Tibbiyot institutlari qoshidagi



Download 1,52 Mb.
bet16/61
Sana21.05.2022
Hajmi1,52 Mb.
#605268
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   61
Bog'liq
Tibbiyot institutlari qoshidagi

SALMONELLYOZLAR


Salmonellyozlar o'tkir ichak kasalliklari orasida muxim o'rin tutadi. Kasallik asosan me'da-ichak sistemasining jaroxatlanishi va intoksikatsiya alomatlari bilan kechib, klinik manzarasi turlicha namoyon bo'ladi.


Etiologayasi. Salmonellyoz qo'zg'atuvchilari juda yetlma-xil bo'lib, ichterlama va paratif qo'zg'atuvchilaridan farqli ravishda ko'pincha o'tkir gastroenterit alomatlari bilan kechadigan kasallik qo'zg'atadi. Salmonellyoz kasalligining qo'zg'atuvchisi dastlab kasal hayvonlardan, keyinchalik bemor odamlardan topilgan. Kasallik qo'zg'atuvchisi deb xisoblangan Salmonella enteritidis mikroblariii ilk bor 1888 yilda Gartner kashf etgan. Shu davrdan boshlab salmonellalarning juda ko'p yangi serovarlari topilgan. Hozirgi kunda salmonellalarning 2600 dan ortiq serovari ma'lum.
Kaufman-Uayt taklif etgan xalqaro tasnif bo'yicha antigen tuzilishiga ko'ra salmonellalar kuyidagi asosiy guruxlarga bo'linadi: A, V, S, O, YE, G’ va x.k. Odamda kasallik qo'zg'atadigan salmonellalar asosan V, S va O guruxlariga mansub.
O'zbekistonda salmonellezlar 1960 yillardan boshlab chuaqu o'rganib kelinmoqda, Hozirgi kungacha respublikada V, S, O va YE guruxlariga mansub salmonellalarning 100 dan ortiq serovari aniqlangan. Ular orasida eng ko'p uchraydiganlari S.tifi murium, S.enteritidis, S.nyuport, S.anatum, S.geydelberg va boshqalar xisoblanadi.
Salmonellalar qayrilgan tayoqcha shaklida bo'lib, uzunligi 1-3 mikron, yo'g'onligi 0.5 mikron. Tanasida gir aylana joylashgan xivchinlari bor. Ular yordamida tez xarakat qiladi. Kuchsiz ishqoriy muhit (rN=7,4-7.5) da yaxshi o'sadi. Salmonellalar mayda koloniyalar xosil qilib o'sishi o'ziga xos xisoblanadi.
Mikrob tanasida O-antigen, hivchinlarida N-antigen mavjud. Ba'zi serovarlarida O-antigen tarkibnda VI-antigen xam bor. O-antigen tuzilish xususiyatlariga qarab, salmonellalar turli serovarlarga bo'linadi, O-antigen qizdirishga chidamli. Shu tufayli 2.5 soatgacha qaynatilggnida xam parchalanmaydi (salmonella mikroblari tushib qolgan xolda saqlangan ovqatni isitib iste'mol qilinsa xam, baribir kasallik ro'y berishi mikrobning shu xususiyati bilan bog'liq). N-antigen qizdirishga chidamli, 75-100°S da isitilganida, xlorid kislotasi va alkogol ta'sirida tez parchalanada.
Salmonellalar tashqi muxitda boshqa ichak guruxi mikroblariga nisbatan ancha chidamli. Ular quruq va past xaroratli muxitda yaxshi saqlanadi. Sut va sut maxsulotlarida salmonellalar 40 kungacha yashashi mumkin. Go'shtda uy sharoitida salmonellalar 15 kungacha, sovutqichda esa 60 kungacha saqlanib turadi. Tuxum va undan tayyorlangan mahsulotlarda, non va boshqa oziq-ovqat mahsulotlarida ham salmonellalar uzoq vaqt yashashi mumkinligi isbotlangan. Ko'k piyoz, bodring va boshqa sabzavotlarda 14-15 kungacha saqlanib qolada.
Epidemiologiyasi. Salmonellez ilgari hayvonlar kasalliga deb hisoblangan. So'nggi yillardagi ilmiy izlanishlar natijasida infeksiyaning asosiy manbai hayvonlar bo'lsa ham, ulardan odamga, hatto bir odamdan boshqalarga ham o'tishi mumkinligi isbotlangan. Shuning uchun salmonellezlar hozir eooantroponoz kasalliklar guruhiga mansub hisoblanadi. Salmonellez keng tarqalgan kasallik bo'lib, barcha davlatlarda shok ro'y berishi uchraydi.
Hayvonlar orasida infeksiya manbai sifatida qoramol muhim o'rin tutadi. qoramolda salmonellez yaqqol ifodalangan kasallik yoki bakteriya tashuvchilik ko'rinishida kechishi mumkin.
Ularda asosan s.dublin, s.enteritidis va s.tifi murium topiladi. Cho'chqa va parrandalar orasida ham salmonellez ko'p uchraydi. Kasal parrandalarning go'shti ham, tuxumi ham salmonellalar bilan zararlangan bo'ladi.
Bemor odam yoki bakteriya tashuvchi xam infeksiya manbai bo'la oladi. Infeksiya manbai sifatida odamning o'rni xayvonlar o'rniga nisbatan kam. Odamdan kasallik atrofdagilarga asosan kundalik bevosita muloqot yo'li bilan, ifloslangan anjomlar vositasida tarqaladi. Bemor yoki bakgeriya tashuvchi ovqat tayyorlash, tashish, sotish bilan mashg'ul hollarda salmonellalar boshqa ichak infeksiyalaridagi kabi ovqat mahsulotlari vositasida tarqaladi.
Salmonellez tarqalishida asosiy omil ovqat mahsulotlari hisoblanadi. Bunda mikrob sog'lom odam organizmiga zararlangan hayvon go'shti yoki tuxumi vositasida og'iz orqali tushadi. Ba'zi hollarda kasal xayvon chiqindilari suvga tushib, suv odamlar orasida salmonellez tarqalishida asosiy omil bo'lib hisoblanadi. Kasallik ushbu yo'l bilan tarqalganida odatda, shu suv manbaidan foydalanadigan aholi orasida salmonellez katta yo kichik avj olish holida qayd etiladi.
Oilada katta yoshdagi odam salmonellez bilan og'riganida muloqot orqali kasallik atrofdagi bolalarga, ayniqsa, go'daklarga tarqalishi mumkin. Xastalikning bunday yuqishi ayniqsa tug'ruqxonalar va go'daklar bo'limida ko'proq uchrab turadi. Tibbiyot xodimlari, shifoxonaga yotqizilgan homilador ayollar, go'daklar orasida salmonellyoz kasalliga yoki bakteriya tashuvchilar bo'lganida, tibbiyot muassasalarida kasallik avj olishi kuzatiladi. Ularning kelib chiqishiga o'sha joyda sanitariya-gigiyena talablarining qo'pol ravishda buzilishi sabab bo'ladi.
Respublikada salmonellyoz Yevropa davlatlariga nisbatan kamroq; xollarda uchraydi. Bu xolat, fikrimizcha, maxalliy axolining ovqatlanish an'analari — ovqatni yaxshi qaynatib yoki qovurib tayyorlash odati bilan xam bog'liq bo'lsa kerak. U asosan sporadik kasallik sifatida qayd qilinadi. Bazan cheklangan avj olishlar kuzatiladi. Kasallik yil davomida uchrab tursa xam, yoz-kuz oylarida ko'proq kayd etalada. Kattalarga nisbatan bolalar orasida salmonellyoz ko'proq uchraydi. Ayniqsa, 3-yoshgacha bo'lgan bolalar kasallanadilar. Salmonellez ko'proq sun'iy ovqatlanadigan bolalarda uchrashi isbotlangan. Ko'krak suti emadigan bolalar ularga nisbatan 3 marta kam kasallanadi.
Patogenezi. Mikrob odam organizmiga faqat og'iz orqali tushadi. Salmonellyozda asosiy patomorfologik o'zgarishlar I me'da-ichak yo'llarida rivojlanadi. Uning qay darajada ifodalanishi bemor organizmining kasallanish davridagi xolatiga ko'p jixatdan bog'liq. Keyinga yillarda aniqlanishicha, salmonellalar xalok bo'lganida ajraladigan endotoksin ta'siridan tashqari, mikrobning boshqa xususiyatlari xam o'rin tutadi. Salmonellalar og'iz bo'shlig'i va ingichka ichakning epiteliy xujayralari ichiga qirish qobiliyatiga va u yerda ko'payib, xujayra parchalovchi (sitopatogen) ta'siriga ega ekanligi aniqlangan. Bu esa kasallik patogenezida muxim axamiyat kasb etadi.
Salmonellalar og'iz orqali organizmga tushgach, og'iz bo'shlig'i, ichak shilliq qavati va limfoid to'qimalar orqali qon va limfaga o'tib, yangi a'zolarga tarqaladi. Keyingi bosqichda salmonellalar xujayradar ichiga kirib oladi va ularni kemira boshlaydi. Natijada suv va elektrolitlar almashinuvi buziladi. Gastroenterit alomatlari yuzaga keladi. Endotoksin ta'sirida va degadratatsiya tufayli yurak-tomir sistemasi faoliyati buziladi. Nerv-gumoral boshqarish mexanizmi izdan chiqadi. Bu klinik jihatdan intoksikatsiyada degidratatsiya alomatlari bilan namoyon bo'ladi. Keyingi bosqichda organizmning ximoya kuchlari ishga tushib, ko'pincha kasallik tuzalish bilan yakunlanadi.
Klinikasi. Kasallikning yashirin davri bir necha soatdan 1-2 kungacha. Xastalik odatda o'tkir boshlanadi. U yengil, o'rtacha og'irlikda va og'ir turda kechishi mumkin. Nimjon, chala tug'ilgan, sun'iy ovqatlanadigan bolalarda salmonellyoz ko'pincha og'ir o'tadi. Keksa yoshdagilarda ham kasallik ko'pincha og'ir va uzoq kechadi.
Salmonellyoz ovqat vositasida yuqqan hollarda kasallik ovqatdan zaharlanish toksikoinfeksiya ko'rinishida namoyon bo'ladi. Kasallik yengil kechganida bemorning umumiy ahvoli kam o'zgaradi. Tana harorati deyarli ko'tarilmaydi. Qorinda biroz og'riq bo'ladi, ich buzilib, kuniga 3-5 marta suvdek ketadi. Og'irroq hollarda intoksikatsiya va diareya sindromiga xos alomatlar yaqqol ifodalanadi. Umumiy lohaslik, ishtaxa yo'qolishi, ko'ngal aynishi, tana haroratining ko'tarilishi ingoksikatsiya alomatlari hisoblanadi. Harorat 38-39°S gacha, og'ir hollarda 40°S gacha ko'tariladi.
Salmonellyozda diareya sindromi o'tkir gastroenterit, hatto gastroengerokolit alomatlari bilan namoyon bo'ladi. Qisqa muddatli umumiy alomatlardan so'ng qusish boshlanadi. U odatda bir necha marta takrorlanadi. Odatda biroz keyikroq ich surishi qo'shiladi. Avval ich suyuq holda tez-tez keladi, najas o'zgarmaydi. 3-4 martadan so'ng ich suvdek bo'lib, ko'p miqdorda keta boshlaydi. udda shilliq, ba'zan qon aralashgan bo'ladi. Ba'zan nch suyuq kelsa xam, unchalik qo'p miqdorda bo'lmaydi. Ahlat ko'kimtir tusda bo'ladi. Korin turib-turib “mijig'lab” og'riydi. Ichburug'dagiga o'xshab tinimsiya qatnash salmonellyozda kam uchraydi.
Kasallik og'ir kechgan hollarda organizmda suvsizlanish (degidratatsiya) ro'y beradi. U ko'proq bolalarda uchraydi. Odatda, salmonellyozda degidratatsiya 11-111 darajagacha boradi. Juda og'ir kechganidagina, degidratatsiya VI darajaga borib, gapovolemik shok ro'y berishi mumkin.
Bemorni kuzdan kechirganda, ko'pincha yuz va tana terisi oqargan bo'ladi. Paypaslab ko'rganda teri kuruqshab qolgan, elastikligi yo'qolgani aniqlanadi. Tomir urishi tana haroratiga monand ravishda tezlashadi, tarangligi pasayadi. Qon bosimi tushadi. Yurak tonlari bo'g'iq bo'ladi. Og'irroq hollarda boldir mushaklarida tirishish kuzatiladi. Bemor ko'p chanqaydi. Tili qurib qoladi, karash bilan qoplanadi.
Qorin ba'zida biroz kepchigan bo'ladi. Paypaslab ko'rganda qorinda tutash og'riq seziladi. Ayniqsa, kindik atrofida og'riq kuchli bo'ladi. Ba'zan jigar kattalashgani aniqlanadi.
Davolash erta boshlanib, to'g'ri olib borilsa, 2-3 kunda bemorning ahvoli yaxshilanadi. Qusish, ich surishi to'xtaydi. Najas avval bo'tqasimon bo'lib, keyin normal holga keladi. Ishtaha tiklanadi. 5-6 kunda quvvat kiradi. Salmonellyoz bilan og'rigan bemorlar shifoxonada o'rta xisobda 7-8 kun yotadi. Ba'zi bemorlarda tuzalganidan so'ng bakteriya tashuvchilik holati kuzatiladi. U qisqa muddat va surunkali bo'lishi mumkin.
Tashxisi. Kasallik tashxisini qo'yishda anamnez, ayniqsa, epidemiologik anamnezini e'tiborga olish lozim. Avj olish ro'y berganida, bir xil taom yegan odamlar kasallanib, ayrimlaridan bakteriologik tekshirish natijasida salmonellalar topilsa, boqalariga ham salmonellyoz tashxisi qo'yish mumkin.
Qonning umumiy tahlilida leykotsitoz, neytrofilez, ba'zan ECHT ortgani aniqlanadi, og'irroq hollarda siydikda oqsil aralashgan bo'ladi.
Bakteriologik tekshirishlar natijasi muhim axamiyatga ega. Bemordan sterillangan idishga olingan qusuq massasida, me'dani chayilgan suvda yoki ovqat qoldiqlarida salmonellalarni topish mumkin. Najasdan ekma olib, Myuller muxitiga ekilganida ham kasallik qo'zg'atuvchilari aniqlanadi. Tana harorati yuqori bo'lgan hollarda qonni safroli suyuqlikka ekib, gemekul'tura olish mumkin.
Kasallikning 4-5 kunidan boshlab PGAR qo'yib, serologik reaksiya vositasida tanadagi antitelolar aniqlanadi. 5-6 kundan so'ng tekshirish qaytarilsa, reaksiya titri ortgani ma'lum bo'ladi.
Salmonellyoz xamda boshqa ichketar kasalliklarni, ba'zan klinik jixatdan vabodan farqlash murakkab bo'lgani tufayli may-oktabr oylarida ichi buzilib, shifoxonaga yotqizilgan xar bir bemor najasi, ichak guruxi mikroblaridan tashqari, bir marta vabo vibrioniga xam tekshiriladi.
Davolash. Salmonellyoz bilan og'rigan bemorlarni davolashda dastlabki tibbiy yordamni o'z vaqtida ko'rsatish muxim axamiyatga ega. Kasallik toksikoinfeksiya (ovqatdan zaxarlanish) alomatlari bilan kechgan xar bir bemorda, avvalo qornida o'tkir xirurgik kasalliklarni va miokard infarktini istisno qilish lozim. U I kasalliklar yo'qligiga ishonch xosil qilgach, birinchi navbatda me'dani ovqat qoldig'idan tozalash kerak. Bu maqsadda yo'g'on zond vositasida me'dani 3% li ichimlik soda eritmasi yoki pushti rang (0.02%) I kaliy pergament (margansovka), ular bo'lmasa, iliq suv bilan chayiladi. Bu muolaja, qaytib tushayotgan suv shilliqdan toza bo'lgunga qadar davom etada. Odatda, katta yoshdagilarning me'dasini yaxshilab chayish uchun 2,5-3 litr eritma sarflanadi. Bemor ichagini tozalashga ilik suv bilan xuqna ham qilinadi.
Bolalar me'dasini 2% li ichimlik soda eritmasi bilan chayiladi. Eritma mikdori bolaning yoshiga qarab belgilanadi. Shuningdek, bolani ko'krak suti bilan emizish, albatta davom ettirilishi kerak. Ko'shimcha ovqatlantirilayotgan bolalarga o'rgangan ovqati berilaveradi. Ichi ketgan bolani 2-3 soatlab och qo'yish mumkin emas.
Bemor qusish va ich surish natijasida yo'qotgan suv va tuz o'rnini qoplash uchun og'izdan glyukosolan yoki regidron eritmasi ichiriladi. Eritmani choy qoshig'ida har 3-5 minutda takroran ichirib turiladi. Eritma tayyorlash uchun xaltachadagi shakar-tuz aralashmasi qaynatib sovutilgan bir litr suvda eritiladi. Ichiriladigan suyuqlik miqdori bemorning yoshi va yo'qotilgan suyuqlik miqdoriga qarab belgalanadi.
Og'irroq hollarda tuzli eritmalar tomir orqali tomchilab (minutiga 40-60 tomchi) yuboriladi. Bu maqsadda Ringer eritmasi, trisol, atsesol, kvartasol kabi preparatlar ko'llanadi. Intoksikadayani kamaytirish maqsadida gemodea, poliglyukin kabi dorilar ham tomir orqali yuboriladi.
Bemorga oson hazm bo'ladigan, qaynatib pishiriladigan taom buyuriladi (Povzner bo'yicha 4-stol). Kasallik avj olgan davrda kotirilgan non, qatiq, suzma (chakki) tavsiya etiladi. Taomdagi go'sht qiyma holida bo'lishi lozim. Kompot, meva sharbatlari (uzumnikidan tashqari) yaxshi naf beradi. Yovg'on xo'rdaga biroz qiyma qo'shib tayyorlansa, parhyezga mos keladigan taom bo'ladi.
Kasallikning dastlabki soatlaridan tibbiy yordam ko'rsatilsa va 4-6 soat davomida FAP, KVA, poliklinikalar qoshida tashkil etilgan og'izdan suyuqlik ichirib davolash (ORP - oral regidratatsiya) bo'limlarida regidron ichirilsa, ko'pchilik bemorlarni shifoxonaga yotqizishga xojat xam qolmaydi. Bemor ahvoli og'irlashib qolishining oldi olinadi. Oqibatda o'lim hollari kamayadi.
Salmonellyozni davolashda antibiotiklar ko'llash shart emas. Ilgari keng foydanilgan tetrasiklin, levomitsetin xozirga vaqtda salmonellalarga deyarli ta'sir ko'rsatmaydi. Ba'zan gentamitsin (40-80 mg dan kuniga 2-3 marta), ampitsillin (0,5-1,0 g dan kuniga 3-4 maxal) kabi antibiotiklar va biseptol davolashda naf beradi.
Kasallikning oldini olish veterinar-sanitariya, sanitariya-gigiyenik va epidemiyaga qarshi tadbirlar majmuasidan iborat. Veterinariyada xayvonlarga beriladigan yem-xashak salmonellalardan xoli bo'lishiga, kasal xayvonlar sog'lomlaridan aloxidalanishiga e'tibor berish kerak. Uy hayvonlari, parranda so'yilganida ichagi chavoqlanmasliga, uning ichidagi moddalar gusht yuzasiga tushmasligi lozim. Sut kombinatlarida xam gigayena talablariga qatyiy rioya qilish talab qilinadi.
Oziq-ovqat sanoati va korxonalarida mahsulot tashish, tayyorlash va saqlash jarayonida salmonellalar bilan ifloslanishdan saqlash lozim. Ichketar kasalligining alomatlari bo'lgan odamlar ishdan chetlashtiriladi. Salmonellyoz suv orqali tarqalmasligi uchun ferma va molxonalar oqar suvlardan uzoqroq joylashgan bo'lish kerak.
Avj olish ro'y berganida shubxa qilingan ovqat qoldig'i, uni tayyorlash, tashish va sotishda ishtirok etganlar bakteriologik tekshiruvidan o'tkaziladi. Tug'ruqxonalarda kasallik tarqalishining oldini olish maqsadida xomilador ayollar tug'ish muddatidan bir hafta oldin ichak guruxi mikroblariga tekshirib ko'riladi.
Maishiy yo'l bilan salmonellez tarqalishining oldini olishda shaxsiy gigiyenaga e'tibor katta ahamiyatga ega. Ayniqsa, emizikli bolasi bor onalar pokizalikni unutmasligi kerak. Go'dak bolaga beriladigan ovqat faqat bir marta iste'mol qilishga yetarli bo'lishi lozim. Bolani emizish yoki ovqatlantirish oldidan qo'lni sovunlab yuvish zarur.
Salmonellyoz sporadik holda muttasil qayd qilinadigan qishloqlarda yoz fasli davomida salmonellyoz bakteriofagi profilaktik ravishda berib boriladi. U suyuq yoki tabletka holida bo'ladi.



Download 1,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   61




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish