kapitalining necha foizidan kam bo’lmasligi kerak?
A. 50 %
B. 60 %
C. 75 %
D. 100 %
86. Tijorat bankining qaysi qimmatli qog’ozi uni sotib olgan investorga
ham foiz ko’rinishida, ham dividend ko’rinishida daromad keltiradi?
A. imtiyozli aktsiyalar
B. depozit sertifkatlari
246
C. nokumulyativ imtiyoli aktsiyalar
D. subordinar obligatsiyalar
87. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining2010 yil 26 noyabrdagi PQ-
1438-sonli “2011-2015 yillarda respublika moliya-bank tizimini yanada isloh
qilish
va
barqarorligini
oshirish
hamda
yuqori
xalqaro
reyting
ko’rsatkichlariga erishishning ustuvor yo’nalishlari to’g’risida”ti qaroriga
asosan:
A. tijorat banklari ustav kapitalining eng kam miqdoriga nisbatan
belgilangan talablar oshirildi
B. bank aktivlarining sifatini yomonlashganligi yuzasidan bank Boshqaruvi
va Kengashining javobgarligi bir xil qilib belgilandi
C. tijorat banklaridan naqd pullarni maqsadli ishlatilishi ustidan nazorat olib
tashlandi
D. tijorat banklari kreditlari foiz stavkalarini shakllantirishning bozor
mexanizmi joriy etildi
88. Tijorat banki regulyativ kapitalining necha foizidan oshgan
summadagi bitimlarni amalga oshirish uchun bank Kengashining yozma
roziligi olinishi kerak?
A. 5 %
B. 15 %
C. 25 %
D. 50 %
247
GLOSSARIY
Valyuta operatsiyasi
– xorijiy valyutalarni va valyutaviy qimmatliiklarni
sotib olish va sotish operatsiyasi.
Valyuta kursi
– milily valyutaning xorijiy valyutada ifodalangan qiymatidir.
Pul massasi
– muomaladagi pul miqdori.
Depozit (omonat)
– yuridik va jismoniy shaxslarning banklarning joryi,
muddatli va jamg’arma depozit hisobarqamlarida saqlanayotgan pul mablag’lari.
Depozitariy
- bank yoki boshqa yuridik shaxs bo’lib, u qimmatli qog’ozlarni
saqlash, qimmatli qog’ozlar bilan bog’liq bo’lgan bitimlarni ro’yxatdan o’tkazish,
mijozlarning topshirig’iga ko’ra qimmatli qog’ozlar bilan bog’liq bo’lgan
vositachilik operatsiyalarini amalga oshiradi.
Depozitniy sertifikati
– tijorat banki tomonidan yuridik shaxslar uchun
chiqarilgan qimmatli qog’oz bo’lib, o’z egasiga muddat tugagandan so’ng
deponeent qilingan summani va unga hisoblangan foiz summasini olish huquqini
beradi.
Dividend
– aktsiyadorlik jamiyatlarining oddiy aktsiyalarini ostib olgan
investorlarga sof foyda hisobidan to’lab beriladigan daromad summasi.
Diskont
– tijorat banki tijorat vekselini sotib olayotganda yoki hisobga
olayotganda ushlab qoladigan foiz.
Bankning daromadliligi
– bank tomonidan hisobot davrida olingan
daromadning (foyda) jami aktivlarga nisbati.
Indossament
– tijorat vekselini boshqa shaxsag uzatish huquqini beruvchi
maxsus yozuv.
Indossant – tijorat vekselini indossament orqali boshqa shaxsga uzatgan
shaxs.
Indossat – tijorat vekselini qabul qilib olgan shaxs.
Qimmatli qog’ozlarga investitsiy qilish
– tijorat banki tomonidan qimmatli
qog’ozlarin sotib olish.
Ipoteka
– garov shakli bo’lib, bunda kredit oluvchi garvga qo’yilgan
qo’zg’almas mulkka nisbatan egalik huquqini saqlab qoladi.
248
Ipoteka krediti
– qo’zg’almas mulkni garovga olish yo’li bilan jismonyi va
yuridik shazslarga beriladigan uzoq muddatli kredit.
Kredit
- ssuda v denejnoy ili tovarnoy forme, predostavlennaya na usloviyax
vozvratnosti, srochnosti i platnosti. Ekonomicheskaya sushchnost kredita - est
forma dvijeniya ssudnogo kapitala.
Kredit siyosati
– tijorat bankining kreditlash siyosatining asosiy
yo’nalishlarini va kreditlash jarayonlarini belgilab beradigan me’yoriy hujjat.
Bankning kreditlash salohiyati
– bank tomonidan jalb qilingan resurslarning
likvidlilik zaxirasi chegirib tashlangandan keyin qolgan qismi.
Kredit to’loviga layoqatlilik
– tijorat banki mijozlarining olingan kreditni o’z
vaqtida va to’liq qaytara olish qobiliyati.
Kredit portfeli
– tijorat banki tomonidan berilgan va hali qaytarilmagan jami
kreditlarning yig’indisi.
Kredit liniyasi
– tijorat banki tomonidan mijozga belgilangan davr
mobaynida olishi mumkin bo’lgan kreditlar miqdori.
Kredit operatsiyalari
– tijorat banki tomonidan kredit oluvchiga pul
mablag’larini muddatlilik, qaytarishlik va foiz to’lashlilik shartlari asosida berish
bo’yicha operatsiyalar.
Kredit riski
– berilgan kreditlarni qaytmasligi natijasida bankning zarar
ko’rish xavfidir.
Lizing
- (angl. leasing – ijaraga berish) – lizing shartnomasining amal qilish
davrida mulkdan (lizing ob’ekti) foydalanish huquqini uzatish bo’yicha moliyaviy
operatsiyalar.
Moliyaviy lizing
– lizing ob’ektini keyinchalik sotib olish sharti bilan bog’liq
moliyaviy ijara.
Likvidlilik
– tijorat bankining mijozlar oldidagi va boshqa banklar oldidagi
majburiyatlarini o’z vaqtida va to’liq bajara olish imkoniyati.
Marja
– tijorat banki tomonidan berilgan kreditning foizi bilan depozitlarga
to’langan foizlar o’rtasidagi farq summasi.
249
Ssuda kapitallari bozori –
kredit resurslari oldi-sotdi qilinadigan bozor.
Ushbu bozorda depozitlar va kreditlarning bozor stavkalari shakllanadi.
Spred – xorijiy valyutaning sotish kursi bilan sotib olish kursi o’rtasidagi
farq summasi.
Tijorat bankining “Nostro” vakillik hisobraqami
– tijorat bankining boshqa
banklarda ochilgan vakillik hisobraqami.
Tijorat bankining ―Vostro‖ vakillik hisobraqami – boshqa banklarning ushbu
tijorat bankida ochgan vakillik hisobraqamlari.
Subordinar qarz – tijorat bankining balansidan har yili qiymatining 20 foizi
kamayib, beshinchi yili tugagandan so’ng bankning balansidan chiqib ketadigan
qarzlar.
Qayta bag’holash zaxirasi – tijorat bankiga tegishli er maydonlari va asosiy
vositalarning qayta baholashdan keyingi qiymati bilan qayta baholashdan oldingi
qiymati o’rtasidagi farq summasi.
Majburiy zaxira talabnomasi
– tijorat banki tomonidan jalb qilingan
resurslarning bir qismini Markaziy bank tomonidan majburiy tarzda olib qo’yilishi.
Overdraft krediti –
mijozning bankdagi joriy hisobraqamining debetli
qolidig’i summasiga beriladigan kredit. Overdarft kreditida ssuda hisobraqami
ochilmaydi.
Foiz stavkasi
- (lat. pro centum - na sto) – tijorat banki tomonidan jalb
qilingan depozitlarga to’lanadigan va bank tomonidan berilgan kreditlar uchun
olinadigan foiz summasi.
«Repo» operatsiyasi
– qimmatli qog’ozlarni qaytarib sotib olish sharti bilan
sotish.
Tratta –
uzatma tijorat veksel.
Bankning ustav kapitali
– tijorat bankining odidy va imtiyozoli aktsiyalarini
sotish natijasida shakllantirilgan kapital.
Hisob stavkasi
– Markaziy bank tomonidan tijorat banklariga, ularning
balansidagi trattalarni sotib olish yo’li bilan berilgan kreditlarning foiz stavkasi.
250
Lombard stavkasi
– Markaziy bank tomonidan tijorat banklariga, ularning
balansidagi oltin va qimmatli qog’ozlarni garovga olish yo’li bilan berilgan
kreditlarning foiz stavkasi.
Faktoring
– tijorat banki tomonidan mol etkazib beruvchiga tovar
hujjatlarini regress huquqi bilan yoki regress huquqisiz sotib olish yo’li bilan
beriladigan kredit.
Kassali aktivlar
– tijorat bankining pul shaklidagi aktivlari. Kassali
aktivlarga tijorat bankining kassasidagi anqd pullar, Markaziy bankdagi ―Nostro‖
vakililk hisobraqamidagi pullar, uning boshqa banklardagi ―Nostro‖ vakililk
hisobraqamlaridagi pul mablag’lari va folut kiradi.
Birlamchi zaxiralar –
tijorat bankining pul shaklidagi aktivlari.
Ikkilamchi zaxiralar
– tijorat banki tomonidan sotib olingan qimmatli
qog’ozlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |