Mavzu: Buyuk Britaniya iqtisodiy rivojlanishi
Reja:
1. Sanoat inqilobi. Britaniya mustamlakachilik tizimining yaratilishi.
2. XIX – XX asrda dunyo iqtisodiy yetakchiligining yo’qolishi sabablari.
3. Birinchi Jahon urushidan keying davr Britaniya iqtisodiyoti.
4. Ikkinchi Jahon urushining iqtisodiy oqibatlari.
5. Buyuk Britaniyaning XX va XXI asr iqtisodiyoti.
6. Brexit va uning Buyuk Britaniya iqtisodiyotiga ta’siri.
1. Sanoat inqilobi — qoʻl mehnatiga asoslangan manufaktura sanoatidan mashinalashgan yirik industriya (fabrika, zavod)ga oʻtish jarayonini ifodalovchi iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy oʻzgarishlar tizimi. Sanoat inqilobi ishlab chiqarish mashinalarining ixtiro qilinishi va qoʻllanilishi bilan boshlandi. Mashinalarni mashina tomonidan ishlab chiqarish, yaʼni, mashina sanoati (ogʻir sanoat) paydo boʻlishi bilan yakunlandi. Sanoat inqilobi faqat texnikaviy emas, balki ijtimoiy-iqtisodiy burilishdir, chunki u kapitalistik munosabatlarning toʻla shakllanishiga olib keldi. Sanoat inqilobi XVIII asrning 60-yillaridan dastlab Buyuk Britaniyada boshlandi. Bu mamlakatda XVII asrda yuz bergan burjua inqilobi yangi jamiyat rivoji uchun keng yoʻl ochdi. Angliyaning keng mustamlakachilik tizimi ham Sanoat toʻntarishiga katta taʼsir koʻrsatdi, mustamlaka boyliklari sanoatga qoʻyildi. Sanoat inqilobi barcha mamlakatlarda yengil sanoatda boshlanib, ogʻir sanoatning shakllanishi bilan yakunlangan. Angliyada boshlangan sanoat inqilobi keyinchalik baynalmilal tus oldi. Bu jarayon Angliyadan keyin Fransiyada (Buyuk fransuz inqilobidan soʻng) boshlandi, ikkala davlat jahonda yetakchi oʻrinni egalladi. XIX asrning 60-yillarida Italiya, Germaniya, AQSH, Rossiya va Yaponiyada ham yirik sanoatning rivojlanishi tezlashdi.
Birinchi mustamlakachilik Shimoliy Amerikada 1607-yildan boshlandi. Bunda burjua inqilobi ham yaxshigina turtki bo’lgan. Bundan keyin birin-ketin Meksikadan tashqari Shimoliy amerikaning ancha katta qismini, Hindistonning salmoqli qismini va Gibraltar kabi hududlarni bosib olishga erishadi. Britaniya mustamlakachiligi shu bilan to’xtab qolmadi. Keyinchalik bu mustamlaka siyosati orqali Afrikaga ham kirib bordi, butun Hindistonni qamrab oldi hamda Avstraliya va Yangi Zelandiyani egallashga erishishdi. Shunday qilib XIX asr oxiriga kelib Britaniya dunyodagi eng katta mustamlakachi imperiyaga aylandi. Bu mustamlakalar ochiqchasiga talon-taroj qilinar edi va bu talon-tarojdan to’plangan ulkan mablag’ Britaniyaga yuborilar va mamlakat qudrati oshib borar edi.
2. XIX asrning 70-yillarida Britaniya dunyodagi eng qudratli iqtisodiyotga ega davlat edi. Bu vaqtda u jahon ishlab chiqaruvchisi, jahon bankiri, jahon tashuvchisi va savdogari deb atalardi. Hech bir mamlakat iqtisodiyoti britan iqtisodiyoti bilan raqobatlasha olmas edi. Uning ulushi jahon ishlab chiqarishining 32% ini va butun dunyo ko’mir qazib olish, quyma temir eritish va qayta ishlashming yarmini tashkil etardi. Ingliz tovarlarining narxi va sifati tufayli proteksionizm siyosatini qo’llashga muhtoj bo’lmagan edi. Ammo shu davrda yosh va tez rivojlanyotgan AQSh va Germaniya kabi mamlakatlarning ishlab chiqarishi keskin yuqorilay boshladi va dunyodagi iqtisodiy hukmdorlik uchun kurashga jiddiy raqiblar qo’shildi. Buning natijasida Britaniyadan ko’ra yuqori ishlab chiqarish va kattaroq hajmda sodir bo’lyotgan texnika inqilobi yakuniga yetishi oqibatida 80-yillar o’rtalariga kelib nemis mahsulotlari nafaqat Yevropa bozorlarida, balki Britaniya hududida ham ingliz mahsulotlarining sifatidan sezilarli darajada oshib ketdi.
Ushbu davrda ingliz sanoat ishlab chiqarishi raqiblariga nisbatan sezilarli darajada pasaydi va asta-sekinlik bilan ortda qola boshladi. Bunga misol sifatida Britaniyada sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish 1870 – 1913-yillarda 2,2 marta, AQShda 9 marta, Fransiyada 3 marta va Germaniyada deyarli 6 marta oshganini keltirib o’tish mumkin.
3. Birinchi Jahon urushining natijalari Britaniya iqtisodiyoti uchun juda ziddiyatli edi. Bir tomondan, bu davrda bir qator salbiy tendensiyalar paydo bo’ldi. Bular sanoatda texnik turg’unlik, ulkan xarbiy xarajatlar, dengiz flotining katta qismini yo’qotish, sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarishning 20% ga kamaytirish, savdo balansining o’sishi va Britaniya an’anaviy tashqi iqtisodiy aloqalarining buzilishi va boshqalar.
Boshqa tomondan, urush yillarida, asosan, sanoatning avtomobilsozlik, aviatsiya, kimyo va elektrotexnika kabi tarmoqlarining rivojlanishi, davlat proteksionizm siyosati sharoitida eski tarmoqlarda ishlab chiqarishni qisqartirish hisobiga ishlab chiqarish o’sishi kuzatildi. Hukumat qishloq xo’jaligini rivojlantirishga qaratilgan bir qator chora-tadbirlarni amalga oshirdi: qishloq xo’jaligi mahsulotlarining narxi kafolatlandi va emg ka mish haqqi belgilandi.
Boshqa mamlakatlarda bo’lgani kabi, Britaniyada ham urush davrida iqtisodiyotni boshqarishda davlatning iqtisodiy roli kuchaytirildi. Kichik va o’rta korxonalarni majburiy hamkorlik qilish, banklarning birlashishi sodir bo’ldi. 1916-yilda davlat va xususiy biznes faoliyatini birlashtirish, xorijiy raqobatchilarga qarshi birlashish maqsadida Britaniya sanoat federatsiyasi tashkil etildi. 1921-yilda hukumat temir yo’llar ustidan nazoratni nisbatan kuchaytirdi.
Iqtisodiyotning beqarorligi, asosan, Britaniya iqtisodiyotining an’anaviy tuzilishi bilan bog’liq edi. Mamlakatning asosiy daromad manbai hamon ko’rinmas eksport – kapital eksporti va xalqaro bank operatsiyalari edi. Britaniya milliy sanoatga faol sarmoya kiritmadi. Bu esa iqtisodiyotning asosiy tarmoqlarining texnik va texnologik kechikishiga, ularning o’sish suratlarini pasayishiga va oxir-oqibat jahon bozorida ingliz mahsulotlarining raqobatbardoshliligini pasayishiga olib keldi.
4. Ikkinchi Jahon urushi Britaniya iqtisodiyotini sezilarli darajada zaiflashtirdi. Urush yillarida Buyuk Britaniya milliy boyligining 25% ini yo’qotdi, sanoat ishlab chiqarishi 10% ga kamaydi. Buyuk Britaniyaning jahon eksportidagi ulushi 1937-yilda 11,3% dan 1947-yilda 9,8% gacha kamaydi. Ikkinchi Jahon urushidan so’ng Britaniyaning iqtisodiy zaiflashishiga nafaqat urushda qatnashganligi, balki mustamlakachilik tizimining bosqichma-bosqich parchalanishi ham sabab bo’ldi.
Urushdan keying davrda qayta tiklash dasturini ishlab chiqdi. Uni amalga oshirish sharti davlat mulkining ulushini oshirish edi. Shu maqsadda:
Ko’mir va gaz sanoati, ayrim elektr stansiyalari va po’lat korxonalari, barcha ichki transport va aloqa sohasi, inliz banki milliylashtirildi. Milliylashtirilgan korxonalar egalariga berilgan kompensatsiya ularning haqiqiy qiymatidan oshib ketdi;
Korxonalarni rekonstruksiya qilish uchun sanoatga capital qo’yilmalar ko’paytirildi;
NATO blokini yaratishda ishtirok etgan Britaniya harbiy xarajatlari oshdi;
Ijtimoiy munosabatlar sohasida kasaba uyushmalariga qarshi mehnat qonuni bekor qilindi. Kasaba uyushmalarining ish tashlashga bo’lgan huquqi tiklandi.
1950-yillarga kelib Britaniya iqtisodiy rivojlanishi tezlashdi. Bu uzoq va chuqur iqtisodiy inqirozlarning yo’qligi va iqtisodiyotni tarkibiy qayta qurish va investitsiya oqimlarining ustuvor yo’nalishlarini o’zgartirish talab etilgan davrda yuz berdi. Shu davrda mamlakat demografik holat va mutaxassislarni tayyorlash darajasi bilan bog’liq muayyan qiyinchiliklarga duch keldi. Tug’ilishning sekin o’sishi va aholining yosh tuzilishidagi o’zgarishlar kadrlar malakasi kamligi bilan birlashdi. Britaniya rivojlangan davlatlar orasida ta’lim darajasining eng past ko’rsatkichlariga ega edi. Natijada mehnat bozorida malakasiz ishchi kuchining ko’pligi kuzatildi. Umuman olganda, Britaniya iqtisodiyoti urushdan keyingi dastlabki o’n yillikda boshqa Yevropa mamlakatlari bilan bir yo’nalishda rivojlandi. Ammo Germaniya, AQSh va Yaponiyaning iqtisodiy rivojlanish suratlaridan past bo’ldi.
5. Britaniyada 1965 – 1977-yillarda tashqi savdo aylanmasi deyarli to’rt barobarga oshdi. Bir tomodan, kapital eksporti ikki barobarga oshdi, boshqa tomondan, xorijiy monopoliyalarning Buyuk Britaniya iqtisodiyotiga qo’shgan hissasi tez o’sib bordi.
Eksportning o’sishi mamlakatning iqtisodiy muammolarni hal qilishning asosiy vositalaridan biriga aylandi. Bu esa 1980-yillarning iqtisodiy o’sishiga asos yaratdi. Ekport hajmi oshdi, bu eksport mahsulotlarining salmoqli qismini avtomobillar, samalyotlar, kimyo mahsulotlari, elektr jihozlar kabi sanoat mahsulotlar tashkil etar edi. Yangi bozorlarni qidirishda Britaniya sotsialistik mamlakatlar bilan savdoni kengaytirdi. Import qilinadigan tovarlar turi ham o’zgardi. 1969-yildan boshlab tayyor mahsulotlar va yarim tayyor mahsulotlarni import qilishning umumiy qiymati chet elda sotib olingan xomashyo va oziq-ovqat narxidan oshib ketdi. Buyuk Britaniya hali ham dunyodagi eng yirik oziq-ovqat importchisi bo’lsada, importdagi oziq-ovqat mahsulotlarining ulushi ikki barobardan ziyod bo’lib 15% ni tashkil etdi. Mamlakat yoqilg’i, tabiiy kauchuk, deyarli barcha rangli va noyob metallar, temir javhalarida yarmidan ko’pini import qilishni davom ettirdi. Keyinroq esa Britaniyaning importga bo’lgan qaramligi mahalliy sanoatni zamonaviy sohalarga, xususan, kimyoni yanada rivojlantirish va o’rnini bosuvchi va mahalliy xomashyolardan foydalanish bilan qayta yo’nalgani sababli kamaydi.
XXI asrda Buyuk Britaniya davlat iqtisodiy siyosatining asosiy tarkibiy qismlari barqaror iqtisodiyot va ijtimoiy farovonlikni qurishga qaratilgan. Ushbu tamoyillar mamlakatning asosiy moliyaviy rejasida 2005-yil byudjetida aks ettirilgan. Ushbu hujjat Buyuk Britaniya hukumati oldida turgan ijtimoiy-iqtisodiy vazifalarni belgilab beradi, milliy iqtisodiy rivojlanish va davlat moliyasini baholash va prognozlarini, shuningdek, ushbu maqsadlarga erishish uchun hukumatning chora-tadbirlar dasturini taqdim etadi.
So’nggi yillarda Buyuk Britaniya iqtisodiyotining davlat tomonidan jadal tartibga solinishi bilan bir qatorda, milliy makroiqtisodiy ko’rsatkichlarning umumiy barqarorligi, inflyatsiya va ishsizlikning nisbatan past darajasiga olib keldi. So’nggi o’n yillikda Britaniyada makroiqtisodiy vaziyat barqaror bo’lib qoldi. Aholi jon boshiga YaIMning o’sishi boshqa yetti mamlakatdan, ishsizlik va inflyatsiya darajasidan past bo’ldi. Mamlakat global moliyaviy bozorda ustun mavqeini saqlab qolish uchun davom etmoqda.
6. Brexit – bu Buyuk Britaniyaning Yevroittifoqdan chiqishidir ( “Br+Exit” tarjimasi Britaniyaning chiqishi). Britaniyada o’tkazilgan ovoz berish natijalariga ko’ra Britaniya Yevropa Ittifoqidan chiqishga qaror qilgan. Hozircha buning tahminiy vaqti 2021-yilning 1-yavnari deya aytilmoqda. Britaniya Ittifoqdan chiqishidan keyingi huquqiy, ijtimoiy, siyosiy va iqtisodiy vazifalar qay shaklda o’tkazishi hamon munozaralarga sabab bo’lmoqda. Brexitni amalga oshirishi aniq bo’lgan yildan boshlab Britaniya hududidagi ko’plab transmilliy kompaniyalar Britaniya hududidan boshqa Yevropa Ittifoqi tarkibiga kiruvchi mamlakatlarga ko’chib o’tishni boshladi va bu o’z navbatida qo’shimcha soliq va to’lovlardan Britaniya byudjetini mahrum qilib, uning iqtisodiyotini bir muncha zaiflashtirdi. Shu bilan bir qatorda, Shimoliy Irlandiya bilan siyosiy muammolar ham keskinlashmoqda. Buyuk Britaniya Yevropa Ittifoqidan chiqib ketganidan so’ng mamlakat oziq-ovqat, yoqilg’i, dori-darmonlarni yetkazib beruvchi mamlakatlar bilan eski va yangi iqtisodiy aloqalarini qayta tiklashi kerak bo’ladi. Bloomberg Economics Brixitning Britaniya iqtisodiyotiga ta’sirini o’rganib chiqdi. Bunga ko’ra Bricit hozircha mamlakatga 132,8 milliard funt sterlingga, ya’ni 173,8 milliard dollarga tushgan. Hozirgi davrda Britaniya iqtisodiyoti Katta yettilik mamlakatlari iqtisodiyoti bilan taqqoslanganda o’z imkoniyatlaridan 3% ga pastroq darajada turibdi. Shu yilning oxiriga qadar Buyuk Britaniyaning Brexitdan ko’radigan yo’qotishlari qiymati 265 milliard dollarni tashkil etishi prognoz qilingan.
Do'stlaringiz bilan baham: |