Ekstremal vaziyatlarda psixologik



Download 177 Kb.
bet1/4
Sana24.01.2022
Hajmi177 Kb.
#407759
  1   2   3   4

2-Mavzu: Ekstremal vaziyatlarga tushib qolgan insonlar bilan olib boriladigan psixologik chora tadbirlar.

Reja:

  1. Ekstremal va qiyin hayotiy vaziyatlar klassifikatsiyasi.

  2. Ekstremal vaziyatlarda psixologik yordamning metod va texnikalari

  3. Ekstrem al vaziyatlarda tezkor psixologik yordam

Tezkor psixologik yordam kuchli stress xolatidagi odamlarga ko'rsatiladi. E.V.da amalga oshiriladigan psixodiagnostika ishlari o'zining farqli tomonlariga ega. Vaqt yetishmaganligi uchun standart diagnostik proseduralami qo'llash imkoniyati bo'lmaydi. Am aliy psixolog faoliyati ham favqulotdagi sharoitga qarab aniqlanadi.

Ko'pgina E.V.larda oddiy psixologik ta'siming o'zini qo'llash samara beradi. Hammasi E.V.dagi psixologik ta'sir maqsadiga bog'liq: birinchi holatda dalda bo'lish, yordam berish kerak bo'lsa; boshqasida vahima, xabarlami bostirish; uchinchisida so'zlashuvlar o'tkazish kerak.

E.V. ta'sirida spsixologik jarohatni boshdan kechirganlarga yordam berishning asosiy tamoyillari:



  • kechiktirib bo'lmaslik jaroxatlanuvchiga yordam iloji boricha tezroq ko'rsatilishi kerakligini bildiradi;

  • hodisa joyiga yaqinlashish tamoyilini mazmuni shundaki, odatiy sharoitda va ijtimoiy qurshovda o'tkazishdan iborat;

  • normal holat tiklanishini kutish: stress vaziyatini boshdan kechirgan shaxs bilan normal odam bilan munosabatda bo'lgandek gaplashish kerak, bemor kabi emas. Normal hayot qaytishiga ishonchni qo'llab quvvatlash zarur;

  • psixologik ta'sir birligi tamoyili ostida shu tushuniladiki, uning manbai yo bir shaxs, yo psixologik yordam prosedurasi hamma uchun birdek bo'lishi kerak;

  • psixologik ta'sir oddiyligi shuki, shikastlanuvchini jarohat joyidan olib ketishni, yegulik, dam, xavfsiz muhit va unga tinchlanish imkonini berish kerak.

Tezkor psixologik yordam quyidagi asosiy funksiyalami bajaradi:

-amliy: aholtga bevosita tezkor psixologik va tibbiy yordam (zarur bo'lganda) ko'rsatish;

-koordinasion: maxsuslashtirilgan psixologik xizmat aloqalarini va o'zaro hamkorlikni ta'minlash.

Psixoterapiya va psixoprofilaktikani o'tkazish 2 yo'nalishda olib boriladi. Birinchisi aholini sog'lom qismi bilan profilaktika ko'rinishida. Ikkinchi yo'nalish nerv psixik buzilishlari rivojlangan shaxslar bilan psixoterapiya va psixoprofilatika ishlarini olib borish.

Tezkor psixologik yordam texnikasi

E.V.da insonda quyidagi simptomlar paydo bo'lishi mumkin:



  • Alahsirash

  • Gallyusinasiya

  • Apatiya

  • Harakat qo'zg'aluvchanligi

  • Stupor

  • Agressiya

  • Qo'rquv

  • Isterika

  • Nerv titrog'i

  • Yig'i

Ushbu vaziyatda psixolog yordami birinchi navbatda nerv "razryadka"si uchun sharoit yaratishdan iborat.

Alahsirash va gallyusinasiya. Inqirozli vaziyat insonda kuchli stressga, kuchli nerv zo'riqishiga, organizmda muvozanatni buzilishiga, nafaqat jismoniy, balki psixik sog'lig'iga ham ta'sir qiladi. Bu mavjud psixik kasallikni zo'raytirishi mumkin.

Alahsirashni asosiy belgisiga jarohatlantiruvchini noto'g'riligiga ishontirib bo'lmaydigan yolg'on tasavvurlar yoki xulosa chiqarishlar kiradi.

Gallyusinasiyada esa ayni damda sezgi organlariga ta'sir etmayotgan hayoliy ob'ektlar mavjudligi xissini boshdan kechirish kuzatiladi (ovozlar eshitish, yo'q odamlarni ko'rish, hid sezish...)

Bunday holda:



  1. Tezkor psixologik yordamni kutish, tibbiyot xodimlariga murojaat qiling;

  2. Soha xodimlari kelgunigacha jaroxatlanuvchi o'ziga atrofdagilarga zarar yetazmasligini ko'zatib turing. Undagi xavf tug'diruvchi predmetlarni olib qo'ying;

  3. Jaroxatlanuvchini izolyasiyalang va bir o'zini qoldirmang;

  4. Jaroxatlanuvchi bilan tinch ovozdagaplashing. Uni gapini ma'qullang, ishontirishga harakat qilmang.


Download 177 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish