O.I.T.S va gepatit A.B.C.D.E viruslari O'tgan asrning 70-yiIlari oxirida, yana ham aniqrog'i 1978- \ ilning 1-kvartalida AQSHdagi bir qator tadqiqotchilar, gomoseksualist erkaklar orasida pnevmosistalar tomonidan chaqirilgan pnevmoniya (PP) va Kaposhi sarkomasi (KS) kabi kasalliklarning nihoyatda ko'payib, guruh-guruh bo'lib uchrayotganiga ahamivat qaratdilar (Joffe H, W.; Bregmon D. I.; Scler R. М.; Yloos A. R.. Bacchetti P..Gorman VI. et. al.; Osmend D. et. al.). Ilgarilari KS kasalligi AQSHda 10 mln kishiga 2 -6 bemorni tashkil qilar edi. Shuningdek, bu kasallik, asosan, keksalarda uchrab, uzoq vaqt davom etar, vaqti-vaqti bilan remissiyaga uchrar. toshmalar ko'pincha qo'l va oyoqlarda paydo boMar edi. Gomoseksualistlarda uchrayotgan KS esa. asosan, vosh va o'rta yoshli kishilarda. 20-45 yoshlar orasida kuzatilib, o'ta agressiv kechar, toshma elementlari boshda, badanda. og'iz shilliq qavatlarida paydo bo'lar, tezda yaraga avlanib. metastazlar berar edi.
Shundan keyin kasalliklarni nazorat qilish markazi, tibbiyotda yangi tushuneha bo'lgan. ingliz tilida Acquired Immynodeficiency syndrome (AIDS), va'ni Orttirilgan Immun Tanqisligi Sindromi (OITS) deb nomlangan yangi nozologik bil l ikni amaliyotga kiritdilar. 1981- yil 1- iyundan e'tiboran CDC mamlakat miqyosida bu kasallikni aniqlash va qayd qilish tizimini joriy qildi. OITS bilan xastalangan birinchi bemorlar boMib Kaliforniva shtatining markazi bo'lgan San-Fransisko shahridagi pnevmosistali pnevmoniyaga duchor bo'lgan va vrachlar nazorati ostida turgan 5 ta gomoseksualist-bemor qayd qilindi. Tez fursat ichida shunga o'xshash bemorlar AQSHdan boshqa mamlakatlarda - G'arbiy Yevropada. Afrikada. l.otin Amerikasida, Avstraliyada ham aniqlana boshlandi. Jahon Sog'liqni Saqlash tashkiloti (JSST) OITS bilan og'rigan bemorlarni qayd qila boshladi va har haftalik epidemiologik byulletenda vangidan aniqlangan bemorlar haqida axborot berib bordi. Dastlabki paytlarda yuqoridagi bemorlardagi immunitet yetishmovchiligi fenomenini gomoseksualist - erkaklarning seksual xulqidagi o'ziga xoslik bilan izohlamoqchi bo'ldilar. To'g'ri ichakka tushgan sperma suyuqligi bu shaxslarda immun tanqisligi chaqirishi shak-shubhasiz isbotlandi. Limfotsitlarning tanlab zararlanishi7 www.ziyouz.com kutubxonasi ni begona spenna bilan birga limfotsitlar ham tushishi oqibatida qonda ularga qarshi autoantitanachalar paydo bo'lishi bilan izohladi. Bundan tashqari. gomoseksualistlar tomonidan to'g'ri ichak tonusini pasaytirish va orgazmni kuchaytirish maqsadida qabul qilinadigan amilnitrit va butilnitrit kabi preparatlar ham immunodepressiv ta'sir qilishi aniqlandi. Narkomanlar orasida OITSning paydo bo'lganligini narkotik moddalarning immunodepressiv ta'siri bilan izohladi (Rowesson S. О : Jordengen K. A.: Le\v .1. A.; Jiegler J. L.; Rubinstein A.; Sickleck М.; Gupta A. et. al.)Narkoman voki biseksual erkak bemorlarning ayollardan iborat bo'lgan jinsiy sheriklari orasida kasallikning dastlab paydo boiishining o'ziyoq, ushbu kasallikni infeksion agent chaqirishi va bu infeksiya jinsiy aloqa paytida yoki narkotik nioddalarni guruhlashib qabul qilganda inyeksiya qilingan shpris ignasida qolgan qon orqali o'tishini shak-shubhasiz ko'rsatib berdi. Xuddi shu davrda. y a ’ni 1982- yilning bahorida. gemofiliya bilan og'rigan bemorlarga qon preparatlarini quyish orqali ushbu kasallik yuqqan hollar ham aniqlandi. 1982- \ilning oxiriga kelib. epidemiologik holat OITS yuqumli infeksion kasallik ekanligini yaqqol ko'rsatib turar edi. OITSni gerpes guruhiga mansub bo'lgan viruslar (sitomegaloviruslar, Epshteyn-Barr virusi. oddiy gerpes virusi) yoki В gepatiti virusi tomonidan chaqirilgan infeksiyaning alohida. o'ziga xos namoyon bo'lishi deb qarashlarning noto‘g'riligi tez orada m a'lum b o ’ldi (Macek C.). AQSHlik olimlar M. Esseks va R. Gallo hammualliflari bilan birga OITS kasalligini chaqiruvchi virus, odamlarda T-levkemiya chaqiruvchi. fanga ma'lum bo'lgan HTLV-I deb nomlanuvchi viruslarning har bir turi bo'lsa kerak deb faraz qildilar. Bu olimlarning gipotezasi shunga asoslangan ediki. HTLV-I virusi ayrim hollarda. mushuklarda va sichqonlarda. odamdagi OITSga o'xshab ketadigan immun tanqisligini chaqirar edi. Olimlarning dastlabki tekshirishlari xuddi bu gipotezani tasdiqlagandek bo‘ldi: OITS bilan o g ‘rigan 20—30 % bemorlar qonida yuqorida ko'rsatilgan T-leykemiya virusiga nisbatan antitanachalar topildi, 3 ta bemorda esa virusning o'zi ajratib olindi (Essex М.; Me Lane M. 8 www.ziyouz.com kutubxonasi P.: Lee Т. Н. et. al.: Gallo R. S.; Sarin P. S.; Gelmann Ye. et. al.). 1983- yili Kold-Spring Xarborda bo'lib o'tgan. OITSga bag'ishlangan simpoziumda R. Gallo o'zining gipotezasini olimlarga havola qildi. R. Gallo va uning hammualliflari bir yil mobaynida o'zlarining xaqliklarini isbotlamoqchi bo'ldilar, ammo ular topgan HTLV-I virusi immunitetning pasayib ketganligidan foydalangan «opportunistik» infeksiya bo'lib chiqdi. OlTSning virusli gepatit bilan etiologik aloqasi ham ко'rib chiqildi. Ayrim mualliflar OITSni chaqiruvchi agent defekt virus bo'lib. ular В gepatiti infeksiyasi mavjud bo‘lgan taqdirdagina o'zining infeksion xususiyatlarini namoyon qila oladi deb hisoblardilar (Me Donald М. I.; Hamilton I. D.: Durack D. Т.). Boshqa birlari esa. bemorga ta'sir qiluvchi har xil omillar (narkomaniva. chekish, antigen yuklamalar va h. k.) gepatit В virusining OITS chaqiruvchisiga aylanishiga olib keladi deb hisoblaganlar (Revonhalt R. Г.). Xuddi shu davrda. 1982- yildan boshlab, Parijdagi Paster nomli institutda virusolog L. Montane, epidemiolog J. B. Brvune. immunolog D. Klatsman hamda bir necha klinitsistlardan iborat bo'lgan guruh OITSni chaqiruvchi infeksion agentni izlash borasida o'z ishilarini boshladilar. Ular ham OlTSning qo'zg'atuvchisi HI LV tipiga mansub retroviruslar bo'lishi mumkin deb faraz qildilar.
Shuningdek. ular virusni kasallikning oxirgi davrida emas, balki uning endi birinchi alomatlari paydo bo'lgan dastlabki bosqichida, masalan. limfadenopatiya bosqichida izlash kerakligini angladilar. Chunki bu davrda hali limfotsitlar butunlay qirilib ketmagan, immun tanqislik rivojlanmagan,