XUSUSIY PATOLOGIYA
BOLALARDA OZIQLANIShNING SURUNKALI BUZILIShI
Oqsil-energetik yetishmovchilik
Distrofiya (oqsil-energetik yetishmovchilik) - bolaning to'gri jismoniy rivojlanishining buzilishiga olib keluvchi oziqlanishning va to'qima trofikasining surunkali buzilishi. Iqtisodiy qiyinchilik yillarida distrofiya turli yoshdagi bolalarda rivojlanishi mumkin, lekin asosan 3-yoshgacha bo'lgan bolalar ko'proq kasallanadi. Kasallik moddalar almashinuvi jarayonining buzilishi, immunitetning pasayishi, jismoniy, ruhiy-motor, keyinchalik intellektual rivojlanishning buzilishi bilan kechadi.
Klassifikasiyasi
Distrofiyaning uchta turi ajratiladi.
Gipotrofiya ( tana vaznining bo'yiga nisbatan tanqisligi)
Paratrofiya (paratrofiya variantlaridan biri - semizlik)
- Tana vaznining bo'yiga nisbatan ustunlik qilishi
- Tana vazni va bo'yining ortiqligi
- Tana vazni va bo'yi normada
Gipostatura (tana vazni va boyining bir xilda yosh me'yoridanorqada qolishi). Bundan tashqari distrofiyalar oqsil-energetik yetishmovchilikka bog'liq bolgan birlamchi (alimentar) va tug'ma xamda orttirilgan kasalliklar fonida kechadigan ikkilamchi turlarga ajratiladi.
Gipotrofiya - distrofiyaning eng ko'p tarqalgan turi hisoblanadi. Kelib chiqish vaqtiga ko'ra gipotrofiya uch turga bo'linadi:
Prenatal - bola tug'ilganga qadar rivojlanadi
Postnatal - bola tug'ilgandan keyin yuzaga chiqadi
Aralash - homila ichi va homiladorlikdan tashqari davrda bola organizmiga ta'sir qiladigan sabablar tufayli shakllanadi.
Distrofiya sabablari:
homila ichi (prenatal) distrofiyasi, homilaning to'g'ri rivojlanishini buzadigan turli xil omillar va noqulay sharoit bilan bog'liq.
homiladorlikning erta (20-yoshgacha) yo’ki katta yoshda (40-yoshdan keyin) rivojlanishi;
homiladorlik davridagi yuqumli va somatik kasalliklar;
homiladorlik davridagi gestozlar;
Noqulay sosial sharoit, stress holatlar, norasional ovqatlanish va zararli odatlar;
Ota-onadagi kasbiy zararlik;
Yo'ldosh patologiyasi (ko'p hollarda yuqorida ko'rsatilgan sabablarni iste'sno etilgandan keyin, bolada prenatal distrofiya tashqislanadi). homila tashqarisidagi (postnatal) distrofiya ikkilamchi distrofiyani chaqiruvchi ekzogen va endogen omillar ta'sirida rivojlanadi.
Postnatal distrofiyaning asosiy ekzogen omillari:
Alimentar: ovqatlanish soni yoki sifatining buzilishi, mikroelementlar tanqisligi (rux, mis, selen va boshqalar) bilan bog'liq bo'lgan oqsil-energetik yetishmovchilik
Yuqumli: ichak infeksiyalari, qaytalovchi otit bilan asoratlangan O'RVI
Sosial omillar postnatal distrofiyaning endogen etiologik omillariga quyidagilar kiradi:
rivojlanish nuqsonlari va xromosom kasalliklar
enzimopatiya va malabsorbsiya (birlamchi, ikkilamchi)
konstitutsiya anomaliyalari
immuno tanqislik holatlari
Patogenezi. Prenatal distrofiya rivojlanishida MNS trofik funksiyasining buzilishiga olib keluvchi bachadon – yo’ldosh qon aylanishi buzilishi va homila ichi gipoksiyasi asosiy rol o’ynaydi. Postnatal gipotrofiya patogenezi uning kelib chiqishi va shaklidan qat'iy nazar bir butun patofiziologik jarayon deb xisoblangan, uning asosida oziqlanishning buzilishi va bosh miya postloqi qo'zgaluvchanligining pasayishi yotadi. Paratrofiya yuqori kaloriyali ovqat va uning tarkibida yog va uglevodlarning ko'p miqdorda bo'lishiga bog'liq. Paratrofiyaning rivojlanishiga limfatiko-gipoplastik va ekssudativ-kataral diatezlar moyillik tug'diradi.Gipostatura neyroendokrin tizimning chuqur zararlanishiga (ko’p hollarda homila ichi) bog'liq.
Do'stlaringiz bilan baham: |