IV bob Yurak-qon tomirlar tizimi
Shikoyatlari
Yurak-qon tomir sistemasi kasalliklari eng ko’p tarqalgan kasalliklardan biri bo’lib, ular jarohatidan so’ng ikkinchi o’rinda turadi. Yurak-qon tomir kasalliklari tizimida asosiy o’rinni yurakning ishemik kasalligi va gepertoniya kasalliklari egallaydi. Qon aylanish a’zolari kasalliklariga tashxis qo’yish ancha qiyin bo’lib ularni davolash juda murakkab. Yurak-qon tomir sistemasidagi bemorlarni tekshirishda ularning shikoyatlari va anamnez yig’ish muhim ro’l o’ynaydi.Bemor shikoyatlarini ikkita katta guruhga bo’lish mumkin: asosiy va qo’shimcha (umumiy harakterga ega bo’lgan). Asosiy shikoyatlarga: hahrsillash, yurak sohasida og’riq, yurak o’ynog’i yoki “yurak urish maromini’’ buzilishi, yo’tal, o’ng qovurg’a ostida og’riq va og’irlik sezish kiradi.
Harsillash.
Harsillash bu kasalliklar uchun patognamonik belgi bo’lmasdan, u o’pka kasalliklarida va boshqa kasalliklarda ham bo’lishi mumkin, lekin shunga qaramasdan u yurak kasalliklarida asosiy shikoyat hisoblanadi. Harsillashni hususiyatini aniqlash mumkin: (doimiy, jismoniy harakatda (katta yoki o’rtacha) hurujsimon (‘’yurak astmasi’’) u odatda kechasi tutadi. Harsillashni kuchaytiruvchi omillar borligi aniqlandi (masalan, ovqatlanish, gapirish) shu jumladan vaqt o’tishi bilan harsillahsning o’zini kuchayishi (masalan, ilgari faqat jismoniy yuklamada bo’lsa, so’ngra tinch holatdagi harsillash yoki bo’g’ilish huruji qo’shiladi). Bo’g’ilish huruji vaqtida bemor o’tirgan (ortopnoe) holatida bo’ladi, yuzlari ko’kargan, nafas hirillagan og’zidan qon aralashgan, ko’pikli balg’am ajraladi.
Yurak sohasida og’riq
Bir qator kasalliklarda yurak patologiyasi bilan bog’liq bo’lmagan og’riqlar bo’lishi mumkin (masalan, ko’krak umurtqasi osteohondrozida, chap tomonlama plevritda, qovurg’alararo nevralgiyada, miozitda va h.k.). Shunga qaramasdan yurak-qon tomirlar patologiyasida yurak sohasida og’riq muhim belgilardan biri hisoblanadi. Og’riq sindromining hususiyati har hil bo’lishi mumkin (sanchiqli, jadal siquvchi og’riq yuraksanchiq harakteridagi), to’sh orqasida joylashib chap qo’lga, kurakka, chap bo’yinga tarqaladi. Bunday og’riqlar toj tomirlari aterosklerozda , hamda koronaritda va og’ir kamqonlikda kuzatiladi.
Yurak sanchiq og’riqlari odatda jismoniy yuklamadan so’ng vujudga kelib bir necha daqiqa davom etadi va jismoniy ishni to’htatganda yoki nitrogliserin ichganda o’tib ketadi. Miokard infarktidagi og’riq odatda jismoniy ishni to’htatganda ham yoki tomir kengaytiruvchi dorilardan keyin o’tib ketmaydi, ular ancha jadal va uzoq davom etadi (bir necha soatgacha). Bundan tashqari uncha kuchli bo’lmagan ezuvchi va sanchuvchi og’riqlar kuzatiladi (masalan miokarditda).
Yurak o’ynog’i yoki yurakni notekis urishi hissiyoti.
Bu vaqtda bemorlar yurakni “muzlab” qolish sezgisiga yoki qisqa vaqt to’htab qolishga shikoyat qiladilar. Bu shikoyatlarni kelib chiqishi yurak kasalliklarida ham, yurakdan tashqari omillar ta’sirida ham bo’lishi mumkin (chunki stress, tireotoksiko’zda, istmalashda).Shuni esda tutish kerakki tana harorati 10C. ko’tarilganda yurak qisqarishi tezligi bir daqiqada 10-12 ta ortadi. Yurakning tez urishi doimiy yoki hurujli bo’lishi mumkin (paroksizmal hususiyatiga ega).
Yo’tal.
Yo’tal hos belgi emas, u juda ko’p kasalliklarda kuzatilishi mumkin. (masalan yo’tal va qon tupirish yurakning mitral nuqsonida va sil kasalliklarida kuzatiladi).
Yurak qon-tomir kasalliklarida yo’tal kichik qon aylanish tizimida dimlanish bo’lganda vujudga keladi. Qon tupirish odatda o’pka gipertenziyasi va yo’tal cho’qqisida bronxlarning mayda tomirlari yorilib ketishi bilan kechadigan og’ir kasalliklarda kuzatiladi. (masalan yurakni dekompensasiyalangan mitral nuqsonida, o’pka arteriyasini tromboemboliyasida). Aorta anevrizmi nafas yo’llariga yorib kirganda jadal qon oqishi yuzaga kelib bemorni o’limga olib keladi.
O’ng qovurg’a ostida og’riq va og’irlik.
Ko’pincha shish bilan bog’liq, suyuqlikni qorin va plevral bo’shliqlarda to’planishi, o’ng qorincha etihsmovchiligi tipidagi qon aylanish etishmovchiligida, parenhimotoz a’zolarda, hususan jigarda dimalnish bo’ladi.
Qo’shimcha shikoyatlar.
Holsizlik, tez charchab qolish, ko’p terlash, bosh aylanishi , tana harorati ko’tarilishi, tasirchanlik, uyquni buzilishi.
Bemorni so’rab-surishtirayotganda shikoyatlarini yanada shuqurroq o’rganish kerak.
Kasallik anamnezi (anamnezis morbi).
Kasallik belgilarini paydo bo’lish vaqtini aniqlash muhim, ularni vujudga kelish sharoitlari va tartibi (masalan, og’ir jismoniy ish, stress alkogol ichish), kasallikni kechishi, qaytalanish tezligi, klinik labarator tekshiruv ma’lumotlarini aniqlash, (shu jumladan ilgari tekshiruv ma’lumotlari), kasallik bayonidan ko’chirma, analizdan ko’chirmalar, hulosa. Ilgari o’tkazilgan davo-profilaktika chora-tadbirlari, ularni kasallik kuchayishiga tasiri dorilarni ko’tara olmaslik ma’lumotlarini bilish ham muhim.
Hayot anamnezi (anamnezis vitae)
Bemorlarda hayot anamnezi to’playotgan vaqtda kasallikni rivojlanishiga turtki bo’luvchi sabablarni aniqlash kerak (jumladan, irsiy omillar, masalan, mitral qopqonni tug’ma prolapsi exokardiografiya yordamida aniqlanadi). Bu vaqtda bemorning tashqi ko’rinishi baholanadi (masalan,bolalik vaqtida mitral stenozi rivojlangan bo’lsa, “mitral nanizm” bo’ladi). Kasallikni og’irlashtiruvchi nasliy yoki boshdan kechirgan boshqa kasalliklar (ayniqsa revmatizm, streptokokk infeksiyalari, zaxm), zararli odatlari borligi (chekish , alkogol ichish), turmush tarzi, ovqatlanishi, ishlab-chiqarihsdagi salbiy tasirotlar (shovqin, elektromagnit maydonlari va h.k.).
Ayollarda – tug’ishni kechishi va homiladorlik, klimakterik vaqti.
Umumiy ko’zdan – kechirish.
Kardiologik bemorni ko’zdan kechirish uning to’shakda yotgan vaziyatini, teri qoplami va shilliq qavatlar rangini, yuz ko’rinishini, og’iz bo’shligini ko’rishni ko’zdan kechirishni o’z ichiga oladi.
Yurak sohasini ko’zdan kechirish – buni o’tkazishdan maqsad yurak ichi va yurak turtkisini aniqlash, patologik tomir urishini, ko’krak qafas deformasiyasini hamda yurak va undan chiquvchi tomirlar proeksiyasida barqaror bo’rtib chiqishlarni aniqlash hisoblanadi. Yurak uchi turtkisi – bu chegaralangan ritmik pulsasiya, u beshinchi qovurg’a ostida, o’mrov o’rta chizig’idan ichkarida yurak uchi sohasida kuzatiladi. Yurak uchi turtkisi odan sog’lom yoki kasal bo’lishdan qatiy nazar doim kuzatiladi.
Yurak turtkisi – yurak uchi turtkisi bilan bir vaqtda bo’ladigan qo’virg’alar oralig’ini yoyilgan ritmik tebranishi. Me’yorida yurak turtkisi bo’lmaydi.
17-Rasm - Dekstrokardiya
Yurak sohasini paypaslash
Paypaslash yurak uchi turtkisi hususiyatini aniqlashga imkon beradi. (joylashishi, kengligi, kattaligi, kuchi), bundan tashqari yurak turtkisi aniqlanadi, yurak sohasida ko’krak qafasining titrashi va boshqa yurak tomirlar urishi aniqlanadi.
Me’yorida yurak uchi turtkisi 5 qovurg’a oralig’ida o’rta o’mrov chizig’idan 1,5– 2,0 sm ichkarida joylashgan. Odam vaziyatni o’zgartirganda, ya’ni chap yonboshga yotganda yurak tashqariga3-4 sm, o’ng yonboshga esa 1,5-2 sm siljiydi. Bemorni yotgan yoki o’tirgan holatda ko’riladi. Yurak uchi turtkisi paypaslaganda o’ng qo’lning kafti yurak sohasiga ko’ndalan qo’yiladi (kaft asosi toshga,barmoqlar esa 4-5-6 qovurg’a oralig’iga qo’yiladi.) Asta-sekin barmoqlar qovurg’a oralig’ida laterial yo’nalishda siljiydi, va yurak uchi turtkisi aniqlanadi, so’ngra uchta barmoq uchi bilan uning hususiyati o’rganiladi. Yurak uchi turtkisi siljigan bo’lishi mumkin (diafragmani yuqori yoki past turishida,plevral bo’shliqning birida bosim oshganda,o’pka to’qimasi burishib qolganda). Yurak uchi turtkisining kengligi 2sm dan katta bo’lsa, u yoyilgan deyiladi, va u yurak chegarasini kattalashishi bilan bog’liq, 2 sm dan kichik bo’lsa – chagaralangan (semizlikda, o’pka emfizemasida).Yurak uchi turtkisini balandligi – bu ko’krak qafasi devorining amplitudasi (u yuqori va past bo’lishi mumkin).Yurak uchi turtkisining uchi barmoq uchiga berilayotgan bosim bilan aniqlanadi. U ko’kraq qafasi devorining qalindligi va chap qorinchaning qisqarish kuchiga bog’liq. Kuchli yurak uchi turtkisi odatda chap qorincha gopertrofiyasida kuzatiladi.
Yurak sohasida va tomirlarda pulsasiyaning boshqa turlari.
Me’yorida aorta pulsiyasi aniqlanmaydi. (masalan, aota anevrizmi, arterial gipertenziya, aorta qopqoqlarning etishmovchiligi). Bu pulsasiyalar to’sh orqasi (retrosterlnal) pulsasiya deb ataladi. Epigastral pulsasiya o’ng qorincha gipertrofiyasi va dilyatasiyasida, aorta qopqoqlari etishmovchiligida aniqlanadi. Jigar pulsasiyasi haqiqiy (uch tabaqali qopqoq etishmovchiligida) yoki aortadan berilishi mumkin
Arterial tomir urishini (pulsni) tekshirish
Puls – bu arteriya devorining ritmik tebranishi bo’lib, u yurakni arterial sistemaga qonni otib chiqarishi va diastolada vaqtida undagi bosimni o’zgarishi bilan bog’liq.
Puls to’lqinini tarqalishi arteriya devorining elastikligi (cho’zilishi va bo’shashiga) bog’liq. Tomirlarni ko’zdan kechirganda ular urishini kuchaytirishga yoki yo’q joyda paydo bo’lishiga, venalarni kengayishiga, aterosklerozda chakka arteriyasini qing’ir-qiyshiq bo’lib ko’rinishiga diqqatni qaratishimiz kerak. Chetki arteriyalarni paypaslash ular devorini holatini aniqlashga, pulsni hususiyatini va harakterini aniqlashga imkon beradi. (to’lishi, kattaligi va h.k.)
Puls – bilak, chakka, uyqu, tizza osti, tirsak, qo’ltiq osti va to’piq arteriyalarida aniqlanadi. Sog’lom odamda puls tinch holatda 1 daqiqada 60 dan 90 gacha bo’ladi. Pulsni tekshirish ikki qo’lda baravar olib boriladi. Uni aniqlash uchun qo’lning katta barmog’i kaftning teskari tomoniga, qolgan barmoqlar nur arteriyasiga qo’yilib paypaslanadi. Pulsni tekshirganda uning quydagi parametrlari aniqlanadi: simmetrikligi (pulsni ikkala qo’lga bir vaqatda mos kelishi), tezligi (bir daqiqadagi pulslar soni), tarangligi (puls yo’qolguncha ketgan bosim kuchi), to’laligi (puls to’lqinini hosil qiluvchi qon miqdoriga va yurakni sistolik hajmiga bog’liq), ritmi (pulslarni bir maromda kelishi).
Arterial bosimni o’lchash.
Arterial bosimni – bu qon tomirlariga qonning bosim kuchi. Me’yorida arterial bosim 100/60 dan 140/90 mm. sm. ust. teng. Katta arteriyalarda qon bosimi yurak faoliyatining fazasiga bog’liq. Sistola fazasida yuqori diastola fazasiga nisbatan. Qon bosimi auskultativ Korotkov usuli bilan o’lchanadi. Bu usul itlarda tajriba o’tkazib tasdiqlangandan so’ng, 1905 yilda Korotkov tomonidan taklif qilingan. Texnik tomondan arterial bosimni o’lchash simobli yoki prujinali sfigmomanometr yordamida bajariladi. Puls to’lqinining birinchi zarbi paydo bo’lgandagi raqam belgilanadi (arteriyani tahsqaridan bosgandan so’ng, asta-sekin bo’shashtiriladi) u yuqori sistolik bosimga to’g’ri keladi, puls to’lqini yo’qolgan vaqti pastki diastolik bosimga to’g’ri keladi. Bosimni tog’ri bo’lishi uchun manjetadagi bosimni tez tekshirish kerak va ikkala qo’lda o’lchash zarur. Maksimal va minimal bosim o’rtasidagi farq puls bosimi deyiladi. Sog’lom odamda atrerial bosim ancha o’zgarib turadi. Sutka davomidagi o’zgarish (kechasi past bosim), jismoniy ish yoki ruhiy stress (arterial bosim ortadi), ovqat egandan so’ng, ayniqsa qo’zg’atuvchi ichimliklar ichgandan keyin. Eng past bosim nahorgi uyqudan uyg’ongandan so’ng bo’ladi. Arterial bosimning kattaligi yurakning daqiqali hajmiga (u ortganda ko’tariladi), hamda chetki tomirlarning holatiga (umumiy chetki qarshilik) bog’liq. Arterial bosimni oshishi gipertoniya kasalligida va simptomatik arterial gipertenziyada kuzatiladi. (buyrak, endokrin, vazorenal va h.k.). Arterial bosimning pasayishi ortostatik gipotenziyada kuzatiladi (yotish holatidan tez turganda), shok holatida (miokard infarkti, anafilaktik shok, qon yo’qotganda, infeksiyalarda), ba’zibir endokrin kasalliklarida (Addison kasalligi).
Artereial bosimi o’lchash yurakni otib chiqarish va chetki tomirlar qarshiligini aniqlash uchun muhim diagnostik ahamiyatga ega. Sistolik va diastolik arterial bosimni bilvosita usul bilan o’lchash hamma kasallar uchun shart. Buning uchun simobli tonometr yoki prujinali monometr kerak. A/B o’lchash ma’lum sharoitda olib boriladi, bemor o’tirgan holatida, 5 daqiqa dam olishdan so’ng, muskullar bo’shashgan bo’lishi kerak; me’yorida nafas olib atrofidagialar bilan gaplashmayotgan bo’lishi kerak. A/B o’lchanayotgan qo’l yurak to’g’risida bo’lishi kerak. Buni bajarish quydagi tartibda olib boriladi.
-
bemorning engi elkasigacha shimariladi.
-
Elka o’rtasida arteriya pulsi topialadi.
-
Tirsak chuqurchasidan 2,5 sm yuqoriga manjeta o’raladi.
-
Nur arteriyasida puls yo’qolguncha manjetaga tez havo yuboriladi.
-
Tirsak chuqurchasiga nur arteriyasi ustiga fonendoskop qo’yiladi.
-
Monometr shkalasiga ahamiyat beriladi.
-
Birinchi tovush va ton paydo bo’lishi belgilanadi (maksimal sistolik bosim).
-
Tovushni yo’qolishi belgilanadi (minimal diastolik bosim).
-
Olingan o’rta raqamlar yoziladi (ol’chash ikki qo’lda 3 martta bajariladi) va hulosa qilinadi (gipertoniya, gipotoniya, normatoniya).
Yurakni tukullatish (perkussio)
Yurak ehografiyasi paydo bo’lgandan keyin yurakni tukullatish aktualligi birmuncha kamaydi, lekin bu usulni bilishlik yo’qolgani yo’q. Yurakni tukullatish orqali uning joylashishini, kattaligini, shakli, tomirlar tutami dastasini o’lchamlarini aniqlaydi, Yurakning o’ng, chap va yuqori chegaralari ajratiladi. Tukillatganda yurakning o’pka bilan yopilgan joyi bo’g’iqroq tovush beradi – u yurakning mutloq bo’g’iqlik chegarasi deyiladi.
Tukillatishda barmoq plessimetr topiladigan chegaraga paralel qo’yilib aniq-tiniq tovushdan bo’g’iqroq tovushga tomon boriladi. Yurakning o’ng nisbiy bo’g’iqlik chegarasi 4 qovirg’a oralig’ida to’shning o’ng qirrasidan 1 sm tashqarida joylashgan. Chap chegarasi chap o’rta o’mrov chizig’idan 1-2 sm ichkarida bo’lib yurak uchi turtkisi bilan mos keladi; yuqori chegarasi 3 qovurg’a to’g’risida. Yurakning mutloq bo’g’iqlik chegarasini aniqlash uchun ancha sustroq tukillatish o’tkaziladi. Yurakning o’ng mutloq chegarasi to’shning chap qirrasi 4 dan 6 gacha qovurg’alarga to’g’ri keladi. Chap mutloq chegara 5 qovurg’a oralig’ida, nisbiy bo’g’iqlik chegarasidan 1,5- 2 ichkarida joylashgan, yuqori chegara 4 qovirg’a to’g’risida. Agar barmoq-plessimetrni mutloq bog’iqligining markaziga qo’yib chetga tomon tukillatilsa ilk o’pka tovushini paydo bo’lishi yurakning nisbiy bo’g’iqlik chegarasidan dalolat beradi.
Tomirlar tutamini chegarasini aniqlash.
O’ng va chap tomondan 2 qovirga oralig’ida o’rta-o’mrov chiziqdan boshlab to’sh tomonga sust tukillatish o’tkaziladi. Bo’g’iqroq tovush paydo bo’lganda barmoqning tashqi qirrasidan belgilanadi. Tomir tutamining o’ng va chap chegaralari to’sh qirrasiga to’g’ri keladi va 5-6 sm ga teng. Uning kengayishi aorta anevrizmida, o’pka arteriyasi kengayganda, ko’ks oralig’i o’smasida kuzatilishi mumkin.
Yurak bo’g’iqlik chegaralarining o’zgarishi.
Yurak nisbiy va mutliq bo’g’iqlik chegarasining o’zgarishi diafragmaning balandligiga,yurakning kattalashishiga va o’pkadagi o’zgarishlarga bo’g’liq. Yurak o’lchamlari me’yorida bo’lgan vaqtda, yurak nisbiy bo’g’iqlik chegarasini kattalashishi diafragma baland turganda : (gipersteniklarda, homiladorlikda meteorizmda, astitda kuzatilishi mumkin. Chegarani kichrayishi esa diafragma past turganda ( asteniklarda, o’pka emfizemasida, visereptozda) kuzatiladi. Yurakning o’zini kattalashishi bilan bog’liq bo’lgan uning chegarasini o’zgarishi yurak dilatatsiyasida ko’proq va gipertrofiyasida kamroq bo’ladi.
Yurakni eshitish (auskultasiya).
Hamma diagnostik usullar ichida eng qiyini eshitish (auskultasiya) hisoblanadi. U nafaqat o’tkir eshitish qobilyatini balki balandligi va vaqti bo’yicha nozik tovushlarni farqlashni taqozo qiladi. Ko’p juda yahshi vrachlar bu san’atni egallayolmaydilar, chunki ular yo o’tkir eshitish qobilayatiga ega emaslar, yoki ularda etarli tajriba yo’q. Bundan tashqari ko’p vrachlar fizika qonuniga asoslanmasdan ihlab chiqarilgan stetoskoplardan foydalanadilar. Bu tibbiyotda eng qiyin diognistik uslublardan biri hisoblanadi.
Auskultasiya – yurakda tabiiy xosil bo’luvchi tovushlarni eshitish. Ular murakkab tovush simptomlarini vujudga keltiradi. Eshitishda bir necha qoidalarga rioya qilish kerak.
-
Eshitish vaqtida bemorning vaziyati. Odatda eshitish bemorning turgan, o’tirgan, yotgan shu jumladan chap yonboshga, vaziyatlarda va jismoniy yuklamadan keyin o’tkaziladi.
-
Vrach o’ng tomonda turishi (bemorga nisbatan) ba’zan majburiy holat bolib qoladi, lekin hamma vaqt stetoskop eshitadigan sohaga zich qo’yilishi kerak.
-
Yurakni eshitish fonendoskop bilan ma’lum nuqtalarda boshqa tovushlarni o’tkazmaydigan holatda zich qo’yilib bajariladi. Fonendoskopda yuqori tonlar yahshi eshitiladi. Bundan tashqari quloq bilan ham eshitish mumkin. Fonendoskopda membrana bilan bir qatorda membranasiz teshik ham bor – unda past tonlar yahshi eshitiladi, membranalida yuqori to’nlar yahshi eshitiladi.
-
Nafas olishning har hil fazasida eshitish kerak.
Eshitish joylari va qopqoqlarning ko’krak qafasiga bo’lgan proeksiyasi.
-
Mitral qopqoq chapdan III qovurg’aning to’shga birikkan joyiga to’g’ri keladi. U yurak uchi turtkisi sohasiga yahshi eshitiladi.
-
Aortal qopqoq chap va o’ngdan IV qovurg’alarning to’shga birikkan joyining o’rtasiga to’g’ri keladi. Aorta qopqog’i II qovurg’a oralig’i toshning o’ng qirrasida eshitiladi.
v) O’pka arteriyasi III qovurg’a oralig’iga to’shning chap qirrasida to’g’ri keladi, va u II qovurg’a oralig’ida to’shning chap qirrasida eshitiladi.
g) Uch tabaqali qopqoq IV qovurg’a oralig’ida to’shning o’ng qirrasiga to’g’ri keladi va u hanjarsimon o’siq sohasida eshitiladi.
Bu nuqtalardan tashqari Botkin- Erba nuqtasi ham auskulatsiya qilinadi, bu erda aorta diastolik shovqini yahshi eshitiladi. Yana qo’shimcha eshitish nuqtalari bor (yurakning hamma yuzasi – undan ekstrakardial shovqinlar eshitiladi, masalan, perikard ishqalanish shovqini, shovqinlarni tarqalish joylari: qoltiqosti, o’mrov usti, uyqu arteriyasi, kuraklar orasi va h. k.).
Do'stlaringiz bilan baham: |