215
yurak urishi tezlashadi (150 gacha), arterial qon bosim ko‘tariladi (200/ 100 mm.sim.ust.gacha), Bunday vegetativ o'zgarishlar seksual tasavvurlardan keyingi orgazmda ham kuzatilishi mumkin.
Odatda orgazmning ikki xil turi farq qilinadi: qin va klitor orgazmlari. Birinchisi olatni qinga chuqur kirgizganda ro‘y bersa, ikkinchisi klitorni ta’sirlantirganda kuzatiladi. Aytib o'tganimizdek, ba’zi ayollarda qin orgazmi, boshqalarida esa klitor orgazmi kuchli rivojlangan bo'ladi. Ba’zi mutaxassislar alohida vaginal orgazm borligiga shubha bilan qarashadi, chunki olatni qinga chuqur kirgizib chiqazayotgan paytda bir yo'la klitor, kichik lablar, qinning o'zi va tashqi jinsiy a’zolar birgalikda ta’sirlanadi. Shuningdek, ayol tanasining turli qismlarida kuchli taktil sezgi paydo bo'ladi. Bunda erkak bilan qo'shilganlik sababli paydo bo'lgan ruhiy qo'zg'alish ham katta ahamiyatga ega. Sog'lom ayollar so'rov qilinganda, ularning 20 foizi klitor orgazmini, 36 foizi vaginal orgazmni his qilgan bo'lsa, 44 foizi esa orgazm nimadan paydo bo'lishini aniq aytib bera olmagan. Lekin bu ko'rsatkich juda nisbiydir va har xil so'rovlarda o'zgarib turadi. Shuning uchun bu masalaga individual yondashish zarur.
Erkaklarda uchraydigan seksual buzilishlar
Hayvonlardan farqli o'laroq, insonlarda jinsiy aloqa nafaqat biologik, balki ongli jarayon hamdir. Har qanday jinsiy jarayon asab markazlari orqali boshqarilishini aytib o'tdik. 34-rasmda erkaklar jinsiy a’zolarining innervatsiyasi keltirilgan. Jinsiy ojizlik, ko'pincha, asabiy-ruhiy siqilishlar natijasida rivojlanadi. Biror marta bo'lsa-da, seksual potensiyasi kamaymagan erkak kishini uchratish qiyin. Bosh va orqa miyaning organik, uiologik, endokrin, asteniyaga olib kcluvchi somatik kasalliklar, turli intoksikatsiyalar, aroqxo'rlik va giyohvandlik jinsiy faoliyatning buzilishiga sabab bo'ladi.
So'nggi statistik (2005) ma’lumotlarga ko'ra impotensiyaning 60-65 foizi funksional xususiyatga ega, qolgan 35-40 foizi organik (asosan, endokrin, urologik va venerik) kasalliklar natijasida rivojlanadi. Aksariyat hollarda 55 yoshdan so'ng ham impotensiyaning sababini ruhiy omildan izlashadi.
O'smirlik davrida jinsiy rivojlanish jadal kechadi. Ular erotik tushlarni ko‘p ko'rishadi, uxlab yotganda eyakulyatsiya tez-tez kuzatiladi. Bu davrda aksariyat o'spirinlar jinsiy hirsini qondirish uchun chetdan mijoz izlab venerik kasalliklarni yuqtirib olishadi. Demak, o'smirlik davrida nafaqat jinsiy a’zolar to'la shakllana boshlaydi, balki ruhiy rivojlanishda ham jiddiy o'zgarishlar yuz beradi. Bu davrda har qanday tashqi stress ularning ruhida og'ir iz qoldiradi va jinsiy faoliyatga o'ta salbiy ta’sir ko'rsatishi mumkin.
216
Erkaklardagi jinsiy zaiflikka impotensiya deb ataladi. Potensiyaning normada qanday bo'lishi ko'p jihatdan kishining yoshi va hayot tarziga bog'liq. Jinsiy buzilishlardan shikoyat qiluvchi erkaklaming 56 foizi jinsiy aloqaning davomiyligidan qoniqishmagan.
Seksopatologlarning fikricha, jinsiy aloqa davri (koitus) eng kami 1 min. 14 s (68 friksiya) bo'lsa, eng uzog'i 3 min. 34 s (100 friksiya) hisoblanadi. Uning fikricha, koitusning o‘rtacha davomiyligi 2 min. 2 s (62 friksiyada). Lekin sun’iy yo'l bilan jinsiy aloqa davrini 10 min. va undan ortiq ham cho'zish mumkin («quruq» friksiyalar). Ba’zi ma’lumotlarga ko'ra 30 yoshgacha bo'lgan erkaklarda jinsiy aloqa haftasiga o'rtacha olganda 3 marta, 30 yoshdan so'ng 2 va 50 yoshdan
Do'stlaringiz bilan baham: |