Xalqaro valyuta jamg‘armasi Ukrainaga 27 milliard dollarlik yordam beradi Xalqaro valyuta jamg‘armasi Ukrainaga 27 milliard dollarlik yordam beradi
Xalqaro valyuta jamg‘armasi va Ukraina o‘rtasida mamlakatga 27 milliard dollar miqdorida xalqaro yordam taqdim etilishi borasida shartnoma imzolandi. Shundan 14–18 milliardi Stand-By Arrangement shaklidagi ikki yillik kredit ko‘rinishida taqdim etiladi. Bu xususda Jamg‘arma ma’lumotlariga asoslanib “ITAR-TASS” xabar bermoqda. Jamg‘armaning Ukrainadagi missiyasi rahbari Nikolay Georgiyevning so‘zlariga ko‘ra, yordamning birinchi qismi joriy yilning aprelidayoq ajratiladi. U yordam miqdori haqida aniq summani ma’lum qilmasdan, uning “yetarli miqdorda bo‘lishi”ni aytgan. Shuningdek, buning uchun Ukraina tomoni ayrim shartlarni bajarishi lozimligini ham ta’kidlagan.
Nikolay Georgiyev mamlakat iqtisodiyotida ulkan muammolar mavjudligini hamda orqaga ketish belgilari namoyon bo‘layotganligini ta’kidlagan. Energetika sohasida o‘tkaziladigan islohotlar uning samaradorligini oshirishga qaratilishini, buning uchun gaz va issiqlik ta’minotida tariflarni bosqichma-bosqich oshirib borilishi lozimligini bayon etgan.
15.4. Valyuta bozorlari va valyuta operatsiyalari
Birinchidan, ular maxsulotlar, xizmatlar, kapital va ishchi kuchini xalqaro aylanishiga xizmat ko’rsatadi.
Ikkinchidan, ular talab va taklif asosida valyuta kursini aniqlaydi.
Uchinchidan, ular valyuta xavf-xataridan himoyalashni ta’minlaydi, chaykovchilik kapitalidan foydalanish imkoniyatini yaratadi, turli mamlakatlar o’rtasida moliyaviy resurslarni qayta taqsimlaydi.
Zamonaviy jahon valyuta bozorining xususiyati shundaki, unda savdo va moliyaviy operatsiyalarga xizmat ko’rsatish bilan emas, balki almashadigan kurslar farqi hisobiga foyda olish bilan bog’liq operatsiyalar ustunlikka ega. Hozirgi vaqtda bu operatsiyalar hissasiga jahon valyuta aylanishining 90 foizdan ortigi to’g’ri keladi. 40-50- yillarda bu ko’rsatkich 10 foizni tashkil etgan edi. Demak, jahon valyuta bozori hisob-kitob markazidan moliyaviy resurslarni xalqaro qayta taqsimlash mexanizmiga aylanib bormoqda.

Zamonaviy valyuta bozori 50-80- yillarda yaratilgan edi. Bu davrda, bir tomondan, bozorda qatnashuvchilar soni tez ko’paydi, operatsiyalar hajmi o’sdi, ikkinchi tomondan, barcha valyuta operatsiyalarini yaxlitligini shakllantirishga imkon beruvchi aloqa vositalari va yangi texnika paydo bo’ldi. Valyuta operatsiyalarini juda qisqa muddatda amalga oshirish natijasida ularning moddiy ko’rinishi yo’qoldi: milliy pul birliklari bir mamlakatdan boshqasiga asosan banklarning korrespondent hisoblaridagi yozuvlar ko’rinishida kuchsa, naqd pullar faqat pul almashtiradigan shoxobchalar, sayyohlik firmalari, banklar tomonidan aholiga xizmat ko’rsatishda qo’llaniladigan bo’ldi..
Valyuta bozorlarida amalga oshiriladigan operatsiyalar quyidagilar:
-
Do'stlaringiz bilan baham: |