1-rasm. Mijoz uchun kurash va unga ta’sir etuvchi omillar4.
Yuqoridagi rasmdan ko‘rinib turibdiki, mijozlarni o‘ziga jalb etish banklar tomonidan ko‘rsatiladigan bank xizmatlarining ko‘lami, sifati va bahosiga uning bank va mijoz uchun samaradorligiga, qo‘shimcha servis hamda reklamaga bog‘liqdir.
Bugungi kunda bank faoliyatini erkinlashtirish sharoitida banklararo raqobatning kuchayishi va uning takomillashuvi zaruriyatga aylanib bormoqda. Bank faoliyatida raqobatning bir necha turi bo‘lib, har biri bankning innovatsion ehtiyojini rivojlantirishga va yangi bank xizmatlarini kiritishda o‘z xissasini qo‘shadi. Bank mahsulotlarining raqobatbardoshligi haqida gap ketganda biz uning innovatsion harakterini tushunamiz. Mahalliy moliya bozorlarida bugungi kunda bozorning har bir qatnashchisiga katta talablar qo‘yilmoqda, talablarda raqobatning barcha turlari qo‘llaniladi. Bular quyidagilardir: 1. Funksional. 2. Ko‘rinishli. 3. Predmetli. 4. Aralash.
Funksional raqobatning paydo bo‘lish sababi shundaki, har qanday moliyaviy xizmatga bo‘lgan ehtiyojni ko‘p yo‘llar bilan qoniqtirish mumkin. Masalan, korxonaning moddiy talablarini qondirish uchun (biznes – reja bo‘yicha) kredit, investitsiya, ssuda va zayomlar olinadi. Ba‘zi xizmatlar muhim parametrlar bilan farq qiladi va ko‘rinishli raqobat paydo bo‘ladi. Masalan, minimal yoki maksimal depozit miqdori va muddati bilan. Mijozlarga ko’rsatiladigan bank xizmatlarining sifati asosida raqobatning predmetli koЃerinishi yuzaga keladi. Masalan, axborotni ishonchli ximoyalash, bank o’zining ishonchliligi, operatsiyalarning tezligi va xodimlarning tezkorligi va malakasi. Banklararo raqobat kurashi sharoitida raqobatbardoshlik muhim ahamiyat kasb etadi. “Raqobatbardoshlik . bu raqobatga chidamli bo’lish, unda g’olib kelib qobiliyatiga ega bo’lishdir”. Banklararo raqobat kurashida banklarning raqobatbardoshligiga taЃesir etuvchi omillarni quyidagi rasmda koЃerish mumkin.(2-rasm).
2-rasm. Banklarning raqobatbardoshligiga ta’sir etuvchi omillar5.
Bank faoliyatida raqobatning harakteri bozor harakteri bilan belgilanadi. Katta shaharlarda va sanoati rivojlangan hududlarda ko‘p banklar, bank bo‘limlari va filiallari mavjud bo‘lib, u erda mijozlarning bozor qonuni bo‘yicha raqobat rivojlanadi.Ushbu omil esa tijorat banklari marketingini ishlab chiqishda quyidagi vazifalarni bajarishlikni talab etadi:
- Mavjud va kelajakdagi bank xizmatlar bozorini belgilash;
- Iste‘molchilar talabini to‘laroq qondirish maqsadida bank xizmatlari bozorida aniq yo‘nalishlarni aniqlash;
- Mavjud va kelajakdagi bank xizmatlari bozorida yangi xizmatlar turlarini joriy etish bo‘yicha qisqa va uzoq muddatli maqsadlarni belgilash;
- Bank xizmatlari bozorida yangi bank xizmat turlarini amaliyotga kiritish va u yuzasidan bank nazoratini olib borish bo‘yicha dasturni ishlab chiqish.Biz buni quyidagi rasmda keltiramiz.(3-rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: |