Tibbiyot institutlari qoshidagi


GIMENOLEPIDOZ (PAKANA GIJJA)



Download 1,52 Mb.
bet35/61
Sana21.05.2022
Hajmi1,52 Mb.
#605268
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   61
Bog'liq
Tibbiyot institutlari qoshidagi

GIMENOLEPIDOZ (PAKANA GIJJA)

Gimenolipedoz — asosan oshqozon-ichak sistemasi faoliyatini buzilishi bilan namoyon bo'ladigan surunkali parazitar kasallikdir. Gimenolepidoz peroral antroponoz kongigaoz gelmintozdir. U barcha (ayniqsa, issiq) o'lkalarda, shu jumladan Markaziy Osiyoda keng tarqalgan gijja turlaridandir.


Egiologayasi. Gimenolepidozni qo'zg'atuvchisi Hymenolepis nana (pakana gijja) nisbatan kichkina (bo'yi 1.5-2.0 sm, ayrimlari 5 sm gacha, eni 0.55-0.7 mm) gijja bo'lib, uning boshi (skoleks) da 4 ta so'rg'ichi, kichkina xartumi va 20-30 ta ilmoqlari bor, tanasi strobila, 160-1000 tachaga germofradit bo'lakcha (proglotit) lardan tashkil topgan.
U rivojlanish jarayonini odam organizmini o'zida to'liq o'tkaza oladi, shuning uchun ham odam shu gijjaga ham oraliq, ham asosiy xo'jayini hisoblanadi. Gijja tanasida 200 ga yaqin bo'lakchalari bo'lib, bu bo'lakchalar (har birida 180 tagacha) tuxumlar bilan liq to'la, bachadondan iborat bo'ladi.
Pakana gijjalar odamning ingichka ichagida yashaydi va ularning soni har bir bemorda 200 va undan ortiq bo'ladi. Boshqa tenidlardan farqli o'laroq, bu gijjaning tuxumlari faqat gijja bo'laklari tashqariga chiqarilgandan keyingana amas, balki ichakni ichida ham (bo'lakchaning yorilishi yoki undan siqib chiqarilishi yo'li bilan) ajraladi.
Bu holat bemor ichagida autoinvaziya hodasasi yuz berishiga olib keladi.
Epidemiologiyasi. Bemorning axlati bilan tashqariga ajratilgan gijja tuxumlari atrofdagi har xil buyumlarni ifloslantiradi. Bu ifloslangan buyumlardan (ayniqsa hojatxona eshigining bandlari, unitazlar, tuvaklar, o'yinchoqlar va boshqalar) kontakt yo'li bilan og'izga tushadi. Bu gijja tuxumlarining tarqalishida pashshalar ham ma'lum ahamiyatga ega.
Klinikasi. Ayrim bemorlarda gimekolepidoz klinik belgilarsiz, yoki subklinik tarzda o'tishi mumkin. Klinik namoyon kechganida esa, bemor ishtahaning pasayganligi, bosh og'rig'i, ko'ngil aynishi, goho qusish, kindik atrofida og'riq, ba'zan kuchli hurujli bo'ladi, Qorin og'rig'i ovqat yeyilishi bilan bog'liq bo'lmay, najas ko'pincha suyuq, ba'zan shilimshiq aralash bo'lishi mumkin. Ko'pchilik bemorlar tajang bo'lib qoladi, ularni bosh og'rig'i, bosh aylanishn, tez toliqish bezovta qiladi. Bolalarda vaqti-vaqti bilan mushaklar tortishishi, to'tqanoq singari tirishishlar, qisqa muddatli xushini yo'qotishlar bo'lishi mumkin. Ayrim bemorlarda qichimali toshma, vazomotor rinit, Kvinka shishi singari alomatlar, ba'zan jigar kattalashishi va uning faoliyati buzilganligi kuzatiladi.
Qonda biroz gapohrom anemiya, leykopeniya, kamdan-kam hollarda eozinofidiya, ECHT ortganligini ko'rish mumkin.
Tashxisi. Asosan bemor najasidan gijja tuxumini, yoki gajjaning o'zini aniqlashga asoslangan. Tekshiruvni uch marta takrorlash tavsiya etiladi.
Davolash. Gimenolepidozni davolashda fenasal yaxshi samara beradi. Uni 2 kundan, 5 kun oralab, 6-7 marta takror kundalik dozasi 5 yoshgacha bo'lgan bolalarda — 1g, 6-9 yoshgacha — 1.5 g, 9 yoshdan yuqori bolalar va kattalarga 2 g dan beriladi. Uni naxorda ovqatlanishidan 1.5-2 soat oldin, teng miqdorda shakar qo'shib, ozgina suv bilan ichiriladi. Bunday davolash kursini o'tkazish uchun alohida tayyorgarlik talab etilmaydi. Biroq parhyezi yengil hazm bo'ladigan taomlardan iborat bo'lishi kerak. Surgi dori berish, yoki xuqna qilishga ham xojat yo'q. Davolanish davrida va yana 3-4 kun keyin bemor xar kuni dushda yuvinishi va kiyimini almashtirib turishi kerak. Bundan boshqa ham birqancha davolash sxemalari xam mavjud.
Spetsifik davolashdan tashqari bemorga vitaminlar berib turiladi.
Profilaktikasi. Axoli (ayniqsa, bolalar) sanitariya madaniyatini orttirish shaxsiy gigayena qoidalariga rioya kilish, invaziya o'choqlarida sanitariya-gigiyena talablarini olib borish, pashshalar va kemiruvchilarga qarshi kurashish, xojatxonalarni tez-tez dezinfeksiya qilib turish singari choralar kasallik profilaktikasining asosini tashkil qiladi. Biroq gimenolepidozda ichakni o'zidan qayta-qayta yuqish (autoinvaziya) va organizmga moslashib olish (adaptatsiya) xodisasi bo'lganligi tufayli, yuqorida aytilgan tadbirlar yetarli bo'lmaydi. Shuning uchun xam gamenolepidozni yo'qotish uchun avvalo invaziya manbaini yo'qotmoq kerak. Ya'ni barcha invaziyali bemorlarni aniqlab, ularni fenasal bilan to'liq davolangandagina kutilgan natijaga erishish mumkin.



Download 1,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   61




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish