Xulosa
|
45
|
|
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI
|
48
|
KIRISH
Kurs ishi mavzusining dolzarbligi. Har bir davlat o‘z hududidagi banklar barqarorligiga alohida e‘tibor qaratadi. O‘zbekiston Respublikasi bank tizimining zamonaviy rivojlanish bosqichida bank kapitalini boshqarishning samaradorligi masalasi o‘zgacha ma‘no kasb etadi. Moliyaviy institut sifatida bank faoliyati likvidlilik holatini saqlab, risklarni kamaytirib qo‘yilma egalari va aksionerlarning huquqlarini saqlagan holda yuqori daromad olishga bog‘liq. Tijorat banklarining faoliyati foyda olishga yo‘naltirilgan bo‘lganligi sababli, bank foydasining iqtisodiy mohiyati yangicha ijtimoiy-iqtisodiy tus olib bormoqda.
Hozirgi rivojlanayotgan bozor sharoitini iqtisodiyotni boshqarishning ma‘muriy buyruqbozlikka asoslangan usulidan voz kechgan holda uning iqtisodiy manfaatdorlikka asoslangan usuliga o’tishni iqtisodiyotning barcha jabhalarini marketing nuqtai nazaridan tadqiq qilishni tabiiy bir holga aylantiradi. Biz doimo hamma darajada marketing tadqiqotlarini tashkil etish bilan jiddiy shug’ullanish zarurligini ta‘kidlaymiz. Biroq bu sohada amalda juda oz ish qilinmoqda. Ichki va tashqi bozorlarning taraqqiyot tamoyillarini yaxshi bilmaslik natijasida korxonalar, qo’yingki, butun mamlakat katta zarar ko’rmoqda, turli korxona va tarmoqlar faoliyatini tahlil etish shuni ko’rsatadiki, qayerda rahbarlar marketing va marketing tadqiqotlari bilan jiddiy shug’ullanayotgan bo’lsalar, o’sha joyda barqaror faoliyat ta‘minlanmoqda, foyda va divident olinmoqda, o’z vaqtida ish haqi to’lanmoqda. Respublikamizni mustaqillikka erishish va davlatimiz bozor iqtisodiyoti yo’lini tanlashi hayotimizni tubdan o’zgartirib yubordiki, bugungi kun bozor iqtisodiyotiga kirib borilishini, uning o’ziga xos tomonlarini o’rganishni taqozo etadi. Shuning uchun ham bozor iqtisodiyoti asoslariga jumladan marketing faoliyatiga qiziqish borgan sari ortib bormoqda.
Bank tizimidagi islohotlarning muhim yo’nalishlaridan biri bo’lib bank xizmatlari sifati va madaniyatini yuksaltirgan holda tijorat banklari va mijozlar o’rtasidagi munosabatlarni “Mijoz bank uchun emas, bank mijoz uchun” tamoyili asosida tashkil etishda marketing tizimini ahamiyati beqiyos kattadir. Ushbu omil mamlakatimiz tijorat banklarida marketing faoliyatini rivojlantirish, undagi muammolarni aniqlash va ularni hal qilishning ilmiy asoslangan yo’llarini ishlab chiqish mazkur kurs ishi mavzusining dolzarbligidan dalolat beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |