13.3. Banklararo kreditlar bozorida savdoni tashkil etish tartibi
Foiz darajasi kredit bitimi tomonlari o’rtasidagi kredit resurslariga bo’lgan talab va taklifni hisobga olgan holda shartnoma orqali aniqlanadi.
Markaziy bank doimiy ravishda to’g’ridan-to’g’ri ssuda foiz normasini ma’muriy boshqaruvidan uning darajasini qayta moliyalashtirish foiz stavkasini o’zgartirish va majburiy rezervlar normasini manevrlash orqali tartibga solishning iqtisodiy usullariga o’tayapti.
Ssudalar bo’yicha foiz stavkalari tijorat banklari tomonidan kredit kelishuvining aniq shartlarini hisobga olib o’rnatilmoqda, ya’ni ssuda hajmi va uni tugash muddati, ta’minot mavjudligi, mablag’larni jalb qilishdagi xarajatlar, kreditni rasmiylashtirish va nazorat bo’yicha xarajatlar, qarz oluvchining kreditga layoqatliligi va boshqalar.
Bank passiv operatsiyalari bo’yicha foiz bo’sh pul mablag’larini vaqtincha omonatlarga jalb qilish stimuli sifatida oshib bormoqda.
Foizlarning o’tkazilishi va undirilish tartibi shartnomada belgilanadi. Amaliyotda ssuda kunlari sanasi yaqinlashishi bilan oddiy foizlar hisoblash usulidan foydalaniladi.
Xozirgi vaqtda foizlarni to’lash manbasi kredit qo’yilmalarining yo’nalishidan kelib chiqib turlichadir. Qisqa muddatli ssudalar bo’yicha to’lovlar mahsulot tannarhiga qo’shiladi, uzoq muddatli va muddati o’tgan kreditlar bo’yicha xarajatlar korxona soliqqa tortilgan foydasiga olib boriladi.
Zamonaviy mexanizmning xususiyati bevosita foizlar bo’yicha daromad va xarajatlarning bank yakuniy moddiy manfaatlari bilan bevosita bog’liqligi hisoblanadi.
171
Bank ssuda kapitalining tannarxi ishlab chiqarish xarajatlari umumiy summasining joylashtirilgan mablag’lar xajmiga nisbatan ifodalaydi.
Bank xarajatlari 2 asosiy elementlardan tarkib topadi:
Resurslarni shakllantirish bo’yicha xarajatlar;
Bank faoliyatini ta’minlovchi xarajatlar.
Birinchi guruh xarajatlarga- jalb qilinadigan depozitlar (muddatli va talab qilib olingunga qadar depozitlar) ga to’lovlar, Markaziy bankning resurslariga foiz, banklararo ssudalar bo’yicha, qimmatli qog’ozlar bo’yicha va boshqalar.
Ikkinchi guruhga boshqa operatsion va bank ma’muriy boshqruv xarajatlari kiradi. Jumladan:
Qimmatliklar va hujjatlarni tashish uchun transport ijarasi xarajatlari;
Blankalar, magnit lentalar va boshqa narsalarni sotib olish uchun xarajatlar;
hisoblarmarkazi xizmatlariga xarajatlar;
Amortizatsiya xarajatlari;
Bank xodimlariga ish haqi xarajatlari;
Binolarni saqlash va ta’mirlash xarajatlari.
Amaliyotda ssuda kapitalining tannarxi aktiv operatsiyalar bo’yicha foiz darajasini aniqlashda ularni bergan vaqtdan boshlab foizlar hisoblash boshlanadi. Ssuda foizining yuqori chegarasi bozor sharoitidan kelib chiqib belgilanadi. Quyi foiz darajasi bankning jalb qilish va faoliyatini ta’minlash bo’yicha xarajatlari orqali aniqlanadi. U kreditlash resurslariga to’g’ridan-to’g’ri bog’liq bo’lib hisoblanadi.
Har bir alohida olingan bitimda foiz normasini hisoblashda tijorat banklari quyidagilarni hisobga oladilar:
Bazaviy foiz stavkasining darajasi, bu ma’lum davrga ta’minlangan ssudalar bo’yicha bankning eng kreditga layoqatli mijozlari uchun o’rnatiladi;
Alohida har bitim sharoitidan kelib chiqib riskni qo’shish.
Bazaviy foiz stavkasi quyidagi formula orqali aniqlanadi:
Bazaviy foiz stavka=S1+ S2+ P; (1)
Bu erda:
172
S1 - rejalashtirilayotgan davrga barcha kredit resurslarining o’rtacha real bahosi;
S2 - bank faoliyatini ta’minlash bo’yicha rejalashtirilayotgan xarajatlarning joylashtirilayotgan mablag’lar hajmiga nisbati;
P- bank ssuda operatsiyalarining rejalashtirilgan foydalilik darajasi.
Kredit resurslarining o’rtacha real bahosi (S1) o’rtacha tortilgan formula bo’yicha hisoblanib alohida resurs turi bahosi va uning bank umumiy jalb qilingan resurslar summasidagi ulushidan kelib chiqib hisoblanadi.
O’z navbatida alohida bank jalb qilgan resursning o’rtacha haqiqiy bahosi
mazkur resurs bozoridagi nominal bahosi va majburiy zahira normasiga korrektirovka asosida aniqlanadi.
Riskni hisobga olgan holatda quyidagi mezonlardan kelib chiqib guruhlanadi:
Qarz oluvchining kreditga layoqatliligi;
Ssuda bo’yicha ta’minot va uning xarakteri;
Mijozning bank bilan mustahkam aloqasi;
Foizlarni hisoblash usullari;
Qarz oluvchining kredit muddatiga rioya qilishligi.
Ma’lumki ssuda foizi bank daromadini shakllantirishda muhim rol o’ynaydi va jalb qilingan mablag’larga to’lovlar uning xarajatlari tarkibida muhim o’rin egallaydi. Bank foiz marjasi bank aktiv va passiv operatsiyalari bo’yicha o’rtacha foiz stavkalari o’rtasidagi farq muhim ma’no kasb etadi.
Quyidagicha aniqlanadi:
Dp -Rp * 100 %
-
Mfakt - foiz marjasining amaldagi hajmi;
Dp - foizli daromadlar;
Rp -Foizlarni to’lash bo’yicha xarajatlar;
Ad- foiz ko’rinishida daromad keltiruvchi aktivlar.
173
Foiz marjasining tahlili quyidagi yo’nalishlarda olib boriladi:
Amaldagi foiz marjasini bazaviy bilan solishtirish, fomzlar bo’yicha daromadlarning oshishi yoki kamayishi sur’atlarini o’z vaqtida aniqlash imkonini beradi;
Foiz marjasi komponentlarini o’zgarishining tahlili daromad(xarajatlarning)larning qaysi kategoriyasi uning umumiy o’zgarishiga olib kelishini aniqlash imkonini beradi.
Foiz marjasining hajmiga ta’sir qiluvchi asosiy omillar bo’lib kredit qo’yilmalari va ularning manbalarining hajmi va tarkibi, to’lovlar muddati qo’llaniladigan foiz stavkalar xarakteri va boshqalar bilan bog’liq bo’lib hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |