Тижорат банкларининг даромадлари ва харажатлари, банк фойдасини ошириш муаммолари


O’zbekiston bank tizimida Bazel standartidan foydalanish holati



Download 0,92 Mb.
bet5/10
Sana12.05.2022
Hajmi0,92 Mb.
#602503
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Bank nazorati tayyor (3)

3. O’zbekiston bank tizimida Bazel standartidan foydalanish holati.
Mamlakatimizda bank tizimini tartibga solish va nazorat qilishni хalqaro tan olingan andozalarga mos ravishda takomillashtirish maqsadida doimiy ishlar olib borilmoqda. Oʻzbekiston bank tizimida kapitalning yetarlilik darajasi tavakkalchilikni hisobga olgan holda hisoblangan aktivlarning 23,7 foizini tashkil etmoqda. Bu bank nazorati boʻyicha Bazel qoʻmitasi tomonidan belgilangan standart koʻrsatkichidan qariyb 3 baravar koʻpdir.
Davlat rahbarining 2010 yil 26 noyabrdagi “2011-2015 yillarda Respublika moliya-bank tizimini yanada isloh qilish va barqarorligini oshirish hamda yuqori хalqaro reyting koʻrsatkichlariga erishishning ustuvor yoʻnalishlari toʻgʻrisida”gi PQ-1438-son Qarori qabul qilinib, unda moliya-bank faoliyatining normativ-huquqiy bazasini yanada takomillashtirish, shuningdek, Bazel qoʻmitasi tomonidan belgilangan хalqaro standartlar talablariga muvofiq tijorat banklarini yanada kapitallashtirish va likvidligini oshirish, Respublika moliya-bank tizimini yanada isloh qilish va barqarorligini oshirish hamda yuqori хalqaro reyting koʻrsatkichlariga erishish ustuvor yoʻnalishlar etib belgilandi.
Bugungi kunda mamlakatimizning barcha tijorat banklari “Fitch Reytings”, “Mudis” va “Standart end Purs” kabi yetakchi хalqaro reyting agentliklarining “barqaror” baholariga ega. Ta’kidlash joizki, Respublikamizning yetakchi banklari – Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki, “Asaka bank”, “Ipoteka-bank”, “Oʻzsanoatqurilishbank”, “Agrobank” va “Ipak yoʻli” banki bir yoʻla ikkita yetakchi хalqaro reyting agentliklarining “barqaror” reyting baholarini olgan.
Yurtimizda bank nazorati samarali yoʻlga qoʻyilganligining хalqaro hamjamiyat tomonidan ham tan olinishi mamlakat bank tizimiga boʻlgan ishonchni oshirishning asosiy omillaridan biridir.


3-jadval
2020-2021 yil 1 yanvar holatiga Bank tizimi likvidlilik ko`rsatkichlari5

Mazkur jadval ma`lumotlari tijorat banklari tomonidan likvidlilik ko`rsatkichlariga qo`yilgan talablarning bajarilishi holatini ko`rsatadi. Likvidlilik ko`rsatkichlariga qo`yilgan talablar “Tijorat banklarining likvidliligini boshqarishga qo`yiladigan talablar to`g`risida”gi Nizom (ro`yxat raqami 2709, 2015 yil 13 avgust) bilan tartibga solinadi.
Xususan, mazkur Qaror bilan Markaziy bankka bank nazorati boʻyicha Bazel qoʻmitasining Bazel-III standartlarini 2015-2019 yillarda bosqichma-bosqich joriy etilishini ta’minlash yuklatildi.
Jumladan, quyidagilarni oʻz ichiga oluvchi banklarning likvidliligini va kapital monandligini, shuningdek ularni boshqarish usullari va meхanizmlarini belgilovchi me’yoriy talablarni Bazel-III standartlari asosida yanada takomillashtirish vazifasi berildi:
-yuqori likvidli aktivlarning keyingi 30 kun ichidagi jami sof chiqimga nisbati sifatida aniqlanuvchi likvidlilikni qoplash me’yori koeffitsiyentini (LQMK – LCR) joriy qilish va unga minimal talabni 100% miqdorida belgilash;
-barqaror moliyalashtirishning mavjud summasini barqaror moliyalashtirishning zarur summasiga nisbati sifatida aniqlanuvchi sof barqaror moliyalashtirish me’yori koeffitsiyentini (SBMMK – NSFR) joriy qilish va unga eng kam talabni 100% miqdorida belgilash;
-kapital tarkibini oʻzgartirishni joriy qilish va regulyativ kapital monandlik koeffitsiyentining eng kam miqdorini 10% dan 14,5% ga bosqichma-bosqich oshirish;
-tavakkalchilikka tortilgan jami aktivlarning 3%dan kam boʻlmagan miqdorda konservatsiya buferi tashkil qilinishini hisobga olgan holda birinchi darajali kapital monandlik koeffitsiyentining eng kam miqdorini 5%dan 11%ga bosqichma-bosqich oshirish;
-kapital monandligini aniqlash maqsadida operatsion va bozor tavakkalchiliklarini baholash usullarini takomillashtirish.
Shuningdek, Qarorda BNBQ tavsiya qilgan “Samarali korporativ boshqaruv tamoyillari”ni bank faoliyatiga joriy qilish hamda yillik va oraliq moliyaviy hisobotlarni banklarning veb-saytlarida joylashtirish va bank siri toʻgʻrisidagi qonunchilik doirasida boshqa yoʻllar bilan bank faoliyati toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni ochiqligini (oshkoraligini) yanada oshirish belgilangan.
Mazkur qarorda belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida, Markaziy bank tomonidan Jahon banki va Xalqaro valyuta jamgʻarmasining хalqaro ekspertlari bilan birgalikda Respublika bank nazoratiga oid me’yoriy hujjatlarni хalqaro standartlar, shu jumladan bank nazorati boʻyicha Bazel qoʻmitasining yangi tavsiyalari asosida takomillashtirilmoqda.
Birinchi Prezident Islom Karimovning 2015 yil 6 maydagi PQ-2344-son Qarori doirasida Markaziy bankning ayrim nizomlariga oʻzgartirishlar kiritildi, ayrimlari esa tubdan qayta koʻrib chiqilib, yangi tahriri qabul qilindi.
Jumladan quyidagi me’yoriy hujjatlar qayta koʻrib chiqilib, Bazel qoʻmitasi talablari asosida qayta qabul qilindi:
Markaziy bank tomonidan “Tijorat banklari kapitalining monandligiga qoʻyiladigan talablar toʻgʻrisida”gi Nizom ishlab chiqilib, Adliya vazirligi tomonidan 2015 yil 6 iyulda 2693-son bilan roʻyхatdan oʻtkazilgan.
Markaziy bankning ushbu Nizomi Bazel qoʻmitasining yangi tavsiyalariga bosqichma-bosqich oʻtishni nazarda tutadi.
Xususan, bankning I darajali kapitali (T1 –Tier 1) ikki qismga, ya’ni I darajali asosiy kapital (CET1 –Common Equity Tier 1) va I darajali qoʻshimcha kapitalga (AT1 –Additional Tier 1) boʻlindi. I darajali asosiy kapital (CET1) regulyativ kapitalning (TC – Total capital) 60 foizidan kam boʻlmasligi hamda I darajali kapital (T1) regulyativ kapitalning (TC) 75 foizini yoki undan koʻpini tashkil etishi kerakligi belgilangan.
Bank kapitalini oshirish maqsadida hamda Bazel III tavsiyalariga muvofiq, har bir bankda moliyaviy-iqtisodiy inqirozlar yuzaga kelganda, ehtimoliy yoʻqotishlarni qoplash uchun jami aktivlarning 3%dan kam boʻlmagan miqdorda konservatsiya buferi tashkil qilinishini hisobga olgan holda bankning regulyativ kapitalini, I darajali kapitalini va I darajali asosiy kapitalini yilma-yil oshirib borishi koʻzda tutilgan.
Jumladan, 2017 yil 1 yanvardan boshlab regulyativ kapitalning monandlik koeffitsiyenti (K1)ning eng kichik darajasi 0,115 (11,5 %) miqdorida belgilangan boʻlib, banklar tavakkalchilikni hisobga olgan holdagi aktivlarning 3%i miqdoridagi kapitalni konservatsiya qilish buferini hisobga olgan holda ushbu koʻrsatkich 2018 yil yanvardan 0,125 (12,5 %), 2019 yil 1 yanvardan 0,135 (13,5 %) va 2020 yil 1 yanvardan boshlab K1 ning eng kichik darajasini 0,145 (14,5 %) miqdorida ta’minlashlari lozim.
Kapitalning monandlik darajasi talablari bilan bir qatorda banklar I darajali kapitalni nomoddiy aktivlarni chegirib tashlangan holda balansdan tashqari vositalar va hosilaviy (derivativ) vositalar qoʻshilgan umumiy aktivlar summasiga nisbati sifatida aniqlanadigan leveraj koeffitsiyentiga (Leverage ratio) rioya etishlari kerak.
Ya’ni:
K3 = I darajali kapital / (Umumiy aktivlar+Balansdan tashqari vositalar + Hosilaviy (derivativ) vositalar — Nomoddiy aktivlar). Leveraj koeffitsiyentining eng kichik darajasi 0,06 (6 %)ga teng.
“Tijorat banklarining likvidliligini boshqarishga qoʻyiladigan talablar toʻgʻrisida”gi Nizom Markaziy bank Boshqaruvining 2015 yil 22 iyuldagi 19/14-son qaroriga asosan tasdiqlangan hamda Adliya vazirligi tomonidan 2015 yil 13 avgustda 2709-son bilan roʻyхatdan oʻtkazilgan.
Nizomdagi asosiy oʻzgarish sifatida joriy likvidlilik koeffitsiyentidan (JLK) tashqari 2016 yil 1 yanvardan boshlab likvidlilikni qoplash me’yori koeffitsiyenti (LQMK – LCR (Liquidity Coverage Ratio)) hamda 2018 yil 1 yanvardan boshlab sof barqaror moliyalashtirish me’yori koeffitsiyentining (SBMMK - NSFR (Net Stable Funding Ratio)) joriy etilishini qayd etish lozim.
Ushbu nizomlarga asosan mamlakatimiz banklari Bazel-III standartlariga bosqichma-bosqich oʻtishini quyidagi jadvalda koʻrishimiz mumkin:

Download 0,92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish