Tibbiyot psixologiy asi


Parasimpatik neyioolar Simpatik ncyronlar



Download 0,96 Mb.
bet80/158
Sana09.07.2022
Hajmi0,96 Mb.
#766637
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   158
Bog'liq
tibbiyot

Parasimpatik neyioolar Simpatik ncyronlar


Somatik cflcmct neyronlar


AlTernc! neyroniar


Urug‘ xaltachasi
Prostata
Siydik pufagi
Urctra


Olal
kallasi


Dumg'aza
boMimi


Olatga
bonivchi
nerv
tolalari


  1. rasm. Erkaklar jinsiy a’zolarining innervatsiyasi.


217




so‘ng esa 1 marta kuzatilarkan. Seksologlarning fikricha, 30-45 yosh orasida bo‘lgan erkaklar haftasiga 2-3 marta jinsiy aloqa qilish qobiliyatiga egadirlar.
Jinsiy hirsning umuman bo‘lmas!igi faqat tug‘ma bo'lishi mumkin, qolgan vaziyatlarda u, albatta, saqlangan bo‘ladi. Bu hirsni faqat uyg'ota olish kerak, xolos. Umuman olganda, «Erkak kishi o'rtacha bir kunda yoki bir haftada necha marta jinsiy aloqa qilish qobiliyatiga ega?» degan savolga seksolog olimlar shunday javob qilishadi: «Har kim o‘ziga-o‘zi individual me’yor aniqlab olmog‘i kerak. Bu masalaga individual yondashish kerak. Jismonan va ruhan sog'lom kishilarda organizmning o‘zi me’yomi topib oladi».
Jinsiy faollikning doimo o‘zgarib turishi mutlaqo sog‘lom odamlarda ham kuzatiladi va bu ko‘pincha, kayfiyatga bog'liq. Aksariyat hollarda kayfiyatning ahamiyati e’tiborga olinmay, «impotensiya» yoki «prostatit» tashxisi qo‘yiladi va buning oqibatida bemor yatropatiyadan davolanib yuradi. Bu esa inson ruhiga qattiq ziyon (ba’zan tuzatib bo‘lmas) yetkazadi. Masalan, hayotda ko'pchilik erkaklarda ham jismonan, ham ruhan zo'riqib ishlashni talab qiladigan davrlar bo'ladi. Bu davr birovda bir hafta, boshqa birovda bir oyga cho'zilishi, shunda jinsiy faoliyat biroz susayishi yoki «esdan chiqishi» mumkin. Shuning uchun ham mutaxassislarning fikricha, jinsiy aloqa normada bir kunda 1-2 martadan tortib, oyiga 2-3 martagacha bo'lishi mumkin va bu ko'rsatkich, albatta, ko'proq odamning ruhiy va jismoniy faoliyatiga bog'liq. Har bir odam jinsiy aloqa haqidagi barcha ma’lumotlarni o'zi ham mukammal bilishi kerak. Buning uchun keng ommaga moslab yozilgan adabiyotlar yetarlidir. Aks holda, hissiy va jismoniy zo'riqib ishlash (ayniqsa, tunlari) davrida kuzatiladigan va bir-ikki kun dam olgach, o'tib ketishi mumkin bo'lgan jinsiy quvvatsizlik va vrach to'la tekshirmay turib qo'ygan tashxis yomon oqibatlarga olib kelishi mumkin. Bunday holat yuz berganda erkak va ayol muammoning sabablarini birgalikda o'rganib chiqib, bir-birini tushunib ish tutishi juda katta ahamiyatga molikdir. Bu davrda ayol kishining e’tirozi, «Tinchlikmi, sizga nima bo'ldi?» qabilidagi savollari erkak kishining qalbini jarohatlashi va ahvolini yanada og'irlashtirishi mumkin.
Barcha statistik ma’lumotlarni tahlil qiladigan bo'lsak, o'rtacha hisoblaganda jinsiy zaiflikning 60 foizdan oshig'i funksional xususiyatga ega va qolgan 40 foizi organik kasalliklar sababli rivojlanadi. Lekin bu bemorlarning kamida 70-80 foizi urologlarga murojaat qilisharkan va aksariyat hollarda, dastlabki qo'yiladigan tashxis «prostatit» bo'ladi. Prostatitning impotensiyaga olib kelishi tushunarli, biroq impotensiya aniqlangan bemorlarning hammasida ham prostatit kuzatilavermaydi.


218




Bunday bemorlar maxsus psixologik yordamni olishlari kerak. Impotensiyaning har qanday ko'rinishlarida bemorning hayot va kasallik anamnezi, ijtimoiy ahvoli, kasbi, ishlash uslublari, ayoli haqida ma’lumotlar o‘rganilishi va aniqlanishi zarur. Undan tashqari, bemorning psixonevrologik statusi to'la tekshirilishi shart.
Aytib o‘tilganidek, nevrasteniyada jinsiy zaiflik tez-tez kuzatilib turadi, jinsiy mayl susayadi yoki yo'qoladi. Ayol kishiga yaqinlashganda ereksiya paydo bo'lmaydi yoki sust bo‘lib, tezda yana so‘nib qoladi. Avvallari ayol kishining yonida yechinishining o'zi ereksiyani yuzaga keltirgan bo'lsa, endi foyda bermay qo'yadi. Bundan xavotirga tushgan er turli yo'llar bilan ereksiyani keltirishga harakat qiladi va butun fikri-zikrini jinsiy holatiga qaratadi. Jahldor, jizzaki bo'lib qoladi. fshga qo'li bormaydi. Hech kim bilan gaplashgisi kelmaydi. Bunday paytlarda ayol kishi faollik ko'rsatib, erkak kishini tinchlantirib, uning erogen sohalarini turli usullar bilan ta’sirlantirsa, ereksiya paydo bo'lishi va koitus amalga oshirilishi mumkin. Potensiyaning bunday buzilishi nevrasteniyaning gipostenik turida ham kuzatiladi. Bemordagi astenik holat davolansa, bu muammo tez hal bo'ladi. Buning uchun bemomi ruhan tinchlantirish, psixostimulyatorlar berish hamda kundalik muammolami biroz unutish tavsiya qilinadi. Bunga misol qilib с uyidagi kuzatuvni keltiramiz (bu va bundan keyingi misollar chet el adabiyotlaridan olingan).
Bemor I., 24 yoshda, talaba. Har narsani ko'ngliga oladigan shaxs, O'qishi pasayib ketgan, sal narsaga asabiylashadigan, tez charchaydigan bo'lib qolgan. Bungacha rafiqasi bilan haftasiga 2-3 marta jinsiy aloqa qilib yashagan bo'lsa, keyinchalik bir oyda bir marta, unda ham ayoli tomonidan faollik ko'rsatilsagina. Ereksiya uzoq davom etmaydigan va tez so'nadigan bo'lib qoladi. To'satdan, o‘z-o'zidan paydo bo ladigan ereksiyalar ham yo'qolgan. Rafiqasi bunga to'g'ri munosabatda bo'lgan va turmush o'rtog'ini tinchlantirgan. «Bu hammasi charchaganlik alomati, doktorga uchrang», deb maslahat bergan.
Bemor doktorga uchraydi. Doktor bemomi tekshirgach, jinsiy zaifligi charchash alomati ekanligi, biroz dam olishi zarurligini, faqat kuchli jinsiy mayl paydo bo'lgandagina jinsiy aloqa qilishi mumkinligi tayinlagan. Bemor 3 hafta mobaynida asabni tinchlantiruvchi va umumiy quvvatlantiruvchi dorilarni qabul qiladi. Bu vaqt ichida jinsiy qobiliyat yana to'la tiklanadi.
Impotensiyaning alohida turi bo'lmish vaziyatli impotensiyani ko'p uchratish mumkin. Bunda impotensiya aniq bir vaziyatda yoki aniq bir shaxsga nisbatan kuzatiladi. Boshqa paytlari esa jinsiy qobiliyat va ertalabki ereksiyalar saqlangan bo'ladi. Vaziyatli impotensiyaning sabablari quyidagilar: rafiqasining jinsiy munosabatga sovuqqonlik bilan


219




qarashi (frigidlik); rafiqasi bilan uzoq davom etuvchi janjallar; bir xil holatda jinsiy aloqa qilaverish; jinsiy yaqinlikka rafiqasining aniq bir vaqt belgilab qo‘yishi; rafiqasiga xiyonat qilganidan vijdoni qiynalib yurishi; ayol kishidan keladigan yoqimsiz hid yoki uning o‘ziga yaxshi e’tibor bermasligi; rafiqasiga yoqmaydigan jinsiy usullarga majbur qilish va shunga o‘xshash holatlar. Shuni ta’kidlash lozimki, vaziyatli impotensiya ruhan tetik va sog'lom odamlarda kuzatilmaydi. U astenik, ruhiy-hissiy jihatdan ojiz, tez ta’sirlanuvchan va jizzaki erkaklarda ko‘p kuzatiladi. Quyidagi voqea bunga yaqqol misol bo‘la oladi:
Bemor N., 28 yoshda, muhandis, ta’sirchan, tez xafa bo'ladigan, o'ziga uncha ishonmaydigan yigit. Jinsiy qobiliyati uncha kuchli bo'lmaganligi uchun butun diqqatini shunga qaratgan. Rafiqasi qoniqsa ham buni alohida ko'rsatib bera olmagani uchun jinsiy munosabatlar paytida uni «Meni erkak o'rnida ko'rmaysan», deb tez-tez koyib turgan. Ularning munosabatlari borgan sayin sovuqlashib borgan. Turmush qurishganiga 3 yil to'lgandan so'ng, yigit bir yosh ayol bilan tanishib qoladi va ishqiy munosabatda bo'ladi. Jinsiy aloqa paytida N. bu ayolning ovozini chiqarib ingrashlariga, bo'ronli orgazmiga hayron qoladi, ayol ham o'z vaqtida uni «Haqiqiy yigit ekansan» deb maqtaydi. N. rafiqasini tashlab, o'sha ayolga uylanadi.
Turmush qurganlaridan so'ng ko'p o'tmay «yangi» rafiqasi unga e’tibor qilmay qo'yadi. Orada tez-tez janjal bo'lib tursa-da, bu ayol bilan bir yarim yil birga yashaydi. Keyingi paytlarda N.ning ishi yurishmay, tez charchaydigan va jahldor bo'lib qoladi. Kunlardan bir kuni rafiqasi mehmondan juda kech va mast bo'lib keladi. Orada janjal chiqadi. Janjal paytida rafiqasi: «Jonimga tegdi o'zimni go'llikka solish, to'g'risini aytsam, sen bilan bir to'shakda yotganimda men sira ham jinsiy mayl va qoniqish hissini sezmayman. Seni erkak o'rnida ko'rmayman», deydi. Bu so'zlardan N. karaxt bo'lib qoladi, bu janjaldan so'ng unda jinsiy hirs yo'qoladi. Bundan u xavotirga tushadi. Juda asabiy bo'lib qoladi, uyqusi buziladi. Doktorlarga murojaat qiladi, davolanadi. Muolaja natijalaridan o'zi qoniqmaydi Haqoratlanganidan va awalgi rafiqasini tashlab ketganidan aziyat chekaveradi va uning yoniga qaytadi. U bolalari bilan N. ni iliq kutib oladi. O'sha kechasi birinchi bor rafiqasiga nisbatan yana kuchli jinsiy qo'zg'alish paydo bo'ladi. Normal jinsiy hayot kechira boshlaydi. Boshqa ayollarga qiziqishi mutlaqo yo'qoladi.
Bu kuzatuvdan shunday xulosa qilish mumkinki, bemor o'zining jinsiy qobiliyatini o'ta past baholagan va bundan ham ortiq qobiliyatga ega bo'lishni orzu qilgan. Bu «yetishmovchilikni» to'g'rilashga muvaffaqiyatsiz harakat qilgan. Ayniqsa, keyingi rafiqasining aytgan haqoratomuz so'zlari uning erkaklik qadr-qimmatini yerga urgan.



Download 0,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish