SUV CHECHAK
Suvchechak badanda o'ziga xos toshmalar toshishi bilan kechadigan o'tkir yuqumli kasallik bo'lib, uni filg'tirlanuvchi viruslat quzg'otadi.
Etiologiyasi. Kasallik qo'zg'atuvchisi virus. Kattaligi 150-200 nm. U faqat odamda kasallik qo'zg'atadi. Virus nafas yo'llari shilliq qavatida ko'payib, qonga o'tadi va terida paydo bo'ladigan pufakchalar suyuqligida saqlanadi. Virus tashqi muxit ta'siriga chidamsiz, kuritilganda tez nobud bo'ladi, 5% li glitserin eritmasida bir oygacha saqlanadi.
Epidemiologiyasi. Suvchechak keng tarqalgan, oson yuqadigan kasalliklardan xisoblanadi. Kasallik asosan kichik yoshlagi bolalarda uchraydi. Infeksiya manbai - bemor odam. U kasallikning isitmalash davridan boshlab, teridan po'stloqlar tushib ketguncha (o'rtacha 7 kun) yuqumli xisoblanadi. Virus xavo-tomchi yo'li bilan tarqaladi va atrofdagilarga tez yuqadi. Sog'lom kishi organizmiga virus nafas yo'llari orqali tushadi. Bolalar bog'chasi yaslilarda kasallik qayd etilgan xollarda u tezda shu jamoadagi ilgari kasallanmagan bolalar orasida keng taraqaladi. Ushbu jamoada 21 kun karantin e'lon qilinadi.
Suvchechak shaxarlarda qishloqlarga nisbatan ko'proq uchraydi. Yil davomida uchrab tursa xam, yish oylarida ko'proq qayd etiladi.
Klinikasi. Kasallikning yashirin davri 14-17 kun. Ayrim bemorlarda kasallikning dastlabki kunlarida mayda qizil toshmalar paydo bo'ladi. Ularni prodroma toshmalar deb atalada. Odatda ular qisqa muddatda, iz qoldirmay yo'qoladi.
Suvchechak isitmaning 38-39 S gacha ko'tarilishi bilan o'tkir boshlanadi. Kasallikning o'ziga xose toshma toshishi xarakterli xisoblanadi. Toshma dastlab qizil yoki pushti rang holida tananing barcha qismida paydo bo'ladi. Uning atrofidagi teri rangi o'zgarmaydi. Birinchi kun davomida toshma pufakchaga aylanadi. Pufakcha ichida tiniq suyuqliq bo'ladi. Bazi pufakchalarning o'rtasi botiqdir. Vezikulalarning kattaligi bir xil emas, diametri 1-2 mmdan 5-6 mm gacha bo'ladi. Ular bir kamerali bo'ladi, teshib ko'rilganda puchayib qoladi. 1-2 kundan so'ng pufakchalar quriy boshlaydi va po'stloq xosil bo'ladi. Ayrim pufakchalardagi suyuqlik yiringlashi mumkin. Oqibatda uning rangi sariq yoki sarg'ish-ko'kimtir bo'lib qoladi. U 2-3 kundan so'ng quriy boshlab, po'stloq paydo bo'ladi. 6-10 kundan so'ng po'stloqlar iz qoldirmay tushib ketadi. Po'stloq paydo bo'lgan davrda badan qichishadi. Bola uni qichiganda ikkilamchi infeksiya tushishi mumkin U yiringli yara hosil qiladi va kasallikdan so'ng chandiq paydo bo'ladi.
Suvchechakda toshmalar birdaniga toshgani bilan tugamaydi. 6-8 kun davomida toshmalar yangidan paydo bo'lib turadi. Shuning uchun bir vaqtning o'zida terida rozeola, vezikula va po'stloq bo'lishi mumkin. Toshma asosan tanaga, boshning sochli qismi, bo'yin va yuziga toshadi. Kaft va tovonda toshma kam uchraydi.
Toshma teridan tashqari og'iz shilliq qavatida: lunj va til, tanglay, tomoq yuzasiga xam toshadi (enantema). Pufakchalar mayda, dumaloq shaklda bo'lib, tez yoriladi. Uning o'rnida mayda yara paydo bo'ladi. Odatda yarachalar tez bitadi. Bu vaqtda bolada so'lik oqishi kuzatiladi, ovqatni chaynashga qiynaladi.
Umuman olganda, ko'p xollarda suvchechak o'rta og'irlikda kechadi. Isitma 38-38.5°S dan ortmaydi va 3-5 kundan so'ng pasayadi. Yengilroq xollarda tana xarorati ko'tarilmasligi xam mumkin. Kasallik gemorragik va gangrena ko'rinishida kechganida og'ir o'tadi. Yiringli yaralar eng ko'p uchraydigan asoratlari xisoblanadi.
Tashxisi. Suvchechak tashxisi asosan klinik alomatlarga asoslanib qo'yiladi. Toshma terining turli qismlarida bir vaqtning o'zida paydo bo'lishi, u rozeola, vezikula va po'stloq paydo qilishi, qaytadan toshishi tashxis qo'yishda muhim ahamiyatga ega.
Davolash. Maxsus davolash vositalari yo'q. Asosiy e'tibor ikkilamchi infeksiyaning oldini olishga qaratiladi.
Toshma toshish davrida, ayniqsa isitma bor vaqtida bolani yotqizib qo'yish kerak. Unga ishlatiladigan ko'rpa-yostiq, choyshablar va ich kiyimlar toza bo'lishi zarur. Ko'lni tez-g'yez sovunlab yuvish lozim. Bolaning tirnog'i kalta qilib olinadi. Chaqaloqlar qo'liga yumshoq to'qimadan tikilgan qo'lqopcha kiyg'izib qo'yiladi. Margansovka eritilgan suvda bolani cho'miltirib turiladi. Cho'milgandan so'ng toshmalar va po'stloqlarga brilliant yashilining spirtdagi 1 % li eritmasidan surtib chiqiladi. U bo'lmaganida 5 % li margansovka eritmasidan surtish mumkin.
Teri kuchli qichishganida sirka eralashtirilgan suv yoki 1% li mentol spirti bilan artiladi.
Og'iz shilliq qavati vodorod peroksidi yoki 2% borat kislota eritmasi bilan chayiladi. Yaralar paydo bo'lganida 2% li kumush nitrat eritmasi surtiladi.
Ko'zni ham 2% li borat kislotasi bilan yuvib turiladi. Kuniga 2-3 marta 10-20 % li alg'butsid eritmasidan tomizib turiladi.
Ikkilamchi infetsiya qo'shilganida antibiotiklar tayinlanadi. Og'ir kechganida intoksiqatsiyani kamaytirish maqsadida suyuqliklar yuboriladi. Organizmning himoya quvvatini oshirish maqsadida gammaglubulin ( 3-6 ml), vitaminlar qo'llandi.
Kasallikning oldini olish. Suvchechak bilan og'rigan bola uyida yoki shifoxonada alohidalanadi. Bemor bilan muloqotda bo'lgan, ilgari kasallanmagan bolalar 21 kungacha bog'cha yaslilarga qabul qilinmaydi. Bemor bilan muloqotda bo'lgan nimjon bolalarga 3.0 ml gammaglobulin qilish mumkin. Bemor bolayotgan xona tez-tez shamollatib turiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |