham to’lov balansi - bu bir tomonida chetdan keladigan barcha tushumlar, ikkinchi tomonida esa mamlakat chetga chiqaradigan barcha to’lovlari ko’rsatilgan hujjatdir. Tushum (kredit) faqat eksport yordamida ta’minlanishi mumkin, aksincha, xorijiy maxsulotlarni sotib olish (yoki import) to’lovlar va xorijiy valyuta harajatlari bilan bog’liq chikimlar (debet) bo’ladi. Bunda tovar deganda ayirboshlanadigan har qanday narsa tushuniladi, ya’ni u moddiy ne’mat, xizmat, ishchi kuchi, kapital va valyu ta bo’lishi mumkin.
To’lov balansining tarkibiy tuzilishi bo’yicha barcha tashqi iqtisodiy bitimlar ikkita katta guruhga bo’linadi; joriy operatsiyalar va kapital harakati bilan bog’liq operatsiyalar.
O’z navbatida joriy operatsiyalarning asosiy moddasi tovarlar eksporti va importi hisoblanadi, ular o’rtasidagi farq tashqi savdo balansining qoldig’i deb yuritiladi. Bizning misolda bu balans salbiydir, ya’ni mamlakat tovarlarni chetga olib chiqishdan ko’ra ko’proq olib keladi (-80).
Joriy operatsiyalarning keyingi moddasi bu xizmatlar eksporti va importidir. Ularga transport, sug’urta, sayyoxlik xizmatlari va boshqalar kiradi. Tovarlar bilan operatsiyalardagi kabi xizmatlar bilan operatsiyalarda ham mamlakat xorijiy xizmatlarni ko’proq oladi, ya’ni mamlakatda yashovchilar xorijga chetdan sayyoxlarga nisbatan ko’proq boradilar, shuningdek, mamlakatdagi tadbirkorlarga jorijiy transport va sug’urta xizmatlari ko’rsatish hajmi va aksincha, xorijiy tadbirkorlarga mamlakatda transport va sug’urta kompaniyalari ko’rsatadigan xizmatlar hajmiga qaraganda yuqoriroq. Bu operatsiya ham balansning salbiy qoldig’iga ega. (-2)

Investitsiyalardan daromadlar foizlar va dividendlar bo’yicha to’lovlarni o’z ichiga oladi. Agar xorijga qo’yilgan milliy kapitalga chet elliklarning amalga oshiradigan bunday to’lovlaridan tushumlar, mamlakat iqtisodiyotiga jalb etilgan xorijiy kapitaldan bunday to’lovlar miqdoridan ko’p bo’lsa, unda sof daromad ijobiy bo’ladi (+7).
Do'stlaringiz bilan baham: |