Tijorat banklarining valyuta operatsiyalari
Tijorat banklarining valyuta operatsiyalari
Reja:
Reja:
1.Valyuta va valyuta kursi tushunchasi.
2.Valyuta operatsiyalarini tashkil etishning huquqiy asoslari.
3.Valyuta poziyasisi va nazorati.
4.Joriy va muddatli operatsiyalar.
5.O‘zbekiston Respublikasi valyuta bozorining shakllanishi.
15.1. Jahon valyuta tizimining zaruriyati, mohiyati va rivojlanishining asosiy bosqichlari
Har qanday xalqaro bitim o’zaro hisob-kitoblar bilan kuzatilishi sababli birinchi navbatda uni kaysi pul birligida amalga oshirish masalasi turadi. SHuning uchun bitim ishtirokchisi jahon bozorida biror-bir tovar yoki xizmatni sotar yoki sotib olar ekan, o’zining milliy valyutasi boshqa mamlakatlarning pul birliklari bilan qanday nisbatda ekanligini, ularda qaysi biri barqarorroq va jahon bozorida qay darajada talabga ega ekanligini bilishi kerak. Bu unga xorijda tashqi iqtisodiy operatsiyalar olib borishga zarur bo’lgan valyuta zahirasini o’zida yaratish imkonini beradi.
Dastlab bunday o’zaro aloqa «oltin standart» bazasida amalga oshirildi, ya’ni oltin pulning asosiy shakli bo’lgan pul tizimida olib borildi. Demak, milliy valyuta bahosi oltinga bog’langan ekan, birinchidan, har bir mamlakat xukumati oltin bilan ta’minlanishi mumkin bo’lgan miqdorda qog’oz pullarni chiqarishga harakat qiladi, bu esa ortiqcha pul emissiyasini va u bilan bog’liq inflyatsiyani to’xtatib turadi; ikkinchidan, turli milliy valyutalar o’rtasidagi o’zaro nisbatlar qayd etilgan, nisbatan doimiy bo’lib, xalqaro hisoblarda barqarorlikni ta’minlaydi. Masalan, agar 1929 yilda bir funt sterling 7,32 g sof oltinni, AQSH dollari 1,5 g sof oltinni tashkil etgan bo’lsa, ular o’rtasidagi o’zaro nisbat yoki oltin pariteti (tengligi) 1 f. s. = 4,86 AQSH dollari bo’lgan.
SHu bilan birga, o’sha davrlardayoq xalqaro hisob-kitoblarda oltinga qaraganda qulayroq bo’lgan qog’oz pullardan foydalanilgan. Iqtisodchilarning baholashicha 1894 yilda xalqaro to’lov oborotida oltin ulushi bor-yo’g’i 3,5 foizni tashkil etgan, ya’ni banklararo hisob-kitoblar asosan valyutalarda amalga oshirilgan.
XIX asr o’rtalaridan XX asr boshlarigacha oltin standart asosan bir guruh yuqori rivojlangan mamlakatlarni qamrab olgan mukammal pul tizimi hisoblangan. 1913 yilda uch yetakchi davlat - AQSH, Buyuk Britaniya, Frantsiya hissasiga jahon oltin - monetar muomalasining 62 foizi yoki 3,5 ming tonna oltin to’g’ri kelgan.
Bu davrda Buyuk Britaniya yetakchi iqtisodiy va moliyaviy davlat bo’lgan va funt sterling oltin kabi xalqaro to’lovlarda erkin muomaladagi asosiy valyuta hisoblangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |