99
8-BOB.
TIJORAT
BANKLARINING
INVESTITSION
OPERATSIYALARINI BOSHQARISH
8.1. Tijorat banklari investitsion operatsiyalarining mazmuni va zarurligi
Tijorat banki investor sifatida qimmatli qog’ozlarni sotib oladi.
Bank qimmatli qog’ozlarni ikki maqsadda sotib oladi:
1. Likvidliligini ta’minlash maqsadida
2. Daromad olish maqsadida
Tijorat banklari yuqori likvidli qimmatli qog’ozlarni sotib olish yo’li bilan
o’zlarining joriy likvidliligini ta’minlaydilar. Odatda,
yuqori likvidli qimmatli
qog’ozlar sifatida quyidagi turdagi qimmatli qog’ozlar e’tirof etiladi:
*Hukumatning qimmatli qog’ozlari;
*Markaziy bankning qimmatli qog’ozlari;
* to’lovi Hukumat tomonidan kafolatlangan korporativ qimmatli qog’ozlar.
AQShning Kolumbiya universitetining professori F.Mishkinning xulosasiga
ko’ra, tijorat banklarining investitsion operatsiyalarini
rivojlantirishda moliyaviy
innovatsiyalarga asosiy e’tiborni qaratish lozim. Foiz stavkalarining sezilarli
darajada tebranishi yangi moliyaviy mahsulotlarga bo’lgan talabning o’zgarishiga
bevosita va kuchli ta’sir qiluvchi muhim iqtisodiy omil hisoblanadi. 1950-yillarda
uch oylik xazina veksellari foiz stavkalarining tebranishi1,0 foizdan 3,5 foizgacha
diapazonda, 1970-yillarda – 4,0 foizdan 11,5 foizgacha, 1980-yillarda 5,0 foizdan
15,0 foizgacha bo’lgan diapazonni tashkil etdi. Foiz stavkalarining bu qadar kuchli
tebranishi kapital qiymatining sezilarli darajada oshishiga yoki kamayishiga olib`
kelid, investitsiyalarning qaytishi borasidagi noaniqlik kuchaydi
15
.
F.Mishkin AQSh misolida moliyaviy innovatsiyalarning
bank tizimining
barqarorligini ta’minlashdagi rolini asoslab bergan. Ammo, ushbu xulosa
O’zbekiston iqtisodiyoti uchun hozircha amaliy ahamiyatga ega emas. Chunki,
respublikamizda Hukumatning qimmatli qog’ozlari mavjud emas.
E. Dolan ikkilamchi zahiralarning quyidagi to’rt shaklini ajratib ko’rsatdi:
15
Мишикн Ф.С. Экономическая теория денег, банковского дела и финансовых циклов. 7-е изд. Пер. с англ. – М.: ООО
«И.Д.Вильямс», 2013. – С.295.
100
a) Hukumatning qimmatli qog’ozlari;
b) boshqa banklarning depozit sertifikatlari;
v) tijorat qimmatli qog’ozlari;
g) federal fondlar.
Tijorat qimmatli qog’ozlariga qilingan bank investitsiyalarini
yuqori likvidli
aktivlar qatoriga kiritish mantiqan to’g’ri emas. Chunki tijorat qimmatli qog’ozlari
aniq moddiy kafolatga ega emas, ayniqsa, respublikamiz sharoitida ko’plab
korxonalarning qimmatli qog’ozlari bo’yicha to’lovsizlik muammosi mavjud.
Bunday holatlarni O’zsanoatqurilish bankida, TIF Milliy bankida va boshqa tijorat
banklarida kuzatish mumkin. Ana shu fikr va mulohazalardan kelib chiqqan holda
tijorat qimmatli qog’ozlariga qilingan bank investitsiyalarini
yuqori livkidli
aktivlar tarkibidan chiqarib tashlash zarur deb hisoblaymiz.
Do'stlaringiz bilan baham: