MUNDARIJA:
KIRISH………...………………………………….......................................3
1. Bazel standartini paydo bo’lish sabablari va maqsadi……............………..5
2. Tijorat banklari faoliyatini nazorat qilishning asosiy standartlari…..........12
3. O‘zbekiston bank tizimida Bazel standartidan foydalanish holati.............17
4. Tijorat banklari faoliyatini nazorat qilishda Bazel standartlaridan foydalanishni takomillashtirish………………………………………................…24
ХULOSA...…..…...………………………………..……....................……29
FOYDALANILGAN ADABIYOТLAR RO‘YХAТI ..........……………31
ILOVALAR...…………...………………………………..........………….33
KIRISH
So‘nggi yillarida mamlakatimizda bank tizimini rivojlantirish va moliyaviy barqarorligini mustahkamlash borasida olib borilgan islohotlar samarasida bir qator ijobiy natijalarga erishildi.
Shu bilan birga, bank tizimining moliyaviy barqarorligini ta’minlash, xalqaro tajribani hisobga olgan holda, bank tavakkalchiligini baholashni takomillashtirish, tijorat banklari faoliyatini tartibga solish va nazoratning zamonaviy tamoyillari hamda mexanizmlarini joriy etish kabi tadbirlar tijorat banklari amaliyotida samarali boshqaruv tizimini qo’llashni dolzarb masala qilib qo’ymoqda. Хususan, tijorat banklari xarajatlarining oqilona tarkibini shakllantirish va ta’minlash ularning moliyaviy barqarorligini ta’minlashning zaruriy sharti hisoblanadi. Chunki, bankning daromadliligi, birinchi navbatda, xarajatlarni kamaytirishga bog‘liq. Shuningdek, tijorat banklari faoliyatining moliyaviy barqarorligini tavsiflovchi asosiy ko’rsatkichlar (bankning rentabellik darajasi, sof foizli daromadning darajasi va h.k.) bank xarajatlarining tarkibi va darajasiga bevosita bog’liq.
Shu bois, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyev Respublikamiz bank tizmini yanada rivojlantirish va barqarorligini ta’minlash maqsadida qator dolzarb vazifalarni belgilab berdilar. Xususan Prezidentimiz o’z ma’ruzasida: “ ... bank va moliya tizimida islohotlarni jadal davom ettirish, sohaga zamonaviy bozor mexanizmlarini keng joriy etish zarur. Хususan, bank tizimida raqobat muhitini yaxshilash, tijorat banklari faoliyatini, kreditlash sifati va madaniyatini har tomonlama oshirish, yangi moliyaviy instrumentlarni joriy etish, bank xizmatlari ko’lamini yanada kengaytirish, ilg’or axborot texnologiyalari asosida bank tizimini rivojlantirish zarur.” 1-deb ta’kidlab o’tdilar.
Mustaqillikni qo'lga kiritilgandan so'ng, O'zbekiston Respublikasining bank tizimi bosqichma-bosqich rivojlandi. Bank nazorati va xalqaro amaliyot bo'yicha Bazel qo'mitasining tavsiyalari asosida tijorat banklari faoliyatini xalqaro moliyaviy hisobot standartlari doirasida tartibga solish bo'yicha bir qator me'yoriy hujjatlar ishlab chiqilmoqda.
Yuqorida bayon qilinganlarning barchasi mazkur kurs ishi mavzusining dolzarbligini, uning maqsadi va vazifalarini belgilab beradi.
Kurs ishining asosiy maqsadi banklarni nazorat qilishda Bazel standartining o’rni, ilg’or xorijiy banklar tajribasini o’rganish asosida banklarda Bazel standartlarini amal qilishini takomillashtirish yuzasidan tegishli xulosa va takliflar ishlab chiqishdan iboratdir. Ushbu maqsadga erishish uchun quyidagi vazifalar belgilab olindi:
bazel standartini paydo bo’lish sabablari va maqsadini o’rganish;
tijorat banklari faoliyatini nazorat qilishning asosiy standartlarini o’rganish;
O’zbekiston bank tizimida Bazel standartidan foydalanish holati tahlil qilish;
tijorat banklari faoliyatini nazorat qilishda Bazel standartlaridan foydalanishni takomillashtirish.
Kurs ishi kirish, asosiy qism, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati va ilovalardan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |