Tijorat banklarining valyuta operatsiyalari


Xalqaro valyuta-kredit vositalari



Download 56,53 Kb.
bet7/17
Sana29.04.2022
Hajmi56,53 Kb.
#592444
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   17
Bog'liq
Tijorat banklarining valyuta operatsiyalari-www.hozir.org

15.2. Xalqaro valyuta-kredit vositalari

15.2. Xalqaro valyuta-kredit vositalari


  • Oldingi mavzuda ta’kidlab o’tildiki, zamonaviy xalqaro hisob-kitoblarda va kreditlashda uch xil to’lov vositasidan foydalaniladi: oltin, yetakchi mamlakatlarning milliy valyutalari va xalqaro pul birliklari. Hozirgi vaqtda oltin o’zining asosiy to’lov, hisob-kitob vositasi xususiyatini yo’qotgan bo’lsa-da, u har qanday mamlakat valyuta rezervlarining asosiy qismini tashkil etadi va undan ayrim hollarda, muhim tashqi savdo operatsiyalariga xizmat ko’rsatish va kreditlarni kafolatlashda foydalaniladi. Jahon savdosida rivojlangan mamlakatlar milliy valyutalaridan xalqaro hisob-kitoblarda yanada kengroq foydalanilmoqda. Bunday valyutalarni boshqa davlatlarning Markaziy banklari xalqaro hisob-kitoblar uchun o’zlarining rezerv vositalari sifatida saqlaydilar. SHuning uchun ham ularni rezerv milliy valyutalar deyiladi. Keyingi yillarda rezerv valyuta sifatida xalqaro pul birliklaridan ham (SDR, eKYU, yeVRO) foydalanilmoqda.


Rezerv valyuta javob berishi kerak bo’lgan asosiy talab uni konvertirlashuvidir. Valyuta konvertirlashuvi deganda uni boshqa xorijiy valyutalarga almashish qobiliyati tushuniladi. Konvertirlashuv tushunchasi jahon valyuta tizimi rivojlanishi bilan o’zgarib bordi. 30- yillargacha qayd etilgan kurs bo’yicha oltinga erkin ayirboshlangan valyuta konvertirlanadigan valyuta deb hisoblangan.

Hozirgi vaqtda valyutalar erkin konvertirlanadigan, qisman konvertirlanadigan va konvertirlanmaydigan valyutalarga ajratiladi.

Tashqi konvertirlanishda to’lovlarni chet elda amalga oshirishga va aktivlarni ushlab turishga ruxsat beriladi. Valyutalarning konvertirlanishi ko’pchilik mamlakatlar iqtisodiy siyosatining muhim maqsadi hisoblanadi va jahon tajribasining ko’rsatishicha, ko’pchilik mamlakatlarda raqobatga bardoshli sanoat bazasi va kerakli xalqaro rezervlar barpo etilgandan so’ng kiritilgan.

Bunda, birinchi bosqichda qisman konvertirlanish kiritilgan (joriy, savdo operatsiyalari bo’yicha) va faqat so’nggi bosqichdagina kapital harajatlari bo’yicha ham konvertirlanish kiritilgan. Masalan, Frantsiya, Italiya hamda YAponiya o’z milliy valyutalari to’liq konvertirlanishini faqat 80-yillarning oxirida joriy etdilar. Hozirgi vaqtda xalqaro hisob-kitoblarda milliy valyutalar bilan bir qatorda xalqaro yoki mamlakatlararo pul birliklari (SDR, eKYU, yeVRO) tobora keng qo’llanilmoqda. Milliy valyutalardan farqli ravishda ular banknot ko’rinishidagi moddiy shaklga ega emas va ushbu hisob-kredit vositalarini muomalaga chiqargan tashkilotda qatnashuvchi-mamlakatlar Markaziy banklari maxsus hisob raqamlariga yozib qo’yish orqali naqdsiz to’lovlar uchun foydalaniladi. Lekin 1999 yil yanvaridan boshlab yevropa ittifoqiga a’zo davlatlar hududida yagona valyuta yeVRO muomalaga kiritildi, u naqd pul ko’rinishiga ega.


  • Bunda, birinchi bosqichda qisman konvertirlanish kiritilgan (joriy, savdo operatsiyalari bo’yicha) va faqat so’nggi bosqichdagina kapital harajatlari bo’yicha ham konvertirlanish kiritilgan. Masalan, Frantsiya, Italiya hamda YAponiya o’z milliy valyutalari to’liq konvertirlanishini faqat 80-yillarning oxirida joriy etdilar. Hozirgi vaqtda xalqaro hisob-kitoblarda milliy valyutalar bilan bir qatorda xalqaro yoki mamlakatlararo pul birliklari (SDR, eKYU, yeVRO) tobora keng qo’llanilmoqda. Milliy valyutalardan farqli ravishda ular banknot ko’rinishidagi moddiy shaklga ega emas va ushbu hisob-kredit vositalarini muomalaga chiqargan tashkilotda qatnashuvchi-mamlakatlar Markaziy banklari maxsus hisob raqamlariga yozib qo’yish orqali naqdsiz to’lovlar uchun foydalaniladi. Lekin 1999 yil yanvaridan boshlab yevropa ittifoqiga a’zo davlatlar hududida yagona valyuta yeVRO muomalaga kiritildi, u naqd pul ko’rinishiga ega.

  • Qarzga beriluvchi maxsus vositalar (SDR) XVF tomonidan barpo etilgan va 1970 yildan boshlab uning a’zolari o’rtasida o’zaro operatsiyalarda, vakil qilingan ushlab turuvchilar uchun va XVF bilan, bo’ladigan operatsiyalarda foydalanish uchun tarkatiladi. SDR 1993 yildan boshlab aktiv rezerv rolini bajarmoqda, uning ulushi XVF ga a’zo-mamlakatlar rezerv summasining 2,1 foizini tashkil etadi (oltindan tashqari). Bu xalqaro valyuta o’z mohiyatiga ko’ra oltin yoki AQSH dollariga muqobil (alternativ) aktiv hisoblanadi. SDR birligi qiymati har kuni «valyuta savati» bazasida AQSH dollarida hisoblab chiqiladi. Valyuta savatini 5 yetakchi davlatlarning milliy valyutalari - AQSH dollari, nemis markasi, YAponiya ienasi, ingliz funt sterlingi, frantsuz franki tashkil etadi. Bu 5 valyuta ichida AQSH dollari eng yuqori ulushga ega 40 foiz, shuning uchun ham SDR amalda dollar kursi bilan bog’liq. Bunday holat bu xalqaro pul birligining zaif tomonlaridan hisoblanadi. Uning kursi dollar kursining tebranishi bilan o’zgarib turadi. 1994 yilning 15 avgustida SDR qiymati 1,45614 AQSH dollarini 2000 yil 9 may holatiga ko’ra 1,30926 AQSH dollarini tashkil etdi.

EKYU-hududiy xalqaro valyuta birligi hisoblanib, yevropa valyuta tizimida qatnashuvchi mamlakatlarda hisob-kitob va kredit funktsiyalarini bajaruvchi valyuta sifatida 1979 yildan 1999 gacha foydalanib kelindi.


YUqorida sanab o’tilgan barcha xalqaro to’lov-kredit vositalari, o’zaro hisob-kitoblarda, kreditlashda va valyuta rezervlarini shakllantirishda tashqi iqtisodiy faoliyat bilan shug’ullanuvchilar tomonidan keng foydalaniladi (eslatib o’tish lozim, SDR va yeVRO dan asosan xalqaro miqyosda foydalaniladi). Jahon valyutalarining ichida AQSH dollari ayniqsa aktiv valyuta hisoblanadi. Hozirgi vaqtda dunyoning eng yirik moliyaviy markazi bo’lgan Londonda, AQSH dollari qatnashmagan bitimlar umumiy oborotning faqat 3 foizini tashkil etadi. Umuman olganda, xalqaro valyuta oborotining 90 foizi jahonning 6 ta yetakchi valyutasi hissasiga to’g’ri keladi. Ular qatoriga AQSH dollari, nemis markasi, yapon ienasi, ingliz funt sterlingi,, frantsuz va SHveytsariya franklari kiradi.


Download 56,53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish