Tijorat banklari aktivlari va passivlarini boshqarish bu pul mablag’larini jalb qilish va ularni joylashtirishni tartibga solish yo’llari va usullaridir


Banklararo kreditlar bo’yicha foiz stavkalari



Download 7,91 Mb.
bet60/98
Sana27.03.2022
Hajmi7,91 Mb.
#513489
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   98
Bog'liq
fayl 2018 20211007 (1)

13.2. Banklararo kreditlar bo’yicha foiz stavkalari

Jahon ssuda kapitallari bozori tarkibiy jihatdan 2 xil bo’lib, ular institutsional va operatsiondir. Institutsional tarkibiy qismi rasmiy institutlar (markaziy banklar, xalqaro moliya-kredit tashkilotlari), xususiy moliya-kredit muassasalari (tijorat banklari, sug’urta kompaniyalari. pensiya fondlari), birjalar,


165
firmalarni o’z ichiga oladi. Bu erda transmilliy banklar va korporatsiyalar asosiy o’rin tutadi.

Ssuda kapitalining harakat qilish muddatiga qarab xalqaro bozor 3 sektorga bo’linadi. Jahon pul bozori, o’rta va qisqa muddatli chet el va evrokreditlar bozori, va moliya bozori. Jahon pul bozori bu qisqa muddatli (1 kundan 3 oygacha) chet el va evrokreditlar bozori bo’lib, bu bozor operatsiyalarining aksariyati banklararo ssudalar yoki banklararo depozitlarga asoslanadi. Bu depozitlarni (bank depozitlarini boshqa banklardagi schyotlarga qo’yish) depozit sertifikatlari, veksellar, bank aktseptlari tashkil qiladi. Jahon bozorining 2-sektorida 70-yillarda operatsiyalar sonining keskin o’sishi revolver kredit texnikasining rivojlanishi bilan bog’liq. Bu davrdagi bozorni ko’pincha sindikatlash yoki sindikatlashtirilgan bozori deb ham ataladi. Bank sindikatlari sindikatlashtirilgan asosda kreditlar taklif qiladilar. SKJBda 50-70-yillar oxirlarida korporatsiyalar tomonidan 3-6 oy muddatga «suzuvchi» stavkalarda chiqaraladigan qimmatli qog’ozlar-evronotalar tarqatildi. Evronotalar qisqa muddatli qog’ozlar bo’lishiga qaramasdan ular o’pta va uzoq muddatli kredit sifatida berilgan. Banklar zayom chiqaruvchi (firmalardan evronotalarni sotib olib ularni ikkilamchi bozorda sotish bilan shug’ullandilar.


Jahon moliya bozori – obligatsiya zayomlari bozori 80-(yillar-dan boshlab shakllana bordi. Bunda an’anaviy xorijiy zayomlar bozori va evrozayomlar bozori juda rivojlandi.


asrning 90-yillari boshlarida jahondagi zayomlarning 80%i evroza-yomlar hissasiga to’g’ri keldi. Evrozayomlarning asosiy ustunligi shundaki, ular kreditor va qarzdorlar uchun ham valyuta zayomi mavqeiga ega bo’ladi. Zayomlarning bu turlari Buyuk Britaniya, AQSh tarqalgan. Yana boshqa bir farqi


an’anaviy xorijiy zayomlar biror mamlakat milliy bozorida chiqarilsa, evrozayomlar esa bir paytda bir necha davlatlarda tarqatiladi. Evroobligatsiya, odatda, 7 yildan 15 yil muddatga chiqariladi. 80-yillarda 30 va hatto 40 yil muddatli obligatsiyalar chiqarildi. Asosiy zayom chiqaruvchilar bo’lib, davlat, xalqaro tashkilotlar mahalliy hokimiyat organlari, davlat tashkilotlari faoliyat ko’rsatgan. Evrozayomlar, odatda, yirik banklar tomonidan chiqarilgan. Bu yirik


166
banklar evrozayomlarni xalqaro konsortsiumlar va sindikat tashkilotlari sifatida chiqardilar. Konsortsiumlar faoliyatiga banklar, har xil moliya-kredit institutlari: pensiya fondlari, cyg’ypta va investitsion kompaniyalarni jalb qildilar. Jahon moliya bozorida har xil turdagi oddiy yoki «doimiy», «suzuvchi» foiz stavkali, nol foizli (kupon bilan), konvertirlangan obligatsiyalar kabilar amal qiladi. Bu obligatsiyalarning 60% ini oddiy obligatsiyalar tashkil qiladi va bu bo’yicha obligatsiya emitenti zayom muddati tugaguncha mustaxkam (o’zgarmas) foiz to’laydi. «Suzuvchi» stavkali obligatsiyalar stavkasi va daromadi ham bozor foizlari o’zgarishiga bog’liq holda tebranib turadi.

Obligatsiyalar bo’yicha suzuvchi foiz stavkalari Libor stavkasida ifodalanadi. O’zgaruvchi stavkali obligatsiyalar farqli ravishda indeksatsiyalangan foizli obligatsiyalar hisoblanadi. Bu obligatsiyalar foizi kapital bozoridagi foiz stavkalarining o’zgarishiga bog’liq ravishda o’zgaradi.


Foiz stavkasining makroiqtisodiy darajada harakat qilishdagi asosi bo’lib bozor jarayonlarining rivojlanishi va kreditga to’lov miqdorining erkin o’zgarishi sharoitida xo’jalikda o’rtacha foyda normasi hisoblanadi. Foyda normasidan u yoki bu tomonga o’zgarishiga ta’sir qiluvchi omillarni umumiy va maxsus omillarga bo’lamiz. Umumiy omillarga qarz mablag’alariga talab va taklifning o’zgarishi, Markaziy bank siyosati, pul qadrsizlanishi darajasi.


Aktiv operatsiyalar bo’yicha foiz stavkasini aniqlovchi xususiy omillarga quyidagilar kiradi:


Ssuda hajmi va uni qaytarish muddati;

Ta’minot va uning xarakteri;


Ssuda kapitalining hajmi;


Qarz oluvchining kreditga layoqatligi va boshqalar.


Ssuda foizlaridan foydalanish mexanizmi bir tomondan foiz mohiyatini tovar ishlab chiqarish sifatida boshqa tomondan foiz siyosatini oshirish maqsadida aniqlaydi.


Banklarning foiz siyosati bugungi kunda bank likvidligini ta’minlash va uni optimal boshqarishga qaratilishi kerak. Ssuda foizining differensiyasi aktiv


167
operatsiyalar bo’yicha qo’yilmalar likvidligiga bog’liq holda bo’lishi lozim. Milliy iqtisodiyotda bank foizining rolini oshirish, uning bevosita ta’sir doirasini kengaytirish va iqtisodiy jarayonlarni tizimlashtirishga yordam beradi.

Depozitlar va kreditlar bo’yicha foiz stavkalari, ularning summasi, ularni to’lash vaqti davri, to’lash shartlari va boshqalar mijoz bilan bank o’rtasida kelishib olinadi va tuziladigan shartnomada aks ettiriladi. Kreditlar bo’yicha foiz stavkalar kreditning muddati, qarz oluvchi tomonidan tavsiya qilingan garov holati va qiymati, uning likvidliligiga, kredit resurslari baxosiga, kredit riskning darajasiga qarab tijorat banki tomonidan mustaqil belgilanadi va u kredit shartnomada aks ettiriladi. Kredit bo’yicha foizlar muddati kelganda memorial order bilan rasmiylashtirilib, mijozning asosiy talab qilib olinguncha bo’lgan depozit varag’idan grafik bo’yicha undirib olinadi.


Milliy ssuda kapitallari bozori faoliyatining uzluksizligi va uning likvidligi kredit resurslari taklifi va ularga bo’lgan talab o’rtasidagi muvozanatning ta’minlanishiga bog’liq. Bu esa, kredit resurslariga bo’lgan talabning oshib ketishi natijasida yuzaga keladigan kreditlar foiz stavkalarining keskin ko’tarilishi natijasida yuzaga keladigan bozor muvozanatining buzilishiga barham beradigan maxsus zaxira fondini shakllantirish zaruriyatini yuzaga keltiradi.


Milliy ssuda kapitallari bozori faoliyatining uzluksizligini ta’minlash Markaziy bank tomonidan REPO auktsionlari orqali foiz stavkalarining o’zgarishini nazorat qilish zaruriyatini yuzaga keltiradi. Bunda, Markaziy bank milliy ssuda kapitallari bozorining doimiy va to’laqonli a’zosi sifatida o’zining kredit resurslarini, bozordagi vaziyatdan kelib chiqqan holda, to’g’ri REPO va teskari REPO shartlari bo’yicha joylashtirishi lozim.


Markaziy bankning qayta moliyalash stavkasi va majburiy zaxira talabnomalarining bazaviy stavkasini inflyatsiyaning joriy darajasiga monandliligini ta’minlash tijorat banklarining resurs bazasi hajmini va likvidlik darajasini oshirish imkonini beradi. Buning ustiga, tijorat banklari kreditlarining nominal foiz stavkasining barqarorligini ta’minlash kredit quyilmalari hajmini barqaror o’sish sur’atlarini ta’minlashda muhim o’rin tutadi.


168
Markaziy bank o’zining qayta moliyalash siyosati orqali ham banklararo kredit resurslari bozoridagi foiz stavkalarining darajalariga ta’sir eta oladi.

Markaziy bankning qayta moliyalash siyosati Markaziy bank tomonidan tijorat banklarini kreditlash bilan bog’liq bo’lgan tadbirlar majmui bo’lib, ushbu siyosat quyidagi uch xil kreditlash usulidan foydalanilgan holda amalga oshiriladi:


Tijorat banklarini Markaziy bank tomonidan, ularning balansidagi trattalarni qayta hisobga olish yo’li bilan, kreditlash usuli.


Mazkur usulda berilgan kreditlar hisob yoki diskont kreditlari hisoblanadi, ularning foiz stavkasi esa, hisob yoki diskont stavkasi deyiladi.


Markaziy bank har bir moliyaviy yil uchun oldindan trattalarni, ya’ni uzatma tijorat veksellarini o’zida qayta hisobga olish kontingentini belgilaydi. Qayta hisobga olish kontingenti hajmini belgilashda pul massasining o’sish sur’ati, inflyatsiya darajasi kabi muhim makroiqtisodiy ko’rsatkichlar hisobga olinadi.


Trattalarni qayta hisobga olish kontingentini mamlakatdagi tijorat banklari soniga bo’lish yo’li bilan har bir bank uchun belgilanadigan qayta hisobga olish limiti summasi aniqlanadi. Bu esa, limitni aniqlashning adolatli usuli hisoblanadi. Chunki, ushbu usulda barcha tijorat banklariga, ularning katta yoki kichikligidan


qat’iy nazar, bir xil limit belgilanadi. Ammo ushbu usulning kamchiligi shundaki, bunda tijorat banklari aktivlari miqdori o’rtasidagi farq natijasida yuzaga keladigan likvidli mablag’larga bo’lgan talab o’rtasidagi farq hisobga olinmaydi.


2. Tijorat banklarini Markaziy bank tomonidan, ularning balansidagi qimmatli qog’ozlarni garovga olish yo’li bilan, kreditlash usuli.


Ushbu usulda berilgan kreditlar lombard kreditlari bo’lib, ularning foiz stavkasi esa, lombard stavkalari deyiladi.


Tijorat banklarini Markaziy bank tomonidan to’g’ridan - to’g’ri kreditlash


usuli.

Mazkur usulda berilgan kreditlar overdraft, overnayt, kunlik va muddatli kreditlar shaklida bo’ladi.
169
Markaziy bankning overdraft kreditlari tijorat banklarining milliy valyutadagi ―Nostro‖ vakillik hisobraqamida yuzaga kelgan pul mablag’lari etishmasligi muammosini hal qilish maqsadida beriladi.

Overnayt kreditlari bir sutkaga beriladigan kreditlar bo’lib, ular tijorat banklarida favqulodda yuzaga keladigan juda qisqa muddatli likvidlilik muammosini hal qilish maqsadida beriladi.


Kunli kreditlar bir operatsion kun davomida beriladi.


Dunyoning bir qator mamlakatlarida (Shvetsiya, Rossiya va boshq.) kunlik kreditlar Markaziy banklar tomonidan qimmatli qog’ozlarni garovga olgan holda foizsiz beriladi va ular milliy to’lov tizimini qo’llab-quvvatlash maqsadida beriladi27.


Respublikamizda banklararo kreditlar bozorining rivojlanmaganligi Markaziy bank qayta moliyalash siyosatining ta’sirchanligi, samaradorligiga salbiy


ta’sir ko’rsatadi. Buning sababi shundaki, birinchidan, banklararo kreditlar bozoridagina depozitlar va kreditlarning bozor bahosi aniqlanadi va kredit


resurslariga bo’lgan talab va taklifning amaldagi holatini baholash va prognozlash imkoni yuzaga keladi; ikkinchidan, talab va taklif asosida shakllangan foiz stavkasigina ssuda kapitallari harakatini tartibga solishning bozor regulyatori hisoblanadi.


Banklararo kreditlar bozori rivojlanmagan sharoitda Markaziy bank tomonidan tijorat banklariga beriladigan kreditlarning miqdorini oshirish yo’li bilan milliy valyutadagi pullarga bo’lgan talabga va ular taklifiga ta’sir etishning ahamiyati oshadi. Lekin buning uchun, birinchidan, tijorat banklari Markaziy bank kreditlarini qisqa vaqt ichida, tezkor tarzda olish imkoniga ega bo’lishlari lozim; ikkinchidan, Markaziy bank qayta moliyalash instrumentlarining (lombardli kreditlar, overnayt, muddatli kreditlar, diskontli kreditlar, overdraft) deyarli barchasiga ega bo’lishi lozim. Aks holda, Markaziy bankning qayta moliyalash kreditlari hajmini oshirish imkoniyati chegaralanib qoladi. Masalan, hozirgi davrda


Моисеев С.Р. Денежно-кредитная политика: теория и парктика. Учебное пособие. – М.: Московская финансово-промышленная академия, 2011. - С. 723.


170
O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining diskontli kreditlari mavjud emas, lombardli kreditlari miqdori kichik. Bu esa, o’z navbatida, tijorat banklarining diskontli va lombardli kreditlarga bo’lgan talablarini qondirilmay qolishiga sabab bo’ladi.

Download 7,91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   98




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish