Tibbiyot institutlari talabalari uchun



Download 7,49 Mb.
bet23/48
Sana21.01.2017
Hajmi7,49 Mb.
#788
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   48
19-Rasm-Meyordagi EKG

EKG da tishlar, intervallar, segmentlar va komplekslar bor. EKG tishlari lotin harflari bilan belgilanadi (agar u 5 mm dan katta bo’lsa katta harflar bilan, agar 5mm da kichik bo’lsa kichik harflar bilan).

“P” tishi bo’lmacha kompleksi. Ikkala bo’lmachaning qo’zg’alishi natijasida hosil bo’ladi. Oldin o’ng bo’lmacha, 0,03 sek. So’ng chap bo’lmacha qo’zg’aladi. Odatda “P” tishi musbat, uning davomliligi 0,06-0,10 sek. Bu tish II standart ulanishda albatta bo’lishi kerak.

U AVR da manfiy, II ulanishda musbat. Me’yorida PII>P1>PIII; P-Q intervali (yoki PR) qo’zg’alishni AV tugungacha o’tkazishni aks ettiradi. Uning davomliligi me’yorida 0,12-0,18 sek. Bradikardiyada 0,21-0,22 gacha bo’lishi mumkin.

PQ segmenti “P” boshlanishidan “Q” gacha bo’lgan masofa. QRS kompleksi kengligi 0,06-0,08 sek, qorinchalar depolyarizatsiyasi. 2- ulanishda tahlil qilinadi. Q- tishi qorinchalararo to’siqni qo’zg’alishi. U 0,03 sek. teng. “R” tishi ikkala qorinchani qo’zg’alishini aks ettiradi, 2 ulanish maksimal kattalikka ega, AVR da bo’lmasligi mumkin. S tishi qorinchalar o’zgarishini ohirini aks ettiradi, u V1,2da eng katta.

ST segmenti QRS ohiridan T boshlanishigacha bo’lgan masofa me’yorida u izoliniyada joylashadi va 1mm ga yuqori va pastga siljishi mumkin. “T” – tishi qorinchalar repolyarizasiyani aks ettiradi. U faqat AVR da yoki III ulanishda manfiy bo’lishi mumkin.

Q-T intervali qorinchalar elektrik sistolasini aks ettiradi. Me’yorida 0,35-0,44 sek. U yoshiga va joyiga bog’liq.

U - tishlarning kelib chiqishi nomalum. Me’yorida doim musbat 2 va 3 ulanishlarda. EKG da hamma vaqt bo’lavermaydi.

EKG yordamida yurakni urish tezligi va ritmi aniqlanadi. Me’yoridagi sinus ritmini ta’rifi “P”- tishi II ulanishda musbat, AVR da manfiy.

PQ doimiy va me’yoridagi intervalda.

Har bir ulanishda “P” formasi doimiy. P-P yoki R-R intervali doimo bir hil

Yurakni elektr o’qi vaziyati.

Elektr o’qi d- burchagi bilan tariflanadi. Yurak ko’krak qafasida me’yorida yotganda elektr o’qi 20 0 dan 70 0 gacha bo’ladi. Bu vaqtda “R”- tishi II ulanishda eng katta. Asteniklarda yurak ancha vertikal yotadi, unda d- burchagi 90, 0 gacha kattalashadi, Gipersteniklarda yurak ancha gorizantal yotadi, bu vaqtda elektr o’qi chapga siljiyda, x –burchagi manfiy bo’lib “O” ga teng. QRS kompleksi tishlarini yo’nalishi va kattaligi I, II va III standart ulanishlarda taqqoslab elektr o’qi yo’nalishini vizual aniqlash mumkin.

Fonokardiografiya.

Fonokardiografiya – yurakning tovush va shovqinlarini grafik tasviri. Past chastotali tovush va shovqinlar yahshi yozib olinadi. Fonokardiogramma EKG bilan bir vaqtda paralel yozib olinadi.

Ehokardiografiya va Dopplerografiya.

Ultra tovush – bu tezligi 1 sek da 20 ming tebranishga ega bo’lgan tovush to’lqini. Uning tarqalish tezligi muhit hususiyatiga bog’liq. UZI da elektr energiyasi mahsus reoelektrik element yordamida mexanikka aylanadi. Harakatdagi ob’ektdan beriladigan tovush tezligi, tinch holatdagi ob’ekti bilan qabul qilinganda o’zgarib boradi – bu Doppler effekti deyiladi. Bu effektni qo’llashda EXO da eritrositlardan, yurak qopqoqlaridan, yurak devoridan tovushning aks etishi aniqlanadi., natijada ultra tovush signali o’zgarib boradi.

Yurakning rentgenologik tekshirish.

Yurak va yurak tomirlarini holatini baholash uchun har hil proeksiyalardan ko’rish sxemasi ishlab chiqilgan.

Oldingi to’g’ri proyeksiya

Ong kontur 2 ta yoydan hosil bo’lgan.


  1. aortani ko’tarilish qismi.

  2. o’ng bo’lmacha.

Chap kontur 4 ta yoydan hosil bo’lgan:

  1. “tugmacha” aortani pastga o’tish joyi.

  2. O’pka stvoli.

  3. Chap bo’lmacha qulog’i; 2 va 3 yoylar yurak belini (taliyasi) shakillantiradi.

  4. Chap qorinchaning old yon devori.

Tomirlarni instrumental tekshirish.

Ko’p usullar tarixiy ahamiyatga ega bo’lib qolgan. Sfigmografiya – bu puls to’lqinlarini grafik tasviri. Bu usul bilan puls hususiyatiga va tezligiga ob’ektiv baho beriladi. Sfigmografiya markaziy va periferik arteriyalarida yozib olinadi. U o’ziga hos anakrot, katakrot va dikrot shaklga ega.

Ossillografiya – yurak qon tomirlar sistemasini f\unksional holatini arterial devorining tebranishga qarab baholash. U qo’l va oyoqlarda yozib olinadi.

Pletizmografiya – qo’l oyoqlarda periferik qon aylanishini funksiyasi va gemodinamik buzilishini o’rganadi. Qo’l-oyoqlar qon bilan to’lganda ularning hajmini kattalashishi tomirlar tonusini pasayganligini bildiradi, hajmni kichiklashishi tomirlar qisqarishini bildiradi.

Reografiya – to’qimalarni qon bilan to’lishdagi elektro’tkazuvchanligini o’zgarishini aniqlaydi. Arteriya va venalarda yozib olinadi. Shunday qilib u yoki bu organlarning qon bilan to’lishi aniqlanadi.


Download 7,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   48




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish