3-rasm. Bank marketingi xizmatlari(pastga tushirish kerak)6. Bank marketingi nazariyasini yanada rivojlanishiga xizmat qiladigan tamoyillarni ishlab chiqishga harakat qildik.
Zamonaviy bank xizmatlarini ishlab chiqish va amaliyotga tatbiq etish tamoyillarini quyidagi rasmda keltiramiz (4-rasmda).
Bank marketingini mohiyatini ochishda, bank xizmatlarini ishlab chiqish va uni amaliyotga tatbiq etishda biz quyidagi tamoyillarni o‘rgandik:
- tijorat banklarining mijozlar bazasini shakllantirishda maqsadli yondashuv tamoyili. Ushbu tamoyilning asosiy maqsadi banklar bank xizmatlari bozorida mijozlarning tarkibini, ularning talablarini chuqur hamda har tomonlama o‘rgangan holda ushbu bank xizmatlari bozorida faoliyat yuritishning asosiy maqsadini belgilab olish xisoblanadi.
- tijorat bankining har bir mijozga modellashtirilgan tartibdagi yondashuv tamoyili.
- tijorat banki tomonidan yaratilgan yangi bank xizmat turlarini innovatsion xususiyatga egaligi. Ushbu tamoyil tijorat banklari tomonidan bank xizmatlari bozorida raqobatbardosh bo‘lishini hamda zamonaviy texnologiyalardan keng foydalanishlikni talab etadi.
- bank xizmatlarini maqsadli bozorini tanlashga strategik yondashuv. Ushbu tamoyil tijorat banki tomonidan bank xizmatlari bozorining segmentlarini to‘g‘ri tanlashni va ushbu faoliyatni yuritishda bank xizmatlari sifatini oshirish, imkoniyat darajasida ularning tannarxini tushirish orqali ushbu bozorda o‘z mavqeini saqlab qolish hamda oshirishni talab etadi.
4-rasm. Bank xizmatlarini ishlab chiqish tamoyillari7. - tijorat banklari tomonidan o‘z mijozlariga bank xizmatlarini ko‘rsatishda zamonaviy servisni tashkil etish tamoyili. Ushbu tamoyil bank mijozlariga xizmat ko‘rsatishda zamonaviy texnologiyalarni oqilona qo‘llash natijasida ular uchun qulay servisni tashkil etish asosida har bir mijozning talab hamda extiyojini to‘liqroq qondirishlikni nazarda tutadi.
- tijorat banklari tomonidan xizmat turlarini ko‘rsatishda rentabellikka erishish tamoyili. Ma‘lumki, tijorat bankining pirovard maqsadi daromad topishdir. Ushbu tamoyil ulardan mijozlarga ko‘rsatiladigan xizmat turlarini ko‘paytirish, sifatini oshirish orqali daromad olishni ko‘paytirishni taqazo etadi. Shuni alohida ta‘kidlash lozimki, tijorat banki bank xizmati turini narxini tushirish lekin ushbu xizmat turini ko‘proq mijozlarga ko‘rsatish yordamida ham rentabellikka erishishi mumkin.