12.2. Tijorat banklari depozit bazasining etarliligi va uni tavsiflovchi ko’rsatkichlar
155
Xalqaro bank amaliyotida tijorat banklari depozit bazasining etarliligini aniqlashda ikki usuldan keng foydalanilmoqda. Birinchi usul Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki (XTTB) ekspertlari tomonidan ishlab chiqilgan bo’lib, unda tijorat banklari depozit bazasining etarliligi (DBE) quyidagi formula orqali aniqlanadi:
TD
DBE = TD+JD+MD x 100%
Bu erda:
TD – transaktsion depozitlar;
JD – jamg’arma depozitlari;
MD – muddatli depozitlar.
XTTB ekspertlarining tavsiyasiga ko’ra, mazkur ko’rsatkichning eng yuqori chegarasi 30 foizni tashkil etishi lozim. Agar uning amaldagi darajasi 30 foizdan yuqori bo’lsa, u holda, ushbu tijorat bankining depozit bazasi etarli emas, deb hisoblanadi.
XTTB ekspertlari tomonidan ishlab chiqilgan usulda transaktsion depozitlarning barqaror qoldig’i tijorat banklari depozit bazasining etarliligini aniqlashda hisobga olinmagan. Lekin ayrim iqtisodchi olimlar, jumladan, prof. O.I.Lavrushin tijorat banklari depozit bazasining etarliligini baholashda transaktsion depozitlarning barqaror qoldig’ini hisobga olish lozim, deb hisoblaydi.
Hozirgi davrda dunyoning ko’pchilik mamlakatlarida, shu jumladan, O’zbekiston Respublikasida tijorat banklari faoliyatini inspektsion tekshirishda ―CAMEL‖ reyting tizimidan keng foydalanilmoqda. Ushbu tizimda tijorat banklari depozit bazasining barqarorligi quyidagi formula orqali aniqlanadi:
Asosiy depozitlar
DBE = Depozitlar - jami x 100%
156
Mazkur ko’rsatkichning amaldagi darajasi 75 foizdan past bo’lmagan taqdirdagina tijorat bankining depozit bazasi etarli hisoblanadi. Boshqacha qilib aytganda, tijorat banklari depozitlarining umumiy hajmida asosiy depozitlarning salmog’i kamida 75 foizni tashkil etishi lozim.
―CAMEL‖ reyting tizimida asosiy depozitlar deganda depozitlarning bankni tark etmaydigan qismi tushuniladi. Shu jihatdan olganda, asosiy depozitlar har uch turdagi depozitlar – transaktsion depozitlar, muddatli depozitlar va jamg’arma depozitlarining barqaror qoldig’ini o’z ichiga oladi.
Fikrimizcha, ―CAMEL‖ reyting tizimidagi depozit bazasining etarliligini baholash usuli XTTBning baholash usuliga nisbatan mukammalroq hisoblanadi. Ya’ni, birinchidan, transaktsion depozitlarning barqaror qoldig’i hisobga olinmoqda. Bu esa, juda muhim, chunki transaktsion depozitlarning barqaror qoldig’idan foydalanilganda tijorat banklarining likvidliligiga nisbatan jiddiy xavf yuzaga kelmaydi; ikkinchidan, jamg’arma depozitlarining barqaror qoldig’igina asosiy depozit sifatida e’tirof etilmoqda. Holbuki, jamg’arma depozitlarining ma’lum qismi nobarqaror passiv hisoblanadi. Ular transaktsion depozitlardan bankni ma’lum muddat oldindan ogohlantirish yo’li bilan olinishi jihatidan farq qiladi.
Tijorat banklari depozit bazasining etarliligini baholashda e’tiborga olinishi lozim bo’lgan jihatlardan biri, fikrimizcha, o’zida ham transaktsion depozit hisobraqamini, ham muddatli depozit hisobraqamini namoyon etayotgan yangi hisobraqamlarining paydo bo’layotganligi hisoblanadi. Masalan, AQShdagi ―NAU‖ hisobraqamlari ana shunday yangi turdagi hisobraqami hisoblanadi. Unga bozor stavkalarida foiz to’lanadi. Shu bilan birga, mazkur hisobraqamlar o’zida transaktsion depozit hisobraqamlariga xos bo’lgan xususiyatni ham ifoda etadi: ularning qoldig’iga to’lov hujjatlarini yozishga ruxsat etiladi.
―NAU‖ hisobraqamlarining qoldig’i barqarorligi jihatidan transaktsion depozitlarning barqaror qoldig’idan qolishmaydi. Shu sababli, ularning qoldig’ini tijorat banki depozit bazasining barqarorligini aniqlashda hisobga olish lozim deb hisoblaymiz.
157
Do'stlaringiz bilan baham: |