Tibbiyot institutlari qoshidagi



Download 1,52 Mb.
bet13/61
Sana21.05.2022
Hajmi1,52 Mb.
#605268
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   61
Bog'liq
Tibbiyot institutlari qoshidagi

ICHTERLAMA (QORIN TIFI)
TYPHUS ABDOMINALIS

Ichterlama o'tkir yuqumdi kasallik bo'lib, bakteriyemiya oqibatida intoksikatsiya, tana haroratining ko'tarilishi, terida toshmalar paydo bo'lishi va ingachka ichak limfa apparatining jarohatlanishi bilan kechadi. TIFOS — grekcha so'z bo'lib, tarjimasi "tuman" ma'nosini bildiradi. Kasallik qadimda g'oyat og'ir, kuchli intoksikatsiya bilan o'tgani tufayli, bemorning xushi o'zida bo'lmasligini e'tiborga olib, shunday nom berilgan.


Ichterlama bilan kasallanish qadim zamonlardan beri ma'lum. Bu kasallik haqida hatto Buqrot o'z yozuvlarida ma'lumot keltirgan. Ilgari bu kasallikni harorat ko'tarilishi bilan kechadigan boshqa xastaliklardan ko'p farq qilishmagan, faqat 1813 yilga kelib franuuz shifokorlari Bretanno va Sharl kasallik klinikasini batafsil bayon qilganlar.
Etiologiyasi. Kasallik qo'zg'atuvchisi salmonellalar guruxiga kiruvchi qorin tifi tayoqchasi, uni dastlab 1880 yilda nemis olimi Ebert shu kasallikdan o'lgan bemordan topgani uchun Eberg tayoqchasi deb ham ataladi. Lotincha nomi Salmonella typhi bu mikrob asosan tayoqcha shaklida bo'lib, uzunligi 1,5-3 mikron. Grammanfiy mikroblardan hisoblanadi. Tanasida gir aylana kalta xivchinlari borligi tufayli, u harakatchan. Spora va kapsula hosil qilmaydi. Safro qo'shilgan muhitda yaxshi o'sadi. Mikrobni topishda qo'llanadigan Evdo va Ploskirev muhitlari tarkibida ham safro bor.
Ekzotoksin hosil qilmaydi. Lekin mikrob parchalanganida kuchli endotoksin hosil bo'ladi. Kasallikning intoksikatsiya bilan kechishi ana shu toksin ta'siri bilan bog'liq.
Ichterlama mikrobining antigen tuzilishi ancha murakkab. Mikrob tanasida isitishga chidamli, somatik O-antigen mavjud. Undan tashqari, isitishga chidamsiz somatik U-antigen va xivchinida N-antigen bor.
Faglarga nisbatan olganda qorin tifi mikroblarining 70 dan ortiq fagotiplari ma'lum. Fagotipni aniqlash epidemiologik nuqtai nazardan muhim ahamiyatga ega. Ayniqsa, kasallik avj olishlari ro'y berganida, fagotipni aniqlash uning manbai bitta yoki bir nechta ekanligini ko'rsatib beradi.
Tashqi muhitda ichterlama mikrobi nisbatan turg'un. Ular 50°S gacha qizdirilganda 60 min. 60°S esa 30 min. hayot faoliyatini saqlab qoladi. 100°S da o'sha zahoti o'ladi. Bu mikroblar oqar suvda 5-10 kun, ko'lmak suvda bir oyogacha, quduq suvida bir necha oygacha saqlanib turadi. Meva va sabzavotlar yuzasida 5-10 kun, idish-tovoqlarda 2 haftagacha, gushtda 3 oygacha saqlanadi. Sutda ichterlama mikroblari saqlanibgina qolmay, hatto kupayadi ham. Tuproqqa tushgan mikroblar namlik yetarli bo'lsa, 2-3 oy saqlanib turadi. Ichterlama mikroblariga levomitsetin, ampitsillin kabi antibiotiklar kuchli ta'sir kursatadi.
Epidemiologiyasi. Ich terlamasi antroponoz kasalliklar guruhiga kiradi. Shuning uchun infeksiya manbai faqat odam. Bemor yoki bakteriya tashuvchi tanasidan mikrob tashqariga najas va peshob orqali chiqadi. Ba'zi hollarda so'lak bilan ham ajralishi mumkin. Kasallik mikrobi bemor tanasidan yashirin davrning oxirlariga chiqa boshlaydi va xastalikning barcha davrlarida ajralib turadi. Ayniqsa, kasallikning 2-haftasi (avj olish) davridan boshlab ichterlama mikrobi bemor tanasidan juda ko'p miqdorda ajralib chiqadi. Mikrob tanadan tuzalish (rekonvalessensiya) Davrida ham chiqib turadi. Bir guruh bemorlarda kasallikdan tuzalgandan so'ng 3 oygacha mikrob ajralib turadi. Uni o'tkir bakteriya tashuvchilik holati deb ataladi. Ba'zi hollarda bu muddatdan keyin ham mikrob vaqti-vaqti bilan bemor tanasidan chiqib turadi. 3 oydan ortiq muddatda bakteriyalar chiqishining davom etishi surunkali bakteriya tashuvchilik xisoblanadi. Ba'zi adabiyotlarda keltirilishicha, surunkali bakteriya tashuvchilik uzoq muddat, xatto umrbod davom etishi mumkin. Bunday bemorlar shaxsiy gigayenaga e'tibor bermasalar, atrofdagi ko'plab odamlarning kasallanishiga sabab bo'ladalar. Ayniqsa, surunkali bakteriya tashuvchilar oshpaz, pazanda, tarbiyachi, vodoprovod inshootlarining xizmatchisi bo'lsa, ular epidemiologik jixatdan g'oyat xavfli hisoblanadilar.
Bemor yoki bakteriya tashuvchi tanasidan ajralib chiqqan kasallik mikroblari tashqi muxitda turli sharoitga duch kelishi mumkin. Odatda, kasallik bevosita muloqot yo'li bilan yoki oziq-oaqat, suv vositasida tarqaladi. Ichterlamaning tarqalishiga pashshalar xam sababchi bo'ladi. Qaysi yo'l bilan tarqalishidan kat'iy nazar, kasallik mikrobi sog'lom odam organizmiga faqat og'iz orqali tushadi.
Bemorning oila a'zolari yoki tibbiyot xodimlariga kasallik asosan bevosita muloqot yo'li bilan yuqadi. Bemorni parvarish qilayotgan odam shaxsiy gigiyenaga e'tibor bermasa, qo'llari kasallik mikrobi bilan ifloslanadi va og'iz orqali yuqib qoladi. Ifloslangan idish-tovoqlardan xam kasallik oson tarqaladi.
Ichterlamaning tarqalishida suvning axamiyati katta. Bemor yoki bakteriya tashuvchi chiqindilari bilan ifloslangan suvki qaynatmay ichish avj olishlar, xatto epidemiyaga olib keladi. Uning sababi surishtirilganida, suv bilan bog'liqligi tezda ayon bo'ladi. Ba'zi xollarda, epidemiya davrida shubxa qilinayotgan manbadan suv namunasi olib, laboratoriyada tekshirilsa, ichterlama mikroblarini topish mumkin. Uning xususiyatlari bemorlardan ajratib olingan mikrob xususiyatlaridan farq qilmaydi. Axoli ichimlik suv bilan ta'minlanmagan xududlarda ichterlama suv orqali tarqalishi bilan bog'liq avj olishlar ba'zan uchrab turadi. Quduq suvi tarqatuvchi omil bo'lganida, kasallanish faqat ushbu manbadaga suvdan foydalanadigan odamlar orasida kuzatiladi. Kasallikning suv orqali tarqalishi faqat xom suv ichgandagina emas, zararlangan suvda idish-tovoqlarni yuvganda xam ro'y beradi. Ifloslangan suvda cho'milish tufayli xam kasallik yuqadi.
Oziq-ovqatlar ham kasallik tarqalishida muxim axamiyatga ega. Oziq-ovqatlarga tushgan kasallik mikrobi ularda yaxshi saqlanibgina qolmay, ko'payishi xam mumkinligini inobatga olsak, yoz kunlarida respublikamiz sharoitida u g'oyat xavflidir. Kasallik ovqat vositasida tarqaganida, odatda yashirin davr qisqa bo'ladi va ko'pincha xastalik og'ir kechadi.
Kasallik mikrobi bilan zararlangan suv yoki ovqat maxsulotlari tarqatuvchi omil bo'lganida, qisqa muddatda bir necha odamning kasallanishi epidemiologik jihatdan xarakterli hisoblanadi.
Ichtrelama respublikamiz sharoitida yoz oylari, iyun-sentabrda ko'proq qayd qilinadi. U issiq xaroratda mikrobning tashqi muxitda yaxshi saqlanishi, odamning suvga bo'lgan extiyoji ortishi va jazirama issiq ta'sirida organizmning ximoya kuchlari susayishi bilan bog'liq. Keyingi yillarda ichterlama respublikamizda, asosan, onda-sonda uchraydigan, bir-biri bilan bog'liq bo'lmagan sporadik kasallanish xolida uchraydi. Axolining ichimlik suv bilan ta'minlanishi yaxshilanib borayotgani tufayli ichterlama bilan kasallanish yildan-yilga kamayib bormoqda.
Kasallikdan so'ng turg'un o'ziga xos immunitet hosil bo'ladi, Patogenezi. Og'iz orqali ovqat xazm qilish yo'llariga tushgan mikrob dastlab medaning kislotali muxitga duch keladi. Uni yengib o'ta olgan taqdirda ingichqa ichak bo'shlig'iga tushadi. Ichterlamada asosiy patologik, o'zgarishlar aynan ingichka ichakda shakllanadi. Ingichka ichak shilliq qavatida dastlab yallig'lanish jarayoni boshlanadi. Ichakdagi peyyor blyashkalari orqali mikrob shu soxaning limfatik tugunlariga o'tadi. Bu tugunlar ichak tutqichi orasida (mezenteral) joylashgan bo'ladi. Limfa tuginlarida mikrob ko'payadi va qonga tushib, bakteriyemiya ro'y beradi. Ana shu daqiqadan kasallikning yashirin davri tugab klinik alomatlari paydo bo'ladi. Qon orqali aylanib yurgan mikrobning bir qismi o'ladi va endotoksin ajraladi. Qolgan qismi turli a'zolarga — jigar, o't pufagi jigar va boshqa a'zolarga o'rnashib olada. Bakteriyemiya, kasallik qanday kechishiga qarab, 2-3 xafta davom etashi mumkin. O't pufagadan mikroblar safro bilan ichakka qaytadan tushadilar va bir qismi tashqariga chiqa boshlaydi. Kasallik mikrobi ichak shilliq qavatiga qaytadan ta'sir etishi natijasida kuchli allergik reaksiya rivojlanadi. Reaksiyaning to'la rivojlanishi 4-5 xaftagacha davom etadi. Dastlab, peyer blashkalari yallig'lanib bo'rtib chiqsa, 2-xaftada ularning yuzasi nobud bo'lgan (nekrotik) to'qima bilan qoplanadi. 3-4 xaftada bu parda yo'qolib, ostida yara paydo bo'ladi. 5-xaftada yara bitadi. Yara chuqur joylashgan hollarda ichakdan qon ketishi, hatto ichak teshilishi kabi og'ir asoratlar ro'y berishi mumkin (2-rasm).
Ichakda ro'y beradigan o'zgarishlar asosan ingichka ichakning pastki, yo'g'on ichakka tutashadigan joyida rivojlanadi (u un yonbosh sohasiga to'g'ri keladi).
Klinikasi. Ichterlamada yashirin davr 7 kundan 21 kungacha bo'ladi, o'rta hisobda 14 kun. Bu davrda kasallik alomatlari bo'lmaydi. Bu xastalik o'ziga xos kechganida, alomatlarining asta-sekin paydo bo'lishi, cho'zilib avjiga chiqishi va yana asta so'nishi kuzatiladi. Avval kasallikning umumiy alomatlari paydo bo'ladi. Bemor o'zini noxush sezadi, quvvati kun sayin kamayib boradi, ko'ngli ovqat tusamaydi, ishtaxasi yo'qola boradi. Ishda tez charchab qoladi. Ko'proq yotgisi keladi. Bu alomatlar ancha sekinlik bilan orta borgani tufayli, bemor kasallik boshlangan kunni aniq berishga xam qiynaladi. Kasallikning muxim alomatlaridan biri - bosh og'rishi. Bu og'riq xam kun sayin zo'raya boradi. Boshning xamma qismi tutash og'riydi.
Tana harorati xam asta-sekin ko'tarila boradi. Odatda, kechqurungi xarorat ertalabkisidan yuqoriroq, tungisi - kechagidan ortiqroq bo'lib asta ko'tarila boradi. Har kuni xarorat 0,2-0,3 darajaga orta boradi.
Birinchi xafta oxiriga kelib, bu alomatlar avjiga chiqadi. Ushbu davrda tana xarorati 39-40°S gacha yetadi. Intoksikatsiya alomatlari orta borgani sari darmonsizlik avjiga chiqadi, bemor yotib qoladi. Ishtaha butunlay yo'qoladi, ich yurishi qiyinlashib, qabziyat kuzatiladi. Bemorni atrofga xech qanday qiziqishi qolmaydi, o'z dardi bilan "ovora" bo'lib qoladi. Uyqisi buziladi.
Ayrim bemorlarda kasallik o'tkir boshlanadi. Bunday holda yuqoridagi bayon etilgan alomatlar 2-3 kun davomida avjiga chiqadi. Ba'zan kasallikning dastlabki davrida ich ketishi kuzatiladi. Kasallik o'tkir boshlanganida qo'l-oyoq bo'g'imlari, bel zirqirab og'rishi ham mumkin.
Kasallik avjiga chiqqan davrda tana xarorati ba'zan 1-2 xafta 39-40°S da saqlanib turadi. Bunda ertalabki va kechki ko'rsatkichidagi farq 1°S dan ortmaydi (doimiy xarorat). Keyinchalik harorat asta-sekin (ba'zan 2-3 kun ichida) pasayib, ma'yoriga yetadi. Shuning uchun kasallik tipik kechganida isitma egri chizig'i trapetsiyani eslatadi yoki to'lqinli bo'lishi mumkin (3-rasm).
Bemorni ko'zdan kechirganda, kasallik avj olgan davrdagi xolati ancha xarakterli. Harorat yuqori bo'lishiga qaramay, teri oqargan bo'ladi. Bemorda bezovtalanish alomatlari bo'lmaydi. Aksincha, u xomush, parishonxotir bo'ladi. Kasallik og'ir kechganida bemor xushsiz xolatda bo'lishi mumkin.
Kasallikning 7-8 kunidan boshlab qorin terisida pushti rang rozeolalar paydo bo'ladi. Ular kichkina (diametri odatda 0,5 sm. dan ortmaydi), dumaloq shaklda bo'ladi. Rozeolalar soni unchalik qo'p bo'lmaydi (8-10 ta), atrofidagi teridan keskin ajralib turadi, bosib ko'rilganda yoki terini tarang qilinsa yo'qoladi. Odatda 4-5 kundan so'ng rozeolalar iz qoldirmay yo'qoladi. Ba'zan birinchi rozeolalar yo'qolgach, yonverida qaytadan toshma paydo bo'lishi mumkin. Ayrim xollarda rozeola ko'krak, biqin soxalariga xam toshadi. Rozeola toshmalari tif-paratif kasalliklariga xos belgi hisoblanadi (4-rasm).
Bemorning tomir urishi tezlashadi. Ammo, u xarorat ko'tarilishiga mos kelmaydi. Odatda tana harorati 10S ko'tarilganida, tomir urishi bir daqiqada 10 taga tezlashadi. Ichterlamada esa undan kamroq tezlashadi. Masalan, boshqa kasalliklarda xarorat 40°S bo'lganida tomir urishi minutiga 120-130 marta bo'ladi. Ichterlamada esa, 100-110 ta bo'lishi mumkin. Bunday xolat tomir urishining xaroratdan orqada qolishi yoki nisbiy bradikardiya deyiladi.
Tomir urish tarangligi ham pasayadi, ba'zan dikrotik (qush to'lqinli) puls aniqlanadi. Qon bosimi pasayadi. Yurakni eshitib ko'rganda, tonlari tumtoqlashadi, ba'zan sistolik shovqin xam eshitiladi.
O'pkani eshitib ko'rganda, bronxlar yallig'lanishi yoki o'chog'li pnevmoniya alomatlari bo'lishi mumkin.
Ovqat xazm qilish yo'llarini tekshirganda kasallikka xos ko'pgina belgilar aniqlanadi. Xastalikning birinchi haftasi oxiridan boshlab lablar va til quruq bo'ladi, kattalashadi va oq rangli karash bilan qoplanadi. Til chekkalarida tish izlari tushib qoladi. Ba'zan og'izdagi mikroblar faolligi oshib, tilning yaqqol yallng'lanish alomatlari ko'rinadi. Unda til kulrang karash bilan qoplanadi. Infeksiya jag' bezlariga tarqalsa, parotit rivojlanadi. Ayrim hollarda tildan mayda qon tomirlari yorilib, til ustida qo'ng'ir rangli karash paydo bo'ladi.
Tomoqni ko'zdan kechirganda bodomcha bezlari kattalashganini ko'rish mumkin. Ba'zan kasallikning dastlabki kunlarida angina alomatlari bo'ladi. Uni Dyuge anginasi deyiladi.
Qorin ko'p hollarda kupchigan bo'ladi. Paypaslab ko'rilganda, qorinda, ayniqsa, o'ng yonbosh sohsida quldirish va og'riq aniqlanadi. Kasallikning 2-haftasidan boshlab jigar va taloq kattalashadi.
Ich kelishi kamayadi, ko'pincha qabziyat kuzatiladi.
Ko'p xollarda kasallik boshlanganidan 2-3 xafta o'tgach, asta-sekin tuzalish davri boshlanadi. Haroratning tusha boshlashi, bosh og'rig'i kamayishi, bemorda ishtaxa paydo bo'lishi tuzalishning dastlabki belgilari xisoblanadi. Yana bir muxim alomat - siydik ajralishining ko'paya boshlashi xam tuzalishdan darak beradi. 1-2 xafta ichida harorat pasaya borib, me'yorigacha tushadi. Shunga monand ravishda bemorning axvoli xam yaxshilanib boradi. Ishtaxa ochiladi, uyqu yaxshilanadi, bosh og'rishi butunlay yo'qoladi. Asta-sekin quvvat paydo bo'ladi. Tildagi karash yo'qoladi, jigar va taloq, kichrayib, o'z xolatiga qaytadi.
Kasallik avjiga chiqqan davrda (2-3 xaftada) og'ir sirbatlar: ichakdan qon ketishi va ichak teshilishi mumkin.
Ichakda qon ketishi kamroq, qisqa muddatli yoki aksincha, ko'p va uzoq muddatli bo'ladi. Birdaniga ko'p qon ketganida bemorning ranga to'satdan keskin oqarada, tomir urishi g'ayat tezlashadi. Qon bosimi yana xam pasayib ketadi. Tana xarorati qisqa muddatga me'yorigacha tushib qolishi mumkin. Kondagi eritrotsitlar va gemoglobinlar miqdori kamayib ketadi. Og'ir hollarda kollaps — o'tkir yurak-tomir yetishmovchiligi kuzatiladi. Oradan 2-3 kun o'tgach, ich qora rangli bo'lib kelishi ichakdan qon ketganini bildaradi.
Ichakdan yaraning teshilishi g'oyat og'ir asoratlardan hisoblanadi. U ko'proq kasallikning 3-4 haftalarida ro'y beradi. Yara ichakda chuqur joylashgan hollarda uning butun devoriga (shilliq qavatidan seroz pardasigacha) tarqalib, ozgina kuchanish, hatto ichak peristaltikasi ta'sirida teshilib ketishi mumkin. Bu jarayon sodir bo'lganida. ichak ichidagi modda qorin bo'shlig'iga tushadi. Aynan o'sha daqiqada bemor qornida qandaydir yengillik sezgandek bo'ladi. Birozdan so'ng korinning o'ng yonbosh qismida og'riq yuzaga keladi. Qorinni paypaslab ko'rganda og'riq kuchayadi. Ichak tutqichi yallig'lanishga xos bo'lgan Shchyotkin-Blyumberg simptomi paydo bo'ladi. Qorin muskullari qisqa muddatga taranglashadi. Keyinchalik qorni ko'pchiydi, tomir urishi tezlashadi, bemor terlaydi. Qonni tekshirib ko'rilganida leykopeniya o'rniga leykotsitoz paydo bo'ladi.
Ichterlamaning bulardan boshqa asoratlari ham uchrab turadi. Pnevmoniya, xoletsestit, otit, parotit, piyelonefrit, tromboflebitlar shular jumlasiga kiradi. Kasallikni antibiotiklar bilan davolash amaliyotga tadbiq etilganidan beri bu asoratlar kam uchramokda.
Kasallik ko'p hollarda tuzalish bilan tugaydi. Ba'zan bemorlarda tuzalish davri boshlanganida zo'riqish (uzilish) kuzatiladi. Uning asosiy belgisi — pasaya boshlagan isitmaning yana qayta ko'tarilishi hisoblanadi. Shuningdek, bemorning umumiy ahvoli xam og'irlasha boshlaydi. Intoksikatsiya alomatlari ortadi. Bosh og'rishi kuchayadi. Uyqu buziladi. Yotish rejimiga rioya qilinmaganida, parxez buzilganida yoki turli spress omillar ta'sirida ichterlama bilan og'rigan bemorning uzilib qolishi ko'proq kuzatiladi. Bunda qaytadan ko'tarilgan isitma 2-3 kundan bir necha kungacha saqlanib turishi mumkin. Bemor bunday zo'riqishlarni og'ir o'tkazadi, chunki u dastlabki xastalikdan xali o'ziga kelib ulgurmagan, immunitet to'la tiklanmagan bo'ladi. Ichterlamaning zo'rayishi kasallikning og'ir oqibatlar bilan tugallanish extimolini oshiradi.
Ba'zan bemor ichterlamadan tuzalganidan so'ng, oradan 1-2 hafta o'tgach, kasallik qaytalanishi kuzatiladi. Uni tibbiy iborada retsidiv deb ataladi. Retsidiv ro'y berishga, ko'pincha bemorning tezda ishga kirishib ketishi, toliqib qolishi, yetarli ovqatlanmasligi sabab bo'lada. Yoz kunlari oftobda uzoq yurish ham xastalik qaytalanishiga olib kelishi mumkin. Retsidivda kasallik alomatlari qaytadan paydo bo'ladi va avvalgidek, ma'lum qonuniyat bilan kechadi. Odatda, retsidivlar asosiy kasallikka nisbatan yengilroq o'tadi, isitmalash davri qisqaroq bo'ladi. Retsidivlar 2-3 marta takrorlanishi ham mumkin.
Kasallikning bayon qilingan alomatlar bilan kechishi ko'proq uchrab tursa ham, uning yengil, sezilar-sezilmas alomatlar bilan, ba'zan "oyoq uchida" yurib o'tkazadigan hollari xam uchrab turada. Lekin, og'ir asoratlarni ro'y bershii kasallikning qanday og'irlikda kechishi bilan to'liq bog'liq emas. Jumladan, ba'zan 1-2 kun isitmalab, "tuzalib" ketgan bemorlarda oradan 2-3 xafta o'tgach, to'satdan ichak teshilishi ro'y bergan hollar xam uchrab turadi. Ichterlamaning g'oyat yengal — zarorat biroz ko'tarilishi, intoksikatsiya deyarli ro'y bermaydigan atipik (ambulator) shakllari yoki 2-3 kunlik isitma, yengal intoksikatsiya bilan cheklanib o'tib ketadigan abortiv turlarini vaqtida aniqlash qiyin. Bunday hollarda, ham epidemiologik nuqtai nazardan (kasallikni atrofdagilarga tarqatish jihatidan), xam asoratlar kuzatilishi mumkinligadan, xavfli xisoblanadi.
Diagaostikasi. Ichterlamada, yuqorida eslatib o'tilganidek, o'ziga xos alomatlar: yaqqol ifodalangan intoksikatsiya, harorat, asta-sekin ko'tarilib, uzoq saqlanib turishi, terida rozeola toshmalari, tomir urishining haroratdan orqada qolishi (nisbiy bradikardiya) bo'lgan xollarda klinikasiga asoslanib tashxis qo'yish qiyin emas.
Ko'shimcha ravishda epidemiologik ma'lumotlar bo'lsa tashxis qo'yish yana ham osonlashadi. Lekin har doim kasallik tipik ko'rinishda kechmaydi. Ularning haqiqiy mohiyatini aniqlashda laboratoriyada tekshirish usullaridan foydalanishga to'g'ri keladi. Ichterlama tashxisini qo'yishda quyidagi laboratoriya usullardan foydalaniladi.

Download 1,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   61




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish