O’garish turlari |
Sabablari
|
Simptomlari
|
Gipokseimiya (pa o2 75 mm.sm. ust. kichik bo’lganda)
Giperkapniya (pa CO2
50 mm. sm.ust. yuqori bo’lishi
|
Alveola xavosida kislorodni oz miqdorda bo’lishi
-
xavoda kislorod partsiyal bosimini oz bo’lishi.
-
Gipoventilentilyasiya
-
Gazlar diffuziyasini buzilishi
-
Qon shuntlanishi
-
Yaxshi ventalitsiyalanmaydigan alveolalarni perfuziyasi.
Gipoventilyatsiyada – ventilyatsiya / perfuziya
nisbati buzilishi
-pnevmoniya
|
Charchash
Karaxtlik
Xushni buzilishi
Taxikardiya
Aritmiya
Siyanos
Uyquchanlik
Arterial gipertenziya
Bosh og’rig’i
Koma
|
Xususiy patologiya
Hozirgi pulmonologiya nozologik shakillarining kengligi, ilgari bilinmagan, yoki boshqa kasallik deb qabul qilingan, kasalliklar kelib chiqishi bilan tariflanadi. Nafas azolari kasalliklari etiologiyasi haqidagi tushunchamiz ancha kengaydi. Ko'pda – ko'p infeksion agentlar topildi (pnevmokokk, stafilokokk, klebsiolla, grammanfiy bakteriyalar, mikoplazmalar, zamburug'lar), to'g'ri davolash uchun bakteriologik tekshirish va uni antibiotikka sezgirligini aniqlash mumkin. Mikoplazma, xlamidiya, legionella bilan bog'liq bo'lgan atipik pnevmoniyalar ajratiladi. Ayrim dori moddalari (nitrofuran, antiaritmik,sitostatik preparatlar) kasallik chaqirishiga sabab bo'lishi aniqlandi, yoki allergiya chaqiruvchi agentlar bilan kontakda bo'lish. O'pka kasalliklarining patogenezi ancha chuqur o'rganilgan. Bu darslikda ayrim nozologik shakllar bo'yicha umumiy tushunchaga ega bo'linadi, ular ichida o'tkir bronh – o'pka infeksiyalari alohida o'rinni egallaydi.
Pnevmoniyalar.
Pnevmoniya – o'pka parenximasini infeksion yallig'lanib shikastlanishi. Pnevmoniyani ko'pinch bronh – o'pka infeksiyalari (bakterial) chaqiradi. (avvalo pnevmokokk, stafilokokk). Pnevmoniyani rivojlanishi uchun qo'zg'atuvchidan tashqari ma'lum sharoit kerak. Immun reaksiyani buzilishi: sovuqda qolib ketish, alkogolizm, yurak, buyrakning og'ir kasalliklarida, qariyalarda, ayniqsa o'pkani himoya qiluvchi mahalliy mehanizmlarni buzilishida. Klinik ko'rinishda pnevmoniyaning hamma turida istma ko'tariladi, umumiy intoksikasiya belgilari, yo'tal, o'pkada infiltrat aniqlanadi.
O'chog'ning kattaligiga va joylashishiga qarab diagnoz qo'yiladi.Quyidagi pnevmoniyalar farqlanadi.
-
Krupoz (bo'lakli) pnevmoniya
O'chog'li (segmentar yoki polisegmentar bronhopnevmoniya) pnevmoniya.
Interstsial pnevmoniya o'pka yallig'lanish infiltrasiyasining alohida turi.
-
kasalhona ichidagi pnevmoniya.
-
asperasiyali pnevmoniya.
-
immunital pnevmoniya.
Krupoz pnevmoniya
Krupoz pnevmoniya o'pkaning bir yoki bir nechta bo'lagining shikastlanishi bo'lib yallig'lanish jarayoniga plevra ham tortiladi. Shuning uchun bo'lakli yoki plevropnevmoniya deb ham ataladi. Kasallikni kelib chiqishida asosan ko'pchilik hollarda (85-90%) har hil turdagi pnevmokokklar ro'l o'ynaydi. Kam hollarda stafilokokk va Fridlender tayoqchasi chaqiradi.
Kassallik patogenezida qo’zg’atuvchiga qarshi organizmning umumiy va mahalliy (o’pka) giperergik reaksiyasi harakterli. Patomorfologik krupoz pnevmoniyaning 4 ta bosqichi farqlanadi:
-
To'plash bosqichida o'pka alveolalari birin-ketin lekin juda tez va bir vaqtning o'zida fibrinli qo'zg'atuvchisi bor yallig'lanish ekssudati bilan to'ladi/ Agar antibakterial terapiya boshlanmasa u 3-4 kundan so'ng jigarlanish bosqichiga o'tadi.
-
Jigarlanish bosqichida oldin eritrositlar paydo bo'ladi (qizil jigarlanish bosqichi), so'ngra ko'p miqdorda bakteriyalarni yutuvchi leykositlar yig'iladi (kulrang jigarlanish bosqichi). Bu 2-6 kun davom etishi mumkin.
-
Jarayon ekssudatni so'rilishi bilan yakunlanadi va o'pka parenhimasining odatdagi strukturasi tiklanadi, so'ngra funksional hususiyati me'yoriga keladi
Kasallikning klinik ko'rinishi o'ziga hos. Kasallik to'satdan o'tkir boshlanadi, bemorlar o'z shikoyatlarida kasallik boshlangan kuni, hatto soatni ham aniq aytib berishlari mumkin. Iztirobli qaltirash, qattiq bosh og'rig', yuqori isitma (39-40%) kuzatiladi. Birinchi kundanoq shikastlangan tomonda, ko'pincha yonbosh sohada sanchiqli og'riq paydo bo'ladi, bu yallig'lanish jarayoniga plevra tortilganligidan dalolat beradi.
Quruq yo'tal paydo bo'ladi, so'ngra balg'am ajrala boshlaydi, u tezda shilliq yiringli bo'lib, ko'pincha qon-fibrin aralash keladi va o'ziga hos «zangsimon» ko'rinishga ega bo'ladi.
Bemorni ob'ektiv tekshirganda nafas olish tezlashgan va yuzaki, nafas olishda qo'shimcha muskullar ishtirok etadi. O'pka shikastlangan tomonda bemorlar yuzi bir tomonlama qizargan, lab va burun qanotlarida gerpetik toshmalar paydo bo'ladi. Ko'pincha lab burun uchi, quloq uchining ko'karishi kuzatiladi. Ko'krak qafasining harakati hikastlangan tomonda susaygan (shu tomon nafas olishda orqada qoladi), tovush titrashi shu sohada ancha kuchaygan. Tukullashda timpanik belgili bo'g'iqroq tovush eshitiladi.
Eshitishda vezikulyar nafas susaygan, nafas cho'qqisida krepitasiya (g'ichirlash) (crepitatio indux) eshitiladi.
Eng katta qattiqlashish davrida bronhial nafas eshitiladi,bronhofoniya kuchaygan, bazan yirik pufakchali nam hirillashlar eshitilishi mumkin.
So'rilish bosqichida to'lish bosqichidagi nafas belgilari qaytariladi.G'ichirlash paydo bo'ladi. (crepitatio redux). Agar yallig'alnish plevraga o'tgan bo'lsa plevra isqalanishi shovqinini eshitish mumkin.
Laborator tekshirishda qonda neytrofilli leykositoz, leykositar formulani chapga siljishi bilan. EShT oshadi. K2 va V globulinlar reaksiyasi kuzatiladi. Balg'amda oqsil, eritrositlar va leykositlar ko'p bo'ladi. Rentgenda qattiq gomogen infiltrat aniqlanadi.
Krupoz pnevmoniya ancha rivojlangan umumiy og'ir kasallik bo'lganligi uchun asoratlar bo'lishi mumkin. (Plevrit, o'tkir o'pka va o'pka – yurak etishmovchiligi, bakterial – toksik shok, kollaps (AB tushib ketishi); yiringli destruktiv o'pka jarayonlari. Ayniqsa pnevmoniyada yurak qon tomirlar sistemasini nazorat qilish, yurak etishmovchiligi va kollapsni oldini olish katta ahamiyatga ega.
Bronhopnevmoniya (o'choqli pnevmoniya).
Bu o'pka parenximasining bir yoki bir nechta segmentlari shikastlanishi bilan kechadi, shuning uchun segmentar yoki polisegmentar deb ham aytiladi. Bronhopnevmoniya ko'p uchraydi, ayniqsa gripp epidemiyasi(20-73%) davrida. Kasallik sababchisi bo'lib yuqorida qayd qilingan infeksiyalarning hammasi bo'lishi mumkin., lekin ko'proq Pfayffer tayoqchasi, stafilokokk, pnevmokokk kuzatiladi.
Kasallikning rivojlanishida organizmning immunobiologik hususiyati katta ro'l o'ynaydi. Uning kelib chiqishiga ayniqsa o'pkaning surunkali kasalliklari (surunkali bronhit, pnevmoskleroz, o'pka emfizemasi, yurak-tomir kasalliklari va boshqalar sabab bo'ladi).
Klinik ko'rinishi.
Gripp, tumov o'tkazgandan so'ng kasallikning sekin asta boshlanishi harakterli. Ba'zan uni bilib bo'lmaydi. Umumiy behollik, bosh og'rig'i, ko'krakda og'riq, yo'talning kuchayishi oz miqdorda shilliq yiringli balg'am ajralishi bilan.
Agar pnevmoniya o’chog’i yuzaki joylashgan bo’lsa fizikal tekshirishda o’zgarishlar aniqlanadi. Tovush titrashi kuchayishi, tukillatish tovushining bo’g’iqroq bo’lishi, vezikulyar nafasning dag’al bo’lishi va jarangli mayda pufakchali nam hirillashlar eshitiladi. Hirillashlarning jarangli bo’lishi bronh atrofidagi to’qimaning qattiqlashganligidan dalolat beradi.
Kasallik o’chog’i ancha chuqur joylashganda yuqoridagi belgilar (jarangli hirillashdan tashqari) bo’lmaydi.
Bemorni tekshirganda (tukillatganda va eshitganda) bronhit borligi aniqlansa, ammo bemorning ahvoli unga mos kelmasa, istma 370 dan yuqori bo’lsa bronhopnevmoniya to’g’risida o’ylash kerak (M.P. Konchalovskiy).
Qonni tekshirganda o’rtacha leykositoz, biroz chapga siljish bilan. Rentgenda odatda o’pkaning pastki qismida segmentar gomogen qorayishi ko’rinadi.
Pnevmoniyani davolash.
Quyidagi guruh preparatlar qo’llaniladi:
-
Antibiotikalar
-
Balg’am ko’chiruvchi vositalar
-
Mukaltin moddalari
-
Analgetiklar
Etiologik omil aniq bo'lsa davolash onson kechadi.
Mikrobiologik tekshirish natijasi kelguncha, (spektr ta'siri keng bo'lgan antibiotik) penisillin qo'llash maqsadiga muvofiq. Agar stafilokokka yoki klebsiellaga shubha bo'lsa sefalosporinlar guruhi. Aminoglikozidlar (ko'pincha gentamisin) qo'shiladi. Atipik pnevmoniyada esa eritromisin va unig analogi azitromisin berishi foyda beradi.
O’pka yiringli kasalliklari
O'pka ho'ppozi (absess).
Bu o'pka to'qimasini (erishi) chegaralangan yiringli yallig'lanish bo'lib, morfologik yiringga to'lgan bo’shliq hisoblanadi. U atrofdagi to'qimadan granulasion va fibroz tolalar bilan ajralib turadi.
Ho'ppoz ko'pincha o'ng o'pkaning pastki qismida joylashadi. U bitta yoki bir nechta bo'lishi mumkin.
O'pka ho'ppozi ko'pincha pnevmoniyadan keyin kelib chiqadi. Bundan tashqari u bronxogen – aspirasiyadan (yot jismlar tiqilib qolganda), gematogen (yiringli embol) osteomiellitda, infeksion endokarditda.
Klinik ko'rinishi.
O'pka ho'ppozini kechishi 2 davrga bo'linadi: ho'ppozning bronhga yorilguncha shakillanish davri va yorib chiqqandan keyingi davr.
Ho'ppoz rivojlanayotgan davrda, yiring chiqmasdan oldin bemorni ahvoli ancha og'ir bo'ladi.Yiringning intoksikasiya belgilari rivojlangan, isitmasi gektik harakterga ega bo'lib ko'p terlash va qaltirash bilan kuzatiladi, nafas olish tez va yuzaki yo'tal, quruq shikastlangan sohada og'riq bo'lishi mumkin.
Qonda neytrofilli leykositoz chapga siljish bilan. Ho'ppoz yorib yiring bronxlarga chiqishi bilan bemorning ahvoli ancha yahshilanadi, istma me'yoriga keladi. Yo'tal kamayib balg'am ko'chishi ko'payadi (ko'pincha ko'p miqdorda; '' og'iz to'ladi''). Yiring ajralgandan so'ng o'pkani tukillatishda timpanik tovush eshitiladi. Eshitishda katta pufakchali nam hirillash eshitiladi, nafas bronxial yoki amforik bo'ladi.
Qonda neytrofilli leyikositoz chapga siljish bilan, EchT oshadi. Balg'am odatda yiringli, ko'pincha qon aralashi bilan o'lansa hidga ega.
Bronxoektatik kasallik.
Brohoektaziya – bronxlarning patologik kengayishi.
Bronxlar devorining qaytmaydigan deformatsiyasi- bronxoektazlar nafas a'zolari rivojlanishining genetik hususiyati bilan bo'gliq bo'lishi mumkin. Hilpillovchi epiteliyalarning harakatsizligi, a2-antitripsin etishmovchiligi, tug'ma anatomik nuqsonlar. Bronxoektazlar rivojlanishida bronxlar obstruksiyasi katta ahamiyatga ega. U bronxlarga yot jism tushganda, bronx -pulmonal limfa tugunlari kattalashganda, surunkali bronxitda yuzaga keladi. Bunga bronx – o'pka infeksiyalarining qo'shilishi ohirida bronxoektatik kasallik ko'rinishini beradi. Shakli bo'yicha varikoz, segmentli, silindrsimon qopsimon bronxoektazlar farqlanadi. Qopsimon bronxoektazlarda ayniqsa kasallik og'ir kechadi, chunki u o'pkaning orqa pastki bazal bo'lagida va o'ng o'pkaning o'rta bo'lagida joylashadi, hamda yiring chiqishi qiyin bo'ladi.
Bu kasallik uzoq vaqt kechganda unga hos asoratlar o'pka-yurak, nafas etishmovchiligi, buyrak amiloidozi, bronx o'smasi kelib chiqadi.
Klinik ko'rinishi.
Kasallik rivojlanish davriga qarab har hil ko'rinishda bo'ladi. Zo'raygan davri remissiya davri bilan almashilib turadi. Kasallik zo'rayishi isitma ko'tarilishi, ahvolni yomonlanishi bilan ko'rinadi. Eng hos belgilardan – yo'talning kuchyishi va shilliq – yiringli yoki yiringli balg'amni ko'p ajralib chiqishi, ba'zan qon aralshmasi bilan ( ayniqsa kasallik tez-tez qaytalanib turadi).
Yo'tal kuchi va balg'am ajralishi bemorning vaziyatiga bog'liq. Ertalab bemor turgandan so'ng yo'tal huruji tutib, og'iz to'la balg'am ajralishi kasallikka hos. Ertalab balg'am miqdori bir kunda ajraladigan balg'amning 2/3 qismiga teng. Balg'amning bir kunlik miqdori 0,5 – 1,0 l gacha etishi mumkin. Balg'am turib qolganda 2-3 qavatga ajraladi.
Shunga qaramasdan ba'zan kasallikning birdan bir belgisi qon tuflash bo'lishi mumkin. (quruq bronxoektazlar). Agar bronxoektazlar o'pkani yuqori bo'lagida joylashsa qon ketish havfi ko'p bo'ladi.
Ob'ektiv tekshirishda – bemorlar ozg'in bo'ladi, barmoqlari ''nog'ara cho'piga'' o'hshash va tirnoqlari '' soat oynasiga'' o'hshash bo'lib qoladi, tukullatishda o'pka pastki qirrasining harakati chegaralangan, bo'g'iqroq tovush. Eshitishda dag'al nafas, jarangli nam hirillash eshitiladi. Bu belgilar doim bir joyda bo'ladi. Rentgelologik tekshirishda kuchaygan o'pka suvrati fonida katakchali qiyshayish, o'pka hajmini kichrayishi, o'pka qirrasining zichlashishi, bronx oldi skleroz va boshqalar kuzatiladi. Ayniqsa bronxoskopiya va bronxograpiyada bronxoektazlar borligi ularning joylashishi, sabablari, qon ketish o'chog'i, bronx o'smasi aniqlanadi. Davo choralarini hal qilishda kopyuter tomografiyasi muhim.
Do'stlaringiz bilan baham: |