Aim.uz
Osiyoning yangi industrial davlatlari.
Reja:
1. YAID tavsifi.
2. YAXD taraqqiyot modeli.
3. Janubiy Koreya.
4. Singapur.
5. Indoneziya.
6. Muanma (Birma) ittifoqi.
7. Malayziya.
XXI asr 60-yillarida rivojlanayotgan davlatlar ichidan Yangi Industrial Davlatlarning (YAID) ajratib chiqish davri bo’ldi. Bugungi kunda bunday davlatlar Lotin Amerikasi va Osiyoda mavjud. Osiyoda ularning eng rivojlangani Janubiy Koreya va Singapur bo’lsa, Lotin Amerikasida Argentina, Braziliya va Meksikadir. Mutaxassislar YAID qatoriga Malayziya, Tailand, Hindiston, Chili, Kipr, Tunis, Turkiya, Indoneziya: Filippinni ham kiritiladilar.
Birlashgan Millatlar tashkilotining hisoblash uslubiga ko’ra, u yoki bu davlatni yangi industrial davlatlar safiga qo’shilishda quyidagi ko’rsatkichlar hisobga olinadi.
1) yalpi ichki mahsulotning aholi jon boshiga taqsimoti ko’rsatkichlari
2) yalpi ichki mahsulotning yillik o’sishi sur`at (qo’shimcha)
3) qayta ishlash sanoatining yalpi ichki mahsulotdagi solishtirma salmog’I (u 20 foizdan yuqori bo’lishi zarur)
4) sanoat mahsulotlarining eksportdagi salmog’I
5) xorijga chiqarilgan investitsiya salmog’i.
Bu ko’rsatkichlar bo’yicha YAID rivojlanayotgan davlatlardan ajratib turadilar.
Yangi industrial davlatlar shakllanishida chet el sarmoyasi katta rol o’ynaydi. Chunonchi, 80 – yillarning birinchi yarmida YAID iqtisodiga kiritilgan sarmoya chet davlatlarining rivojlanayotgan davlatlar iqtisodiga kiritilgan jami sarmoyasining 42 foizini tashkil etdi. YAID iqtisodiga eng ko’p sarmoya kiritgan davlat AQSH (chetga chiqarilgan barcha sarmoyalarning 10 foiz)dir.
1995 – yilda xalqaro tashkilot – “Iqtisodiy hamkorlik va rivojlantirish tashkiloti” Janubiy – Sharqiy Osiyo davlatlari orasida birinchi bo’lib Singapurga industrial rivojlangan davlat maqomini berdi.
30 – yil ichida barqaror iqtisodiy taraqqiyot Singapurni kichik bir bandargohdan jahondagi ehg boy davlatlardan biriga aylantirildi (yalpi ichki mahsulotning aholi jon boshiga taqsimoti hajmi bo’yicha dunyoda 9 – o’rinda turadi). Shu yili aholi jon boshiga o’rtacha daromad 22300 AQSH dollarini tashkil etdi.Keyingi o’rinda yaponiya turadi.
Ayni paytda quyidagi omillar ham transmilliy korporatsiyalarining aynan Osiyo hududiga kirib kelishida katta rol o’ynaydi.
- Osiyo YAIDining qulay geografik o’rni. Ularning deyarli hammasi dunyo iqtisodiy yo’llari kesishgan nuqtalarda hamda AQSH va Yaponiyaga yaqin joylashgan.
- YAIDda mustahkam siyosiy qayta qurishlarning iqtisodiy islohatlar manfaatiga xizmat qilganligi.
- Osiyo YAID aholisining o’ta mehnatkashligi, tirishqoqligi, intizomliligi.
YAID o’z iqtisodiyotini rivojlantirishdaquyidagi ikki modeldan birini tanlaganlar.
- milliy iqtisodiyotni tashqi bozor – eksportga yo’naltirilgan holda rivojlantirish.
- milliy iqtisodiyotni import o’rnini o’zi qoplashi yo’nalishida rivojlantirish.
- Birinchi yo’l samarasi AQSH, G’arbiy Yevropa va Yaponiya tajribasida isbotlangan edi. Osiyoning YAID ham asosan shu modelni qo’lladilar.
Lotin Amerikasining YAID esa asosan ikkinchi modelni qo’lladilar.
Koreya 1910 – yilda Yaponiya mustamlakasiga aylangan edi. Bu hol 1943 – yilgacha davom etdi. 1943 – yilda Koreya mustaqillikka erishgan bo’lsada, keyinchalik u ikki davlatga bo’linib ketdi. Bu – 1945 – yilda Koreyaning shimolini SSSR armiyasi, janubini esa AQSH armiyasi egallaganligiing oqibati bo’ldi. Potsdam konferensiyasi 1945 – yilda 38 – parallel kenglikni SSSR va va AQSH armiyasi o’rtasidagi chegara chizig’I deb belgilangan.
1948 – yilning 15 – avgustida Koreyaning janubida Li Sin Man boshchiligida Koreya Respublikasi, tshkil topdi. 9 – sentyabrda esa shimolda Kim 1r Sen boshchiligida Koreya Xalq Demokratik Respublikasi tuzilganligi e`lon qilindi. 1950 – yilda bu ikki koreya davlat o’rtasida urish harakatlari boshlandi. Bu urushga AQSH, SSSR va XXR ham aralshdi. Ikki yillik muzokaralardan so’ng, nihoyat, 1953 – yilning 27 – iyunida yarash bitimi imzolandi.
Shimoliy Koreya sovet nusxasidagi :sotsializm” qurishga kirishdi. Buning oqibatida u Osiyoning eng kam taraqqiy etgan davlatlaridan biriga aylandi. 1994 – yilda Kim Ir Sen vafot etgach, uning o’g’li Kim Chen Ir prezidentlik lavozimini egalladi 1994 – yilda aholi jon boshiga, 920 dollarlik yalpi ijtimoiy mahsulot ishlab chiqarildi. Shunday bo’lsada, Shimoliy Koreya zo’r berib qurollanmoqda. Hatto, o’z atom bombasi va uni mo’ljalga etib qo’yuvchi vositalarga ega bo’lish imkoniyati reallikka aylanishi mumkinligi jahon hamjamiyatini tashvishga solmoqda.
Janubiy Koreyada Li Sin Man 1960 – yilda o’ldirilgach, hokimiyat Pak Chjon Xi qo’liga o’tdi. U ham 1979 – yilda o’ldirildi va 1980 – 1987 – yilarda prezidentlik lavozimini Chon Du Xvan boshqardi. 1987 – yilgi saylovlarda general Ro De Vu g’alaba qildi. 1993 – yilgi saylovlarda esa Kim Yan Sam hokimiyatni egalladi. Koreya 60 – 70 – yillarda juda tez taraqqiy qildi. Hukumat markazlashdi. DEU, Samsung, Xyundoy, Lak – Goldstar kabi kompaniyalar juda katta foyda oldilar. Kemasozlik, avtomobilsolik, elektronika va boshqa sohalar o’ta tez rivojlandi. 1997 – yilda inqiroz tufayli yuzlab korxonalar sindi. Xalqaro valyuta fondidan 47 mlrd. dollar qarz oldi. Bu davrda koreya xalqi haqiqiy vatanparvarligini ko’rsatdi. Fuqarolar milliardlab pul yig’dilar, ayollar oxirgi taqinchoqlaricgacha davlatga topshirdilar.
Janubiy Koreya bugungi kunda dunyoning eng taraqqiy etgan davlatlaridan biriga aylandi. Chunonchi, 1994 – yilda aholi jon boshiga ishlab chiqarilgan jami ijtimoiy mahsulot 11270 dollarni tashkil etdi. No Mu Xyon – mamlakat prezidentidir.
Janubiy Koreya – O’zbekiston munosabatlari yildan – yilga rivojlanib bormoqda. Janubiy Koreyaning O’zbekistonda qo’ygan kapitali 1 mlrd. dollardan oshdi. 128 ta qoshma korxona ishlamoqda.
Singapur 1958 – yilgacha Buyuk Britaniya mustamlakasi bo’lib keldi. 1959 – yilda unga Britaniya Hamdo’stligi tarkibida muxtoriyat maqomi berildi. 1963 – yilda esa Malayiya federatsiya tarkibidan chiqdi va 9 – avgust kuni o’zini mustaqil respublika deb e`lon qildi.
Mustaqillik yillarida Singapur Janubi – Sharqiy Osiyoning eng rivojlangan davlatiga aylandi. 1994 – yilda aholi jon boshiga 19940 dollarlik yalpi mahsulot ishlab chiqarildi va jami yalpi mahsulot 57 mlrd. dollarni teshkil etdi. Bu yerda hozir 4 mln aholi yashaydi. Tug’ilish kamaymoqda. Yiliga 50 ming bola tug’iladi. Bosh vazir Go Chak Tong millatni ko’p farzand ko’rishga chaqirdi. S. R. Natan mamlakat Prezidenti lavozimida ishlamoqda.
1942 – yilda Yaponiya tomonidan bosib olingan Indoneziya 1945 – yilda ozod bo’ldi va 4 sentyabrda Sukarno (1901 – 1970) boshchiligida hukumat tuzildi. Lekin 1947 yil iyulida Gollandiya bostirib kirdi. BMT ning aralashuvi va AQSH ning ta`siri bilan 1949 – yilda Gollandiya Indoneziya mustaqilligini tan oldi. 1950 yilda Sukarno Indoneziya unitary respublikasini e`lon qildi.
Iqtisodiyotni rivojlantirishga alohida e`tibor qaratildi. Neft konlari, kauchik plantasiyalari milliylashtirildi. Oziq – ovqat, to’qimachilik mollari, tayyor kiymlar tayyorlash kuchaytirildi. Tabiiy boyliklar xalq qo’liga o’tdi.
1968 – yilga kelib general Suxarto president bo’ldi va mamlakatni 1998 – yil iyunigacha boshqardi. Bu davrda mamlakatda iqtisodiy va siyosiy barqarorlik hukm surdi. 1970 – yilning oxiriga kelib Indoneziyaga Amerika, Yaponiya va boshqa davlatlar kompaniyalari 1,3 mlrd. dollar miqdorida investitsiya kiritdilar. Kapital asosan kon sanoati, daraxt kesish va baliq ovlash sohalarida kiritildi. Milliylashtirilgan korxonalar egalariga qaytarildi. Indoneziya siqilgan tabiiy gaz, neft eksport qiluvchi davlatga aylandi. 90 – yillarda 4 – yil ichida 35 mlrd. dollar miqdorida xorijiy kapital kirtildi. Turli avtomabillar, zamonaviy samolyotlar yig’ildi. Lekin 1997 – yilda mamlaatda iqtisodiy inqiroz yuz berdi. 70 foiz korxona, banklar yopildi, ishsizlar soni 20 mln. ga yetdi, tashqi qarz 138 mlrd. dollarni tashkil etdi.
1998 – yil iyunda president Suxarto iste`foga chiqib, noyabr oyida B. Habibiy prezidentlik lavozimini egalladi.
1999 – yil oktabrda umumxalq saylovlari natijasida musulmon diniy partiyasi (Naxdatul Ulamo) rahbari A. Vohid Prezident qilib saylandi. U ham vaziyatni barqarorlashtira olmadi. Inflatsiya 20 foizga yetdi. 1975 – yilda Gollandiyadan tortib olingan Sharqiy Timor mustaqillikka erishdi. Achexa ham shunday huquqni qo’lga kiritdi. 2001 – yildan Megavati Sukarnopuri mamlakat Prezidenti lavozimini to’la egalladi. Indoneziya hozirgi kunda neft mahsulotlari, sanoat gazi, rezina, ko’mir, mis, qo’rg’oshin, nikel, baliq mahsulotlari, kofe va choyni katta miqdorda eksport qiladi.
Buyuk Britaniya mustamlakasi bo’lgan Myanmani 1942 – yilda Yaponiya butunlay bosib oldi. 1947 – yil 24 – sentabrda Ta`sis Majliosi Birma Ittifoqi Konstitutsiyasini qabul qildi. 1947 – yil 17 – oktabrda Xalq ozodligi antifashistik ligasi yangi president U Nu Buyuk Britaniya bilan shartnoma imzoladi. Unga muvofiq Birma Ittifoqi 1948 – yil 4 – yanvardan mustaqil deb e`lon qilindi. U Nu Bosh vazir etib saylandi va 1952 – yilgacha mamlakatni boshqardi.
Mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirish uchun g’alla, makkajo’xori, paxta, shakarqamish, jut va boshqa mahsulotlar ko’paytirishga harakat qilindi. Guruch tozalash, yog’, choy, tamaki, shakar ishlab chiqarish korxonalari yangi texnologiyalar bo’yicha rekonstruksiya qilindi.
1952 – 1957 – yillarda Ba U, 1957 – 1962 – yillarda U Vin Maung prezidentlik qildilar.
1962 – yil martda harbiylar general Ne Vin boshchiligida davlat to’ntarishini o’tkazdilar. 1947 – yilgi Konstitutsiya bekor qilindi. Endi mamlakat Birma Ittifoqi Sotsialistik Respublikasi deb atala boshladi. Yangi sotsialistik jamiyat qurish 1988 – yilgacha davom etdi.
1988 – yilda mamlakat Myanma Ittifoqi deb ataldi va U So Maung prezidentlik lavozimini egalladi. Endi bozor iqtisodiyotiga o’tish boshlandi. Ahvol yaxshilandi. Chet el investitsiyasiga keng yo’l ochildi. Yalpi mahsulotning o’sishi yiliga 8 foizga ko’tarildi. Hozirgi vaqtda rangli metallar, neft, kumush, qimmatbaho toshlar qazib chiqarish, neftni qayta ishlash, metallurgiya kombinatlari, qo’rg’oshin – rux korxonalari rivojlangan.
Malayziya davlati yetarli, xususan “Nort Barkes” kompaniyasiga qarashli Shimoliy Borjo, Malakka orolining janubiy qismi, Kalimantan oroli shimolidagi saravak va Sabak urushgacha bo’lak – bo’lak holda buyuk Britaniya mustamlakasi edi. 1941 – yil 8 – dekabrda Malakka oroliga yaponlar bostitib kirdi va 1942 – yil fevralda uni butunlay egalladi. 1945 – yilda inglizlar kelib Malayya ittifoqini tuzdilar. Lekin u ham uzoq yashamadi. 1947 – yilda Birlashgan xalq fronti yuzaga keldi, u yosh davlat mustaqilligini mustamlashda asosiy kuch bo’lishi kerak edi.
1948 – yil 1 – fevralda Malayziya federatsiyasi tuzildi. Singapur ajratildi. Konstitutsion monarxiya tuzimi o’rnatildi.
1957 – yilga kelib hozirgi G’arbiy Malayziya mustaqil deb e`lon qilindi. 1963 – yilda Singapur, Saravak va Sabak Malayziya Federatsiyasi tarkibiga kirdi va mamlakat birlashtirildi. Lekin 1965 – yilda Singapur federatsiya tarkibidan chiqib, o’zini mustaqil deb e`lon qildi.
Mamlakat iqtisodining asosini qayta ishlash, tog’ – kon sanoati va qishloq xo’jaligi tashkil etadi. Malayziya jahonning 50 foiz kauchigini, 40 foiz qalayini ishlab chiqaradi. Ularning qariyb yarmini ingliz kapitali nazorat qiladi. AQSH va yapon kapitali ham katta ta`sirga ega. Elektr texnika, neftni qyta ishlash, kimyo, metallurgiya, avtomabil sanoati, rivojlangan. Tabiiy kauchik, kakao, palma yog’I, qalampir, ananas yetishtiriladi va eksport qilinadi. malayziya tashqi siyosatda qo’shilmaslik yo’lini tutgan. ASEANga a`zo.
Nazorat uchun savollar:
1. YAXD qaysi ko’rsatkichlar aniqlaydi?
2. YAXD iqtisodiy taraqqiyotning qanaqa modellari mavjud?
3. Singapur qachon mustaqillik e`lon qildi?
4. Birma iqtisodiyotining qaysi yo’nalishlar rivojlangan?
5. Janubiy Koreya va O’zbekiston aloqasi haqida nima bilasiz.
Tayanch iboralar:
1. YAID – Yangi industrial davlatlar.
2. Muanma – 1988 yildan Birmaning yangi nomi.
3. YaMM – Yalpi Milliy Mahsulot.
Bu nomlarni yodda tut:
Li Sin Man, Kim Ir Sen, Kim Yan Sam, Chon Du Xuan, Megavati Sukarnopuri.
Aim.uz
Do'stlaringiz bilan baham: |